𝐌𝐲 𝐝𝐫𝐞𝐚𝐝𝐟𝐮𝐥 𝐝𝐚𝐫𝐥𝐢𝐧𝐠
Bu qorong'u romantika (dark romance) janridagi asar bo'lib, unda qo'zg'atuvchi (trigger) bo'lishi mumkin bo'lgan mavzular mavjud. 18 yoshdan kichiklar uchun mos emas
“U nimadir dahshatli ish qiladi,” deb aytaman dunyoda meniki bo‘lgan yagona do‘stimga, tirnog‘im boshidagi terini asabiy ravishda tishlab..
Buni Dread bilan kechagi tarix darsimdan beri qilyapman — doim orqamga qarayman, u qachon hujum qilishini kutaman. Chap bosh barmog‘imni allaqachon mayda jarohatlar bilan to‘ldirib bo‘ldim, endi esa ikkinchisiga o'tdim
Rose men u bilan o'tgan yili tatilda ish qidirib yurgan vaqtlarimda tanishgan edim. Oqko'ngil yaxshi qiz ammo dilidagi doim tilida. Hatto odamlarga ham ularni kamchliklari va nuqsonlari haqida gaprishga tortinmaydi
Men haqimda esa boshqalarga qaraganda butunlay boshqacha fikrda. O'tmishimga yoki otamni qilgan jinoyatiga qaram emas o'zim shaxsan o'zligim uchun men bilan doim birga to'g'risi bunday yaqin do'stim bo'lishini hayolimga ham sig'dira olmasdim
Rose— “Bugun kechasi men bilan qol. Yoki yana xavfsiz bo‘lguningcha necha kecha kerak bo‘lsa qol"
Men qolishim kerak. Bu birinchi marta emas — Dreadning o‘yinlaridan qochish uchun Rose'ning uyida tunab qolganman. Lekin baribir qaytaman. Uning buzilgan o‘yinlaridan qochmayapman, faqat ularni biroz kechiktiryapman holos.
Dread baribir meni topadi. Uning tuzog‘iga o‘zim kirganim yaxshiroq, u meni unutgan degan umiddan ko‘ra.
Yotoqxona yo‘laklari mutlaqo jim. Men ehtiyotkorlik bilan yurib boraman, ko‘zlarim devorlarda — oq va yog‘och panelli yuzalarda — huddi ilon yashirinib turgandek har tomonni kuzataman.
Tungi soat o‘n ikkidan o‘tgan.
Yuragim ko‘kragimni urib yuborayotgandek tez uradi, tanamdan adrenalin oqadi. Odatda men bunga ahamiyat bermay, o‘zimni zaif ko‘rsatmayman. Lekin hozir yolg‘izman va hislarim to‘liq ochiq.
Eshigim oldida to‘xtayman, dastaga zahar surtilgandek tikilib qolaman.
Ichimni yog‘li, yopishqoq qo‘rquv qoplab oladi. Va butun vujudim bilan bilaman — u eshik ortida nima bo‘lsa ham, men uni yomon ko‘raman.
Chuqur nafas olib, oltin tutqichni ushlayman, burayman va o‘zimni to‘xtatmasdan ichkariga bostirib kiraman.
Shu zahoti og‘zimdan keskin hansirash chiqib ketadi. Ko‘zlarim kosadek katta ochiladi, jag‘im tushib ketadi, yuragim esa pastga — oshqozonimdagi nordon bo‘shliqqa qulagandek bo'ldi. Ko‘nglim aynib, og‘zimni yopaman va manzaraga qarab boshimni chayqayman.
Bu haqiqiy bo‘lishi mumkin emas. Ammo qancha uzoq qarasam, shuncha real bo‘lib borardi.
Xonaning o‘rtasida polda qonli ayol yotibdi — tanasi bo‘laklarga bo‘lingan: qo‘llar, oyoqlar va boshi alohida. Hatto shu yerdan ham uning bosh terisidan yulib olingan sariq soch tutamini ko‘rish mumkin. Qalin to‘q qizil qon uning bo‘laklarini jirkanch qilib bo‘yab, ostidagi yog‘och polga oqib, gilam chetiga yetmay to‘xtab qolgandi
Bu… menimcha, bu Dreadning ishi emas. Va bu fikr yanada dahshatli.
Yo‘q, bu otamning uslubiga o‘xshaydi.
Men tezda ichkariga kirib, eshikni yopaman. Bir necha soniya faqat shu manzaraga tikilib turaman, ko‘kragim qattiq uriladi.
Otam Lionel allaqachon ozod qilinganmi? Qanday qilib, u yana uch hafta qamoqda bo‘lishi kerak-ku?
Ko‘zlarim poldagi jasadga tushadi va darhol qayt qilgim keldi.
Ha, bu juda haqiqiy ko‘rinadi.
“Ey Xudo,” deb ingrayman, eshikka suyangancha. “Shit… shit… la’nati shit.”
Qo‘lim peshonamga boradi, pastga qarab turib fikrlarimni yig‘ishga harakat qilaman, lekin ichimda vahima bo‘roni aylanardi. Boshim aylanyapti, tizzalarim bo‘shashmoqchi. Oshqozonim ag‘darilay deb turibti, lekin agar bu Lionelning ishi bo‘lsa, hozir eng oxirgi kerakli narsa — mening DNKim yana jinoyat joyiga aralashib ketishi. Aslida, u allaqachon bor, chunki ayol mening xonamda o‘lik yotibdi. DNKim hamma joyda.
Xudoyim, meni buning uchun qamoqqa olishadimi?
Ko‘zlarim vahimaga tushib xonada u yoqdan bu yoqqa yuguradi. Bir necha muzlatib qo‘yadigan soniyalar davomida nima qilishni bilmayman. Men to‘g‘ri o‘ylamayapman — umuman o‘ylay olmayapman — lekin men…
Xuddi miyamga buyruq berilgandek, birdan fikr keladi va o‘zimga ahmoqligim uchun ming la’nat o‘qiyman.
Bu Lionelning hali qamoqdami yoki yo‘qligini aniq ko‘rsatadi.
Men palto cho‘ntagimdagi telefonimga qo‘l cho‘zaman. Adrenalin tanamni to‘ldirib yuborgani uchun qo‘llarim qattiq titraydi, telefon sirg‘alib tushib ketadi va polga uriladi.
“LA’NAT!” deb baqiraman, o‘zimdan jahlim chiqib. “La’nati shit, motherfucker, la’nati fuck.” So‘kinishlarni g‘azab bilan takrorlab, o‘sha ahmoq telefonni zo‘rg‘a ushlab olaman. Ko‘kragim yuragimning shunchalik qattiq urishidan og‘riyapti.
Barmoq izi tanish uchun bir necha soniya ketadi — bu esa faqat sabrimni yanada portlatadi. Internet ilovasini ochish uchun bosh barmog‘imni ekranga qattiq uraman, lekin qo‘llarim titrayotgani sababli noto‘g‘ri joyga bosib, kontaktlar ro‘yxatini ochib yuboraman.
“Ey Xudoyim,” deb qichqiraman, keyin o‘zimni keyinroq urib qo‘yishga qasam ichaman.
Brauzerni ochaman va CDCR saytining manzilini tezda yozaman. Asabiylashganimdan ko‘zlarimga yosh kelib, harflarni bir necha bor noto‘g‘ri bosaman. Nihoyat sayt ochiladi va men Lionelning ismini qidiraman. Sahifa yuklangach, ko‘zlarim darhol uning joylashuviga tushadi.
Tushunish bir zumda keladi va tanamdagi barcha qon yuzimdan oqib ketadi.
Albatta, bu taqlidchi. Lionel ozod bo‘lgandan keyin o‘z qizining yotoqxonasiga bo‘laklangan jasad tashlab ketadigan darajada ahmoq emas. Bu darhol uni fosh qilardi.
Kaftim og‘zimga yopiladi, ko‘zim xiralashadi va ko‘z yoshlarim kipriklarim chetidan oqib tushadi. Go‘yo dunyoyim oyoqlarim ostiga qulab, changga aylanyapti — men esa uni to‘xtata olmay, faqat qarab turibman.
Albatta, men politsiyani chaqirib xabar berishim kerak, lekin hissiyotlarim shunchalik kuchli bosim ostida meni falaj qilib qo‘ygan. Ular tanamni parchalaydigan darajada kuchli oqim bilan ichimni to‘ldirib, meni butunlay foydasiz qilib qo‘yardi.
Birinchi yig‘i aynan eshik ortimdan kelgan keskin, shafqatsiz zarba bilan bir vaqtda chiqib ketadi. Yuragim cho‘kadi va dahshatli qichqiriq tomog‘imdan otilib chiqadi. Men qattiq seskanib, telefonimni yana qo‘limdan tushirib yuboraman.
Ko‘kragim ustiga qo‘limni qo‘yib, ko‘zlarim kattalashgan holda eshikka tikilib qolaman, kimdir yana ikki marta eshikni uradi va bu meni yana seskantiradi.
“Politsiya! Eshikni oching, aks holda ichkariga kiramiz!” — deya yana bir shafqatsiz zarba va chuqur, g‘azabli ovoz eshitiladi. Bu meni nihoyat shokdan chiqaradi.
“la’nat,” deb pichirlayman, qo‘llarim og‘zimni yopadi, ko‘zlarimga yosh keladi. Eshik va jasad orasida qarab turibman, vahimam yanada kuchayardi. Yuragim ko‘kragimni shunchalik qattiq urardiki, jismonan og‘riyapti, ko‘nglim aynib tomog‘imga chiqib keladi.
Bu politsiyani kim chaqirdi o‘zi?
Eshik yana silkinadi. To‘rtinchi zarba bilan men: “Ha, ha! Kelyapman!” deb baqirib yuboraman.
Umid qilamanki, ular avval tushuntirishimga imkon berishadi.
Nafas olishga urinaman, lekin havo kirmaydi. Eshik birdan ochib yuboriladi va u yelkamga urilib, meni orqaga uchirib yuboradi. Ko‘z oldimda chaqmoq chaqnagandek bo‘ladi, dumg‘azamga va qo‘limga o‘tkir og‘riq o‘qdek uriladi. Ikki politsiya xodimi xonaga bostirib kiradi. Ular meni yerda o‘tirgan holimda ko‘rib, to‘xtab qolishadi — yuzim og‘riqdan burishgan, qo‘lim bilan og‘riyotgan yelkamni ushlab turibman.
Men ularni aniq ko‘ra olmayapman — ko‘zim xiralashgan va vahima ichidaman. Faqat ular bir lahza bir-biriga qarashadi, keyin darhol e’tiborlarini bo‘laklangan… (jasadga) qaratishadi.
Jennie— “Bu men emasman,” deb tez aytaman, so‘zlarim og‘ir tilimdan chalkash chiqadi. Mening miyamni vahima va og‘riq butunlay buzib tashlagan, to‘g‘ri fikr ham yig‘olmayapman.
Police— “Siz hibsga olinasiz,” deb aytdi ulardan biri qattiq ovozda va menga tomon yuradi. “Turing.”
Jennie— “Yo‘q, kuting!” deb hansirab yuboraman. “Men qilmadim—” Gapim tugamay qoladi, u qo‘limdan ushlab, meni turg‘izib yuboradi.
Police— “Charlotte D’Amour, siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytgan har qanday narsa sudda sizga qarshi ishlatilishi mumkin…”
Jennie— “N-nima? Yo‘q, bu hatto mening ismim ham emas! Men… men buni qilganim yo‘q!”
Police— “Unda u nima uchun sizning xonangizda?” deb ikkinchisi istehzoli ohangda so‘raydi. Men esa javob topolmay dovdirab qolaman.
Kimdir ularni chaqirgan, bu aniq.
Ofitser qo‘llarimni orqamga buradi, metall kishanlarni taqadi va meni qattiq tortib ketadi. Yelkamdan yana og‘riq o‘tadi.
Men qoqilib ketaman, u meni yo‘lak bo‘ylab sudraydi. Yotoqxona eshiklaridan qizlar bosh chiqarib qaraydi — ba’zilar allaqachon eshitgan shovqinni, boshqalar esa eshiklarini ochib yuborgan. Pichir-pichir boshlanadi.
— “Kimdir videoga olayaptimi?”
— “Murder haqida gap bo‘ldimi?”
Men ko‘zlarimni yumaman. Ko‘z yoshlarim yuzimdan oqib tushadi. Meni pastga — asosiy qavatga sudrab tushishadi. Yo‘lakdan kimdir qichqiradi, ehtimol mening xonamdagi dahshatni ko‘rib. Ortidan esa hayrat va qo‘rquv ovozlari eshitiladi.
Jennie— “Nega odamlarni u yerga kirityapsizlar?” deb baqiraman, ularning orasida qarab. “Bu axir jinoyat joyi-ku!”
Meni ushlab turgan ofitser qo‘limni qattiq tortadi.
Police— “Yurishda davom et,” deb baqiradi u.
Ular hech kimni u yerga kiritmasligi kerak edi. Nega ko‘proq politsiya kelmagan? Nega xonani yopib qo‘yishmagan? Nega hech kimga xabar berishmagan?
Savollar tilimga chiqishi bilan, ikkinchi ofitser eshikni ochadi va sovuq havo yuzimga uriladi. Shunchalik sovuqki, yana bir oz tursam, ko‘z yoshlarim muzlab qolardi.
Bu yanvar oyining o‘rtasi edi, yer bir necha santimetr qor bilan qoplangan. Havoda yangi qor parchalari raqsga tushadi, kuchli shamol ularni atrofga haydaydi va qalin qishki paltoim ostiga ham kirib boradi.
Jennie— “Hech bo‘lmasa meni bir soniya la’nati tinglay olasizlarmi?” deb yana urinaman, vahima ovozimni yanada baland qilib yuboradi. Boshim u yoqdan bu yoqqa aylanadi — kimdir meni eshitishini, nihoyat to‘xtatishini umid qilaman. “Bu… bu narsani men qilmadim!”
Ular meni mutlaqo e’tiborsiz qoldirib, yotoqxona binosi oldidagi yo‘lakdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hovliga olib chiqishadi. Men qadamlarimni sekinlatishga urinib, atrofga sinchiklab qaray boshlayman.
Va men… hech narsani ko‘rmayapman.
Oldinda mashinalar to‘xtash joyi bor, lekin birorta ham politsiya mashinasi yo‘q.
Hech qanday miltillovchi chiroqlar yo‘q — faqat qorong‘ilik. Yotoqxonamgacha olib boradigan yo‘lak bo‘ylab ikki tomonga qo‘yilgan mayda chiroqlar va to‘xtash joyidagi bir nechta yoritgichlargina bor.
Atrofga qarab, tungi sukunatni to‘liq his qilganimda, ichimga sovuq, yoqimsiz xavotir kirib keladi va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qorin tubiga joylashadi.
Yana ofitser qo‘limni qattiq tortadi va yurishda davom etishni buyuradi. Ammo men endi uni tinglamay qo‘yganman. Ko‘zlarimni qisib, ularning yon profiliga diqqat bilan qarayman.
Lekin meni bezovta qilgani ularning yoshi emas — tanishligi.
Meni sudrayotgan ofitser baland bo‘yli, qomati ozg‘inroq, lekin mushaklari bor. Qorong‘ida aniq rangini ko‘ra olmayman, lekin sochlari qalpoq ostidan chiqib turgan to‘q qizg‘ish-jigarrangdek tuyuladi.
Ikkinchisi ham deyarli shuncha bo‘yda, biroz kengroq yelkali, sochlari esa deyarli qirqib tashlangan. Ammo meni muzlatib qo‘ygan narsa — uning qo‘llaridagi tatuirovkalar va chap qoshidagi halqa (piercing), oy yorug‘ida yaltirab ko‘rinishi.
Menda dahshatli tushunish paydo bo‘ladi va og‘zim ochilib qoladi.
Ular aslida la’nati politsiyachi emas. Yaqin ham emas.
“Hazillashyapsizlarmi?” deb qichqiraman, oyoqlarimni yerga tirab. Lekin qor bosilgan maysada hech qanday qarshilik yo‘q — men sirg‘alib ketaman.
Endi yuragim butunlay boshqa sabab bilan uradi.
Chunki men nihoyat tushunaman: meni yotoqxonadan politsiya emas, balki Dreadning do‘stlari sudrab chiqishgan.
Va men endi yengil tortish o‘rniga, jahlim chiqayotganidan titrayapman.
Hali jasadni topib, otam bo‘lishi mumkin degan qo‘rquv, keyin qotillikda meni hibsga olishyapti deb o‘ylaganim… hammasi shunchalik meni chalg‘itganki, ularning yuzini ham, ovozini ham payqamaganman.
Meni ushlab turgan Jeon Jungkook. U Dreadning suzish jamoasidagi do‘sti. Ikkinchisi esa Seokjin u ham Dreadning suzish jamoasidagi do'stlaridan biri
Jennie— "Meni qo‘yib yuboring lanatilar”
Jungkook— "Mana, nihoyat malikamiz o‘ziga kelibdi,” deb erkalab gapirdi, nihoyat rolidan chiqib, menga istehzoli kulimsirab qarab qo'ydi
Jennie— "Jungkook, jiddiy aytyapman! la’nati meni qo‘yib yubor!”
Jungkook— "Bo‘lmaydi, kichkina qotilcha,” deb qo‘shiq ohangida javob berdi u
Instinktlarim butun kuchi bilan ishga tushadi va men unga qarshi qattiq tipirchilay boshlayman, oyoqlarimni yerga tirayman. Qo‘llarim orqamda kishanlangan, shuning uchun men tanamni bor kuchim bilan u yoq-bu yoqqa tashlayman. Lekin qarshiligim ularni yanada qattiqroq ushlashga majbur qilardi.
Ular meni hovlining o‘rtasidagi bayroq ustuniga olib ketishayotgandi
Ko‘zlarim kattalashib ketadi va darhol nima qilishmoqchi ekanliklarini tushunaman. Unga yaqinlashganimiz sari boshimni tinmay chayqayman, “Yo‘q” deb qayta-qayta takrorlayman.
Qancha qarshilik ko‘rsatmay, ularning qo‘llari yanada qattiqlashadi, hatto og‘riydigan darajada. Jungkook va Seokjin esa zavqlanib kuladi.
“Meni qo‘yib yuboring!” deb qichqiraman, qoqilib ketaman. Ular meni yiqilishdan ushlab qoladi, lekin bu baribir ular rejalagan narsadan yaxshiroq edi.
Biz ustunga yetamiz. Jungkook meni yelkalarimdan ushlab turadi, Seokjin esa orqamga o‘tib, qo‘llarimdagi kishanni yechishga kirishadi. Men Jungkook’ga iltijo bilan qarayman. Uning qo‘pol yuzida mototsiklchilar to‘dasiga mos keladigan sovuq qiyofa bor — kuchli jag‘, burun suyakida biroz egilish, o‘tmishda singanini bildiradi, va qora ko‘zlari bezovta qiladigan darajada sovuq.
Jennie— “Iltimos, buni qilmang,” deb xirillayman, ovozimdagi umidsizlikni yashira olmay.
U esa faqat kulimsiraydi — rahm-shafqatdan asar ham yo‘q.
Qo‘llarimdagi metall bo‘shashadi. Seokjin tezda bir kishanni bilagimga qayta mahkamlaydi va uni ustun tomon tortadi.
Ikkinchi kishanni ham ustunga qotirib, meni shu yerga zanjirlab qo‘ydi.
Jungkook— “Kechirasan, azizam,” “U yerda turgan o‘sha ahmoq juda jiddiy qiynoqlarni boshdan kechirgan, men esa qilgan mehnatim bekorga ketishini xohlamayman.”
Boshimni tinmay chayqayman, ular meni shu yerda tashlab ketmasliklariga ishonishni xohlamay.
Jennie— “Rogue, tashqarida besh daraja sovuq,” deb qattiq aytaman. Nafasim ichimga tiqilib, o‘pkam muzlab ketayotgandek. Nafas olish ham qiyinlashyapti, adrenalin yana meni bosib ketmoqda. “Iltimos, bolalar! Men xato qildim, maylimi? Men shunchaki vahimaga tushdim! Dread yutdi! Sizlar isbotladingiz! Endi meni ustunga zanjirlab qo‘yishingiz shart emas!”
Jennie— bilasizku hech kim menga ishonmaydi!” deb keskin javob beraman, kulgim og‘ir va ma’nosiz chiqadi. “Hech kim baribir …hech qachon meni la’nati jiddiy qabul qilmagansizlar, va buni o‘zingiz ham bilasiz.”
Men tishlarimni qattiq g‘ijirlataman va unga tikilib qolaman, burnim shishib nafasim tezlashadi. Ko‘zlarimning orqasini kuydirayotgan yoshni yutib yuboraman. Ular meni yana yig‘layotganimni ko‘rishmaydi.
Oxirgi jilmayish bilan Jungkook ortiga qaramay ketadi. Seokjin ham menga bir marta qaraydi, lekin uning yuz ifodasi oy ostidagi qor kabi sovuq va bo‘sh. Keyin u ham burilib ketadi.
Shunday qilib, ular g‘oyib bo‘ladi. Avtoturargoh tomonga kirib ketishadi. Bir necha daqiqada mashinaga o‘tirib, meni bu yerda butunlay yolg‘iz — shafqatsiz sovuq havoga tashlab ketishadi.
Ular ketishi bilan ko‘z yoshlarim yana to‘lib chiqadi va ko‘rishim xiralashadi. Iyagim titraydi. Men kishanlangan qo‘limni ustundan pastga sirg‘itib, sovuq, qattiq yerga o‘tirib qolaman. Metall ustunga suyanib, tizzalarimni ko‘kragimga tortaman va bo‘sh qolgan qo‘limni qornim bilan sonlarim orasiga tiqib qo‘yaman.
Qor darhol jinsimni ho‘l qilib yuborgandi va yelkam ham og‘riyapti, lekin bu og‘riq hech narsa — shamol kiyimim ostiga kirib, terimni muzlatib yuboryapti. Badanimni titroq bosardi. Tishlarim chirtillaydi va men boshimni tizzalarimga qo‘yaman.
Bir lahza qattiq achiq bilan yig‘lab yuboraman, keyin esa o‘zimni majburlab to‘xtataman.
Lekin men bunga yo‘l qo‘ymayman.
Men bularning hammasini behuda boshdan kechirmadim.
Men Dreaddan buning qasamini olaman. Agar shu tunni omon o‘tkazsam, u buning javobini beradi. Men hatto o‘zim haqimda yolg‘on gapirgan bo‘laman — va haqiqiy qotillik qilaman. U bunga arziydi, la’nati.
Lekin uni muzlatib o‘ldirish o‘rniga…