𝐌𝐲 𝐝𝐫𝐞𝐚𝐝𝐟𝐮𝐥 𝐝𝐚𝐫𝐥𝐢𝐧𝐠
Bu qorong'u romantika (dark romance) janridagi asar bo'lib, unda qo'zg'atuvchi (trigger) bo'lishi mumkin bo'lgan mavzular mavjud. 18 yoshdan kichiklar uchun mos emas
Onam meni o‘ldirish uchun ko‘plab usullarni tanlashi mumkin edi, lekin men har doim unga shunday usulni tanlagani uchun minnatdor bo‘lib kelganman — u menga faqat ichki jarohatlar qoldirgan. Bu uning hayotimdagi menga qilgan birinchi “mehribonligi” edi.
Oxirgisi esa — yetti oy oldin o‘zini osib o‘ldirishi bo‘ldi.
Men kampusdagi sport markazining ulkan yopiq basseyni chetida o‘tirardim. Sovuq suv tizzamgacha chiqib turibdi, lekin suv go‘yoki meni Jahannamga sudrab ketishga tayyor turgan O‘lim farishtasining qo‘llaridek tuyulardi. Yuragim qovurg‘alarimni urib yorib chiqmoqchidek gursillaydi, bu ahmoq tanamdan qochib ketmoqchi bo‘layotgandek go'yo. Muskulimdagi titroqlarni bosishga qanchalik urinmay, ular menga bo‘ysunmayapti.
Sen xavfsizsan, hanuz nafas olyapsan, hatto deyarli ho‘l ham emassan.
Shu sabab men bu yerdaman. Shu sabab men buni o‘zimga qilaman. Butun umr qo‘rquv ichida yashashni istamayman — dushga kirganimda sovuq terga botib qolish yoki basseyn yonidan o‘tganimda nafasim qisilib ketishini xohlamayman.
Qo‘rquv ichida yashashdan to‘yganman.
Ko‘zlarimni yumib, chuqur nafas olaman, lekin havo o‘pkamga zo‘rg‘a kiradi, go‘yo yonilg‘isi tugagan dvigatel kabi. Tepa sochim va peshonam ter bilan qoplangan. Hozirgi paytda eng kichik shamol ham jannatdek tuyular edi — lekin men aynan jannatga borishdan qochyapman.
Go‘yo yana cho‘kayotgandekman. Boshim orqasiga og‘ir bir qo‘l bosilgandek tuyg‘u kuchayadi va kimdir meni suvga itarib yuborayotgandek his paydo bo‘ladi.
Agar bu onamning ruhi jahannamdan qaytib, o‘sha 14 yil oldin boshlagan ishini tugatmoqchi bo‘lsa, hayron bo‘lmasdim. Mening onam juda ham qat’iyatli edi va otam bizni oila bo'lib qolshimizni istamaganida u menga qarab turib, meni o‘ldirishni xohlayotganini aytishdan tab tortmagan bo'lar edi.
Axir, u homilador paytida yiqilib tushmaganida, hammasi boshqacha bo‘lardi.
Va yana o‘sha kecha o‘lik tug‘ilgan o‘g‘ilni dunyoga keltirmagan bo‘lardi.
U qayg‘u va tug‘ruqdan keyingi psixoz ichida o‘zini yo‘qotmagan bo‘lardi.
Va oxir-oqibat, u.. o‘g‘lini o‘ldirganim uchun meni cho‘ktirishga urinmagan bo‘lardi. Aslida akam o'limiga o'zimni aybdor deb bilishim to'g'rimikan?
Ahir men o'zim istab onamni qornida akamni ezib qo'ymaganmanku..
Lekin mening akam yagona o‘lim emas — va onam meni o‘ldirmoqchi bo‘lgan birinchi inson ham emas.
Orqamdagi eshikning ochilgan ovozidan sapchib tushaman. Anglashimcha yopilish vaqti bo'ldi. Men bu yerda bir soat bo‘ldim, lekin atigi besh daqiqa oldin oyoqlarimni suvga tiqishga o‘zimni ko‘ndirgan edim.
universitetiga kelganimda o‘zimga va’da bergan edim: qo‘rquvimni yengish uchun hamma narsani qilaman. Darslar boshlanganiga endigina ikki kun bo‘ldi, lekin men allaqachon o‘zimni g‘alati odam qilib ko‘rsatish arafasida turibman. Bu yerga yolg‘iz qolish uchun kelgan edim — va tinchlikda, hech kimsiz vahima hujumini o‘tkazish uchun.
Lekin xodimlar kirib kelishini o‘ylamagan ekanman.
“Men ketyapman,” deb xirillayman, so‘zlar go‘yo qirg‘ichdan o‘tganidek achchiq chiqadi.
“Kerak emas, azizim. Men seni aynan shu yerda ko‘rishni yoqtiraman.”
Umurtqam bir zumda tik bo‘lib ketdi..
Tanamdagi har bir atom birdan to‘xtab qolgandek. Hujayralarm bir-biriga urilib, avariyaga uchragan mashinalardek yonib ketardi. Qonim muzlab, hujayralarni muzliklar ichida qamab qo‘ygandek. A’zolarim o‘chib, osmondan qulayotgan samolyotlardek yerga qulab tushayotgandek edi.
Huddi qisqa soniyalarda yuz berayotgan vayronagarchilik, o‘lim va halokat kabi
Hammasi esa — bir vaqtning o‘zida tanish ham, begona ham bo‘lgan ovozni eshitishimdan.
Ammo uni oxirgi marta jonli eshitganimda, hozirgidek emas edi. Biz ikkimiz ham to‘qqiz yoshda edik, sud binosi tashqarisida turardik. Atrofimizda o‘nlab jurnalistlar va kameralar chaqnayotgan chaqmoqdek yorug‘liklar bilan bizga yopirilardi. Uning oqsargan, muzdek tim qora asimmetrik ko‘zlari qalin qoshlar ostidan menga nafrat bilan tikilgan, uning o‘ldiruvchi fikrlari yuzidagi nafrati kabi aniq edi.
Onam yonimda turar, qo‘limni shunchalik qattiq siqardiki, barmoqlarim ko‘karib ketgudek edi. U tinmay yig‘lar va bizning oilamizni barbod qilgan o‘sha yigitga baqirardi.
Chunki sudda aynan uning guvohligi hakamlar hay’atini otamni aybdor deb topishga ishontirgan edi. Shu birgina ko‘rsatma oilamizni parchaladi: onamni eridan, meni esa otamdan ayirdi. O‘sha bola esa yolg‘iz turardi, yuzida zarracha ham pushaymonlik yo‘q edi.
U yillar avval otasini yo‘qotgan edi, endi esa onasidan ham ayrildi. Ular ikkalasi ham qabristonda, yonma-yon yotardi. Va ularni o‘sha yer ostiga kiritgan odam — mening otam edi.
Biroq otamni qamoqqa tiqish ham u uchun g‘alaba bo‘lmadi.
Chunki odamlarning ko‘pchiligi baribir uning gaplariga shubha bilan qarar, otamni yolg‘onchi yoki haqiqiy qotil deb bilmasdi. Aslida, hakamlar hay’atini ishontirgan yagona narsa — faqat uning o‘jar guvohligi edi.
Atrofdagilarning deyarli hech biri mening otam o'sha to'qqiz yoshli bolaning onasini o‘ldirganiga ishonmasdi.
Men otamning haqiqatan ham aybdor ekanini ich-ichimdan bilardim, lekin buni o'sha bolakayga hech qachon ayta olmadim.
Onam meni sud zalidan tortib olib chiqib ketayotganida, unga qarab "Men senga ishonaman" deyishimga atigi bir necha soniya qolgan edi.
Ammo u mendan oldin gapirdi..
"Bir kun keladi, men seni azoblayman. O‘limni orzu qilib qoladigan darajaga keltiraman."
O‘sha paytda u hali bola edi. Hozir esa u ulg‘aygan erkak.
Yuragim tez ura boshlaydi va men bu yerda ko‘rayotganlarim xayolimning mahsuli ekaniga deyarli ishonaman. Ha aniq!
Chunki uning bu yerda bo‘lishi — mutlaqo imkonsiz.
Sekin boshimni orqamga buraman va o‘sha qora ko‘zlarga qarayman. Qora-obsidian sochlarining tolalari uzun kipriklariga tegib turadi.
U bilan nigohlarimiz to‘qnashgan zahoti yuragim avvalgidan bir necha yuz marotaba tez urib ketdi.
Mening qarshimda, jonli, haqiqiy holda.
Aqlli ish — qochish bo‘lardi. Lekin men qotib qolgandim. Shuning uchun faqat unga keng ochilgan ko‘zlar va bo‘shashgan og‘iz bilan tikilib qoldim.
U bir necha qadam yaqinlashgach, ortimda cho‘kadi, tirsaklarini keng ochilgan tizzalariga bemalol qo‘yadi. Uning har bir hujayrasidan o‘sha eski, kuydiruvchi nafrat taralardi. U shunchalik zich tutun hosil qiladiki, tomog‘imga tiqilib, deyarli bo‘g‘ilib qoladigandek.
Og‘zim quriydi va bir necha soniya davomida men gap, harakat, his-tuyg‘ularni butkul yo‘qotaman. Faqat unga tikilib turaveraman — lekin hayrat tezda qo‘rquvga aylandi.
U beparvo tarzda o‘ng qoshini ko‘taradi, uning ustidan ingichka oq chandiq o‘tgan.
Men tomog‘imni qirib yuboraman va zo‘rg‘a pichirlab aytaman:
Xudo haqqi, u avval ham sovuq ko‘rinardi, lekin ismi og‘zimdan chiqqan zahoti uning nigohi muzlab, kuydiradigan darajada qahrli bo‘lib ketdi.
Tae— “Meni shunday chaqirma,” deydi u keskin. “Mening ismim — Dread ”
Men buni bilardim, lekin faqat yangiliklardan. U yoshiga nisbatan bir nechta rekordlarni urgan, Olimpiadada eng ko‘p oltin medal olgan iste’dodli suzuvchi edi. Odamlar Taehyung'ni afsona deb bilishardi — go‘yo suvdan chiqqan tirik bir baliq kabi. O‘n besh yoshida birinchi rekordini yangilaganidan keyin u intervyuda bu laqab qayerdan chiqqanini aytgan. Aytishicha, murabbiyi unga bu nomni o‘n yoshida bergan, chunki u start blokiga chiqqanida raqiblariga aynan shunday qo‘rquvni singdirar edi. Shundan keyin dunyo uni faqat Dreadful Kim deb chaqirishga o‘rganib olgan.
Lekin nega u bu yerda — biz ulg‘aygan joydan bir necha shtat narida, mening kollejimda — nima qilib yurganini tushuna olmayapman.
Jennie — “Sen… sen bu yerda nima qilyapsan?”
U jilmayadi va bu manzara yutinshmni qiyinlashtirardi. Labining burchagida biroz hazil aralash ifoda bor, lekin u qorong‘ilik soyasiga botgan. Yovuzlik. U baxtini ifoda qilish uchun emas, balki o‘zining zulmatini ko‘rsatish uchun kuladi.
Tae— “Men bu yerda o‘qiyman,” deydi u oddiygina.
Men ko‘zlarimni pirpiratib, hayrat va tushunmovchilik bilan boshimni chayqayman.
Jennie— “N-nima uchun?” deb pichirlayman.
U boshini biroz egadi, nigohi meni sinchiklab kuzatadi. Men keng futbolka va tizzagacha tushib turadigan qora yupka kiyganman, lekin uning qarashi ostida o‘zimni yalang‘ochdek his qilardim. U yana ko‘zlarimga qaraganda, ichimdagi sovuq titroqni bosib turardim.
Tae— “Men senga va’da bergan edim, Jennie,” deydi u. “Seni azoblayman deb va’da bergan edim. Seni o‘limni tilab qoladigan holatga keltiraman deb aytgan edim.”
Uning lablari yana kengroq egiladi va nafasidagi sovuq muz suyaklarimni yemirib, ichimga singib ketadi — ichimda bo‘shliq paydo qiladi. Men bu hisni nomlashga faqat u gapirgandagina muvaffaq bo‘laman.
Tae— “Men bu yerga va’damni bajarish uchun keldim.”