November 20

​𝐌𝐲 𝐝𝐫𝐞𝐚𝐝𝐟𝐮𝐥 𝐝𝐚𝐫𝐥𝐢𝐧𝐠

𝐦𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟:

𝐄𝐩𝐩: 2

Bu qorong'u romantika (dark romance) janridagi asar bo'lib, unda qo'zg'atuvchi (trigger) bo'lishi mumkin bo'lgan mavzular mavjud. 18 yoshdan kichiklar uchun mos emas

“Qulflovchi” (The Locksmith) o‘z qurbonlarining tomog‘ini quloqdan quloqqacha yorib tashlardi — u ularni shunday o‘ldirardi.

Ammo avval ularni qiynardi. Zo‘rlardi. Mayib qilardi. Bo‘yin tomirlarini kesardi. So‘ngra o‘zining dahshatli kolleksiyasi uchun sochlaridan bir bo‘lak yulib olardi va keyin ularni bo‘laklarga bo‘lib tashlab, yo‘q qilardi.

U Kaliforniyaning Silent Mist hududidagi o‘lim farishtasi edi. Umuman olganda u hozir ham shunday. Hali ham shunday o'limlar davom etmoqda

Jennie Pov*

Otam — Lionel. U Taehyungning onasi Ketrin Kim'ni o‘ldirgani uchun qamalgan. Men otamning haqiqatan ham aybdor ekanini o‘sha kechada ko‘rganlarimdan bilardim, lekin qo‘rqib, yillar davomida jim yurdim. Sudda otamni aybdor qilgan asosiy guvohlikni esa o‘sha paytda hali bola bo‘lgan Taehyung bergan edi. Sud otamni "qulflovchi" nomli qotil deb shubha qilgani uchun ham u qamoqga kirgan edi.

​Endi esa otam atigi uch haftadan keyin ozodlikka chiqadi. Men uni qamoqda ushlab qolish uchun o‘sha kecha ko‘rganlarimni yozib bayonot yubordim, chunki mengga yana ozgina vaqt kerak, hech bo'lmasa shu boshlanayotgan yil oxirigacha. lekin foydasi bo‘lmadi. Qamoqxona boshlig‘i uning yaxshi xulqini maqtab xat yozgan ekan, komissiya esa o‘n uch yoshimdan beri otam bilan aloqa qilmaganimni bahona qilib, gaplarimga shubha bilan qarayapti

​U tashqariga chiqsa, men uchun xavf boshlanadi. Ismimni o‘zgartirgan bo‘lsam ham, universitetimda ko‘pchilik kimligimni biladi. Ustiga-ustak, shu universitetda Taehyung ham o'qiydi. Otam chiqishi bilan matbuot yana shov-shuv ko‘taradi, odamlarning nigohi bizga qadaladi — shunda otamning meni topishi hech gap bo‘lmay qoladi.

​Buning ustiga, otam qamalganidan keyin “Qulflovchi”ga taqlid qilib odam o‘ldirayotgan taqlidchi qotil ham hali erkin yuribdi, odamlar esa otamni nohaq qamalgan deb o‘ylashadi. Xullas, hamma tugunlar yana chalkashib, eng yomon kunlar yaqinlashib kelyapti.

Otamning qamoqdan chiqishi, haqiqiy qulflovchi qotil, uning taqlidchisi va hatto Taehyung bularning barchasi bir vaqtda aqilga sig'maydi. Ularni hammasi men uchun katta havfdek yashashga qo'ymaydigan katta parazitdek go'yo.

Yaxshiyam Namjoon amakim bor. Otam qamoqga tushganida ham meni yolg'iz qo'ymadi hatto onam o'limidan so'ng ham doim qo'limdan tutib turdi u va uning ayoli men uchun yagona tayanch.. Namjoon amakim palitsiyada ishlagani uchun ham doim yangiliklardan habardor bo'lib turaman va u mengga doim to'g'ri yo'lni ko'rsatib turadi.. shuncha muammolar ichida bitta yaqin insonim bo'lishi ham yengillik beradi aslida

Namjoon "palitsiya ofitseri, detektiv"

Fikrlarimni notinchlikdan uzib yuboradigan boshim orqasidagi yengil tortish hisi meni chalg‘itdi. Instinktiv ravishda yelkam taranglashdi va ko‘zlarim asabdan yumilib ketdi.

Tae— “Otang nima uchun sochlaringni yoqtirganini tushuna boshladim” — deb pichirlaydi orqamdan chuqur, dag‘al ovoz. U mening och jigarrang sochlarimdan bir tutamini ushlab, ko‘tarib tekshirardi.

Albatta, Dread meni aynan orqamga o‘tirishi aniq edi. Boshqachasiga qanday qilib meni bunchalik oson qiynardi?

Lablarimni qattiq siqib, yuqoriga qarayman — Professor stuliga suyanib, telefoniga g‘azab bilan yozmoqda, qoshlarini chimirib, jim lab qimirlatib so‘zlarni takrorlayapti. U kim bilandir janjallashyapti shekilli, demak bizga umuman e’tibor bermayapti.

Men oldinga egilib, Dreadning qo‘lidan sochlarimni tortib olaman. Bu uning tomog‘idan past ovozli kulgini chiqaradi. Men shu tomoqni ushlab, uni boshqa hech qachon ovoz chiqarmaydigan qilib qo‘yishni xohlayman — lekin bu meni ham otamga o‘xshatib qo‘yadi.

Va Dreadni ham onasiga o‘xshatadi.
Tishlarimni g‘ijirlatib, noutbukimga tikilib qolaman va chuqur nafas olaman — bu o‘zimni tinchlantirishga bo‘lgan ojiz urinish. Odatda uni e’tiborsiz qoldirishm ish bermaydi, lekin men juda charchaganman.

Jennie— “Testga e’tibor ber, Dread. Balki o‘zingni ovozingdan ko'ra boshqa narsani ham o‘rganarsan,” deb sovuq ohangda javob beraman.

U yana sochimdan ushlaydi, bu safar keskin tortib yuboradi, boshimni orqaga silkitar ekan, tishlarim orasidan o‘tkir og‘riqli tovush chiqib ketadi.

Tae— “Ehtiyot bo‘l, azizim. Balki sen mening ovozimga qiziqib qolgandirsan,” deb pichirlaydi u erkalab.

Men ko‘zlarimni ag‘daraman va qo‘limni ko‘taraman. Professor buni payqamagach, hali ham telefonidagi “urush” bilan band bo‘lib turganida, men baland ovozda tomog‘imni qirib qo‘yaman. Professor seskanib ketadi, boshi darhol ko‘tariladi va nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga tushadi.

Ellikdan ortiq bosh birdan menga buriladi, lekin men bu qarashlardan o‘zimni tortib olmayman. Men allaqachon odamlar menga tikilib qarashiga o‘rganib qolganman.

“Ha,” deyman, qo‘limni tushirib, belimni tik tutaman. Dreadni eng ko‘p g‘azablantirishning eng oson yo‘li — uning haqiqiy ismini ishlatish. Bungga ko‘pchilik jur’at qilmaydi.

Lekin men qilaman.

Tae— “Taehyung menga jinsiy bezorilik qilyapti.”

Darhol u mening sochimni qo‘yib yuboradi va men mamnun kulgimni yashirshga urinaman, uning stuli g‘ichirlab ketadi — ehtimol u o‘zining ulkan tanasini orqaga suyanayotgan bo‘lsa kerak. O‘sha stul qanday qilib uning bahaybat vaznini ko‘tarib turgani g'alati u yoshiga nisbatan judayam muskulli.

Agar orqamga qaraganimda, uni albatta g'azablangan holda ko‘rgan bo‘lardim, lekin bu manzara ilonning ochiq og‘ziga qarashdek xavfli. Rostini aytsam, men ham Dreaddan qolgan talabalar kabi qo‘rqaman, lekin buni yashirishga harakat qilaman.

Professor xo‘rsinadi va menga bezovta nigoh tashlaydi. Bu birinchi marta emas Dreadni jinsiy bezorilikda ayblashim, va har safar bo‘lgani kabi, yana hech narsa qilinmaydi.

Professor— “Janob Kim, Miss Jennie bilan aloqada bo‘lmaslikka harakat qiling. Sizni dekan oldiga chiqarishga majbur bo‘lishni xohlamayman,” deydi u robotona ohangda.

Qanday la’nati ikkiyuzlamachi.

U bu gapni yuz marta aytgan, lekin hanuzgacha dekanga xabar bermaydi.

Faqat Dreadga birgina ogohlantirish beriladi — go‘yoki jinsiy bezorilik ayblovi shunchaki “eslatma”dek. Ehtimol, u universitetga yuz minglab dollar mablag‘ olib kiradi, shuning uchun uni universitetining qiroli kabi ko‘rishadi. Kollej suzish jamoasi sardori bo‘lishi va ikki karra Olimpiya oltin medal sohibi bo‘lishi ham bunga sabab bo‘lsa kerak.

Tae— “Kechirasiz. Siz Miss D’Amourni nazarda tutyapsizmi?” deb so‘raydi Dread, go‘yo tushunmagandek.

Ko'zlarimni suzib ensa qotiraman, professor esa menga noqulay qaraydi. O‘n sakkiz yoshga kirganimdan keyin men to‘liq ismimni Charlotte D’Amourdan Jennie Kim'ga o‘zgartirdim — bir tomondan otam meni topishini qiyinlashtirish uchun, ikkinchi tomondan esa D’Amour familiyasi bilan hech qanday aloqam qolishini istamaganim uchun.

Lekin men Dreadning ismimni ishlatishni tashlamagani kabi, u ham mening familiyamni qo‘yib yubormaydi.

Professor— "M-menimcha, Miss Jennie Kim desangiz to‘g‘riroq bo'ladi” ‐dedi professor noqulay tomoq qrib

Tae— “Aha, uzr. Ba’zan adashib qolaman,” deb cho‘zadi Dread, ovozida kulgi aralash. “Men Jennie'ni jasadni bo‘laklab, uni qanday yo‘q qilish haqida kitob o'qiyotganini ko‘rdim. O‘yladimki, otasi unga buni o‘rgatgan bo‘lsa kerak, lekin bilasiz… hamma ham tez o‘rganmaydi.”

Jag‘imni qattiq qisaman, unga qaramaslikka harakat qilaman, lekin uni tasavvur qilaman — stulga bemalol suyangan, oyoqlari keng ochiq, qo‘li yonidagi stulga tashlangan, yuzida shaytonona kulgi.

Bir necha odam kulib yuboradi, yonoqlarim qizib ketadi. Qo‘llarim biroz titraydi, lekin u sezmasligi uchun ularni musht qilib siqmayman. Buning o‘rniga lablarimni qisib, ekranimdagi testga tikilaman.

Ichimdan yig‘ilashga va taslim bo'lishga tayyorman, lekin noutbukimni unga otib yuborish istagi kuchliroq, lekin men unga bu zavqni bermayman. U meni portlatishni xohlaydi — shunda hamma meni otamga o‘xshash deb o‘ylaydi.

Jinni va zo‘ravon

Men soxta tabassumimni yuzimga yopishtirib, o‘qituvchimizning sovuq nigohiga tik qarayman.

Jennie— “Professor, Dread’ning tushunmovchiligi uchun uzr so‘rayman. Hammamiz bilamiz, u unchalik yaxshi o‘qiy olmaydi va tez chalkashadi. O'ylashimcha suvdagi Xlor uning miyasini yemirib yuborgan"

Dread yana chuqur kuladi. O‘sha tovush tomirlarimdan sirg‘alib o‘tib, nervlarimni tirnaydi. Har birini. La’nati har birini.

Men bu kulgidan nafratlanaman. U doim uning navbatdagi shafqatsiz gapidan oldin keladi.

Tae— “Qotillar jozibali bo‘ladi. O‘sha chiroyli tabassumga aldanma,” deb javob beradi u, ovozi go‘yo shaytonning o‘zidan chiqqandek. “U buni dadasidan o‘rgangan. Ishonchim komil, u unga har xil ‘ko‘nikmalarni’ ham o‘rgatgan.”
Nazoratim uziladi. G‘azabdan tishlarimni g‘ijirlatib, boshimni keskin o‘giraman — uni yon tomondan ko‘rishim bilanoq u ko‘zimning chetida ko‘rinadi.

Uning jirkanch darajada uzun tanasi kichik stulni to‘liq egallab olgan, plastik esa og‘irligi ostida sinib ketgandek taranglashgan. U orqaga suyanib o‘tirar, xuddi eng katta bezori kabi ko‘rinardi.

Qora, ko‘mirdek sochlari yuziga tushib turadi — tartibsiz, o‘rtadan ajratilgan, lekin qolgan qismi qisqaroq qilib qirqilgan, ushlashga qulay darajada. Buni men bilaman, chunki uning og‘zi boshqalarning bo‘ynida bo‘lganini ko‘p marta ko‘rganman.

O‘tgan Halloween’da u “Scream”dagi Billy sifatida kiyinib, barmoqlaridan soxta qon yalab yurgan edi. Og‘zining burchagida yovuz tabassum bor edi, ayollar esa unga tiz cho‘kib ketgudek holatda edi. O‘ng qoshidagi kesik chandiq va qulog'i dagi kichik kumush halqa uni yanada “yovvoyi” qilib yuborardi.

Men esa faqat uning yuzini sindirishni xohlardim.

Uning seriyali qotilni taqlid qilgani ham kinoyali edi.

Dread menga o‘sha masxarali tabassum bilan qarab turadi, javobimni kutadi. O‘girilib ketmaslik uchun o‘zimdan ulkan kuch talab qilaman. Unga qarashning o‘zi ham og‘ir. U nafaqat hayotimni azobga aylantirgan sabablarning deyarli barchasini ifodalaydi, balki Taehyung Kim (Dread) ’ga qarash — quyoshga tik qarash bilan barobar xavfli.

Hech bo‘lmasa, uni yoqtiradiganlar shunday deyishadi: uning qora, o‘tkir ko‘zlariga bir qarash ham seni kuydirib yuboradi, keyin esa yana qaytishini istab qolasan. U bo‘lmasa, sovuqdan muzlab qolasan.

Lekin men uchun u buning teskarisi.

U bu kampusga qadam qo‘ygan ondan beri meni yo‘q qilishga bel bog‘lagan.

Yo‘q. Uning nigohi — o‘lik yulduzdek sovuq, meni ich-ichimdan muzlatadi. Faqat u qarab turmaganda men yana iliq bo‘lib qolaman.

Men unga ko‘rinmas bo‘lish uchun hamma narsaga tayyorman.

Professor xo‘rsinadi, asabiylashgani bilinardi

Professor— “Bir-biringizga xalaqit bermasdan testni tugatishingizni xohlayman. Bu bahoning besh foizi ekanini eslatishim kerakmi? Siz ikkalangiz ham yiqilib, kursni qayta o‘qishingizni istamasdim.”

Uning ohangi qanchalik sovuq bo‘lmasin, aslida bunday bo‘lishini xohlayotgani sezilardi — va men Dread bilan yana shu darsni o‘tishdan yomonroq narsani tasavvur ham qila olmayman.

Tilimni tishlab, faqat bosh irg‘ayman.

Professor yana telefoniga qaytadi va qolgan o‘ttiz daqiqa davomida Dread nihoyat jim bo‘ladi.

Lekin dars tugashidan bir lahza oldin, uning nafasi ensamga tegadi. Tanamdagi mayda tuklar tikka bo‘lib ketadi va men titrashni zo‘rg‘a bosib qolaman.

Tae— “Umid qilamanki, yetarlicha izlanish qilgansan, azizam. Ertangi kechaga kerak bo‘ladi,” deb pichirlaydi u. Bir zumdan keyin qo‘shimcha qiladi:

Tae— “Yoki yana otangga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘rarsan.”

Bu nimani anglatishini tushunib yetmasdan oldin, talabalar oyoqqa turib, narsalarni yig'ishtirib, eshikdan yugurib chiqib ketishganida, xona atrofimda portlab ketganday tuyuldi. To'satdan paydo bo'lgan betartiblik meni miyamdan chiqarib yubordi va fikrlarimni tarqoq qoldirdi.

Dread'dan nima haqida gapirayotganini so'rash uchun o'girilib qaraganimda, u ketgan edi.

Sarosimaga tushib, u allaqachon chiqib ketayotganini ko'rdim, yelkasidan oshib, menga sovuq nigoh bilan qaragancha to'xtab, lablari bilan yomon tabassum bilan burilib, g'oyib bo'ldi.

Jin ursin.

U endi nimani rejalashtirgan ekan?