November 17

Uncontrolled Emotions

Ep²⁰

Erta tong

Jungkook ertalab ko'zlarini ochdi va yonida kichkinagina bo'lib yotgan Sevaga ko'zi tushdi.Jungkook Sevaga biroz tikilib turganida uning yuzi qip qizil bo'lib ketganini payqadi.Jungkook darrov Sevani peshona yuz va bo'yin qismlarini ushladi.

Jk:ming lanat issig'ing bor

Kechagi dori tasiri mana endi o'zini oshkor qilayotgandi.Jungkook Sevani tanasidagi yengil titroqni sezdi va Sevani uyg'otishga xarakat qildi.

Jk:Sevaa uyg'on...meni eshtyabsanmi

Seva:sovuq...sovuq

Jk:Seva

Seva ko'zini ochmasdan tinmay alxsirardi.

Seva:yo'q...iltimos teginmang...xoxlamayman

Seva ko'zini ochmagan xolda yig'lashni boshladi.Jungkook Sevaning axvolini ko'rib nima qilishni bilmay qoldi va tez o'rnidan turib kiyinib Sevani ham kiyintirib uni ko'targancha tashqariga chiqdi.Jungkook mahina yoniga yaqinlasharkan haydovchisiga o'shqirib ketdi.

Jk:shifoxonaga boramiz tezz....10 daqiqiada shifoxonada bo'lmasak ertaga sen nargi dunyoda bo'lasan

Jungkook Seva bilan mashinang ortiga joylashdi.Haydovchi ham tez oldi o'rindiqga o'tirib mashinani xaydadi.

Jk:tezroq xaydaπŸ—£οΈ

Jungkook vajoxat bilan tinmay baqirgancha tizzasi ustida turgan Sevani haroratini tekshirib turardi.Borgan sari oshib bormoqda.

Jk:chida chida oz qoldi

Jungkook Sevani sochlarini silagancha past va siniq ovozda gapirdi.

Seva:yo'qqq...teginmang o'tinaman.....qoching yaqinlashmang

Jk:yana alaxsirayabdi

Sevaning ko'zlari yana namlanishni boshladi lekin ko'zlarini hali ham ochmasdi.

Jk:bo'lsangchiπŸ—£οΈ

H:yetib keldik janob

Jungkook tezda Sevani qo'lida ko'targancha mashinadan tushdi va shifoxona ichkarisiga kirdi.Shifoxona Taehyungga qarashli edi shuning uchun Jungkook Sevani tog'ri Bosh shifokor xonasiga olib bordi.Navbatda turgan odamlarga qaramay ichkariga bostirib kirdi.Buni ko'rgan bish shifokor va uning yonida o'tirgan bemor qo'rqib ketdi.

Sh:janob Jeon

Jungkook Sevani o'sha yerdagi muolaja stoliga yotqazdi.

Jk:tashqariga chiq...tezzzπŸ—£οΈ

Jungkook o'sha yerdagi bemorga bor ovozi bilan baqirdi.Bemor tezda xonani tark etdi.

Sh:janob Jeon nima bo'ldi

Jk:nega anqayabsan tekshir ko'rmayabsanmi ko'zini ochmayabdiπŸ—£οΈ

Jungkookning ovozi pasayish o'rniga borgan sari ortib borardi.Shifokor xonim tezda Sevani yoniga kelib birinchi o'rinda uning xaroratini tekshirdi.

Sh:istmasi bor...juda baland

Jk:qaraya men bilmagandim

Jungkook endi baqirmasdi lekin asabiy kesatiq gap qilishni boshladi.

Shifokor tezda stoli ustidagi ish telefoni orqali bitta hamshira chaqirdi.Hamshira qo'lida kerakli ukollar bilan yetib keldi.Shifokor Sevaning qo'liga ukol qilmoqchi bo'lganida Seva ko'zini ochmagancha qo'lini tortib oldi.

Seva:teginmang menga....kim bor...yordam bering.....oyiii meni bu yerda qoldirmang

Sevani ko'zlaridagi marjon yoshlari hali ham to'xtamasdi.

Sh:nima bo'lyabdi

Jungkook Sevaning yoniga kelib qo'llarini birlashtirdi va uning sochlarini siladi.

Seva:meni ularga bermang...o'tinaman

Jk:tishshshsh...men shu yerdaman...hech kim senga tegmaydi...qo'rqma

Seva negadir Jungkookning muloyim ovozidan tinchlanganday bo'ldi.Anchadan beri hammaga jaxil qilayotgan Jungkookning Sevaga yumshoq gapirishi shifokor va hamshiraning hayratlanishiga sababchi bo'ldi.Jungkook ko'zi bilan shifokorga ukul qilishini imladi.Shifokor qo'lidagi shipristni qopqog'ini ochib Sevaning tomiriga ignasini tiqdi.Seva kutilmagan kichik og'ridan qo'llarini torib olmoqchi bo'lganida Jungkook uning qo'lining qimirlashiga qo'ymadi.Seva ham ortiqcha xarakat qilmay ortiq qimirlamadi.Shifokor ishini tugatib Sevaning qo'lidagi tasmani yechdi (anu ukol qivotganda tomiri ko'rinishi uchun bog'lidiku jugutmi diyiladi o'sha adashmasam xullas shu).U qon yo'llarni to'sib qo'ygani sabab yechishlari bilan Sevaning qo'llari qizarib ketdi.Jungkook kaftini Sevanining qo'llarida tepadan pastga xarakatlantirgancha qon aylanishi yaxshilanishiga yordam berdi.

Sh:janob Jeon ha demay qizning istmasi tushadi

Jk:Jeon xonim

Sh:nima

Jk:u meni rafiqam...Jeon xonim

Sh:ming bor uzur janob...tez orada Jeon xonimning sitmasi tushadi ungacha ularni palataga olamiz

Jk:yaxshi

Shifokor xonasi burchagida turgan nogironlar aravachasini sekin ular tarfgabolib kelishni boshladi.

Jk:bu nimaga

Sh:Jeon xonim uchun

Jk:u nogiron emas asabimga o'ynamang hozir o'zingizni umrbot shunda o'tiradigan qilib qo'yaman

Sh:janob Jeon...haligii...hozir Jeon xonim xushlarida emas....ularni palataga olish kerak

Jungkook asabiy tilini og'iz bo'shlig'ida aylantirgancha Sevani qo'liga ko'tardi.

Jk:qaysi palata

Shifokor tezda xonadan chiqib Jungkookga yo'l ko'rsatdi.Jungkook Sevani ko'targancha unga ergashdi.Jungkook bu yo'l vip palatalar qatori emasligini sezdi.

Jk:menga vip palata kerak...qayerga olib ketyabsan

Sh:janob vip palatalaring barchasi band faqat ikki kishili xonalar qolgan

Shifokor bir palatani eshigini ochdi.Jungkook chuqur nafas olgancha ichkariga kirdi.Ichkarida birinchi yotoqda deyarli Seva tengi bir qiz yotar edi ikkinchi yotoq esa bo'sh edi.

Jk:o'rgildim sizlarni shifoxoangizdan

Jungkook Sevani bo'sh yotoqga yotqazdi va uning sochlarini to'g'irlab ustini yopdi.

Sh:janob Jeon hozir rafiqangizdan bir qancha tahlillar olmiz

Jk:yaxshi

Jungkook tashqariga chiqib yordamchisiga qildi va 10 daqiqaga qolmay butun shifoxonani qo'riqchilar bilan to'ldirdi.Shifoxonaga kirishda,shifoxona xovlisida,orqa tarfada,4 qavatli shifoxonaning barcha qavatlariga va albbat Sevaning eshigining tagiga anchagina qo'riqchilar qo'ydi.Jungkook hamma narsani hal qilib qaytaib Sevani yoniga kirmoqchi bo'lganida uzoqdan kelayothan Hanga ko'zi tushdi.

Jk:bu tasodifmi yoki uyushtirilgan

Jungkook o'ziga gapirdi.Han ham tezda Jungkookni yoniga keldi.

Jeon Jungkook

Han:voyyy kimlarni ko'ryabman....jinoyat olami qiroli Jeon Jungkook

Jungkook Hanga bosiqlik bilan hech qanday reaksiyasi qarab turardi.

Jk:nima deyabsiz kamisar

Han va Jungkook bir biriga qarama qarshi turib olishdi.

Han:haa kim xam bilibdi deysan....bilasanmi nima sendan ko'ra ko'proq Sevaga achinaman

Jk:menga qara yigitcha...xotinimga achinish senga qolibdimi

Han:agar men seni panjara ortiga tiqsam shunday chiroyli qiz beva qoladimi endi

Han biroz Jungkookga yaqinlashib past ovozda vishilladi

Han:ammo xavotir olma...sen qamoqxonaning zax yerlarida yotgan paytingda xoting meni issiq bag'rimda yotadi

Han Jisung

Jungkookning asab tomirlarini bitta bitta uzayotgan Haning oxirgi gaplari Jungkookning ichidagi yovvoyi maxluqni uyg'otdi.Jungkook Haning bo'ynidan bo'g'izlagancha devorga tiradi.

Jk:seni teringni shilib ichiga somon tiqaman ablax...agar xotinimni yonida o'ralashayotganingni ko'rsam go'shtingni itlarga yem qilaman

Jungkook asabiy xolda Hanga gapiarkan Hanning nafas olishi borgan sari qiyinlashib borarardi lekin yuzida Jungkookni battar asabinlashtiradigan kulgu bor edi.Oxiri Hanning hamkasblari kelib uni Jungkookni qo'lidan olishdi.Han birdan yo'talib tez tez nafas olishni boshladi lekin shunda xam Jungkookni asablari bilan o'ynashardi.

Han:bun.....dayy chiro...yli qiz sen...ga uvol

Jungkook yana xanga tashlanaman deganida Jungkookning ham bir qancha odamlari kelib uni to'xtatishdi.

Jk:sen bilan hali gapimiz tugamadi....aytgan har bitta gapingni burningdan buloq qilaman

Jungkook yovvoyi ko'zlari bilan tinmay yo'talayotgan Hanga qarab Sevaning xonasiga kirdi.Jungkookni bostirib kirganini ko'rgan o'sha palatadagi boshqa qiz qo'rqib ketdi.Seva esa hali ham hushiga kelmagandi.Jungkook Sevani yoniga borib istmasini tekshirdi.Biroz tushgan lekin oxirgacha emas.O'sha yerda o'tirgan qiz nima deyishini bilmay biroz qo'rqgancha Jungkookga gapirdi.

Qiz:janob....haligi....rafiqangiz juda ko'p alaxsiradi.....biroz yig'ladi ham

Jungkook o'sha qizga qarab turib tilini og'iz bo'shlig'ida aylantirdi va Sevaga qaradi.Shu payti janjaldan xabar topgan Shifokorlar palataga kirishdi.

Sh:janob Jeon xammasi joyidami

Jungkook ularga hech narsa demay Sevani qo'liga ko'tarib oldi.

Sh:janib Jeon nima qilyabsiz....hali rafiqngizni istmasi tushmagan uning ustiga taxlil javoblari ham chiqmadi

Jk:men uni bu yerda qoldirmayman...meni uyimga ikkita xamshira jo'nat o'sha yerda unga qarashadi

Sh:.....lekin

Jk:nima lekin...endi sendan so'raymanmi nima qilishni

Jungkook birda shifokorga o'shqirib palatadan chiqib ketdi.Shifokor xam hech narsa qila olmay ikkita eng yaxshi xamshirasini Jeon qo'rg'oniga jo'natdi.

*

Erta tongdan Lia badanidagi og'riq bilan ko'zini ochdi.Boshini ko'targancha atrofga nazar tashladi.Xonada xech Kim yo'q.Lia biriz yengil nafas olgancha sekin o'rnidan turdi va og'riqlarni yengishga xarakat qilib yuvish xonasiga kirib ketdi.20 daqiqada yuvunib chiqib og'riq qoldiruvchi Dori ichdi va entertainmentga ketishga tayyorlandi.

*

Lia entertainmentga keldi va tog'ri mashg'ulot xonasiga bordi.Rose bilan Jisoo yerga o'trib olgancha bir narsalarni gaplashib o'tirishardi.

Rose:Liaaa

Jisoo:Lia nikoh kechasining ilk tongidan nega bu yerdasan....nega eringni yonida emassan

Lia ularga biroz qarab turib birdan yig'lab yubordi.Rose bilan Jisoo uni yoniga borib Liani o'vutishga harakat qilishdi.

Rose:nima bo'ldii

Jisoo:nega yig'layabsan biron nima bo'ldimi

Lia:o'ldii.....Hyunjin....uni o'ldirdii

Rose:nimalar deyabsan

Lia bo'lgan ishlarni ularga aytib berdi lekin ko'zidagi yoshlar hech tinmasdi.

*

Jungkook Sevani uyga olib kelib yotoqga qo'ydi.Oradan ko'p vaqt o'tmay hamshiralar ham kelishdi.Sevaning harorati ancha normallashdi va 1 soatlardan so'ng xushiga keldi.Seva ko'zlarini ochgan vaqti Jungkook uning yonida uxlab qolgandi.Seva biroz vaqt Jungkookga tikilib qoldi.

Pov.Seva

Juda beg'ubor....ammo faqat uxlayotganida hech ishongim kelmaydi shunday yoqimtoy ko'rinishli inson aslida bir maxluq ekanligiga agar boshqa payt boshqa tasodiflarda uchrashganimizda...siz yovuz odam bo'lmaganingizda...agar vaziyat boshqacha bo'lganida sizni juda qattiq sevib qolardim...bu vaxshiy ko'zlar o'rnida beg'bubor ko'zlar bo'lganida edi men ularga allaqachon oshiq bo'lgan bo'lardim...Lekin yo'q bo'lmaydi biz siz bilan hech qachon birga bo'lolmaymiz bunga bir emas bir qancha sabablar bor....o'tim orta qolgani bilan hech qachon unutilmaydi

Seva xayol surib o'tirar ekanbirdan eshik taqilladi.Seva darrov ko'zlarini qayta yumib oldi shovqin ovozidan esa Jungkook uyg'onib ketdi.

Jk:kir

Jungkookning ruxsati bilan bitta xamshira ichkariga kirdi.

H:janob Jeon rafiqangizning muolajalarini qilishimiz kerak

Jk:yaxshi

Jungkook o'rnidan turib hamshiraning Sevaga ukol qilishini kuzatib turdi.Hamshira ignani Sevaning tomiriga tiqayotganida Sevaning ko'zlari yengil og'riqdan biroz pirpirab ketdi va lablarini sezilar sezilmas tishladi.Buni Jungkook sezib qoldi va lab chetida kuldi.Shu payti eshikdan ikkinchi hamshira qo'lida qahva ko'tarib kirib keldi

H.2:janob Jeon juda charchagan ko'rinasiz sizga qahva olib keldim

Hamshira nozlangancha Jungkookni yoniga kelib qahvani unga uzatdi.Aslida Jungkookga bunday narsalar yoqmaydi lekin biroz Sevani jig'iga tegush uchun indamasdan kulgancha hamshiradan qahvani oldi.Hamshira qahvani berayotib sezdirmay Jungkookning qo'lini ushlab oldi.

Pov.Seva

Voyyy uyatsizee hamshira degani ham shunaqa bo'ladimi...uyalmay qo'lini ushladi...kiyib olgan kiyminichii...tungi kiyimdan farqi yo'q tavbaa...haa Jungkook xam o'lib turibdikuu tirjayib turishinichi ko'zlarini hamshirani ochiq oldidan uzolmayabdi...iloyim ichgan qahvang tomog'inga tiqilib qolsin Jeon!

Seva shularni o'ylab turgan vaqtida Jungkook qahva ichayotib birdan tiqilib qolib yo'talib yubordi.Seva buni sezib o'zini kulgudan zo'rg'a tiydi.Jungkook yo'talgancha Sevaga qararkan Seva ko'zini ochmagandi lekin kulib yubormaslikga harakat qilayotgani bilinib turardi.Hamshira esa darrov Jungkookni qo'lidan qahvani olib uning orqa yelkalarini silashni boshladi.

H:axvolingiz yaxshimi janob Jeon

Jk:haa hammasi joyida

Jungkook Sevadan ko'zlarini uzmay shunday dedi.Jungkookning yo'talishi ancha bosildi.Hamshira sekin ishini boshlagancha ikki qo'li bilan Jungkookning mushklariga teginishni boshladi.Jungkook hamshiraga g'alati qarab turardi.

H:janob Jeon bilasizmi aslida sizni ko'rish uchun shu yerga kelgandim

Hamshira sekin Jungkookga suykalayotganida birdan Jungkookning telefoni jiringlab qoldi.Jungkook hech qanday reaksiyasiz telefonini tokcha ustidan olib qo'ng'iroqga javob berdi.

Aloqa ulandi

Jk:alo...eshtaman amaki

Hwang:Jungkook tezda qurol omboriga yetib kel

Jk:hop hozir boraman

Aloqa uzuldi

Jungkook hamshiraga qaradi.

Jk:meni ishlarim chiqib qoldi...kechgacha shu yerda bo'lsang send bilan aloxida gaplashamiz

H:bajoni dil

Hamshira tirjaygancha Jungkookga qaradi.

Jk:hozir esa xonamdan chiq!

Jungkookning qatiy buyrug'idan hamshira jimgina xonani tark etdi.Jungkook esa yana bir Sevaga nigoh tashlagancha kiyimlarini olib yuvinish xonasiga kirib ketdi.Jungkook dushga kirib suvni yoqishi bilan Seva sekin o'rnidan turdi.

Seva:bular birgalikda nima qilishmoqchi...uff aslida menga nima...istaganini qilsin menga teginmasa bo'ldi...men bekorga sendan nafratlanmayman Jeon Jungkook....sen men uchartgan eng jirkanch odamsan hech qachon seni kechirnayman...menga qilgan ishlaringni hech birini kechirmayman!

Sevaning ko'zlaridan narfat yaqol sezilib turardi.Seva bir nuqtaga qaragancha jim turarkan birdan yuvinish xonasini eshigi ochilb ichkaridan Jungkook chiqdi.

Jk:o'zinga kelding

Seva sekin nigohlarini Jungkookga qaratdi

Seva:haa ancha yaxshiman

Jk:ammo unaqa ko'rinmayabdi

Seva:.....

Jk:meni ishlarim bor ketyabman

Seva:yaxshi

Jion Seva

Jungkook oynani yoniga borib kiyimlarini to'g'irlab soatini taqib atirini sepdi va sochlarini biroz tartibga keltirdi.Keyin Sevani yoniga kelib egilgancha Sevani iyagidan ushladi.Seva darxol bir xarakat bilan Jungkookni qo'lidan iyagini chiqarib oldi.Jungkook qayta Sevani iyagidan ushladi ammo bu safar ancha qatiq qisdi va Sevani o'ziga qaratib lablaridan qisqa bo'sa oldi.Jungkook Sevani lablaridan uzulishi bilan Seva yana yuzini boshqa tarafga qaratib oldi.Jungkook Sevani sochlarini oxistalik bilan silab ularni ortiga tashladi.

Jk:tez qaytaman xotinjon....sen bilan gaplashadigan juda muxum gaplarimiz bor

Seva:boshqa muxum ishlaringizdan vaqt topsangiz keling gaplashamiz

Seva Jungkookga qaramasdan gapirarkan Jungkook Sevani bo'ynida barmoqlarini yurg'izdi.

Jk:albatta sen esa ering kelgunicha aqilli qiz bo'lib dorilaringni vaqtida ichgin...yana qiynalib qolma

Jungkook Sevani yuziga lablarini bosishi bilan Seva o'zini ortga oldi.Jungkook lab uchida kulgancha xonani tark etdi.

*

Jungkook qurol omboriga yetib kelib ichkariga kirdi va pastga tushdi.patgi qavatda.Janob Hwang Taehyung va Jimin bor edi.

Jk:jamoa jamul jam bitta men kam

Hwang:hazilng vaqti emas Jungkook jiddiy masala bor o'tir

Jungkook borib stol atrofiga jaylashdi.

Jk:xosh nimalar bo'lyabdi

Hwang:unashtiruvga kelgan Han bor ediku sen u kim deb so'raganding

Jk:haaa kamisar Jisung

Hwang:huddi o'zi

Jk:unga nima qilibdi nima uni o'ldirish kerakmi...bajoni dil bu ishni zimamga olaman

Jimin:u kamisar qiyofasidagi mafia ekan

Jk:nima

Tae:palitsiya orasida ishlarkan o'zi qo'lga tushmaslik uchun palitsiyani doyim chalg'itarkan

Kim Taehyung

Hwang:huddi sizlar kabi asil kasbi mafia lekin niqobi palitsiyachi

Jimin:ham qonunga ham jinoyatga gapi o'tadigan odam

Jk:shuning uchun ham o'ziga ishonib gapirayotgan ekanda

Hwang:u bilan gaplashdingmi

Jk:haa ertalab Sevani shifoxonaga olib borganimda kelgandi

Jimin:Sevaga nima bo'ldi...to'yingizga bir Kun o'tmasdan nima qilding singlimga

Jk:hammasi joyida tekshirish uchun olib borgandim

Jimin:ertalabdanmi

Jk:xaaa

Hwang:urshishning vaqti emas yigitlar reja tuzish kerak bu bizni ortimizdan tushgan ayniqsa seni Jungkook

Jk:menimcha u Sevani yoqtirib qolgan shunga men bilan o'chakishyabdi

Jimin:qayerdan bilding

Jk:shunga yaqin ilmoqli gaplar qilyabdi

Hwang:unda Sevani qattiq himoya qilish kerak

Jk:men uni tashqariga chiqarmayman...hech qanaqa ish xam karyera xam yo'q

Jimin:agar boshqa vaziyat bo'lganimizda shu gaplaringni o'zinga yedirgan bo'lardim ammo bu safar emas hozir eng muxumi Sevani xafsizligi

Jk:πŸ™„πŸ™„πŸ™„

Tae:keyin Lia bilan men o'z uyimizda qolamiz amaki siznikiga bormaymiz siznikiga borsak sizgayam zarar yetqazishlari munkun

Jk:qo'shilaman biz ham o'z uyimizda qolamiz...agar bir uyda qolsak unga ancha qulay bo'ladi...hammamizni bir vaqtda ushlay oladi...4 ta joyga esa birdak hujum qilolmaydi...kimdirga tashlansa boshqalar sog' omon qolib ularni qutqarishi kerak

Jimin:menincha ular xaq

Hwang:yaxshi unda shunday qilamiz...lekin qo'l qovushtirib o'tira olmaymiz ham bizga reja kerak

Shu paytda Jiminning telefoniga habar keldi.Jimin habarni ochdi.Habar nomalum odamdan kelgandi.

"Hayoting bilan xayirlash Park"

Jimin habarni boshqalarga ham ko'rsatdi.

Park Jimin

Hwang:Jimin juda extiyot bo'lishing kerak

Jimin:xavotir olmang...u menga hech narsa qilolmaydi

Hwang:xar extimolga qarshi barbir bir o'zing yurma atrofinga qo'riqchilar ol...bitta sen emas hammangiz shunday qiling

Tae:amaki yosh bola emasmiz o'zimizni himoya qila olamiz

Jk:yaxshi unda hamma extiyot bo'lib xarakat qilaversin...Jimining orqasidan odamlar qo'ying kimdir uni kuzatayotgan bo'lsa bilaylik

Hwang:to'g'ri aytasan

Tae:yaxshi unda hamma hech narsa bo'lmagandek tarqalsin

Hwang:mayli hammaniz extiyot bo'ling meni biroz ishim bor keyinroq ketaman

Janob Hwang omborda qoldi qolganlar esa tashqariga chiqishdi.

Jimin:xo'sh Lia qalay

Tae:yaxshi xavotir olma

Jimin:unga nima qilding

Tae:nima

Jimin:o'zingni jinniga solma

Tae:endi nikoh kechasi nima qilganimizni senga tafsilotlari bilan aytaymi

Jimin:asabimga o'ynama...agar unga nimadir qilsang seni sog' qo'ymayman

Tae:sen hozir meni emas o'zingni o'yla

Jimin ensa qotigancha Jungkookga qaradi.

Jimin:Sevani tashqariga chiqarma uying atrofidagi soqchilarni ko'paytir

Jk:huddi meni bunga aqlim yetmasdi...singling aytgani qilmaydi uyda o'tir desa biron nima qilib barbir chiqib ketadi

Jimin:men ertaga borib u bilan gaplashaman

Jk:yaxshi

Hamma o'z mashinasiga o'tirib birin ketin u yerni tark etishdi.

*

Taehyung uyga kelganida Lia allaqachon uyda edi.Taehyung yotoqxonaga chiqdi ichkarida Lia make upini tozalayotgan edi.Taehyung unga axamiyat bermasdan kiyimlarini olib yuvinish xonasiga kirib ketdi va 20 daqiqada u yerdan chiqdi.Lia yotoqga suyangancha o'tirar edi.Taehyung mashinasini kalitini va telefonini qo'liga oldi.

Lia:qayergadur ketyabsizmi

Tae:haa

Lia:qayerga

Tae:senga nima

Lia:men sizni xotiningizman buni bilishga xaqim bor

Tae:yaxshi rafiqamga yolg'on gapirmayman qizlar bilan uchrashgani ketyabman...xar xolda ular ko'z oldimda boshqasi bilan qochib ketishmaydi

Lia:haaa....qizlarmi....yoki.....foxishalarmi

Tae:nima farqi bor....muxumi ortimdan ish qilishmaydi

Lia:ajoyib....agar sizga shular yoqsa marxamat bemalol ketavering qaytib kelmasangiz ham mayli

Tae:o'zi qizlar onasini taqdirini yashaydi deyishardi

Lia birdan Taehyungga qaradi.

Tae:oying ham butun umr azoblar orasida yashagan....eri tomonidan....sen ham oyingni taqdirini yashaysan endi

Lia:ni..maa...nima demoqchisiz

Lianing ko'zlari sekin yashlanishni boshladi

Tae:taqdiringni aytyabman

Lia birdan ikki qo'log'ini yopib oyoqlarini yeg'ishtirib oldi.

Lia:yetarr....gapirmang

Kan Lia

Lia birdan boshini egib yig'lab yubordi.(Esilada bo'sa Liada travmaga o'xshagan kasalik bor onasi xaqida gap ketsa yoki qichqirib ovozlarini eshtsa axvoli yomonlashadi)Taehyung Liaga qarab turgancha indamasdan xonadan chiqib ketdi va uyni tark etdi.

Lia:sendan nafratlanaman Kim Taehyung...NAFRATLANAMAN!

Ep²⁰

Davomi bor...

Avtor:Jion Seva