November 4

Senga muhtojman

1-qism

Kasalhona odatdagidek dezinfeksiyalovchi hidga va bemorlarga to'la edi. Sakura shifokor kabinetidan chiqdi,yuzi holsiz bo'lib oqarib ketgan oyoqlari kuchsizlanib yerga yiqilishiga sal qoldi ammo uni ushlab qolishdi.
-xonim yaxshimisiz?
Bu jeonlar uyida ishlaydigan yordamchi edi
Sakura gapirmadi shunchaki bosh chayqadi. Sakura yordamchi hamrohligida sekingina kasalhona karidoridagi stulga o'tirdi. Qo'li bilan yuzini yopdi,nafas olishi tartibsiz edi. Yordamchi Sakuraga qarar ekan uning ahvoli achinarli edi ammo hech qanday yordam ham berolmasdi. Bu jeon oilasining kichik janobi bilan bog'liq edi,allaqachon turli xil tibbiyot muolajalarini sinab ko'rilganiga qaramay hammasi samarasiz bo'ldi
Madam jeon karidor ohirida turar ekan vaziyat haligacha yomon ekanligini tushundi. Uning ham yuzi oqarib biroz charchaganini his qildi ammo shunda ham o'zini tutdi va ortidagi ayolga qaragancha sovuq ohangda gapirdi
-boshqa chora yo'q.o'g'lingga telefon qil. U darhol uyga qaytsin
Jeon honim biroz hayron qoldi
-ona haqiqatdan bu hozir shartmi ?..u keyinroq kelsa ham bo'ladiku to'g'rimi?uning ishi bilan bog'liq muhim loyihalari mavjud ekan...
Jeon honim gapirar ekan Madam jeonning ko'zlari biroz kattalashib hayrat bilan unga qaradi va jeon honim gapini tugatmasdan oldin gapini bo'ldi
-sen haliham ish haqida o'ylayabsanmi?tushunmayabsanmi nabirang o'lishi mumkin..senga shu kerakmi?..
Jeon honimning yuzi o'zgarib biroz boshini egdi
-ona meni kechiring.men buni nazarda tutmagandim.men uni bugunoq uyga qaytishini taminlayman
Madam jeon Sakurani yoniga borgancha qo'lini uni yelkasiga qo'ydida yupatgancha biroz siladi
-Sakura....Sakura xavotir olma hammasi yaxshi bo'ladi.agar hamma muolajalar muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham bizda ohirgi choramiz bor. Suho albatta yaxshi bo'ladi...
Sakura boshini ko'tarib Madam jeonga qaradi
Ko'zlari biroz qizargan ammo shunda ham yig'lamaslik uchun o'zini tutib turardi. U gapirar ekan ovozi biroz hirillab chiqdi
-bilaman buvi,men hozir Suhoni ko'rgani boraman
Ohirgi usul. Bu ohirgi usul Sakuraning uzoq vaqtdan beri ketib qaytib kelmagan turmush o'rtog'i bilan bog'liq edi. Suhoga yordam berish uchun ularda yana bir bola bo'lish kerak edi va u Suho uchun dnksi to'g'ri keladigan odam bo'lardi
Sakura Suhoni palatini yonida turardi. U eshikdan kirishdan oldin qo'li bilan ko'zini biroz artdi o'zini biroz tartibga keltirgancha hursand ko'rinishga harakat qildi va tabassum qilgancha eshikni ochdida ichkariga kirdi
Suho rasmli kitob yani kitobi kichkina shahzodani o'qir ekan eshik ochilishini eshitib boshini kitobdan ko'tarib qaradi va jilmaydi
-ona
Sakura jilmayib uni oldiga bordi va quchdi
-kichkintoyim uyg'ondimi?..o'zingni yaxshi his qilyabsanmi?..hech qanday og'riq yo'qmi?
Suho yo'q ishorasi qilganday bosh chayqadi. U o'zining katta ko'zlari va beg'ubor yuzi bilan unga qaradi
-ona..yig'ladingizmi?...
Sakura bundan hayron qoldi va ko'proq tabassum qildi
-yo'q!..men yig'lamadim..
-lekin ko'zlaringiz qizargan
Suho unga tikilgancha gapirdi,garchi u endi uch yoshda bo'lsa ham Suho juda aqilli va e'tiborli edi
Sakura o'g'lini gapidan siniq tabassum qildi
-ko'zimga nimadir kirib ketibdi.shunga biroz og'ritdi...
Suho yengil ho'rsinib qo'ydi
-siz yana shu gapni aytyabsiz.
Suho Sakurani o'zining kichik qo'llari bilan qattiqroq o'ragancha quchdi
-ona,men yaxshiman,kasalligim tez orada tuzalib ketadi!
Suho uning bemorlar kiyadigan formasi unga biroz katta ko'rinardi,u huddi ota-onasining aralashmasi bo'lgan ko'rinishda edi
-bilaman...
Sakura xafa bo'ldi ammo unga buni ko'rsatmagancha Suhoning peshonasidan o'pdi
Suho kitobni olib stol ustiga qo'yar ekan Sakuraga qaradi
-ona,buvim menga dadam tez orada qaytib kelishini aytdi.bu to'g'rimi?
Sakura eshitgan narsasidan mamnun emasdi ammo o'zini bosib turgancha jilmayishda davom etdi

Sakura

-Suho sen dadang bilan uchrashishni hohlaysanmi?
-men xohlamayman!
Suho buni qat'iy va o'ylab o'tirmasdan tez aytdi.
Ammo Sakura Suhoga tikilar ekan baribir unda hohish borligini sezardi. Chunki u besh yil oldin ketgani bilan qaytib ham kelmagan ular bilan bog'lanmagan ham,ammo baribir Suho hali kichik bola va u otaga har doim ham muhtoj bo'lardi
Kech tushishi bilan Sakura yolg'iz uyga qaytdi. Yordamchi uni tashqarida kutar ekan Sakura kelayotganini ko'rib eshikni ochdi. Sakura mashinaga o'tirgach u eshikni yopdi va haydovchi o'rindig'iga o'tirib mashinani to'g'ri uy tomon yo'naltirgancha haydadi

Sakura uyga kirib keldi. U zinalardan chiqib madam jeoning honasi yonidan o'tar ekan chiroq yoniq ekanligini sezdi. Kech bo'lgan ammo buvim haligacha uhlamaganmi? Sakura eshikni taqillatmoqchi bo'lgan edi ammo ichkaridagi biroz sovuq ovozlar eshitildi
-boshqa iloj yo'qmi?nima haqiqatdan bu usulni qilib ko'rishimiz kerakmi?buvi bilasizku u bilan men hech qachon bir birimizni yoqtirmaganmiz! Agar u boshidanoq homilador bo'lmaganda va sizning majburlamaganingizda men hech qachon unga uylanmagan bo'lardim! Endi esa mendan ikkinchi farzandim bo'lishini hohlayabsizmi?
Sakura eshik ortida turgan bo'lsa ham uning har bir gapini aniq eshitardi va u kimligini ham aniq bilardi. Jeon Jungkook uyga qaytgan edi....
Sakura uning gapini tinglar ekan u besh yil oldin qanday bo'lsa haligacha o'zgarmagan edi
U aniq g'azablangan. Besh yil oldin bu bola tufayli unga uylanishga madam jeon majbur qilgan edi.
Oradan besh yil o'tgach esa u o'zi hohlamagan bolasi uchun majbur qaytib kelgan edi
-men Suho tuzalishini hohlayman.ahir u hali juda yosh va mening nabiram
Bu madam jeoning ovozi edi
Sakura ichkaridagi suhbatni boshqa tinglashni hohlamadi va o'zini ustidan kulgancha o'zini honasiga ketdi
Eshikni ochib chiroqni yoqdi va honada qora chamadon turganini ko'rdi. Qora chamadon aniq Jungkookniki edi
Besh yildan oldin bu uning honasi edi,lekin u qaytib kelmagan edi,shuning uchun u qaytgan bo'lsa ham u bilan bir honada qolishni hohlamasa ham kerak. Ammo Sakura bundan norozi emasdi albatta u ham u bilan bir honada qolishni hohlamaydi
Sakura ancha charchagan edi u chamadonni olib chiqishni ham istamadi,u to'g'ridan to'g'ri hammomga kirib ketdi birozdan so'ng hammomdan chiqib garderobiga kirdi va kiyimini o'zgartirib dam olish uchun yotoqga yotdi
Chunki ertangi kun u Suho bilan bir nechta tekshiruvdan o'tishi kerak shuning uchun u ko'proq dam olishi va ertangi kunga tayyor bo'lishi kerak edi
Hona eshigi ochildi va birozdan so'ng Sakura yonida kimdir yotganini sezdi va choyshab uni ustidan tortib olindida u o'ziga tortib ushlab turgan ustidagi odamni sezdi
Sakura hayratda qoldida u kiyimini mahkam ushlar edi tepasida turgan odamga kuchi yetmars edi u qo'lini cho'zdida tungi chiroqni yoqdi
U ustidagi odamni aniq ko'rdi u besh yil oldin ketgan eri edi. U ajoyib ko'rinishga ega avvalgidek kelishgan edi
Sakuraning kiyimi uning tortishidan biroz ochilgan edi. Sakura vahimaga tushdi
-Jeon Jungkook nima qilyabsan?
Jungkook uni iyagidan qattiq ushladi
-sen buni hohlamaysanmi?ikkinchi bola?
-meni qo'yib yubor!
Sakura bunga chiday olmadi u qochishga qattiq harakat qilar ekan uni turtgan payti qanday qilib unga tarsaki qo'yganini sezmay ham qoldi. Tarsakidan so'ng ikkisi ham to'htadi. Sakura bundan foydalanib tezlikda yotoqdan turdida kiyimini ochilib ketgan qismini yopgancha hona o'rtasida turardi
Jungkook tarsakidan hayron qolgancha qo'li bilan yuzini tarsaki tekgan qismini biroz siladi
Biri karovat ustida o'tirar ikkinchisi esa hona o'rtasida turardi,va ancha vaqt shunday turishdi

Jungkook

Jungkook o'rnidan turdi u chamadondan kiyimlarini olgancha hammomga kirib ketdi. Ko'p o'tmay hammomdan suv ovozi biroz eshitilardi. Sakura nafas olishi biroz susayib yotoqga o'tirdi. Sakura Jungkook honada bo'lganidan hayron edi ammo bilardiki u majburan shu yerda edi
Uyda yotish uchun boshqa hona yo'q edi. Agar u hozir mehmonhonada uhlasa ham aniqki jeon honim buning uchun u bilan urishib qolishi mumkin edi. Sakura yotoqga yotdi.chunki u o'yladiku Jungkook u bilan birga yotishni istamay honadan chiqib ketishi mumkin edi. Ammo bu aniq emas chunki Jungkook unga tarsaki tushirgandan aniq g'azablangan edi. Yotoq juda katta edi shuning uchun ikkisi yotsa ham bir biriga tegmarsdi. Sakura yotdida choyshabni ustiga yaxshilab yopgancha qattiq ushladi.
Sakura bo'lgan ishlar sabab uhlay olmadi biroz vaqt. U yotar ekan yotoq biroz cho'kkanini his qildi. Va bu Jungkook edi.
Jungkook honada qolgan edi,u chiqib ketmadi
Sakura choyshabni qattiqroq ushlab turardi. U shifokor aytgan gaplarni esladi. Agar hamma muolajalar samarasiz davom etsa ularning ohirgi chorasi ikkinchi bola edi. Madam jeon Jungkookga uyga qaytishini buyurganini sababi ham shu edi. Ammo ular begona edi,Suho tug'ilishi tasodif edi. Jungkookga bu yoqmagani aniq edi. Albatta Sakura buni yoqtirmasa ham u o'g'lini tirik qolishi uchun ohirgi umid edi
Besh yil oldin,ularning to'yi bo'lganidan so'ng Jungkook boshqa davlatga ketgan edi. U hech qachon qaytib kelmadi hatto farzandi tug'ilganda ham unga qiziqish bildirmagan edi
Sakura ham u bilan umuman uchrashishni hohlamadi ammo u Suhoning kasalligi tufayli hech qanday chorasi yo'q edi. Shu o'ylar bilan yotgancha Sakura nihoyat uhlab qoldi

Sakura erta tongdan uyg'ondi. Uning ko'zlari ochilib ko'rgan narsasi Jungkookning kelishgan yuzi edi.
Sakura tezlikda miyyasidagi fikrlarni tozalagancha yotoqdan turdi va hammomga kirib ketdi

Sakura dushga kirdida suvni yoqdi. Tanasiga suv tegib oqib tushar ekqn buroz bo'lsada charchog'ini qoldirishga harakat qilardi. U Jungkookning qaytib kelgani u bilan bitta honada bitta yotoqda yotganini esladi. Sakura biroz vaqtdan so'ng hammomdan chiqdi. Uning ko'zi endigina uyg'ongan Jungkookga tushdi. Jungkook ustiga hech qanday fudbolka kiymagan edi shuning uchun turganda uning tanasi ko'rinib turardi. U Sakuraga hatto qaramadi ham va to'g'ri hammomga kirib ketdi. Sakura esa garderobga kirdi va kiyimini tezda o'zgartirgancha honadan chiqdida pastga mehmonhonaga kirdi tushlik qilish uchun
Madam jeon va jeon honim allaqachon stolda o'tirishardi
-buvijon,oyijon hayrli tong
Sakura stolga kelib o'tirar ekan gapirdi.
Madam jeon kayfiati yaxshi edi u kichik jilmayib qo'ydi
-hayrli tong Sakura
Jeon honim har doimgidek Sakura bilan sovuqqon uni yoqtirmaganligi har doimgidek uning ifodasidan bilinardi. Jeon honim shunchaki bosh irg'ib qo'ydi
-kecha yaxshi uhladingmi?
Jeon honim kulgancha gapirar ekan Sakura bunday asabiylashib uning kinoyasini tushungancha jilmaydi
-yomon emas
Sakura siniq tabassum bilan zo'rga gapirdi

jeon xonim

Sakura sanchqi va qoshiqni olgancha tushlik qilishni boshlar ekan zinalardan qadam tovushini ovozi keldi va u to'g'ri mehmonhonaga kirib keldi
-hayrli tong janob
Xizmatchi biroz boshini egib gapirdi
Mehmonhonaga Jungkook kirib keldi. Ustiga esa qop-qora kiyinib olgan edi
-hayrli tong buvijon,onajon
Jeon honim jilmayib o'g'liga qarar ekan ammo Jungkookning yuzidagi biroz qizargan kichik izlarni ko'rib bir qoshi ko'tarildi va havotir aralash o'g'liga qaradi
-Jungkook yuzingga nima qildi?
Jungkook o'z joyiga o'tirdi va nigohi bilan Sakuraga bir qaradi
-siz undan so'rashingiz kerak
-Sakura bu seni ishingmi?
Jeon xonim ajablanib so'radi
Sakura kechagi tarsakidan qolgan bu zaif izlarni ko'rdi. Bu ertalabgacha qolishini kutmagan edi. Sakura biroz boshini egib labini asabiy tishladi
-kechiring oyijon.men buni bilmay qildim
-nega unga tarsaki tushirding?sen o'ylayabsanmi...
Jeon xonim gapirar ekan madam jeon stol ustiga biroz qattiq urdi va jeon xonim ham jim bo'lib qoldi
-Sakura buni ataylab qilmaganini aytdi.bu hozir muhim emas.nega janjal boshlayabsan?
Jeon xonim bu bahsda yutmasligini bilib shunchaki jim bo'ldi garchi buni istamasa ham
Sakura biroz ovqatlandi va o'rnidan turdi
-buvijon,oyijon men nonushta qilib bo'ldim. Yoqimli ishtaha tilayman sizlarga.men kasalhonaga ketyabman
-Sakura biroz kutib tur-Madam jeon uni to'htatdi-Jungkook ham sen bilan birga boradi
Sakura indamadi. Birozdan so'ng ikkisi ham mashinaga o'tirdi va bir biriga e'tibor ham bermadi. Aslida Sakura kasalhonada qolmoqchi edi ammo madam jeon uni chaqirib oldi. Sakura esa Jungkook qaytib kelganidan bexabar edi
Mashina to'htagach Sakura haydovchini kutmadi va eshikni ochib mashinadan tushdi. U Jungkookga e'tibor ham bermadi va to'g'ri Suhoning palatasi tomon ketdi. Suho allaqachon uyg'ongan edi. Suho onasini ko'rib jilmaydi

Suho

-ona,bu yerga keling
Sakura uni yoniga kelib o'tirdi va o'g'liga e'tiborini qaratdi
-bu nima?
-siz kelmasingizdan oldin doktr kelgandi.u bugun uyga qaytishim mumkinligini aytdi
Suho yangilikdan mamnun holda gapirdi
Sakura bunga biroz tabassum qildi. Chunki tekshiruvlardan so'ng u o'g'li bilan uyga qaytishi va u bilan birga dam olishi mumkin edi.
-ona.u kim?
Suho eshik yonida turgan erkakga qaradi