FLOWERS OF THE FIG
𝐘𝐀𝐏𝐎𝐍𝐈𝐘𝐀 𝐇𝐈𝐑𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐀 𝟏𝟕.𝟎𝟐.𝟐𝟎𝟎𝟑 𝐘𝐈𝐋
-Xonim, biz tibbiy nuqtai nazardan davolanishni tavsiya qilamiz. Ammo afsuski, tuzalish ehtimoli juda past.
davolanish uchun ancha kech bo'ldi bu saratoning ikkinchi bosqichi sizning atiga bir yil umringiz qolgan.. Afsusdaman
Bu so‘zlar miyamda tinmay jaranglay boshladi. Har bir harf, har bir tovush yuragimga bolg‘adek urilar, boshim ichida gumburlardi.
Men biror so‘z deyolmadim. Og‘zim qurib qolgandi. Ichimdan nimalar uzilayotgani, titrab turgan oyoqlarimni qanday harakatga keltirayotganimni ham bilmasdim.
Xonadan chiqdim. Qayerga qarab yuryapman? Yo‘l bormi oldimda? O‘ngimda yoki tushimda yurayapmanmi farqi yo‘q edi.
Men yerga quladim. Oddiy odamlar tinmay baqirar, mashinalar signallarini chalardi. Ko‘z o‘ngim qorong‘ulasha boshladi. Bir zumda mashina faralari menga yaqinlashdi, kuchli signal va u kuch bilan to‘xtadi. Shunda men xushimdan ayrildim.
Oxirgi ko‘rgan manzaram oldimda bo‘yi uzun, kostyum-shimli bir yigitning yerga tizzalab o‘tirgani bo‘ldi.
Hoy, hoy Ko‘zingizni oching, xonim O‘zingizga keling.
Men uni bir necha bor chaqirdim Yuziga ohista urib ko‘rdim lekin javob yo‘q edi. Atrofimda odamlar to‘plangan. Kimdir telefonini ko‘targan kimdir qiziqib qarab turardi.
Xuddi kino ko‘rayotgandek. Hech kim yordam bermasdi. Faqat men men nima qilishimni bilmay qotib qoldim
Keyin birdaniga“tezroq harakat qilishim kerakligini angladim Uning yelkasidan qo‘limni o‘tkazdim asta dast ko‘tardim. U juda yengil edi. yoki men shunchaki vahimadaligim sabab sezmadimi?
Shifoxona tomon yugurdim. Yo‘l atrofida odamlar yo‘l ochdi.
Shifoxonaga yetib kelganimda, hamon hushsiz edi. Tibbiy xodimlar yugurib chiqdi men esa ularni kutmay uni ichkariga olib kirdim. Yuragim tinmay urard.
U ni kimligini bilmadimu lekinNega ko‘zimni undan uzolmayapman? U uchun nega bunchalik tashvishlanyapman
Uning yuzi oppoq lablari xira nafas olayaptimi yo‘qmi ajratib bo‘lmasdi.
Qon bosimi past, yurak urishi zaif! Tez tibbiy yordam — dedi hamshiralardan biri
Men orqaga chekindim. Va stulchalardan biriga borib o'tirdim va kuta boshladim.
Bir necha soatlardan so‘ng...
Nihoyat, oq xalatli hamshira eshikni ochib chiqdi.
— Janob, siz Miname xonimning kimi bo‘lasiz?
Men biroz o'ylanib qoldim chunki unga hech kim emasdim shuncgaki yerda xushsiz holatida uchratgandim
—men siz aytgan insoni yo'lda hushdan ketgan xolda uchratdim va shu yerga olib keldim
— xa chunarli janob u boshini irg'ab keta boshladi ammo men unu to'xtatib qoldim
— xonim uning ahvoli yaxshilandimi.. Unga nima qilgan ekan
— u saraton kasaligiga chaling atigi 1 yil umri qolgan shuning uchun bunday holatlar kuzatilib turadi u hozir yaxshi uni palataga olamiz
Shu payt cho‘ntagimdagi telefon jiringladi
— Ooy, Jin qayerdasan o‘zi? Ertalabdan beri yo‘qsan kompaniyada ham ko‘rinmading Hammasi joyidami?
Bu — mening yaqin do‘stim Haruto edi.
— Haruto… men hozir shifoxonadaman. Yo‘lda bir qiz hushidan ketib, qoldi uni bu yerga olib keldim.
— Jin bu o‘zingga ortiqcha muamo. Tushunaman sen har doim boshqalarga yordam bermoqchi bo‘lasan, lekin…
— Men uni bu yerga tashlab keta olmayman Haruto.
— Xo‘p, tushundim. Agar biror narsa kerak bo‘lsa menga xabar ber.
Telefoni qizil tugmasini bosdim. Ekran qoraydi. Xonaga yana sukunat cho‘kdi.
O‘rnimdan turdim. Hademay tong otadi. Tashqariga chiqib, chuqur nafas oldim. Tunda Hiroshimaning havosi boshqacha, salqin va jim.
Ko‘chaga chiqib ketdim. Ancha kech bo‘lib qolgandi. Ko‘chalar huvillab yotardi, faqat uzoqdan mashina chiroqlari ko‘zga tashlanar, ayrim binolarning derazasidan zaif yorug‘lik sizib turardi.
Hozircha hech narsani o‘ylagim kelmasdi.
Shunchaki uyga yetib olishni, bir piyola issiq qahva ichib, biroz ko‘z yumishni istardim. Hech narsani tahlil qilmay, sabab izlamay. Chunki bu tun haddan ortiq g‘alati kechdi.
Minameni esa... faqat holsiz holatda ko‘rdim. Uning yuzi xotiramda qolgan edi hamshira aytgan gap uning 1 yil umri qolgani haqida o'ylab qoldim xo'sh meni ham 1 yil umrim qolsa nima qilardim stessga tushardimi yoki baxtli hayot kechirishga harakat qilarmidim g'alati
𝐘𝐀𝐏𝐎𝐍𝐈𝐘𝐀 𝐇𝐈𝐑𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐀
𝟏𝟖.𝟎𝟐.𝟐𝟎𝟎𝟑 — 𝐄𝐑𝐓𝐀𝐋𝐀𝐁
Tong nurlari oynadan palataga sekin sizib kira boshladi. Deraza ortidagi qushlarning asta chirqillashi jimjitlikni buzdi. Oq rangli shiftga tikilgan holatda bir muddat sokin yotgan Miname asta ko‘zlarini ochdi.
U asta boshini o‘ng tomonga burdi. Yonida hech kim yo‘q edi. Atrof sokin. Yurak urishi tezlashdi.
Jin ursin boshim qattiq og'riyabti men qayerdaman o'zi? Bu yer shifoxonami?
— Demak men tirikman o'lganim yo'q jin ursin
U yuragini siqib turgan og‘ir haqiqatni yana bir bor esladi saraton. Faqat bir yil umri qolganini.
Ko‘zlari namlandi ammo u yig‘lamadi. Faqat chuqur nafas oldi. Boshidagi og‘riqdan ko‘ra yuragidagi bo‘shliq og‘ikeladimi?
U shosha-pisha o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi ammo boshi aylanib yana yostiqqa qulab tushdi. Nafasi biroz tezlashdi.
Shu payt eshik ohista taqilladi.
Eshik ochildi. Palataga oq xalatli hamshira kirdi. U qo‘lida hujjatlar tutgan yengil tabassum bilan Minamega qaradi
— Nihoyat uyg‘ondingiz. O‘zingizni qanday his qilyapsiz?
Miname unga qarab, sekin bosh irg‘adi
— Men tirikman. Bu eng asosiysi. Ammo meni bu yerga kim olib keldi?
Hamshira ko‘z qisdi va jilmaydo
— Kecha bir yigit. Juda xavotirda edi. U sizni ko‘chadan ko‘tarib kelibdi. O‘zi ichkarigacha olib kirdi Hozir u bu yerda emas lekin
— Ismini aytdimi? Miname beixtiyor gapini bo‘lib.
— Yo‘q, afsuski. Ammo u yana kelishi haqida aytgandi.
𝐘𝐀𝐏𝐎𝐍𝐈𝐘𝐀 — 𝐇𝐈𝐑𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐀, 𝟏𝟖.𝟎𝟐.𝟐𝟎𝟎𝟑 — 𝐒𝐇𝐀𝐇𝐀𝐑 𝐂𝐇𝐄𝐓𝐈𝐃𝐀𝐆𝐈 𝐎𝐅𝐈𝐒
Ryo stolidagi hujjatlarni tartiblayotgan paytda Jinga qarab gapira boshladi
— Jin bugun kechga ofisdagilar bilan birga kechki ovqatni birga qilamiz esingdami?
— ha albatta esimda ammo men borolmasam kerak
— nega nima sababdan Jin axir doim birinchilardan bo'lib borardinku
— meni busafar ishlarim bor Ryo keyingi safar albatta birga boramiz
— mayi keyingi safar baxonalaringni qabul qilmayman lekin aytib qoydima