GOLDEN LEAF CHRONICLE
Mayin shabada derazadan sirg‘alib kirib, Boraning nafis sochlarini yengil o‘ynatdi. Tong nurlari uning bekamu ko‘st yuziga tushib, mitti lablarini yanada tovlanib, bejirim ko‘rsatardi. Bora asta ko‘zlarini ishqalab, cho‘zilib o‘rnidan turdi.
Shu payt eshik taqilladi. Eshik ortidan yoqimli ovoz eshitildi:
Jiwoo: Kichik xonim, uyg'ondingizmi?
Bora: Jiwoo, kirishing mumkin.
Jiwoo qo‘lida dastro‘mol va suv solingan mis idish bilan xonaga kirdi. U idishni muloyimlik bilan chetga qo‘yib, dastro‘molni Bora tomon cho‘zdi.
Jiwoo: Kichik xonim, yuz-qo‘lingizni yuvib, ovqatlaning. So‘ng tayyorlanishingiz kerak — otangiz bugun saroyga, qirol huzuriga borishingizni buyurdilar.
Bora: Nima?! Bugunmi?
hayrat va biroz asabiylik bilan so‘radi.
Bora biroz o‘ylanib qoldi. Bugun Dano festivali borligi yodiga tushdi. U bu bayramda umuman qatnashmagan edi. Hozir yoki hech qachon, u bir qarorga keldi.
Bora: Jiwoo, menga yordaming kerak.
Jiwoo: Qanday yordam bera olaman, kichik xonim?
Bora: Sen meni o‘rnimga qirolning oldiga borasan.
Jiwoo: Nima?! Kichik xonim, bu qanday bo‘lishi mumkin?
U biroz hayratda qolgan edi.
Bora: Havotir olma. Sen mening kiyimlarimni kiyib, yuzingni berkitib borasan. Hech kim payqamaydi.
Jiwoo: Ammo, xonim… agar janob Myong bilib qolsalar, meni ham, sizni ham jazolaydilar. Iltimos, bunday ishlaringizdan voz keching.
Bora: Nima, hozir menga qarshi chiqyapsanmi, Jiwoo? Men nima desam, shuni qilishing kerak. Seni hech kim tanimaydi.
Jiwoo boshini egib, noiloj rozi bo‘ldi.
Bora Jiwooga eng nafis, yengil ipak ko‘ylagini kiygizdi. Sochlarini ohista tarab, orqaga chiroyli yig‘di — oddiy, ammo saroy uslubiga xos bezak bilan. Yuziga esa yengil pardoz surtib, tabiatga singgan go‘zallikni yanada nozikroq ko‘rsatdi. Jiwoo o‘zini go‘yo aslzodalardek his qildi, biroq yuragidagi xavotir uni tark etmas edi uni bilib qolishlaridan va qatl etilishdan qorqdi
Bora Jiwoo’ning ikki yelkasidan ohista ushlab, o‘ziga qaratdi va qilgan ishidan mamnun jilmaydi.
Bora: Jiwoo, havotir olma. Seni o‘zim himoya qilaman. Men u festivalga borishni rosa xohlayapman. Bu festival sakkiz oyda bir keladi. Men yana sakkiz oy kutishni xohlamayman.
U so‘nggi ishni qildi — Jiwoo’ning yuzini qora yopinchiq bilan berkitdi va unga qarab qo‘lini musht qilib, “olg‘a” degandek ishora qildi.
Jiwoo yuzini qora yopinchiq bilan berkitib boshini egib chiqdi. Uy darvozasi oldida turgan arava allaqachon tayyor edi. Ikki nafar soqchi aravani kuzatib turardi. Ular Jiwoo’ni tanimadi. kiyimlar yuzidagi yopinchiq uni chinakam saroy xonimidek ko‘rsatardi.
Jiwoo asta aravaga chiqdi. Ko‘z ilg‘amas darajada ehtiyotkorlik bilan atrofga qaradi biroq hech kim shubhalanmadi. Ot aravasi asta harakatlana boshladi. G‘ildiraklar tosh yo‘lakda g‘ijirlagancha oldinga siljidi. Bora esa uzoqdan parda ortidan turib aravaning uzoqlashayotgan iziga termuldi.
Bora ham bu safar oddiyroq kiyim kiydi. Yuzini berkitishni istamadi festivalda odam juda ko‘p bo‘ladi, uni hech kim payqamaydi, deb o‘yladi.
Arava saroy darvozasi oldida to‘xtadi. Soqchilar aravaga shubha bilan bir qarab qo‘yishdi lekin Jiwoo’nining bejirim kiyimi va uning zadoganlardek aurasi yuzini to‘sib turgan yopinchiq ularni to‘xtatib qo‘ymadi
U asta aravadan tushdi boshini egib, hech kim bilan ko‘z urishtirmay ichkariga yo‘l oldi. Yuragi qattiq urardi hozir bilib qolishsachi degan o'y ich-etini kemira boshlagandi
Saroy ichidagi xizmatkorlar unga salom berishdi hech biri shubha qilmadi U otasining janob Myongning qabulxonasiga yetib kelgach eshik oldida to‘xtadi.
Ichkaridan og‘ir ovoz yangradi
Jiwoo chuqur nafas oldi, boshini sal egdi-da, eshikni asta ochib, ichkariga qadam qo‘ydi.
Janob Myong unga ko‘z yugurtirdi, ammo hech narsa sezmagandek yana qog‘ozlarga ko‘z soldi
Janob Myong: Qirol huzuriga borishga tayyormisan?
Jiwoo boshini qimirlatdi. Ovoz chiqarsa albatta fosh bo‘lishi mumkin edi. Myong bu jimlikni odatdagidek muloyimlik deb qabul qildi.
Janob Myong: Unday bo‘lsa ortimdan yur
U orqasiga burildi. Jiwoo esa asta sekin uning orqasidan ergashdi
Saroy yo‘laklaridan o‘tib ular oltin va qizil ranglar bilan bezatilgan baland eshikli zaldan ichkariga kirdilar U yerda taxtda qirol o‘tirardi.
Jiwoo chuqur nafas oldi Qirolga yuzlanib asta tiz cho‘kdi
Qirol bir muddat Jiwooga tikilib qoldi. Keyin xotirjam ohangda buyruq berdi:
Qirol: shaxzoda Taehyungni chaqiring.
Oradan ko‘p o‘tmay, xonaga baland bo‘yli jiddiy qiyofali shaxzoda Taehyung kirdi U qirolga ta’zim qildi so‘ng j nigohi jiwooga tushdi U qizning yuzini yopinchiq ortida ko‘ra olmasdi lekin nimadir boshqacha ekanligini darrov payqadi
Qirol : Taehyung bu men senga aytgan vazir yi myoung cholning qizi yi Bora bugun ob havo yaxshi bog'da ikkalangiz aylaning suhbat quringlar.
Myong chol Jiwoo’ga nigoh tashladi. So‘ng, jim holda, Taehyung oldiga borishi uchun unga bosh irg‘ab ishora qildi.
Taehyung oldinlab, tez tez yurib borardi Jiwoo esa uning orqasidan yurishga harakat qilardi, lekin qadamlari yetmasdi. U ham qadamlarini kattalashtirib, tezlashishga majbur bo‘ldi.
Birdan Taehyung to‘xtab qoldi. Jiwoo esa bunga tayyor emasdi u Taehyungning keng yelkasiga urilib ketdi.
U boshini ushlab, cho‘qqaygancha to‘xtadi.
Taehyung orqasiga o‘girildi. Nigohini qizga qadab, qattiq ohangda dedi
U shubhasini yashirmadi. So‘ng hech ikkilanmasdan, Jiwoo’nining yuzidagi yopinchiqni yechib oldi.
Jiwoo bir lahza nima bo‘lganini tushunmay qoldi. Ko‘zlari kattalashdi, yuragi qinidan chiqib ketay dedi. U darhol bosh egib uzr so‘ray boshladi.
Jiwoo: Kechiring, shahzodam meni afv eting bu ishni qilishga xonimim Bora buyrug‘ berdi
Taehyung bir zum jim bo‘ldi, so‘ng sokinroq ohangda so‘radi
Taehyung: Mayli, seni kechirdim. Endi ayt u hozir qayerda?
Jiwoo: Xonimim u hozir shahar bozorida. Festivalni ko‘rishga borgan edi
Bu so‘zlarni eshitgan zahoti taehyung bir so‘z demasdan burildi-da tez-tez yurib bog‘dan chiqib ketdi
Bora nihoyat orzusi ushalgan boladek, quvonch bilan shahar tomon yo‘l oldi. U oddiy, ammo chiroyli ko‘ylak kiygan, sochlarini sodda qilib yig‘gan edi. Uning yuzida yengil tabassum bor edi
Shahar bozori allaqachon bayramona kayfiyatga to‘lib, har yerda rang-barang bayroqlar hilpirar, do‘konlar atrofida odamlar to‘planib turgan edi. Mis rangli barabanlar sadolari ostida raqqosalar raqsga tushar, bolalar shirinliklar bilan o‘ynar, havoda tamaki tutuni, asal va gul barglarining aralashgan ifori dimog‘ni qichishtirar edi.
Bora odamlar orasida bemalol yurar, hech kim unga e’tibor bermasdi. Bu unga yoqardi. U dastlab rangli niqoblar sotilayotgan rastaga to‘xtadi, so‘ng xotirjam yurib borib, shakarbop yong‘oqlarni tatib ko‘rdi.
Bora (ichida): Shunday bo‘lishi mumkinligini ilgari tasavvur ham qilmagandim
Bora hali niqoblar rastasida turgan edi, birdan atrofni qattiq shovqin-suron qoplab oldi. Odamlarning xursandona qiy-chuvi birdan joyini hayrat va vahimaga bo‘shatdi.
Kimdir baland ovozda qichqirdi:
Yaqin atrofda bir arava ag‘darilgan, bir necha odam yiqilib yotardi. Ot hurkib ketgan ko‘rinadi arava boshqaruvchisi esa hushidan ketgandek edi. Odamlar har tomonga qochib to‘qnashib ketar havoda chang-to‘zon ko‘tarilar edi.
Bora nima bo‘layotganini tushunmay qoldi. Qadamlarida to‘xtab atrofga alangladi. Nima qilishini anglolmay qoldi , u o‘zini yo‘qotmaslikka harakat qilardi.
Bora ichida : Nima bo‘layapti bu yerda?
Birdan... kimdir uning bilagidan ushlab tortib oldi.
U beixtiyor qichqirib yubordi lekin tanish ovoz eshitildi:
Bora cho‘chib, uning yuziga qaradi. Bu... Taehyung edi.
Shahzoda jiddiy va xavotirli nigoh bilan unga tikilgancha uning bilagini qo‘yib yubormadi. Atrofdagi shovqin-suron ortib borar odamlar har tomonga qochayotgan edi.
Taehyung: bu yerda saroy soqchilari bor agar seni korib qolishsa seni otanga aytib berishi mumkin.
U yuragini bosib, atrofga alangladi. Ammo nigohi yana Taehyungga tushdi u shunchalik yaqin turgandiki, Boraning yuragi battar urib ketdi. U biroz noqulaylikni sezdi, ko‘zlarini pastga qaratdi.
Taehyung ham beixtiyor uning ko‘zlariga qarab qoldi. U shu ongina o‘zi qanchalik yaqin turganini payqadi. Darhol biroz orqaga chekinib, rasmiy ohangda javob berdi: