GOLDEN LEAF CHRONICLE
Shahar bozorida shovqin-suron, sotuvchilar baralla ovozda tovarlarini maqtamoqda. Havoda qovurilgan baliq va yangi mevalar hidi aralashib ketgan. Insonlar oqimi to‘xtovsiz harakatda.
— Nega bu buncha qimmat o'z narxidan ancha balandku
Bir qiz baqirdi
U yuzini sipo, shabnamdek yengil sharf bilan bejirim o‘rab olgan edi. Har bir harakati orasta, yurishi — darak bermaydigan sokinlikda. Faqatgina ko‘zlari — jimjimador bozor gavjumligida ham sokinlik izlayotgandek, chuqur va serma’no boqardi.
Bozor maydonining bir chekkasida, soya-salqin tushgan bir yog‘och ustun yonida qizni harakatlarni sinchkovlik bilan kuzatayotgan bir yigit turardi. U oddiy askar libosida bo‘lsa-da, yelkasi tik, nigohlari keskir, har bir harakatida ichki intizom sezilardi.
Uning ko‘zlari odamlar orasidan — yuzini mohirlik bilan sharfga yashirgan nozik qomatli qizni kuzatib turardi. Ko‘zlari o‘tkir, lekin jonsiz emasdi
Yigit ular tomon indamlab keldi Bora hali ham sotuvchiga nimadirlar deb nopisand ohangda gapirardi
— kechirasiz. Yigitning yog'on ovozi atrofga yangradi
Bora sekin qadini kotarib yigit tomonh o'g'irilib qaradi.
— nega sotuvchiga bunday momila qilyapsiz agar sizga bu narx yoqmagan bo'lsa boshqa joydan xarid qilishingiz mumkin ammo oddiy aholi bilan bunday momila qilolmaysiz. — u qattiy ohanda gapirdi
— o yog'e uzur men buni bilmagandim. U kinoyali ohangda gapirdi
Yigitning diqqatini bir narsa tortdi — qizning yuzini yashirgan sharf. Oddiy qizlar shunchalik mohirlik bilan sharflarini o‘rashmasdi. Uning harakati nafis, ammo shubhali edi. Nigohlari chalg‘imasdan, sokin bo‘lsa-da, atrofni sinchiklab kuzatayotgani ko‘rinib turardi.
Yigit bir qadam yaqinlashdi, ovozi endi sovuqroq eshitildi:
— Yuzingizni nega yashiryapsiz? Bu joyda hech kim o‘zini bekitmasligi kerak
Bora to‘satdan jiddiy tortdi. Ko‘zlarida chaqmoq chaqnadi. Bu savolni eshitishni kutmagandi. Uning bu bozorda ko‘rinmas tanilmas bo‘lishi kerak edi. Yuzidagi sharf — oddiy bezak emas, unga erk bergan yagona himoya edi.
— Bu sizni qiziqtirmasligi kerak — dedi u qattiq ohangda, burilib ketmoqchi bo‘ldi.
Lekin yigit allaqachon ehtiyotkorlik bilan harakatlana boshlagandi. U qadam qo‘ydi, ovozi jiddiylashdi:
— To‘xtang. Kimligingizni ayting. Siz shubhali ko‘rinyapsiz."
Shu zahoti Bora, ko‘ngliga shamol teggan yaproq misol, o‘zini orqaga oldi va odamlar orasidan sirg‘alib yugurdi. Sharfining chekkasi havoda hilpirab, bozor ichra yo‘qoldi.
— To‘xtang! — yigit orqasidan yugurdi.
U kishilar orasidan unga yetib oldi, nihoyat bir burilishda qizning orqasidan yengil sakrab, sharfidan mahkam ushladi.
Bora to‘xtab qolmadi — tizzalari bilan yigitning ko‘ksiga kuchli zarba berdi. Yigit og‘riqdan bir qadam orqaga chekindi, sharf esa uning qo‘lida qoldi.
Va aynan o‘sha onda... sharf havoda hilpiradi-da, yerga tushdi.
Yigitning nigohi asta yuqoriga ko‘tarildi.
U endi ilk bor qizning to‘liq chehrasini ko‘rdi.
Oppoq yuz, qizg‘ish lablar, ko‘zlar — chuqur, mag‘rur, lekin nimadandir qo‘rqayotgancha qaltirab turardi.
Yigit nigohini uzolmadi. U endi bu qiz jinoyatchi emasligini sezdi.
sharfdan ko‘z uzolmay turardi. Bora esa bir necha soniya jim qoldi. Nafasi tezlashgan, ko‘zlarida esa hayrat bilan qo‘rquv aralash edi. U hech kim tanimasligi, hech kim bilmasligi kerak edi. Ammo endi bu yigitni uni ko'rdi.
U chuqur nafas oldi, keyin asta, mag‘rur tik turardi.
— Men... Men Jo'ngju viloyatining katta vaziri — Yi Myong-cholning qiziman. Ismim — Yi Bora
Atrof birdan jim bo‘lganday tuyuldi. Yigit — bir necha soniya so‘zsiz qoldi. Bu ismini eshitganida yuzidagi hayratni yashira olmadi. Yuzini yashirib yurgan qiz — vazirning qizi edi. U bozor orasida oddiy aholi orasiga aralashgan, sotuvchilar bilan talashayotgan, va endi... o‘zi haqida ochiq gapirayotgan edi.
Bora o‘ziga tik boqayotgan yigitga qarab sekin qilichini chiqardi va yigit o'qtardi:
— Endi meni saroyga yetaklaysanmi? Jazoga topshirasanmi?
Yigit lablarini yengil silab, yana bir qadam oldinga qo‘ydi. Ko‘zlarida endi qattiqlik emas tushunish zohir edi.
— Yo‘q...— dedi u, asta boshini chayqarkan. —
U bir lahza sukut saqladi keyin sipo lekin baralla ovozda davom etdi:
— Ismim — Kim Taehyung. Qirollik armiyasining kichik sardoriman.
Bora bir zum hushyor tortdi. U endi tushunayotgandi — bu oddiy askar emas edi.
— Demak... sen ham meni bilgan ekansan...da nima otam meni kuzatib yurishingni so'radimi. U yanada qilich uni bo'yniga olib bordi
— "Yo‘q," — dedi Taehyung, ohangida muloyimlik bilan.
Bora chuqur nafas oldi. Hali ham yuragi tinchigani yo‘q edi. U qadam ortga chekindi, ko‘zlari hanuz Taehyungda. Bir lahza o‘zini yo‘qotgandek bo‘ldi, ammo so‘ngra yuragidagi og‘irlikni yutib, tovushini imkon qadar qat’iy tutdi:
— "Menga quloq sol, Kim Taehyung."
Taehyung yelkasini biroz ko‘tardi, tayyor holda tik qaradi. Bora asta, lekin aniq so‘z bilan gapira boshladi:
— "Hech kim bu yerda meni ko‘rganini bilmasligi kerak. Sen — ayniqsa sen, bu haqda og‘zingni ochmayasan. Na otamga, na boshqa biror kishiga. Men kimman, qayerda bo‘lganman — bu sir sen bilan men orasida qoladi. Shunday bo‘ladi, to‘g‘rimi?"
Taehyung bir lahza boshini egdi, so‘ng ko‘zlarini yalt ettirib, bora tomonga bir qadam yurdi.
— "Demak, menga ishonmoqchisan," dedi u ohangida yumshoqlik bilan.
Bora bosh irg‘ab, qattiq ohangda javob qaytardi:
— "Yo‘q. Hali ishonmayman. Ammo sen bu sirni saqlasang — balki, bir kun ishonishim mumkin bo‘ladi."
Taehyung chuqur nafas oldi va bir qarorga kelgandek ohangda so‘zladi:
— "Mayli. Men buni hech kimga aytmayman. Saroyda ham, jang maydonida ham — bu sir sening ixtiyoringda qoladi."
Bora bir zum jim qoldi. So‘ng sekin sharfiga engashib, uni yerda olib, yuzini yana shundoq bejirim o‘radi. Uning harakati yana o‘sha — sokin, nazokatli, ammo bu safar biroz ehtiyotkor edi.
— "Yaxshi," dedi u, yuzini to‘liq yashirib bo‘lib. — "Endi sen yo‘lingni davom ettir. Go‘yo meni hech qachon ko‘rmagandek."
Taehyung bir lahza tik turdi. So‘ng ohista bosh irg‘adi.
Bora nigohini tez chetga olib, javob bermasdan orqaga o‘girildi. Qadamlari sokin, lekin yuragida g‘alayon edi. U ketdi.
Taehyung esa orqasidan qarab qoldi. Uning ko‘zlarida esa birinchi bor... qiziqishdan ham ortiq narsa paydo bo‘lgandi.