WAR ZONE
Author: Har bir askar o‘zining kurashini faqat maydonda emas, balki yuragida ham olib boradi. Ular uchun har bir qadam, har bir qaror, hayot va o‘lim orasidagi nozik chiziqni anglatadi
Shamol chang va qumni havoga ko‘tarib, harbiy lager hududida aylantirar, quyosh esa jaziramasi bilan qurol-yarog‘larning metall yuzasida aks etib turardi. Bazaning asosiy darvozalari oldida chang bosgan yuk mashinasi to‘xtadi. Eshik taraqlab ochildi va askarlar orasidan bir kishi yerga sakrab tushdi.
U bazaga ishonch bilan yurib kirdi. Qora ko‘zlari atrofni sinchkovlik bilan kuzatar, har bir detallarni eslab qolishga harakat qilayotgandek edi. U ortiqcha so‘zsiz, lekin yetarlicha odob bilan o‘zini tanishtirdi, hujjatlarini topshirdi.
Baza hududi. Toza havoda chang va qurol-yarog‘ hidi sezilib turardi. Askarlar mashg‘ulot maydonida shug‘ullanayotgan bir paytda, Jungkook boshqaruv chodiridan chiqib, yangi kelgan askar tomon yurdi. U allaqachon Lee Hyun-sooning hujjatlarini tekshirib chiqqan, ammo baribir yuzma-yuz suhbatlashmoqchi edi.
Hyun-soo unga qarab aniq va tartibli salom berdi:
— Kapitan, kichik serjant Lee Hyun-soo hisobot bermoqda!
Jungkook biroz sukut saqladi. Uning nigohlari tajribali harbiyniki edi – odamlarni darrov tahlil qiladigan.
— Demak, sen bizning yangi askarmiz, — dedi u nihoyat, past va sokin ohangda.
— Oldin qayerda xizmat qilgansan?
— 7-o‘quv batalonida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganman. Oldingi front chizig‘iga jo‘natilishdan oldin bu yerga o‘tkazishdi.
Jungkook yigitning javobini sinchkovlik bilan eshitdi. Hamma harbiylar singari u ham ortiqcha so‘z ishlatmay gapirardi. Juda tartibli, juda to‘g‘ri. Balki, hatto, haddan tashqari mukammal.
— Qayerdansan? — so‘radi kapitan.
— Busan? — Jungkookning ko‘zlari biroz toraydi. — Men ham u yerdanman.
— Shundaymi? Demak, bizda umumiy jihatlar bor ekan, — dedi Hyun-soo vazmin ohangda.
Jungkook unga sinchkovlik bilan qaradi. Ha, bu yigitning ovozi sokin, vazmin, faqat kerakli so‘zlarni ishlatardi. Qaltis vaziyatlarda bunday odamlar ikki xil bo‘lardi: yoki juda ishonchli jangchi, yoki yashirin rejaga ega bo‘lgan odam.
— Umid qilamanki, bu yerda o‘zingni ko‘rsata olasan, — dedi Jungkook.
Kapitan yigitning ko‘zlariga yana bir qarab qo‘ydi. Yana bir narsa bor edi. Yashirin, sezilmas, ammo borligi aniq bo‘lgan nimadir.
— Ishingga qayt, — dedi u nihoyat.
— Xizmatga shayman! — dedi Hyun-soo, yana bir bor aniq harakat bilan salom berib, orqasiga burildi.
Jungkook esa ortidan qarab qoldi.
Eunji asabiy tarzda kiyimlarini tekshirib, o‘ziga o'zi bir nimalarni gapirib borar edi. Bugungi mashg‘ulotlar juda charchatgan, kiyimlari nam edi. Bir qadam tashlagandi ham ki , kutilmaganda kimdirgs to‘qnashib qoldi. Bu narsa tezda yuz berdi u muvozanatini yo‘qotib, yiqilishga sal qolgan edi. Ammo, birdan, uning belidan kuchli qo‘llar o‘raldi va Eunji yiqilishdan asradi
Hyun-soo uning ko‘zlariga qarab, o‘sha tinchlantiruvchi ohangda gapirdi:
— Ehtiyot bo‘l, — dedi past ohangda.
Eunji, bo‘g‘ilib qolgan nafasini ichiga tortib, hayron holda unga qaradi.
— Rahmat dedi Eunji unga minnatdorlik ko'zlari bilab qarab
Hyun-soo jilmayib, yana bir oz orqaga chekindi u eunji ga qo'l uzatdi
Hyunsoo : salom xonim men yangi askar serjant lee hyun soo man bugundan boshlab shu harbiy bazada ishlayman, u qo'lini uzatgan holda o'zini tanishtirdi
Salom men kichik serjant Kim Eunji man tanishganimdan xursandman. U o'zini tanishtirdi
— Hyunsoo qayerlikman deganding
Hyun soo : xa menmi Busanlikman
— rostanmi eshtishimcha Busanlikalar Milmyeoni zor pishirarkan biror kun pishirib bermaysanmi?
Hyunsoo : xa xa albatta janob
U biroz yuzini burish turgancha gapirdi chunki oldin bunday ovqatni tayyorlamagan edi
Eunji, tabassum qilib, Hyun-soo'ga qaradi:
Agar pishirsangiz, albatta birinchi ta'mini men tatib ko'raman etaman dedi u hazil qilib.
Hyun-soo biroz qizarib, jilmaydi:
Yaxshi — Lekin, hali tayyorlashni o‘rganishim kerak deb qo‘shib qo‘ydi. Ichida
Eunji: Men sizga qarashishim mumkin eshtishim boyicha pusanliklar yaxshi oshpaz ekan
Hamma suhbat qurib handon otib suxbatlashar edi
Yig‘ilish xonasida barcha askarlar dushman hujumi rejalari ustida gaplashayotganda, Hyun-soo aniq, oddiy va qat’iy savollarni so‘radi. U, yuzida tinchlik va o‘ylanganlik ifodasi bilan, gap boshladi:
— Dushmanimiz qanday usullarda hujumga kirishi mumkin?
— Bizda oldindan belgilangan reja bor. Agar hujum boshlansa, darhol reja B va C ni ishga tushiramiz. Bizning tayyorgarligimiz va doimiy aloqamiz – bu eng katta kuchimiz.
Hyun-soo yana davom etdi:
— Agar rejamiz ishlamay qolsa, qanday javob berishimiz kerak?
— Har bir vaziyatga moslashamiz. Bizning strategiyamiz doim o‘zgarib turadi, lekin tayyorgarligimiz o‘zgarmaydi. Biz birgalikda harakat qilamiz, va bu bizni mustahkam qiladi. — javob berdi jungkook
Kechki yig‘ilish tugaganidan so‘ng, barcha harbiylar o‘z joylariga qaytishdi. Biroq, Jungkook va Eunji qo‘lda qurol tutib, biroz hovlini aylanishga qaror qilishdi. Hovli tinch edi, faqat uzoqdan jangovar mashg‘ulotlarning jaranglashlari eshitilardi. Ular bir-biriga yaqinroq yurishdi.
Bir nechta qadam yurib, Jungkook nihoyat to‘xtadi. Eunji uni eslab, unga qaradi.
— Eunji senga bir narsa haqida aytishim kerak..
Eunji bir zum unga qaradi, so‘ngra ehtiyotkorlik bilan javob berdi:
— Nima bo‘ldi, Jungkook? Nima gap?
Jungkook yana bir marta nafas olib, Eunjini ko'zlariga qaradi va gapini davom etirdi.
Men… sen bilan ishlashni juda qadrlayman Sen faqat yaxshi askar emas, balki mehribon qizdan Va men, aslida, senga nisbatan ko‘proq his-tuyg‘ularim borligini aytmoqchiman bu shunchaki do'stlik yoki aka singilik emas balki sevgi ha rostan ham seni sevib qolganga o'xshayman seni sababsiz rashk qila boshladim kulsang kuldim xafa bolsang men ham xafa boldim
Eunji uni tinglab tushunishga harakat qildi lekin bir necha daqiqa o‘tgach u javob berdi
— Jungkook, men ham buni his qilardim balki siz ham menga yoqarsiz Lekin, bizning vaziyatimizni va vazifalarimizni ham unutmaslik kerak. Biz jang maydonida miz keling buni keyin hal qilamiz hozir esa men ketim u orqasiga qaramay bino ichkarisiga kirib ketdi Jungkook esa unga uzoqdan qaragancha qolib ketdi
Balki haq dirsan hozirgi vaziyatim bunga to'g'ri kelmas lekin bar bir sen menga tegishlisan seni hech kimga bermayman mendan shunchaki voz kecholmaysan