April 23, 2025

GOLDEN LEAF CHRONICLE

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄 𝟐

Bora shoshilgancha, keng etaklarini ko‘tarib shahar tor ko‘chalaridan uyga yo‘l oldi. U uyga shoshilardi agar otasi uyda yoqligini bilsa jazolanardi

Saroyga yaqinroqda joylashgan uyning yog‘och eshigi sharaqlab ochildi.

Agasshi! — ovozi titragan Jiwoo [ Boraning cho'risi ] yugurib chiqdi.

Kichik xonim qayerda edingiz ? sizni hamma yerdan izladim ammo topolmadim otangiz bilib qolsa ikkimiz ham jazolanrdik.. yuragim to‘xtab qolay dedi!

Bora ichkariga kirar ekan, kiyimlaridagi changni artib, chuqur nafas oldi.

— Jiwoo, men... men ozgina daryo bo‘yiga chiqib kelgandim menga biroz erkinlik kerak edi.

Mayli Kichik xonim, eng muhimi ulgurdingiz . Tanangizni dam oldirmoqchimisiz? Hammom tayyorlab qo‘yaymi?

Bora : Hammom? Ha mayli ... yaxshi bo‘lardi.

Jiwoo shoshilmasdan, ammo xushmuomala tarzda boshini chayqab, ichkariga o‘tdi.

Jiwoo katta idishlarda iliq suv tayyorlab, ularni yog‘och hammom to‘siniga to‘kdi. Yoniga gul barglari va yengil xushbo‘y o‘simliklar qo‘shdi. Xonaga sokinlik va yoqimli hid to‘ldi.

Bora asta ichkariga kirdi. Liboslarini yechib, suzib turgan barglar orasiga cho‘mdi. Suv tanasiga tekkanda, butun charchoq asta-sekin yozilayotgandek tuyuldi. U ko‘zlarini yumdi, chuqur nafas oldi

Suv iliqligi tanasidan chiqqan charchoqni asta yuvib ketgandek bo‘ldi. Bora asta cho‘milishdan chiqdi. Jiwoo unga yengil, sochiq tutdi. Sochlarini artib, so‘ngra peshayvondagi pastak tokchada turuvchi kiyim tomon yurdi.

U yerda oppoq harir hambok osig‘liq edi — yengil, mayin va nafis. Jiwoo uni Bora uchun tayyorlab qo‘ygan edi

COMEBACK

Saroy darvozalari — baland, qizil yog‘ochdan yasalgan, tomi ko‘k-yashil chinni bilan bezatilgan ulkan eshiklar — asta ochildi. Ichkaridan chiqqan g‘amgin ohangdagi baraban sadosi Taehyungning yuragiga urilgandek tuyuldi. Otda kelayotgan sardorni xizmatkorlar jim qarshi oldi — bu saroy, u qayta-qayta kirgan, ammo har safar o‘zini begona his qiladigan joy edi.

Saroy hovlisi keng va jimjit. Bahorning erta oqshomi havoda sokin namlik qoldirgan, hovli chetida g‘amgin ohangda shamollar yengilgina daraxt yaproqlarini silkitardi. Har bir ustun, har bir tosh gilam va har bir yo‘lak — tartib va izzatning timsoli edi.

Taehyung otidan tushdi. Yelkasi yengil silkinib qo‘ydi, ammo yuragidagi og‘irlik qolmadi. U yo‘lini ichki hovli tomon yo‘naltirdi — bu yerda, faqat shahzoda va qirollik odamlari yurishi mumkin bo‘lgan hududda, yo‘laklar marmar bilan qoplangan, ustunlar esa oltin naqshli bezaklar bilan qoplangan edi.

Saroy xizmatkori past ovozda ta'zim bilan bosh egdi:

— Shahzoda janoblari, xonangiz tayyor.

Taehyung bosh irg‘ab qo‘ydi. U to‘g‘ri o‘ziga ajratilgan xonaga bordi. Xona ichkarisida esa yirik ipak pardalar, sandiq yonidagi past stol va oq fonda qizil rangli pargari gilam to‘shalgan edi. Tokchadagi xushbo‘y yog‘lar, yozuv anjomlari, va eng chekkada — qog‘oz rulga o‘ralgan eski nasab daraxti sukunatda kutardi.
saroy xizmatkori unga asta egilib pichirladi:

— Qirol janoblari sizni zudlik bilan ko‘rmoqchi, shahzoda.

— yaxshi hozir boraman dedi.

Taehyung qadam bosgan sari zamin yengil qarsillagan ovozini aks ettirar, har bir sado zaldagi sukunatni bo‘lib yuborardi.

Qirol Koryo soyabonli keng taxtda, kumush naqshlar bilan bezatilgan xalatda o‘tirardi. Uning nigohi teran, sochlari qisman oqargan, ammo hali ham baquvat edi.

— Men... ancha keksaydim, Taehyung, dedi u sokin, ammo qat’iy ohangda. Vaqt esa to‘xtamaydi. Bu taxt abadiy meniki emas. Senga meros bo‘lib qoladi.

U biroz sukut saqlab yana gapida davom etfi
— Podshoh bo‘lish faqat qilich tutish, xalq oldida tik turish emas. Bu — o‘z yuragingdan voz kechib, xalq yuragini ko‘tarishdir. Men bu og‘ir yukni yillar davomida ko‘tardim.

Endi u yana jiddiy gapira boshladi.

— Sening yoshligingda men va katta vazir Yi Myong-chol kelajak haqida kelishganmiz. U davrlar tinch emasdi U qiz Yi Bora kuchli nasabdan, aqlli, fahmli, vatanparvar qiz U sening yoningda bo‘lsa, bu taxt yanada mustahkam bo‘ladi

— Shuning uchun, sen uylanishing kerak Taehyung Bu tanlov emas bu burch

Yi Bora u bu ismni esladi bugun bozorda ko'rgan o'sha sirli qiz uning tim qora nigohlari ko'z o'ngida gavdalandi Taehyung Boraga qiziqib qolgandi u shubhasiz bunga rozi bo'lishga qaror qildi

— Men... roziman ota. Agar taxt uchun qirollik uchun bu lozim bo‘lsa bajonidil.

— Barakalla o‘g‘lim Bilardim, sen gapimni ikki qilmasligingni

Bora harir hambokida oynaga tikilib turardi — u bugun askar haqida oylardi uning ovozi quloqlari ostida jaranglar ko'zlari esa ko'z o'ngida namoyon bo'lar edi.

To‘satdan tashqaridan shoshilinch qadam tovushlari eshitildi. Chorisi Jiwoo bir zum to‘xtab, eshik tomonga yurdi, lekin allaqachon kimdir hovlidan o‘tib, uyning darvozasi ochilgan edi.

— Kichik xonim... — dedi Jiwoo ovozini pasaytirib. — O‘zim borib qarayman...

Ammo Bora uni to‘xtatdi. Yuragiga allaqachon shubha yugurgandi. Bu qadamlar... bu yurish... unga tanish edi. U asta eshik tomon yurdi.

Yi Myong-chol ichkariga kirib, o‘ziga xos salobat bilan yurdi. U har doimgidek sukutda, lekin har bir harakati aniq va mulohazali edi. Bora unga past egilib ta’zim qildi, so‘ng chorisi Jiwoo choy tayyorlashga oshiqdi.

Ular supachaga o‘rnatilgan pastak dasturxon atrofida o‘tirdilar. Vazir jim. Bora esa sabr bilan otasining so‘z boshlashini kutardi. Nihoyat choy idishidan bug' chiqa boshlaganida, u muloyim ovozda so‘z ochdi

— Anchadan beri ko‘rishmadik, Bora. So‘nggi paytlarda... doimiy saroy ishlari, uchrashuvlar. hammasi biroz charchatdi.

Bora engil jilmaydi
— Siz doim band bo‘lasiz, ota. Bunga o‘rganib qolganman.

— Yaqinda saroyda katta voqealar bo‘ladi dedi u choydan mayda bir qultum icharkan — Hayot doim bir xil emas , shundaymi?

Bora choy idishini qo‘lida sekin aylantirib turdi. Bu gaplar ortida nima borligini aniq bilmasdi, otasi nimadir demoqchi ekanlgini sezdi

— Saroydagi yangiliklar doim qiziqarli ota dedi u muloyimlik bilan

Otasi unga yana bir bor qaradi So‘zsiz, chuqur, va nimadandir aytmoqchi bolayotgandek ammo aytolmayotgandek

Choy ancha sovigan, ammo suhbat hali boshlanmagandi. Nihoyat, vazir idishdagi so‘nggi qultumni ichib, yengil xo‘rsindi. So‘ng to‘g‘ri qiziga qaradi.

Bora, men bugun seni chaqirtirganim bejiz emas. Saroydan rasmiy farmon keldi. Shaxzoda... unashtiriladi

— Unashtiriladi? Menga qandaydir ahamiyati bormi ota?

Otasi jiddiy, ammo sokin ohangda davom etdi

— u senga unashtirlgan. Va bu qaror sen hali yoshligingda kelishilgan edi.

Bora chuqur nafas oldi. Nigohlari endi o‘tli edi. U o‘rnidan turdi, uzun hamboki yelkasiga yengil siljidi.

Axir men u odamni biror marta ham ko‘rmaganman! dedi u ovozini arang bosib. — Men qanday qilib hayotimni... bir ko‘rmagan odamga topshira olaman?!

Vazir bu g‘azabni kutgandek sokin qarab turdi.

— Bu... qirollik odati. Bu senga yuk emas sharafdir Bora.

— Sharaf? — deya qiz kulimsiradi, ammo bu kulgi iztirobdan tug‘ilgan edi. — Men oddiy odam kabi yashashni sevishni tanlashni xohlashim — bu qirollik uchun xatomi?

Uning ovozi titradi. Ko‘zlarida yosh yo‘q. Otasi og‘ir xo‘rsindi.

— Bora... sen hali shaxzodani ko‘rmagansan. Balki... uni ko‘rgach fikring o‘zgarar.

Bora bir muddat jim qoldi. Yuragida allaqachon bir askarning ko‘zlari, ovozi, uni himoya qilgan qaddini eslab turgan edi

Ammo hozircha otasinj u buni bilmas edi.

— ota buni o'ylashimga vaqt bering

— men vaqt beraman ammo senda tanlov yo'q xoxlasang ham xoxlmasang ham sen valiahd Shaxzodaga turmushga chiqasan

Otasi o'rnidan yengil turib og'ir qadamlar bilan uydan chiqib ketdi

𝐀𝐔𝐓𝐇𝐎𝐑 : 𝐒𝐇𝐈𝐑𝐎𝐘𝐀

⛩~ 𝗦𝗖𝗥𝗢𝗟𝗟 𝗢𝗙 𝗧𝗔𝗟𝗘𝗦 ~⛩