GOLDEN LEAF CHRONICLE
Bora har tomonga alanglab yurardi. Mayin shamol maysalarni silkitib o‘tar, daraxtlarning shoxlari ohangdor tovush bilan shitirlardi. Qushlarning sayrashi esa shu sukunat ichida g‘alati baland eshitilardi. Yuragi biroz g'ash edi
Birdan Boraning yonidan to‘rt nafar barzangi erkak chiqib qoldi. Ularning yuzlari chang bosgan ba'zilarining ko‘zida chandiq ust-boshidan esa qaroqchi ekani darrov bilinardi. Ulardan biri qo‘lini cho‘zib kinoyali ohangda gapirdi:
Qaroqchi 1 : hoy go‘zal nega yolg'iz yuribsan ? Nimalaring bor ko‘rib chiqamizmi?
Bora cho‘chib orqaga tisarildi yuragi bo‘g‘ziga chiqayozdi Qo‘lidagi savatni mahkam ushlab, bo‘g‘iq ovozda gapirdi
Bora: Menda hech narsa yo‘q Iltimos... menga tegmanglar
Qaroqchi 2 : Eshitdinglarmi hech narsa yo‘q emish Balki o‘zimiz tekshirib ko‘rarmiz?
Ular yaqinlasha boshlashdi. Bora ortga yurarkan toshga qoqilib yiqilib ketdi.
Qaroqchi 3 : havotirlanma seni shunday qo'yib yubormaymiz qizaloq
u qo'larini boraga cho'zgan ham ediki uni qo'larini qattiq qo'lar ushlab oldi va uni itarib yubordi
Qaroqchi 3 : ahh qolim jin ursin sen kim bo'lding yana ushlanglar uni
Ular yigit tomon yurishdi lekin u abjirlik bilan qilichini qinidan sug‘urdi. Qaroqchilar bir soniyaga to'xtab qolishdi U Boraning oldiga o‘tib uni ortga olib himoya qilib turdi.
Seokjin: yaxshilikcha ketinglar Aks holda pushaymon bo‘lasizlar.
Qaroqchilar bir-biriga qarab kulib qo‘yishdi. Biroq Seokjin birinchi harakatni o‘zi qildi. Qilich bilan oldindagi qaroqchining qurolini urib tushirdi va yelkasiga yengil zarba berdi. U yerga yiqildi.
Qolgan uchovi cho‘chib ketdi. Biri orqaga chekindi, ikkinchisi esa tosh olib yugurmoqchi bo‘ldi, lekin Seokjin chap tomonga o‘girilib uni ham yengil qulatdi. Oxirgi ikki qaroqchi bir-biriga qarab, yugurib o‘rmonga kirib ketishdi.
Seokjin asta Boraga yuzlandi. Uning nafas olishi tezlashgan ko‘zlarida hayrat aks etib turardi
Bora hali ham o‘ziga kelolmagan holda bosh irg‘adi
Bora : Ha... rahmat... siz meni qutqardingiz...janob
Seokjin jilmaydi Qilichini yana qiniga solib boraga qo'lini uzatdi
Bora unin qo'lariga tikilib turdi va uni qo'laridan tutib o'rnidan turdi so'ng yerda yoyilgan mevalarni olib savatiga joyladi
Seokjin : Yur bu joy xavfli. Seniaa bozorgacha kuzatib qo‘yaman.
Bora hech narsa demadi, faqat yurdi. Yuragi hali ham tars-tars urardi, lekin yonida turgan yigit unga xavfsizlik hissini berardi
Yo‘l yo‘lakay yurisharkan, Seokjin so‘z boshladi:
Seokjin: Nega bu o‘rmondasan? Bu yer unchalik xavfsiz emas-ku...
Bora yelkasini qisib javob berdi:
Bora: Bilaman... Lekin bir bolakay taqinchoqimni o‘g‘irlab qochdi. Uni quvlab shu yerga kelib qoldim. O‘sha taqinchoq onamdan yodgorlik edi...
Seokjin: Demak shunday degin. U bolakay uni albatta tillafurushlarga sotadi. Xohlasang, senga topishga yordam bera olaman.
Bora ko‘zlarini katta ochib unga qaradi:
Bora: Rostdanmi? Rahmat... Ha, aytgancha, janob, ismingiz nima?
Ular yo‘l davomida suhbatlashib ketishdi. Shamol yengil esar, daraxtlar orasidan quyosh nurlari tushib turardi.
Bora va Seokjin shahar chekkasiga yetib kelishganida, uzoqdan yugurib kelayotgan Jiwoo ko‘rindi. U nafasini rostlab, Borani mahkam quchoqladi.
Jiwoo: Men sizni topdim nihoyat. Juda qo‘rqib ketdim, sizni yo‘qotib qo‘yganimni o‘ylab.
Bora: Hamma narsa joyida, Jiwoo. Lekin onamdan qolgan taqinchoqni o‘g‘irlashdi. Men uni orqasidan quvlab, o‘rmon ichiga kirib ketdim.
Jiwoo unga xavotir bilan qaradi.
Jiwoo: Yaxshiyamki siz zarar ko‘rmabsiz. Bu janob kim?
Bora : bu kim Seokjin u meni qaroqchilardan himoya qildi.
Jiwoo unga minnatdor qarab, boshini egdi.
Jiwoo: Rahmat sizga janob. Agar siz bo‘lmaganizda, nima bo‘lardi bilmadim.
Bora: U menga taqinchoqni topishda ham yordam berishga rozi bo‘ldi.
Jin : taqinchog'ingizni izlab koramiz ertaga shu vaqta shu yerda ko'risha olamizmi
Bora boshini ekkancha unga rahmat aytdi
Myoung: Bora, jazoying tugadi. Endi saroyga qaytasan. Bu safar shahzoda bilan uchrashishdan qocholmaysan. Bahonang ham, uzring ham o‘tmaydi.
Bora boshini sekin egdi. Uning yuragi g‘ash tortdi, ammo qarshilik bildirmadi. Bu safar boshqacha bo‘lishini o‘zi ham his qilayotgandek edi
Bora: Albatta, ota. Sizning gapingizni ikki qilarmidim. Siz aytgandek bo‘la qolsin. Men boraman.
Myoung qizining javobidan mamnun bo‘lib bosh irg‘adi
Myoung: Barakalla, qizim. Tayyorlana ber. Ertaga saroyga birga boramiz. Hozir esa Jiwoo bilan kutubxonaga chiq, eski bitiklar orasidan saroy haqida qayta o‘qib ol. Yodingga solib qo‘y, u yerda har bir harakating e’tiborsiz qolmaydi.
Jiwoo: Kichik xonim, tayyor bo‘lsangiz ketamizmi?
Bora: Ha, ha, men tayyorman...
U yugurib, sakrab chiqdi.
Jiwoo kulib: Ko‘rinishingiz ajoyib.
Ular birga yo‘lga tushishdi, yo‘l-yo‘lakay suhbatlashib ketishdi.
Bora yengil ohangda: Shu kutubxonaga borish shart ekanmiya?
Jiwoo: Albatta, siz shaxzoda bilan uchrashishga ketyapsiz-ku. Kamida qanday savollarga tayyor bo‘lishingiz kerakligini bilib olasiz.
Bora: Ha mayli... Faqat u shaxzoda savollar bermasa bo‘ldi.
Jiwoo kulib:
— Unday bo‘lishi dargumon.
Va nihoyat ular yetib kelishdi Yog‘ochdan ishlangan og‘ir eshik sekin ochildi ichkaridan qurigan pergament eski siyoh va yog‘och hidlari kelardi. Kutubxona sokin va tinch edi.
Bora : Bu joy... juda tinch ekana
Jiwoo pichirlab:
— Bu yerda hamma o'qish bilan band xonim
Ular sekin yurib kitob javonlari orasida yurishdi. Qalin charm muqovali asarlar saf tortib turar ayrimlari chang bosgan ba'zilari esa ancha ishlatilgani sezilib turardi. Bora bir to‘plam kitoblarga ko‘z yugurtirdi
Bora: Sarguzashtlar haqida biror narsa bormikina?
Jiwoo kulimsirab: Yo‘q, xonim. Siz shaxzoda bilan uchrashasiz Siyosat urf-odat yoki tarixga oid kitoblar foydaliroq bo'ladi siz uchun
Bora :Yaxshi unda “Sulola urf-odatlari” degan kitobni olsam bo'ladi yana shuni olib ber — Saroy odobi.
Jiwoo bosh irg‘adi. Bora kitoblarni olib burchakdagi yog‘och kursiga o‘tirib varaqlay boshladi.
Bora birdan to‘xtab sekin ovozda so‘radi
Bora: Jiwoo,men shaxzoda bilan nima haqda gaplashaman?
Jiwoo: bilmasam xonim men hech qachon shaxzodalar bilan gaplashmagan bo'lsam
Bora olgan kitoblariga ko'z yugurtirib chiqdi bari zerikarli edi jiwoo esa boshqa bo'limda kitoblar o'qib o'tirgandi. Bora sharta o'rnidan turdi va kitobni qo'liga oldi
Bora : jin ursin bularni bari zerikarli
Yaxshisi ularni joyiga qo'yganim maqul
kitob tepa qavatda joylashgani sabab boranini bo'yi yetmadi va sutulachani olib uni ustiga kitoblarni qaytadan tartib bilan joylay boshladi
Bora : qanchalar og'ir ammo foydasiz kitoblar
Bora so‘nggi kitobni qo‘yish uchun biroz egildi. Hanbokining uzun etaklari stulchaning oyoqlariga ilinib, muvozanatini yo‘qotdi. Qisqa “oh!” degan ovoz chiqardi-yu, pastga qulab tushishga oz qoldi.
Ammo shu payt orqadan kimdir uni mahkam tutib qoldi
Bora ko‘zlarini qattiq yumib olgandi va u asta ko‘zlarini ochdi. Yana o‘sha nigohlarga duch keldi — takror va takror qiyin vaziyatlarda paydo bo‘ladigan nigohlar. Ular bir-biriga bir necha soniya tikilib qolishdi.
Bora: — Balki meni qo‘yib yuborarsan?
Taehyung o‘ziga keldi va uni asta yerga qo‘ydi.
Taehyung: — Hammasi joyidami? Shikastlanmadingmi?
Bora: — Rahmat, yordam berganing uchun.
Taehyung: — Nega doim e’tiyotsiz va mas’uliyatsizsan? Men bo‘lmaganimda aniq jarohatlanarding.
Taehyung: — Ha, mayli. Lekin bu safar men bo‘ldim, keyingi safar bo‘lmasligim mumkin. Ehtiyot bo‘l.
Bora: — Yaxshi... Ammo sen bu yerda nima qilyapsan?
Taehyung biroz nima deyishga hayron qoldi, chunki u qirollik vazifalari haqida kitob o‘qish uchun kelgandi.
Taehyung: — Men shunchaki bu yerda ishlayman.
Taehyung: — Ha, nima qipti? Bo‘sh vaqtimda ishlayman. O‘zing-chi? Nega bu yerga kelding? Hech kitob o‘qiydiganga o‘xshamaysan.
Bora: — Men... Men yaqinda valiahd shahzoda bilan uchrashaman. Saroy haqida ma’lumotga ega bo‘lishim kerak.
Taehyung ichida: “Demak, men bilan uchrashishga tayyorgarlik ko‘ryapsanmi?”
Taehyung: — Xo‘sh, shahzodaga nima deysan?
Bora: — Men unga turmushga chiqishni xohlamasligimni aytaman.
Uzoqdan Jiwooning ovozi eshitildi.
Jiwoo: — Bora xonim, agar o'qishni tamomlagan bo'lsangiz, ketishimiz kerak.
Bora ovoz kelgan tomonga qaradi, keyin esa Taehyungga nazar tashladi. Unga bir lahza qarab, ko‘zlarini yumib, og‘ir nafas oldi.
Bora: — Ha-ha, hozir boryapman.
Nigohi yana Taehyungga qaradi, bir oz kutib, so'ngra shivirlab dedi:
Bora: — Men ketishim kerak, sen ham o'zingni ehtiyot qil.
Taehyung bir necha soniya gapirmay, shunchaki bosh irg‘ab qaradi, va Bora tezda kutubxonadan chiqib ketdi. Uning yengil etagi yog‘och zaminga urilib, shovullab qoldi, shuningdek, borayotganida kichik qadamlaridan yengil shovqinlar chiqdi
Seokjin: — Hali ham harakatlaring sust Taehyung. Agar to‘g‘ri zarba bersang, har bir harakating aniq chiqadi
Taehyung bir necha marta qilichini yuqoriga ko‘tardi so‘ng pastga qarab zarba berdi so‘ngra Seokjin bilan o‘rtada bo‘lishgan tezlikda qarama-qarshi harakatlarni bajardi.
Taehyung: — Agar bunday mashqlarni davom ettirsan sizdanda kuchliroq bo‘laman aka.
Seokjin uni kuzatar har bir zarbani tekshirardi. U har bir xato va kamchilikni aniqlashga harakat qilib Taehyungning texnikasini yanada mukammallashtirishga yordam berardi
Seokjin: — To‘g‘ri, bu yerda kuchdan ko‘ra aniqlik va to‘g‘ri vaqt muhim. Bu bitta zarba bilan o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun diqqatli bo‘lishing zarur
Ular o‘rtada qarama-qarshi qilib, har bir zarbani chiroyli va samimiy tarzda amalga oshirishardi. Seokjinning qo‘llaridagi harakatlar aniq va tajribali Taehyung esa uning harakatlariga javob bera olish uchun yangi usullarni o‘rganishga harakat qilardi
Seokjin mashqni tugatib, Taehyung bilan birga dam olishga o‘tirganida birdaniga sekin oyoqlarini silkitib, bo‘yiga qarab so‘radi
Seokjin : Taehyung nima kimnidir sevib qoldingmi...?
Taehyung biroz ajablanib so'radi
Taehyung : nega bunday deyapsiz aka
Seokjin : shu kunlarda xayolparishonsan nima bo'ldi menga ayt