Bahor qaytmaydi 1-qism
Seul shahriga oğir vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.Tumanlik qo'ynida Jim mudragan tonglar,ilk sovuq oğushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi.Atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to'ldi.
Daryolar birdan tiniqlashdi. Telba to'lqinlar endi julovlanib yuvosh bo'lib qoldi.
Hamma yagona bir tashvish-kuz tashvishi bilan turib kuz tashvishi bilan yotadigan bo'lib qoldi
Faqat bitta uyda- Shahar chekkasida, shundoqgina daryo yoqasida joylashgan uyda sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg'iz o'z tashvishi bilan band edi.
U mashinada ketarmish uning oldida otasi mashina ortidan esa kopgina qop qora mashinalar quvlarmush va paq o'q ovozi eshitilibdi
Taehyung o'z ovozidan o'zi cho'chib uyg'onib ketdi
Anchagacha qayerda yotganini bila olmay, ko'zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi.
A'zoyi badani o't bo'lib yonar,peshanasini muzdek ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash peshanasiga yopishib qolgan edi.
U anchagacha behusht shiftga tikilib yotdi. Tokcha ustida sun'iy gullar, chetroqda otasi bergan tilla soat, xona chekasida sevf turardi.
Bir lahzadan keyin ko'z o'ngidan narsalar tağin siyrak tumanlik ichida yo'qoldi-yu, Yana alahlay boshladi.
Zum o'tmay tag'in ko'zini ochdi.Bora-bora fikri tiniqlashib, shiftga tikilib qoldi.
Taehyung ko'rpa ostidan qo'llarini mashaqqat bilan suğurib oldi.
Tirsagiga tayanib, sekin deraza tomonga o'girildi.
Terlab yotgan badaniga sovuq shamol tegdi
Bo'g'ilib bo'g'ilib yo'tala boshladi
Har yo'talganida nafasi og'ziga tiqilar, ko'z oldida xira halqachalar pirpirar, shang'illar edi.Taehyung nihoyat,sekin sekin damini rostladi, bir tekis chuqur chuqur nafas ola boshladi
Ochiq derazada tip-tinniq osmonning bir chekkasi ko'rinib turardi.
Taehyung derazadan qarab yotardi.
Va unga yoz fasli esiga tushdi
Daraxtlar yam yashil o'riklar daraxtlarda pishgan Juda ham chiroyli fasl edi. Lekin bu fasl unga har doim uning onasini eslatardi chunki yoz faslida onasi vafot etgandi
Onasi vafotidan so'ng bu uydan fayz ketganini hozir ayniqsa chuqur his qildi.
Onasi uni necha yildan beri uylanishini orzu qilar,lekin Taehyung unamas edim
Taehyungning onasi har doim shu gapni ochganida Taehyung universititutni bitirib diplom ovolay uyoği bir gap bo'lar der edi. Taehyung onasi aytgan qizlar bilan ko'rishmagan emas ko'rishgan lekin hech qaysi biri unga yoqmagandi.
Vohalanki diplom olishiga 1 hafta qolganida taening onasi vafot etdi
Taehyung shundan beri o'zini bunda ayblardi
Taehyung diplom oldi lekin onasining birgina orzusini amalga oshira olmadi.bu endi onasiga Armon bo'lib qold:kelininng qo'lidan bir piyola choy ichish.
Taehyung bularni eslar ekan yuragidan bir narsa uzilgandek tuyildi go'yo.
-Nomard Jungkook Yana kelmabdi!
Tae kasal bo'lib qolgandi u kasal bo'lganidan beri yo Jk yoki Jkning onasi uni ko'rgani kelardi. Lekin kecha va bugun kelmadi bundan Tae hafa bo'ldi.
Va tashqariga qarb yotar ekan darvozadan kimdur kelganini ko'rdi
Va bu aniq Jungkook edi taehyung ko'rpani boshigacham yopib olib ko'zlarini yumib oldi
Bir necha daqiqalardan so'ng Jungkook Taehyungning yotoqxonasiga kirib keldi.
Har doimgi mayin ovozda so'radi u
Lekin bu mayin ovoz qiz bolalarcha kulgich oppoq yuz va Jungkookning qiz bollarga o'xshab o'zini olib qochishi bularning hech biri Taehyungga yoqmasdi chunki u do'stidek bo'la olmasdi bo'lishni ham xohlamasdi.
Jungkookni ovozini eshitishi bilan Taehyung ensa qotirib ko'rpani ichidan chiqdi va bir Jungkookga qarab qo'ydi.
Jungkook Taehyungning terlab ketgan peshanasiga yopishib qolgan sochlari isib ketganidan yarim yechim tashlagan koylagini ko'rib uning oldiga yugurib bordi. Va peshonasini ushlab istimasi bor yoki yo'qligini tekshirdi.
Dedi Taehyung norozi ohangda va Jungkookdan yuzini burvolib ko'rpani yana ustiga yopib oldi
-bilaman kech qoldim kecha ham kela olmadim ishlarim ko'payib ketdi seni va ozimni kompaniyamni bishqarish Juda qiyin bo'lib ketdi.
Bu gaplariga erimagan do'stini ko'rgan Jungkook Yana gapira boshladi.
-hoooy menga ham oson deb bilma ahir 2 ta kompaniyani bishqaryabman.
Lekin Taehyung barbir do'stiga qaramadi.
Va Jungkook har doimgi usuliga o'tdi.
Ko'zlarini katta katta ochib lablarini cho'chaytirib -Taehyung kechiiiir endi har kuni kelaman yoninga deb ko'larini pir piratdi.
-hooy bu qiliğini qo'y Manga yoqmayabdi qiz bolalarcha qiliğin