November 17

Bahor qaytmaydi 1-qism

Seul shahriga oğir vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.Tumanlik qo'ynida Jim mudragan tonglar,ilk sovuq oğushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi.Atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to'ldi.

Daryolar birdan tiniqlashdi. Telba to'lqinlar endi julovlanib yuvosh bo'lib qoldi.

Hamma yagona bir tashvish-kuz tashvishi bilan turib kuz tashvishi bilan yotadigan bo'lib qoldi

Faqat bitta uyda- Shahar chekkasida, shundoqgina daryo yoqasida joylashgan uyda sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg'iz o'z tashvishi bilan band edi.

U mashinada ketarmish uning oldida otasi mashina ortidan esa kopgina qop qora mashinalar quvlarmush va paq o'q ovozi eshitilibdi

-Aaaaaaaa

Taehyung o'z ovozidan o'zi cho'chib uyg'onib ketdi

Anchagacha qayerda yotganini bila olmay, ko'zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi.

A'zoyi badani o't bo'lib yonar,peshanasini muzdek ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash peshanasiga yopishib qolgan edi.

U anchagacha behusht shiftga tikilib yotdi. Tokcha ustida sun'iy gullar, chetroqda otasi bergan tilla soat, xona chekasida sevf turardi.

Va atrofga qarab qarab qoydi

-Xayriyat,uyda ekanman

Bir lahzadan keyin ko'z o'ngidan narsalar tağin siyrak tumanlik ichida yo'qoldi-yu, Yana alahlay boshladi.

Zum o'tmay tag'in ko'zini ochdi.Bora-bora fikri tiniqlashib, shiftga tikilib qoldi.

Taehyung ko'rpa ostidan qo'llarini mashaqqat bilan suğurib oldi.

Tirsagiga tayanib, sekin deraza tomonga o'girildi.

Derazani ochdi

Terlab yotgan badaniga sovuq shamol tegdi

Bo'g'ilib bo'g'ilib yo'tala boshladi

Har yo'talganida nafasi og'ziga tiqilar, ko'z oldida xira halqachalar pirpirar, shang'illar edi.Taehyung nihoyat,sekin sekin damini rostladi, bir tekis chuqur chuqur nafas ola boshladi

Ochiq derazada tip-tinniq osmonning bir chekkasi ko'rinib turardi.

Taehyung derazadan qarab yotardi.

Va unga yoz fasli esiga tushdi

Daraxtlar yam yashil o'riklar daraxtlarda pishgan Juda ham chiroyli fasl edi. Lekin bu fasl unga har doim uning onasini eslatardi chunki yoz faslida onasi vafot etgandi

Onasi vafotidan so'ng bu uydan fayz ketganini hozir ayniqsa chuqur his qildi.

Onasi uni necha yildan beri uylanishini orzu qilar,lekin Taehyung unamas edim

Taehyungning onasi har doim shu gapni ochganida Taehyung universititutni bitirib diplom ovolay uyoği bir gap bo'lar der edi. Taehyung onasi aytgan qizlar bilan ko'rishmagan emas ko'rishgan lekin hech qaysi biri unga yoqmagandi.

Vohalanki diplom olishiga 1 hafta qolganida taening onasi vafot etdi

Taehyung shundan beri o'zini bunda ayblardi

Taehyung diplom oldi lekin onasining birgina orzusini amalga oshira olmadi.bu endi onasiga Armon bo'lib qold:kelininng qo'lidan bir piyola choy ichish.

Taehyung bularni eslar ekan yuragidan bir narsa uzilgandek tuyildi go'yo.

Va norozi ohangda

-Nomard Jungkook Yana kelmabdi!

Tae kasal bo'lib qolgandi u kasal bo'lganidan beri yo Jk yoki Jkning onasi uni ko'rgani kelardi. Lekin kecha va bugun kelmadi bundan Tae hafa bo'ldi.

Va tashqariga qarb yotar ekan darvozadan kimdur kelganini ko'rdi

Va bu aniq Jungkook edi taehyung ko'rpani boshigacham yopib olib ko'zlarini yumib oldi

Bir necha daqiqalardan so'ng Jungkook Taehyungning yotoqxonasiga kirib keldi.

Jk:salom ahvollaring yaxshimi

Har doimgi mayin ovozda so'radi u

Lekin bu mayin ovoz qiz bolalarcha kulgich oppoq va sarg'ish sifat yuz va Jungkookning qiz bollarga o'xshab o'zini olib qochishi,hatto qizlarda yoq uzuun kipriklar,kelishgan gavda, qalin va qop qora qoshlar, bularning hech biri Taehyungga yoqmasdi chunki u do'stidek bo'la olmasdi balkim, bo'lishni ham xohlamasdi.

*

Ma'lumot: Jeon Jungkook 26 yosh Taehyungning eng yaqin do'sti va Jungkookning sevgan qizi bor.Jeon kompaniyasini boshqaradi uning ham otasi vafot etgan Jeon kompaniyasini ozroq boshqargan va vafot etgan bu ishni keyinchalik Jungkookning onasi undan keyin esa Jungkook davom ettirgan lekin bu kompaniya unchalik katta emas.

Kim Taehyung 26 yosh Jeon Jungkookning do'sti qizlarga hech qiziqmaydi. Taening otasi bilan Jungkookning otasi do'st bo'lishgan. Va o'zlari uchun kompaniya ochishgan ya'ni hozirgi Jeon va Kim kompaniyalari edi bu. Taehyung Jungkookni onasini o'z onasidek ko'radi chunki Jungkookning onasi Taehyungning eng yaqin dugonasi edi. Va Taehyungning onasi vafot etganida Jungkkookning onasi bolangni o'z bolamdek koraman deb va'da bergandi.

*******

Jungkookni ovozini eshitishi bilan Taehyung ensa qotirib ko'rpani ichidan chiqdi va bir Jungkookga qarab qo'ydi.

Jungkook Taehyungning terlab ketgan peshanasiga yopishib qolgan sochlari isib ketganidan yarim yechim tashlagan koylagini ko'rib uning oldiga yugurib bordi. Va peshonasini ushlab istimasi bor yoki yo'qligini tekshirdi.

-Hayriyat istimen yo'q ekan

-nma hechamda u aldayabdi

Dedi Taehyung norozi ohangda va Jungkookdan yuzini burvolib ko'rpani yana ustiga yopib oldi

-bilaman kech qoldim kecha ham kela olmadim ishlarim ko'payib ketdi seni va ozimni kompaniyamni bishqarish Juda qiyin bo'lib ketdi.

Bu gaplariga erimagan do'stini ko'rgan Jungkook Yana gapira boshladi.

-hoooy menga ham oson deb bilma ahir 2 ta kompaniyani bishqaryabman.

Dedi norozi ohangda

Lekin Taehyung barbir do'stiga qaramadi.

Va Jungkook har doimgi usuliga o'tdi.

Ko'zlarini katta katta ochib lablarini cho'chaytirib -Taehyung kechiiiir endi har kuni kelaman yoninga deb ko'larini pir piratdi.

-hooy bu qiliğini qo'y Manga yoqmayabdi qiz bolalarcha qiliğin

-yaxshi yaxshi meni kechirdinmi?

-faqat bu safar dedi Taehyung

The end~