Illicit love 9-episode
Italiyaga kelganimdan buyon biror marotaba aylanishga chiqmabman . Chiqqanman ammo negadir bu safar boshqacha hislar bilan . O'zim istab ketyabman , avval ko'p yurgan yo'lim ekan osongina yo'nalishni topdik , shundoqqina Via.S.Rocco ko'chasi oldida ,,Arcedia" kinoteatri qad rostalab turibdi.
Atrofda odamlar ko'pkina , birov qo'ltiqlashib sevgilisi bilan boshqasi esa yetaklashib dugonasi bilan qolganlar esa shunchaki hordiq chiqarishga kelganlar . Kinoteatr ichkarisiga kirganda lol qoldim chunki bu yer kinoteatr emas muzeyga o'xshaydi , hamma joy o'zgacha tilla rangda devorlar ham peshtoqlar ham devorlarga ilib tashlangan qadimiy suratlarni tomosha qilsangiz rosatan muzeyga kelgandek qolasiz . Atrofdagi suratlarga qarab chiqarkanman ortimdab qo'ng'iroqdek ovozi bilan Seoyoung yelkamdan turtdi.
Seoyoung : men bilet oldim ikkimizga kettikmi ?
* Seoyoung shunday deya jiminga muloyim jilmaydi . Balki bu jilmayish emas ko'ngilhushlik qilayotkani uchun o'ziga nisbatan oddiy munosabatdir ammo bu jilmayish Jiminning yuragi torini chertib qo'yayotkandi...
Pov/Jimin .
Atrofga yana bir nazar tashladim kassa oldida tumonat odamlar orasidan qanday qilib bu qiz tezdagina chipta olibdi ekan . Indamay qolganimga endi Sabri chidamay bilagimdan ushlab tortqiladi . Nimadir esimdan chiqayotkaniga amin edim hozir esa kassa oldidagi kattagina bufet oldidagi shirinlik va popkornlarni ko'rib yodimga tushdi va mendan bir qadam oldinda oldimlab ketayotkan qiz ortidan gapirdim .
Jimin : Seoyoung , men hozir .
*Shunday deya jimin tez tez yurib ketti Seoyoung esa turgan joyida uning ortidan hayron qarab qoldi . Oradan 2daqiqa o'tgach qo'lida bir talay shokolad va popcorn shunga o'xshash yana bir nechta shirinliklar ko'tarib kelayotkan yigitni ko'rgach boyagi hayronligi aniqlikka aylandi . Jimin kelgach unga hayron qarab turgan seoyoungga nazar tashladi .
Jimin : menga bular yoqadi yani bular kino bilan yaxshi kelishadi .
Seoyoung : lekin men kino bilan birga biror narsa yeyolmayman .
Jimin : Demak sen hursandchilik qilishni bilmaysan .
Seoyoungni oxirigacha eshitmay undan olding o'tib ketgan jimin qizni jig'iga tekkanidan miyig'ida jilmaygancha kerakli honaga kirib ketdi .
Yosh bolaga o'xshaydiya ! Shoshma o'zi yoshi nechada ? Tovbaa ortidan gaplarini ichimda qoldirib qolaverdim ichkariga indamay kirib ketdi...
Ortidan kirganimda allaqachon kerakli o'ziga qilay joyga joylashib bo'libdi . Lekin zalda hechkim yoqku atrofga shunday deya alangladim haa bor ekan ikki sevishganlar orqa o'rindiqqa o'tirib olishibdi ana endi film boshlanishi bilan chiroqlar o'chishi bilan bilganini qiladi bular. Zinalardan pastga tusharkanman oldi qatordan 2ta ortdagi 3chi qatorni o'rtasiga borib joylashgan yigitni oldidan aylanib o'tmoqchi bo'ldim ammo bir payt keskin silkinganimni bilaman holos qo'rqib ko'zlarimni ochganimda uning quchog'iga joylashib olganiimni tushundim . Jin ursin!!! U esa hotirjam Boshlanayotgan filmni tomosha qilmoqda...
Favqulodda o'rnimdan turishga urindim ammo bilmayman turolmayabman oxiri belimdan ushlab o'zi yordamlashdi sharmanda ... shunday ham bo'ladimi ?
*
Xijolatlikdan o'zini qayerga qo'yishni bilmay noqulay vaziyatdek 2ta o'rindiq narida jimgina film tomosha qilayotkan qizga ora orada ko'z qiri bilan jimin kuzatarkan oxiri oldiga o'tdi .
Seoyoung: yo'q !
- ovozida hijolatlik sezilib turgancha javob berdi Seoyoung.
Jimin : unda birornima de .
- jimin oradagi bu jimlikni olib tashlashga urinardi.
Jimin : yaxshisi bu yerdan chiqib qayerga vorishimizni ayt .
Seoyoung: men uyimga ketaman uxlayman sizni bilmadim .
Jimin : bo'lmaydi sen menga muzqaymoq olib berishga Va'da bergansan.
Seoyoung: qachon va nima uchun ?
Seoyoung o'ylanib boshini qimirlatdi .
Jimin : kecha tunda sen menga aytganding .
Jimin : kiyimlaringni almashtirib qo'yishim evaziga .
Jimin shunday deya qo'lidagi popcorndan olib shoshilmay og'ziga solib tobora qizarib uyalib ketayotkan qizni kuzatardi . Seoyoung biroz boshini yerga egib lablarini qimtigancha qoldi .
*Nihoyat film tugagach zal chiroqlari yondi atrof qorong'ilikdan forix bo'lgach 2soatga yaqin miriqib tomosha qilgan filmidan jimin mamnuniyat bn o'rnidan turdi bu payt seoyoung hamon o'ylanayotkandi . Jimin uni yelkasidan turtib kettik deya ishora qilganidan keyin seoyoung unga bir qarab qo'ydi.
Seoyoung: siz chiqib turavering men ortingizdan chiqaman.
Uning gaplaridan keyin jimin jni tushunib tashqariga chiqib ketdi .
Nimalar qildim a o'sha tunda ?! Jin ursin unga ko'p tegindimmi ? Ammo nimalar qilganing nomalum Seo ... balki undan battar ish ham qilgandirsan axir tan ol u senga yoqib qolganku...
Yoqtirib qoldimmi bilmadimu ammo negadir uni kulishlarini zimdan tomosha qilib bag'rim uzra chechaklar gullagandek bo'ldi ... ammo o'sha tun nima qildim o'pdimmi ? Yo hudooo nimalar qildim lekin boyagi ishim o'pgandan ham battaroq bo'ldi ku ! Shularni o'ylab turarkanman yuqoridan hiring hiring ovozlar keldi undan keyin esa qiz bolaning ingragani bilmayman bular nimalar qildi shunday deya o'rnimdan qanday turganimni ham bilmay qoldim ortimga qarab baqirganimni ham ...
Seoyoung: heeyyy bas qil ikkoving uyalmaysanlarmi ?!
Ana hozir uni kutayotkanimga ham 15daqiqa bo'ladi . Negayam aytdim a shunchalik ham tasirchan uyatchang bo'ladimi a yoki yig'layotkanmikan ? Ahmoq qiz bolagayam shunday deydimi ? Ana hafa qildim ! Balki oldiga kirarman hazillashidim deyman balki yig'layotkandir axir qizarib uyalib ketganini ko'rdimku ...
Bir qarorga kelgach o'rnimdan turaman deganimda Seoyoung bir begona yigit bilan quchoqlashib chiqib qoldi. Belidan qo'llarini aylantirib olishganini ko'rgach ichimdan allaqanday qaynoqlik sirg'alib o'tdi o'tdiyu butun badanim yonib ketdi... Yana kulishib turishigachi ... bir ikki qadam bosib kelishgach o'sha yigit Seoyoungni yuzidan ushlab lablarini bosdi Seoyoung esa unga indamadi ham ! Oxirida esa labiga qo'lini bosgancha
,,Dolcezza" deya erkalashi meni fug'oni falakka olib chiqib tashlab yuborgandek bo'ldi . Seoyoungdan esa avvalgi uyalishidan asar ham yo'q jilmaygancha kalta ko'ylak o'rasidagi nozik oppoq oyoqchalari bilan men tomon Kela boshladi meni esa hamon ichimda olov yongancha o'tiribman...