January 4, 2025

Illicit love 10 - episode

Pov/Seoyoung

Bir zumda boyagi hayolimdagi tundlik tarqab ketgandek bo'ldi . O'zi inson eng qadrli insonlaridan birini ko'rganda shunday sevinch hissini tiyarkan . Matteo bilan biz boligimizdan do'st edik hali ham esimda u biznikiga dadasi , oyisi bilan mehmonga kelgan malla qo'ng'iroq sochli bola edi u payt men ham kichkina edim shu paytdan boshlab biz do'st bo'lib ketganmiz . Birga maktabda o'qidik aslida eng nufuzli maktabda o'qishimga ham uning dadasi va mening dadam o'rtasidagi o'zaro do'stlik munosabatlari edi . Hullas Matteo va men 5 yoshimizdan bir birimizni judayam yaxshi taniymiz . U o'qishni istamasdi shu sababli Universitetda o'qimadi maktabni tamomladiyu yelkasiga sumkasini ildiyu sayru sayohatga ketdi . Oradan 2yil o'tgach uni kinoteatrda uchratdim oldida oyimchasi bilan ko'rinib turibdi u kelishgan va boy shunga munosib oldidagi qiz ham ancha durust . Oldiga men borishga chog'landimu biroz o'ylanib qoldim , lekin u avvalgidek meni ,, Dolcezza " deya oldimga sallolanib yurib keldi va yelkamdan turib quchdi javoban men ham shunday qildim . Sog'inibman uzoq yillik do'stimni rostan sog'inibman. Biroz suhbat qurishni istayman ammo uni ham meni ham sheriklarimiz bor buni ikkimiz ham bilganimiz uchun hol ahvol so'ragancha eshik tomon yura boshladik ( oyimchasini esdan chiqardi unga indamadiyam ) . Tashqariga chiqqach biror kun ko'rishishni reja qildik so'ng u yuzimga o'pib qo'ygancha hayrlashdi . Ortidan qo'l silkib qo'ydim . Ortimga o'grilganimda men tarafga qaratilgan nigohlar aqlimni shoshirib qo'ydi .

*
Jiminning oldiga kelib qolgan qiz unga nima deyishni bilmay turardi . Oxiri jimin u taraf o'grildiyu bir og'iz ham gapirmay o'rnidan turib bir ikki qadam yurib to'xtadi va ortiga qarab hamon uni ortidan hayrat ila qarab turgan Seoyoungga qarata gapirdi .

โ€“Balki ketarmiz ? - yarim iltifot bilan gapirgan yigit so'zlaridan qandaydur jaxl ufurib turardi.

Seoyoung uning gapidan keyin indamay o'rnidan turdi va yelkasiga sumkasini ilgancha undan oldimlab ketib tashqariga birinchi chiqdi . Qizning ortidan uzoq nafas olib chiqargan Jimin bo'ynini asabiy ushlab qo'ydiyu u ham tez tez yurgancha katta eshikdan tashqariga chiqdi .
Havo ancha sovib qolibdi har holda junjiktiradigan yengil va yoqimli shamol esmoqda . Har onda Shahar markaziy yo'lidan mashinalar signali eshitilib turishi , qayerdandir mayin romantik kuy taralishi , yoshlarning ora orada bir biriga kulishgandagi qo'ng'iroq ovozlari barchasi hozirgi kayfiyatga mosdek ammo Jiminning holati bularni sezmaydigan paytda.

Arcedia kinoteatrdan chiqqach zinalardan ohista tushayotgan qizni ko'zi ilg'agan yigit bir zumda qizga yetib oldi . Seoyoung avtoturargohga emas balki katta yo'l tomon yo'l tomon burildi va ortiga jimin taraf burildi .

โ€“ Men endi uyga borishim kerak ... Kecha uchun rahmat janob . - rasmiy uslubda aytilgan so'zlarga jimin ortiqcha biror nima demadi negadir gapirishni istamagdek bosh irg'ab qo'ya qoldi .
Qiz sekin ortiga burildiyu katta yo'l chetiga borib taksi ishorasini qilib turganda jimin uni yoniga borib qarshisiga turib oldi.

โ€“ men olib keldimmi demak men olib borib qo'yaman . Yur ! - yigit oxirgi so'zini qatiy ohang ila aytdi .

โ€“ yo'q janob Jimin shart emas . - yigitning gaplridan kegin unga hayron qarab qolgan Seoyoung uning gaplariga jilmayib javob berdi .

โ€“ yuraqolsangchi Seoyoung !

Pov/Jimin

Ortimga qaraganimda boyagi qo'ng'iroq sochli yigit yo'lning narigi chetida turgandi . Seoyoung bilan tortishib bo'lgunimizcha bir zumda shu yerda paydo ham bo'ldi .
Koreyschani yaxshigina bilar ekan indamay Seoyoung bilan gaplasholyabdi . Bu orada yana bir bor xayrlashishdi bu safar o'pichsiz . Seoyoung men tomonga qadam bosgan onda bilagidan boyagi yigit ushlab qoldi .

Matteo : qayerga dolcezza men bilan yur axir ko'rishmaganimizga 2yil bo'ldi azizam ...

,, azizam " emish ! Bir zumda bilagidan tutganiga o'laymi endi .

Jimin : kechirasiz biz ketishimiz kerak edi .
Shunday deganimdan keyin seoyoung men tarafga qaradi va bilagidan boyagi yigitni qo'lini olib kaftlariga oldi jin ursin hozir portlayman !* yana boyagidek birnimalar dedi erkalanib ! Eshitishni ham istamayabman eshitgan sarib qonim qaynab ketyabdi . O'sha yigit ketgandan keyin ortimga o'grilsam hali ham taksi to'xtatmoqchi , endi bahslashgim yo'q sen qiz bilan . Oldiga borib bilagidan ushladim nima qilibdi axir boyagi yigit ushlaganda indamasdan erkalandingku ! mashina oldiga kelganimizdan keyin eshigini ochdimda old o'rindiqqa o'tirgizdim gapiryabdi ammo eshitsam ham indamadim .
Mashinaga chiqqach men taraf hayronu lol qolib qarab turgan qizga qarab qoldim sochining bir tutami yuziga yopishibdi ohista uni olib qo'ydim olib qo'ydimu oppoq yanoqlarga barmoqlarimni qo'ydim qaynoq , olovdek lov lov yonayabdi . lablarimni bosib o'pich olgim kelyabdi... o'sha kungidek ... bir zum nima qilayotkanimni anglay olmay qoldim bir zum aqilim o'zimga kelmagandek bo'ldim . Bir payt yelkamga kichik barmoqlarini urdi ohista ko'zimni ochganimda lablarim ustida labri turardi , hamon shunday qilgan ekanman oxiriga yetkazgim keldi .

*
Qizning bo'ynining orqasini kaftlariga olgan yigit qizning yuzini yanada yaqinroq olib kelib lablaridan bo'sa ola boshladi . Har bir entikib bo'sa olganda qiz bir sapchib tishishidan yanada zavqlanayotkan yigit qizning lablarini tishlri orasiga olib ozorsiz ezdida tepa qism dudoqlaridan shimib o'pgach pastki lablariga tishlarini botirdi so'ng qizni lablari ustiga labini bosib o'pib peshonasiga peshonasini bosgancha entikib nafas ola boshladi...

Pov/Jimin

Hammasi tez bo'ldi... barchasi chaqmoqdek tez bo'lgani kabi tanamda ham yashin uchqunlariga o'xshash tok bordek go'yo...avvaliga nimadir qilib qo'ygan odamdek o'zim ham qo'rqib kettim va peshonamizni birlashtirib biroz tin olgach qo'rquvmi hijolatchilikdnmi ko'zimni ochdim ammo haligacha kipriklarini birlashtirib turgan Seoyoungni ko'rgach negadir tinchlandim . Yuziga yaxshilab nazar soldim , avvalgidan ham biroz qizarib qolgan yanoqlari lov qizarib ketgan , lablarida nozik titrash mujassam , lashkarlardek tiz tizilgandek quyuq , qayrilma kipriklar esa zichlab yumilgan edi... uning nafis yuziga qarab turarkanman negadir yana hayolimga o'sha so'z hayolimga urildi... doim uni ko'rganimda hayolimga bong urguvchi so'z... bu qizda qandaydir joziba bor... hechkimnikiga o'xshamas Joziba... birozdan so'ng qo'rqandek ko'zlarini pirpiratgancha ochdi bu payt bir birimizning yuzimiz orasida deyarli masofa yo'q edi... ko'zlariga tikilib qoldim u esa menikiga negadir olib qochmayabdi men ham hech nigohlarimizni olib qochgim yo'q... birdan meni o'zidan itarib tashlagan qiz endi hishiga keldi nazarim meni itarib tashlab o'zi ortga tisarildi...
*
Lablarini qo'llarida ushlab ko'rgan qiz hech narsa qilmagandek turgan qarshisidagi yigitga norozi qaradi , ayni paytda undan ko'zlarini olib qochmay ham biroz avvalgi ishlaridan afsuslanmayotgandek turgan yigitdan ham jaxli chiqsa ham hijolat bo'lardi...

โ€“ bu nima qilganingiz !
- norozi ohang ufirib turgan so'zlarni yigitga qarata qaltiroq tovushda aytgan seoyoung boshini yerga egib oldiyu ammo Ich ichidan hijolat bo'lgancha undan izoh kutardi ammo uning o'rniga yana bir yaqinlashuvga duch keldi...
Jimin uning yuzlarini kaftiga olib yerga qarab olgan qizni ko'zlarini ko'zlariga to'g'rilab chuqur tikildi... oradan uncha vaqt o'tgach jimin o'sha hansirash bilan yo'g'on ovoz to'nida ohosta gap boshladi...

โ€“ Sen meni sevasan ! - bu gapni shu qadar ishonch bilan gapirganda seoyoung uzoq uyqudan o'ziga kelgandek sapchib tushdiyu jimining qo'lidan chiqib lablariga yana qo'lini olib bordi... uning lablarida hamon shunchaki karaxtlik mujassam edi . Esankiragancha yigitga qararkan jimin mashina o'rindig'iga boshini suyagancha ko'zlarini yumib o'tirardi lablarida keng tabbas bor , seoyoung esa undan g'ashi kelgandek sumkasini yelkasiga tortib mashinadan pastga tushib ketdi .

Pov/Seoyoung

Kuldi ?! Nega kulasan deb so'rashni unutdim jin ursin* nega uni oldida doim dovdirab qolaman o'zi ? Sevasanmush?! Nega sevarkanman ? Sevmayman ! Nega unday dedi yoki ... nima deb o'ylasin shunday o'ylaydida avvaliga uyida tunab qoldim , keyin dabdurustan quchog'iga o'tirib qoldim bulardan so'ng biroz avvalgi bo'samiz?! Bu nimasi menga nimalar bo'lyabdi a ?! Uyalmayabman ham ?! Hayolimda o'sha ikki ko'zlar turibdi ko'zlarimni ochganimda qarshimda paydo bo'lgan ikki ko'zlar...
Uning ko'zlari yulduzli tun yoki jimjit ko'lga o'xshab ketardi ... Ularning chuqurligi va jozibasi har doim biror sirni yashirayotganday tuyuldi... Ularning jilosi esa samimiylik va mehrni aks ettirib turgandek... Unga qaragan odam o'zini iliq va qulay his qiladi... ortimga ham qaramay o'z hayollarim bilan biroz avvalgi hodisani tahlil qilgancha katta yo'lga bekatga chiqanimda taksi oldimga to'xtadi hech ikkilanmay mashinaga o'tirdim... hayronman ortimdan uzr ham so'ramadi ammo kelib gapirganda ham nima derdim... uyalarmidim... yaxshi qildi bir tarafdan ammo nega aynan mendan bo'sa oladi...oxirgi gaplarichi... shoshma nega uni o'ylayabman... balki rostdir... Rost bo'lsachi?... yoq , unday bo'lmaydi... lekin u nega bunday dedi... balki rostan ham sevib qolgan bo'lsamchi?... bo'lishi mumkin emas... yoki...
Hayol surib o'zim bilan o'zim gaplashib kelarkanman haydovchining dag'al ovozi meni cho'chitib yubordi...

Haydovchi: Eccoci arrivati. Sono quindici euro.
(Mana yetib keldik. Nar xi oโ€˜n besh yevro.)

Seoyoung : Grazie mille! Arrivederci!
(Katta rahmat! Xayr!)

Pov/seoyoung

Erta tongda yotoqdan turib soatga qarasam allaqachon 7dan o'tib ketibdi uxlab qolibman . Kecha uyga kelgach dars qilolmadim ham dars stolida ham hayolimdan kechagi hodisa o'taverdi . Oxiriga yetmagan chizmalarimni maxsus idishga soldimu o'zim shoshgancha kiyindim... qahva tayyorlab ichib olish niyatida oshxonaga o'tgach taksi chaqirib ham qo'ydim uzoq emas universitet 20 daqiqalik yo'l ammo bugun ulgurmasligim tayin shu sabab taksi chaqirdim. Qahvamni ham shoshilib ichgancha yotoqxonamga o'tib dars stolimdan sumkamni va kattagina chizmalarim idishini oldimu tuflimni shoshilib kiygancha tashqariga chiqdim tashqariga chiqqan chog'imga ostonada sab sariq lolalar turgani to'g'risi hayratlanarli bo'ldi yana erta tongdan... bir dasta lolani qo'limga olgancha qayta uyga kirdim kirgach oshxonaga o'tib uni guldonga solmoqchi bo'lganimda ichida bir qog'ozcha bor ekan uni ochganimda esa shunday so'zlarni o'qidim sof koreyscha ekanidan buni kim yuborganini bilib oldim... kattagina varoqda faqatgina
,,kechir" so'zi yozilgandi orqasini o'girganimda oddiy telefon raqami bor ekan patiga kichkina qilib qo'ng'iroq qil deb yozib qo'yibdi...

Seoyoung