December 8

The love existence...๐Ÿƒ 2 - episode

Soyun o'ziga kelib , atrofga olazarak qarab chiqarkan tomog'i shu qadar jizzilab achishganidan hozirgina ochgan ko'zlarini achishishdan hosil bo'lgan topog'idagi og'riq tufayli yana qattiq yumib olishiga sabab bo'ldi .

~

Bu nimasi ?! Tomog'imga suv yutdim tikan emas nega bunchalar shilinib achishmasa uni ustiga oyog'im qattiq og'riyabdi ... shoshma men qanday suvdan chiqdim oxirgi marotaba daryoga boshim bilan kirib ketayotkanimda men taraf yugurib kelayotkan yigitga ko'zim tushgan edi...

Hayolimdan o'tganlardan tomog'imni ham oyog'im uvushib og'riyotkanini ham unitib ko'zimni tezlikda ochdim . Shu zahoti menga tikilib turgan yigitni ko'rib tuproqqa qorishib yotgan joyimdan qo'zg'alarkanman boshim orqasi ham zirqillab og'riyotkanini bilib beixtiyor ingradim . Anavi yigit endi menga avvalgidek qaramas aksincha ko'zlarini mendan keskin olib qochdi , shunda tirsagimga suyanib arang o'rnimdan turib uyoq buyog'imga qarasam ko'ylagim old tugmalari bo'shatilganini ko'rib shoshib qoldim .

~

Tim qora sochlari jiqqa ho'l bo'lib yuzini to'sib turarkan ohista ularni yig'ib olib qo'ydim . Tiniq yuzlari oftobda jilovlanadi , olxo'riga o'xshash chiroyli yanoqlariga yarashib turuvchi bejirim kichkina burunchasiga suv kirgan shekilli lablari orasidan nafas olmoqda , lablariga ko'zlarimni olib o'tishim bilan ulardagi qulpunay tamini yana bir bor his qilgandek bo'ldim go'yo yana ularga egilgim kelardi... oppoq durdek bo'yniga oftob tushib yarqiraydi undan pastroqda esa ko'ksi tiniq... axxx Jungkook bas qil uyalmaysanmi ?! Ammo negadir ko'zlarimni olib qocholmayabman , olib qochishni istamayabman ham ...
Hayolimdan shularni o'tkazarkanman ingroq tovushlarni eshitishim bilan hushim o'zimga qaytkandek bo'ldi shundagina uning ochiq bag'ridan ko'zimni olib daryo tomonga qarab oldim...
Biroz muddatdan keyin o'rnidan turishga chog'langan qiz yana ingrab yuborganida unga yordam bermoqchi bo'lib bilaklariga qo'l uzatdim..

Jungkook : yordam beraman ...

Soyun unga yordam qo'lini cho'zgan yigitga qarab turarkan keskin bosh chayqadi va o'sha ingroq tovushi ila inkor javobini berdi.

Soyun : ker.ak e.mas .

Jungkook u nega bunday deyotkanini bilardi uyalyabdi , ammo Jungkook uni bu holatda yura olmasligini ham bilar edi .

Jungkook : yura olmaysiz ... yordam beraman !

Jungkook shunday deya Soyunni bilagidan tezlikda ushlab bo'ynidan o'tkazib oldi . Nima bo'lganini anglaguncha qizni choyshab ustiga qo'ygan Jungkook uni oldiga cho'k tushib unga nigohlarini qaratdi.

Jungkook : qarashlaringizdan norozilik ufuryabdi..

Soyun unga yaqin turgan yigit ko'ksidan itarib o'zi biroz yuqoriga surildi .

Soyun : nega nomaqulchilik qilasan ?!

Jungkook : buni qarang ! Axir men sizga yordam berdim .

Soyun : qanday yordam berdingiz , uyaltiribmi ?!

Jungkook qiz nima deyotkanini tushundi ,,kiyimimni nega yechding" deyishga iymanib shunday deganidan yigit miyig'ida yerga qarab labini uchirib qo'yishi qizni yanada uyalib talmovsirab qolishiga Sabab bo'ldi . Jungkook o'zini jiddiy tusga olib qizdan uzoqlashdi .

Jungkook : uyingizga olib borib qo'yaman .

Soyun unga qaramagan holatda keskin javob bergan bo'ldi .

Soyun : kerak emas !

Jungkook : yura olmaysiz oyog'ingiz shikastlangan , uni ustiga hozir bir necha soat ichida qorong'i tushadi keyin nima qilasiz ?

Soyun : sizga nima ? Ketavering o'zim eplayman sizdaka yuzsiz bilan ketmayman !

Jungkook : hali men yuzsizmanmi ?! Bu kishi suvga g'arq bo'lsayu qutqarib olsam ham meni yuzsiz deydimi ?! Heey qizaloq seni deb meni ust boshim sochlarim ho'l bo'ldi , qani tez ,,Ramat" deb ayt !

~
Tilim umuman aylanmayabdi ayni damda o'zimni ahmoqdek his qilyabman , nega deganda qarshimda onasidan qor o'ynash uchun chiqishga ruxsat so'rab yosh boladek txirlik qilib turgan yoshi taxminan 28larda , gavdasi devdek , menga naq 2ta keladigan yigitni deb . ,, rahmat " aytaymi ?!, aytmay desam hayotimni rostan ham qutqarib qoldi , aytay desam nimadir unday qilishimga to'sqinlik qilyabdi... ko'proq o'ylanib qoldim chog'i tepamda qo'lini beliga qo'yib turgan yugitdan sado chiqdi .

Jungkook: men sizdek bekorchi emasman , tezroq rahmat ayting men ketishim kerak .

Namuncha qo'pol bo'lmasa a ?! Soyun o'zingni bos o'lib ketishingga oz qoldi agar yordam bermaganda hozir suv yuzasida oqib ketarding .
Ming azob bilan bo'lsa ham unga ,,rahmat " deb aytganimdan keyin bir so'z ham demay ketdi . Men ham unga qaramadim faqat oradan biroz muddat o'tgandan keyin daryoning narigi tarafida uni ko'rdim va u tomonga qayta qiyo ham boqmadim .

~
Havo kunduzgiga qaraganda ancha salqin bo'lib qoldi ayniqsa hozirgi paytda quyoshning zarrin nurlari harchand tirishib yorqin bo'lishga harakat qiladi ammo atrofga faqat olovrang nurlarini ojiz tarqatdi, havoda iliq shamol tafti kezib yuribdi , daryo qirg'oqlaridagi majnuntol shohlari asta tebranadi , suvda esa olovdek sarg'ayib botayotkan quyosh soyasi jilovlanib ko'zni qamashtiradi. Atrofda esa chug'ur chug'ur qilib qushlar sayrashi asta tinadi yu birozdan keyin yana avjiga chiqadi .

~
Uzoq uzoqlarga termulib qancha o'tirdim bilmayman , hayolan oyim bilan suhbatlashdim , ko'zlarimni yumib ularning siymosini ko'z oldimda gavdalantirmoqqa urindim , atrofdan iforlarini qumsadim ... topmadim... onamning iforini bu yerlardan topolmadim ... Men oyimning hidlarini faqatgina bahor chog'i ochiladigan binafshadan topolaman... shubsababli har bahor men ko'proq toqqa chiqaman... binafsha izlab boraman ularni hidlab oyimning iforini tuygandek bo'laman ... binafshani , oyimni sog'inganimni o'yladim , hozir yozmoqchi bo'layotkan asarim qahramonlarini hayolimda gavdalantirishga harakat qildim... shular bilan bo'lib quyosh botayotkanini ham bilmay qolibman . Atrofga ancha qorong'ulik shirasi tushib qolibdi atrofga qaraganimda boyagi yigitni topolmadim demak ketibdi, ketsa menga nima ketaveradida ! Nega o'ylayabman o'zi uni ?!
Narsalarimni to'rhaltamga solib o'rnimdan turdim , boshim zirqirab og'riyotkani uchun biroz boshim aylandi ammo yiqilmadim , ust boshim nam edi boya bu bilinmayotkandi hozir esa badanimga tekkanda sovuq qotib junjukib ketyabman . Sekin asta qadam bosa boshladim qani endi qadam bosolsam , bir qadam bosganimni bilaman oyog'im shunaqangi jazziladiki jonim og'riganidan qanday yig'lab yuborganimni bilmay ham qoldim . Ko'zimda yosh bilan atrofga qararkanman tobora uffqa bosh qo'yib quyosh botib borar , suv yuzasi esa ko'k qora tusga kirib qolgandi. Bu yerlarda tunda qolib ketish xavfli axir endigina 18 yoshman o'lib ketamanmi bo'rilarga kechlik bo'lib . Turaqol Soyun uddalaysan ! Yana o'rnimdan turdim va iloji boricha ehtiyot bo'lib ming azob bilan bo'lsa ham qadam bosa boshladim .
Kun og'ganda va nihoyat so'qmoq boshiga yetib keldim ammo bu yurishim bilan ertalab uyga borishim aniq , negadir hayolimga boyagi meni qutqarib qolgan yigit keldi , undan keyin ,, yurolmaysiz uyingizga olib borib qo'yay "degan gapini esladim , nega o'zingcha tixirlik qilasan ahmoq , ha mayli hechqisi yo'q . Hayol bilan bo'lib o'zim bilan o'zim tortisharkanman oyog'im tagiga qaramabman yiqildim ! Bugun qanday omadsiz kunim bo'ldi a nega yiqildim , nega cho'kib ketib o'lishimga bir bahya qoldi , hammasi omadsiz ekanimdanmi ?! Yerda o'tirib olib yig'larkanman tepamda odam sharpasini payqadim , ana endi ruhlar ham meni poylayabdi bugun rostan ham o'lib qolsam kerak ... shuni o'ylashim bilan issiq kaftlarini kimdir yelkamga bosdi , o'ksinib kettim battar ingrab yig'lay boshladim .

~
Shunday chiroyli qizlar o'zi doim jaxli tez bo'lishadimi deyman . Quruqqina , qo'rsgina qilib
,, rahmat " dedi holos , keyin men ham u taraf qaramaslikka harakat qilib ketdim ammo uddalay olmadim daryo qirg'og'ini narirog'ida u berirog'ida men turibmiz qo'llarimda mo'yqalam ammo oq qog'ozga biror bir narsa yotqizolmadim , o'zi kech tushay degan bo'lsa oyog'i anchagina lat yegan yurolmaydi , uni ustiga kiyimi ham jiqqa ho'l shamollashi aniq shularni borib aytgim keldiyu nimadir menu tomon borishga cho'chitdi . Bormadim ammo kuzatdim , narsalarimni yig'ishtirib so'qmoq yo'lga chiqib uni kutdim qani endi kelaqolsa yo'q oxiri chiday olmay o'zim oldiga borishga qaror qilib qadam bosib borarkanman so'qmoq boshida yig'lab o'tirgan qizni ko'rdim , yaqinroq borib qarasam tirsagi shilinibdi ichim achishib ketti . Qo'limdagi rugzagni yerga tashlab piqilab yig'layotkan qizni oldiga cho'kkalab yelkasiga qo'limni qo'ydim , Shu payt piq piq yig'layotgan qiz o'ksinib ingrashga tushdi . Ichim battar siyliqib ketdi bag'rimni ochib boshini silab ko'ksimga bosdim hamon yig'lamoqdan beri bo'lmagan qizni yanoqlaridan ikki kaftinda ushlab ko' yoshlarni varmoqlarimda artdim.
Gapirgim kelmadi shunchaki yerdagi sumkamga qo'shib unikini ham oldim va o'rnidan qo'zg'alib yurishga chog'langan mitti jussali qizni ko'tarib oldim , momiq paxtadek yengil , uyalganidan duv etib qizarib ketganini qorong'u tushay deb qolgan bo'lsa ham sezdim , yig'lagani uchun ko'zlari va lablari shishib qolibdi lablariga etibor berishim bilan yana qulpunay tami esimga tushdi , ko'z yoshlar tasirida bir birini quchoqlab olgan quyuq kipriklar esa uni yanayam chiroyli va yoqimtoy qilib qo'ygandi .

Soyun : tushuring meni janob o'zim yurolaman so'qmoqdan chiqdik uyog'i yaqin.

Bag'rimda g'ingshigan qizni yerga qo'ygim yoq , ammo shu yo'l bo'yi aytilgan 4 chi gap .

Jungkook : uyingiz yaqin ekan demak men o'z boshlagan yaxshiligimni yakunlab qo'yolaman yo'l ko'rsating .

So'qmoqdan chiqqandan so'ng ikki yo'l o'rtasida turib olgan yigit qizga nihohlarini olib o'tarkan o'zini Juda noqulay sezayotkani sezilayptkan qizdan javob kutardi . Qiz uyalib qimtinib ,, o'ng tarafga yuramiz " shu jumlani aytganda yana avvalgidek qadam bosib yigit yo'lda davom etdi .

~
Qiz bola yashaydigan uy baribir boshqacha bo'ladi . Oyim shunday deydi doim meni uyimga kelganida shu gapni aytib tezroq uylanishimni tayinlab ketadi , ammo men doim nima farqi bor deb o'ylardim mana endi farqi bor ekanini bilyabman .
Yo'l yo'lakay so'radim o'zidan ismi Soyun ekan boshqacha jarangdor ism ekan . Soyun ko'rsatgan yo'ldan biroz yurganimdan keyin Kichikroq ayvonchali uyga keldik, ayvonchadan o'tgach uy ichiga kirarkanmiz avval mehmonhona zal uni yonida kichikroq oshxona ammo Juda toza , undan so'ng eshigi yopib qo'yilgan ekan menimcha u yotoqxonasi bo'lsa kerak ,zalda kichikroq televizr, uni oldida kichik shikafcha ustiga oq dastro'molni popik qilib tashlangan va ustiga suv solingam vaza ichiga binafsharang sirenlar solib qo'yilgan ekan . Kirgach uni ohista zaldagi kresloga qo'ydim... narsalarini esa uni pastiga qo'yib o'zim u o'tirgan kresloga joylashdim.

Soyun : rahmat sizga bilmayman siz bo'lmaganingizda qanday kelardim... Yana

U gaplarini tugatmasdan Jungkook o'rnidan turdi va qizga qarab

Jungkook: hammom qayerda ?

To'satdan berilgan savoldan talmovsirab qolgan qiz unga qo'li bilan yotoqxonani ko'rsatdi .

Jungkook: o'sha yer hammomi?

Soyun bosh chayqab javob berdi : ha , ha u yer mening yotoqxonam , ichkarida hammom bo.r .

Jungkook uni to'liq tushungandek o'sha tarafga rugzagini oldi va ketdi , oradan yarim soat o'tgach sochlarini yarim holatda quritib o'zi kiyimlarini almashtirib chiqib keldi...