Likely love 1โepisode
Pov/Seoyoung
Har doim ham biz istagandek bo'lavermaydi . Ha bu kasbga o'z hohishim bilan qadam bosdim qiziqishim opam shu kasbda ishlashini bilib qolgan onimdan bog'lanib qoldim . Opam odatda kech ishdan qaytar ko'proq safarda bo'lardi bir kun honasiga kirdim ( u safarda edi o'sha payt bo'lmasam kirolmasdim ) shkafidagi kitoblarni tomosha qildim uyoq buyog'dagi changlarni artib tozaladim oxirgi pol qoldi uni ham tozaladim faqat javon tagi qolgandi tozalamoqchi bo'lib engashdim , pastda bir kattagina temir jamadon bor ekan uni tortib chiqardim ichini ochmoqchi bo'ldim biroz qiynaldim ammo uddaladim . Hullas uning ichida bir olam hujjatlar bor edi ... opam 2 kun o'tgach safardan qaytdi ... gaplashdim hammasini so'radim aytmasiga qo'ymadim oxirgi 2 kun ichida tinimsiz savol berdim ... va u menga razvetkadan* ekanini aytdi... shunday qilib opam qarshiliklariga ham qaramay men ham shu izdan bordim...boshida qiziqarli tuyildi , keyinroq asosiy vazidalar yuklashni boshlashdi...Men hatoga yo'l qo'ydim... kattagina muammoga . Xozir meni deb hammasi chalkashgan...oxirgi choram shu bo'ldi... eng xavfli odam bilan turmush qurish... g'alati a ?! Ammo majburman xato meniki edi o'zim to'g'rilashim shart !
Oyna qarshisidagi kichik stulchaga joylashgan seoyoung oynadagi aksiga qarab hozir yig'lashdan to'xtashi kerakligini sezdi chunki ko'zlari shishgan , qizarib ham qolgandi. Deraza ortidan tobora kun yorishib borar... tongda gul yaproqlariga qo'ngan shudring asta quyosh zarrin nurlari bilan qorishib yaltirar , osmonda suzib yurgan oppoq momiq bulutlar bahor havosiga ko'rk baxsh etardi...
Hammomdan yuzini muzdak suv bilan chayib chiqqan qiz yana bir bor Oyna oldiga keldi hozir ancha yaxshi har xolda yig'lagani sezilgani yo'q . Shu on eshik ortidan hizmatchining nozik muloyim ovozi eshitild.
โ Seoyoung honim... opangiz kelgandilar.
Shu on eshik ortidan poshna ovozi qalqidi yu eshik ochilib Seoyoung qarshisida opasi โ Moovida paydo bo'ldi.
Qarshimda opam... hammasidan kutganim opam turibdi ammo negadir havotirli ko'rinyabdilar... shoshma habar topganlar aniq habardorlar bu ishlardan... birinchidan kiriboq meni quchmadilar aksincha qo'llarini qaychi qilib oldiga bog'lagancha mendan izoh talab qiluvchi qarashlarini men sezdim... ikkinchidan esa jiyanim Taekwon oldida emas . Qo'llarida hujjatlar ham bor ekan demak shirkatdan habar berishgan. Oldimga kelish barobarida hizmatchiga ,, yolg'iz qoldir " ishorasini qilganlaridan so'ng hizmatchi sekin eshikni yopdiyu chiqib ketdi .
Seoyoung opasining gaplariga sekin jilmaydiyu o'zi borib uning bag'riga suqildi .
Seoyoung: Nima meni sog'inmadjngizmi ?...
Moovida singlisining yelkasidan ushlab bag'ridan chiqardiyu uni yotoq burchagiga joylashtirib o'zi gapirishdan oldin chuqur nafas oldi va iloji boricha baqirmaslikka urinib gap boshladi .
Moovida: hoy esini yegan qizz ... bu nima qilganing! Gapmni eshit Seoyoung Hayotingni xavfga qo'ymaysan bu ishdan bosh tortish haqidagi hujjat hoziroq imzolaysan !
Seoyoungning oldiga yotoq ustiga moovida kaftidagi hujjatlarni irg'itdi .
Seoyoung endi boyagidek kulmas , yuz ifodasi jiddiy edi . Moovida esa unga sinchiklab qarab turar Seoyoung unga bir dam tikildiyu gap boshlash uchun shog'landi ...
Seoyoung: O.opa bu ishga o'zim rozi bo'ldim... hechnarsa qilmaydi atigi bir oy ...
Uning gaplaridan tobora achchiqlanayotkan Moovida oxiri uning oldiga tizalab Seoyoungning bilaklaridan ushlab yumshoq to'nda gapira boshladi...
Moovida: Jon singlim... Seo bilaman ishinga masuliyatlisan... ammo bu xavfli sen aytayotkan odamni men ham hatto pochchang ham tuta olmamiz... joningni xavfga qo'yolmaysan... jinoyatchi bilan turmush qurish bu ... tassavur qilyabsanmi?! U xavfli odam...
Seoyoung: men allaqachon qaror qildim ! 3 oydan buyon uni bilaman... to'g'ri xavfli odam ammo bu kerak men butun boshli jamoa mehnatini bir soatda havoga uchirdim , tovon to'lashim kerak edi axir !
Moovida: Seoo sen atayin qilmagansan! Bo'lmaydi !
Seoyoung o'rnidan turadida g'oz turgancha gap boshladi .
Seoyoung: Agentura xavfsizligi agenti Han Seoyoung qish oyining 2 - dekabr sanasida ,, maxfiy agentlar orqali malumot yig'ish " bo'lmasidan qatiy qaror boshqarmasi orqali ishga jalb etilganman . Iltimos o'rtoq hamkasb agent ishlari yo'balishiga halal bermang !
Shunday deya ortga o'grildida 2 qadam yurgach ortiga o'grildi. Bu payt Moovida o'rnidan turdida huddi Seoyoungdek tik turgancha singlisi qarshisiga keldi.
Moovida: o'rtoq hamkasb Han Seoyoung sizga bo'lmma boshlig'i Delgado Moovida shartli ravishda ruxsatnoma berishdan bosh tortaman .
Seoyoung: lekin o'z hohishim bo'yicha bu mumkin edi . Hammasi hal ertaga asosiy obiekt ish boshlaydi!
Moovida singlisining oxirgi aytgan siniq ovozidan unga hozir oson emasligini ichki bir tuyg'u ila sezdiyu ko'ngli bo'shab uning oldiga borib bag'riga bosdi .
Moovida: Seo kech emas ! Bugunoq bekor qilamiz !
Seoyoung: ertaga to'y. Siz oldimda bo'ling yordam bering bas !
Moovida: Ahmoq bo'libsan seo Ahmoq bo'libsan ! Hechqanday to'y bo'lmaydi !
Seoyoung: opa tixirlik qilmang ! Imkon bering uddalayman !
Moovida: Senga gapirishni foydasi yo'q ekan !
Moovida shunday deya ortga bir qadam tashladiyu tik , g'oz turgancha gap boshladi .
Moovida: Sizga omad ,, Agentura agentligi hodimi " Han Seoyoung !
Shunday qilib erta tongdan janjal bo'ldi , bilaman opam mendan arazlamaydi ammo jaxli chiqdi nima qilay axir hammasi hal bo'lgan . Oxirgi sozlariga javob bermasimdan eshikdan zarb ila bo'rondek otilib chiqib ketdi . Ortlaridan 1 soat o'tgach kiyinib tushdim hizmatchilardan so'rasam mehmonhonada ekanliklarini aytishdi yaqinlashganim sari bejo bo'lib ketyabman uni ustiga soat 10da uchrashuvim bor bo'lajak turmush o'rtog'im* bilan. Sekin qadam bosgancha ichkariga kirsam opam divanda o'tirgan ekan . Boya adashibman Taekwon ham kelgan ekan , biram shirinki bu mittivoy yanoqlari shirin kulchaga o'xshaydi , lo'ppi lo'ppi , kresloning orqa tarafidan aylanib o'tib opamning oldiga joylashdim , indamadilar , gapirmay Taekwonni ovqatlantirib yuzlarini mendan shunchaki burdilar .
Seoyoung: opaa ... meni yaxshi ko'rasiz a ?
Ahmoq qiz nimalar qilyabsan a ! Jaxlim chiqqanidan hozir nimadir deyolmayman ammo doimgidek shahlo ko'zlar ila menga boqib o'sha azaliy savol berishidan ko'nglim bo'shaydi . Oxista bag'rimga kelib boshini yelkamga qo'ydi .
Seoyoung: opaa sizga savol berdim axir !
Movida: qaroring qatiy shundaymi?
Movida: unda omad singlim ! Ehtiyot bo'l xavfli odam bilan o'ynashyabsan !
Seoyoung: habarim bor ammo unchalik ham xavfli emas ko'rinishidan .
Movida: ko'rinish aldashi mumkin .
Seoyoung: men ham shu odam bilan ko'rishgach amin bo'ldim .
Soatga qarasam allaqachon 9dan o'tgan ekan opam bilan biroz suhbat qurgach o'rnimdan sekin turdimu honamga chopib tayyorlandim, bugun uchrashishimiz kerak undan so'ng agentlikka borishim kerak ertadan asosiy yumush boshlanadi. Kiyinib pastga tushganimda opam hali ham komyuterdan bosh ko'targan yoq edi Taekwon esa kichkinagina bo'lib uxlayabdi . Opam 1 yil avval turmush qurdi pochcham marketing sohasida opamni qanday kasbda ishlashini bilmasligi aniq aslini olganda opam oxirgi bir yil ichida deyarli safarga chiqmay qo'ydi. Eshitishim bo'yicha ishini ,,fotografik razvetka " bo'limiga siljitgan ekan bu shunday nozik ishki bu borada hali hechkim muqim ishlolmagan ammo mening opam uddalaydi . Shularni o'ylagancha tashqariga chiqdim kunlar anchagina isib qolgan , qishning zahri borku ammo baribir iliq havo tanga huzur bermoqda . Ko'ylagim kalta bo'lgani uchun oyoqlarim sovuq araladh iliqlikni aniq sezyabman ko'cha boshiga chiqishim bilan o'zimga tanish mashinani uchratdim . Yuragim silqinib ketyabdi ammo borib o'tirishga majburman , majburan lablarimga tabbasum olgancha mashina tomon bora boshladim hozir old o'rindig'ga joylashaman u esa mendan doimgidek mayin bo'sa olishni o'ylab yanayam tanam titradi...
Hammasi chalkash kim bu ikki nomalum shaxslar ... biri kim ekani aniq ammo sherigi kim bo'lishi mumkin...?! Hammasi murakkab tikanakka o'xshaydi o'ylayverib o'ylaydigan joylar qolmadi 1000xil yo'l bilan izladim izlari yoqdek , biri Park Jimin uning izi aniq ammo unga qarshi biror nushqut yo'q hatto u bilan chuqur ishlar olib borishmoqda ekan , ammo uning sherigi kim ?! 1 yildan buyon izlanyabman axir ...
Oxiri ko'zlari kompyuterdan charchagan qiz ko'zoynagini boshiga qo'ndirdiyu derazadan tashqari havosini tomosha qilgancha o'ylar daryosiga sho'ng'ib ketdi .
*
Hozir Taehyung nima qilayotkan ekan 2 kun bo'ldi yana Busanda safarlari qachon tugaydi a buni ? Axir sog'inib ketimkuu ... telefonim qayerda edi ?! Ha mana ... telefonimdan o'zimga tanish raqamga qo'ng'iroq qilganimda bir ikki chaqirishi bilan javob berdi doim shunday kuttirmaydi.
๐โ Salom... qachon qaytasiz ? - erkalanib aytilgan so'zlar...
๐โ sog'insang qaytaman ... - erkalash oxangiga jamlashgan tinchlantiruvchi ammo yog'on ovoz...
๐โ istasangiz qayting men kutmayman ham eshitdingizmi ? - norozi ohangda so'zlarini yakunlagan movida eridan arazlagandek so'zlashi Taehyungning unga bo'lgan mayin sevgisini junbushga keltirardi...
๐โ azizam bugun kechqurun qaytaman tayyorlanib tur... o'g'lim dadasini sog'indimikan ?...
๐โ Taekwon seni sog'inmagan biz u bilan miriqib uxlayabmiz .
๐โ men siz ona bolani uxlatmasmidim ?
Taehyung kulgancha gapirarka movida unga sherik bo'lardi... er xotin yana shu tarz 1 soatga yaqin suhbatlashishdi suhbatni iliq sevgi izhorlari ila yakunlasharkan hozir ulardan baxtli odam yo'qdek edi... bu orada Taekwon ham uyqisidan uyg'onib ulgurdi...
Seoyoung mashinaga joylasharkan unga qadalgan ikki o'tkir nigohlar uni hayolarini shoshirib qo'ygandi...
Seoyoung: Salom...- qaltiroq ovozda aytilgan birgina jumladan Jimin qizning qandaydur bugun boshqacharoq ekanini sezgandi .
Jimin: nega bugun kayfiyating yo'q ? - so'zlash barobarida qizning yuziga tushib turgan sochlarini kichik quloqchasi ortiga olib qo'yib erkalab gapirgan bo'ldi Jimin.
Seoyoung: hechnarsa qilmadi... shunchaki o'zim shundayman.
Jimin : senga ishonaman . Ammo bir savolim bor edi kecha tunda qayerda eding ?
Seoyoung hozirgi savoldan o'tirgan o'rnida qalqib tushay dedi chunki kecha tunda agentlikda edi ko'p narsalarni kelishib olish uchun borgandi ammo hozir jiminning savolidan ham unga qaratilgan o'tkir ko'zlar nishoni Seoyoung ichiga g'ulg'ula solgandi