School of fate 1-episode
Kimdirlar maktabni romantika yoki oʻquv poydevori deb biladi. Kim biladi maktabning 200 oʻquvchisidan 196 oʻrinda turuvchi oʻquvchi uchun maktab qanday joy boʻlishi mumkin.) Maktabda kimdir komputer bilimini puxta egallagan , bu meni qiziqtirmaydi, afsuski. Yana kimdir tabiiy fanlar boʻyicha juda bilimdon. Ammo bu ham meni qiziqtirmaydi. Matematika, matematika haqida esa umuman gapira olmayman. Ha, bu men Han Soyun . Men shunday oʻquvchiman.
Ammo bilingki, insonning oʻzi bilmasa ham, uning yuragining tub tubidan oʻzi qiziqqan biror nima boʻladi. Baxtimga, men buni bilaman. Meni oʻsha qiziqqan dunyoyim bu raqs. Raqsga tushish bu meni borligʻim desa boʻladi.
Amma baxtimga qarshi boʻlgan narsalar ham bor ... Bu mening onam. Oyim meni majburlab shu xususiy maktabga joylashtirdi. Oyim uchun men oddiy qiziqishlarni chetga surib , yaxshi oʻqishga harakat qilishim lozimligini qayta va qayta takrorlaydi . Oʻz onang seni tushunmasa , bu qiyin. Ammo menga oʻxshaganlar yoʻq emas. Bu yerda qolishga, men ularning borliklari sabab , rozi boʻlganman. Ularning reytinglari ham menikidan qolishmaydi. Mana hozir ham reyting balim tufayli olgan zararni koʻrsatgani ularning oldiga keldim . Biz ular bilan Real King guruhini tuzib, birgalikda mana kichik boʻlsa , ham raqs toʻgaragi xonasiga erisha olganmiz.
- Xoʻsh , bolalar kimda qancha?
Yuri: immm, mayli men birinchi.. 195
Ularni koʻzlariga qarab chiqib, reyting balimni ayttim . Bu huddi mohir kartabozlarning muhim oʻyiniga oʻxshab ketardi.
Yeonjun: baribir hech kim meni yuta olmaydi. 200
Hammamiz birdaniga kulib yubordik. Keyin yuzlarimiz burishib ketdi.
- Sen , haqiqatan . Bu juda yomon 200tadan 200chi.
Yeonjun : buni bilaman.
Qaysidir maʼnoda meni ularning lideri desak boʻlardi. Chunki, ularga hozir motivatsiya kerak.
- Boʻsh otirganimizning foydasi yoʻq. Qani turinglar. Mashq qilamiz.
Ular birgalikda oʻrnilaridan turib ketishdi. Men buni uddaladim.
- Rostdan ham , boshladik .
Bizning jamoamiz oltita aʼzodan iborat.
Yeonjun, Sojun, Tan , Yuri, Mina va men.
-Musiqa balandlat!
Quloqlarim musiqani eshitishi unga mos harakat qila boshladim. Bu harakatlarni biz yaqinda boʻladigan , raqs festivali uchun tinmay mashq qilayapmiz. Yuragim va quloqlarim bir boʻlib , musiqaga monand harakat qilishni boshladik. Biz adashmayapmiz. Musiqa kulminatsion nuqtasiga yetyapti, biz ham. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, toki tok oʻchib qolmaguncha.
- Jin ursin hammasini. Yanami?!
Biz bechoralar uchun ajratilgan shu xonada tok uchun razetka ham yoq edi. Maktabning hamma qulayliklari shu maktab aksiyadorlari boʻlgan ota onalarning bolalari uchun berilgan. Ular maktabimiz oligarxlari desak xato boʻlmaydi. Xatto direktor ham ular uchun yon bosadi. Lekin oʻzini adolatlidek koʻrsatadi. Nega ulardan boshqa oʻquvchilar chetda mana shunday xonada qiynalib oqishi kerak. Maktab bitiruvchi sinfi boʻlsak, mana shu matematiklar guruhi bizning ashaddiy dushmanimiz White tigers.Xeh, tigers (yoʻlbarslar) emish.Bizni tok yoʻqligi tufayli simni yon xonadan ulab kelganmiz. Yonimizdagi xonada kimsan otasini erkatoylari oʻqiydi , tok oʻchib qolganidan bilib olish qiyin emas buni. Albatta, ular uzgan tokni.
. Soyun bundan soʻng ham taslim boʻlishni hohlamasdi. Toksiz, batareyada ishlaydigan
Kolonkada qaytadan musiqani baland qoʻydi.
White tigers guruhi xonasi.
Narhi xonadan farqli bu xonada boylarning bolasi oʻtirgani yaqqol bilinadi. Ular hotirjam hech qanday shovqin siz oz topshiriqlarini bajarib oʻtirishadi . Bir birlariga baqirmay, mulozamat murojaat qilishadi. Qoshni xonadagi ovozlar balandlashganidan Seoyoung qoʻlidagi ruchkani jahl bilan stolga qoʻydi. Bu xonadagi ohirgi daqiqalardagi eng baland ovoz edi.
Darvoqe ularning orasida hamma ham bilimdon emas, uhlab otirganlar ham yoq emas. Bu Min Yoongi . Bu musiqa shovqinlardan uyqusi buzilgan Yoongi oʻrnidan uf tortib turdi va tokda turgan razetkani oʻylanmay oʻchirdi.
- Va nihoyat , sokinlik!
U ortiga qaradi.
-Davom eting deya , joyiga qayta joylashib uyqusini Davom ettirmoqchi boʻldi.
Oradan besh daqiqa oʻtdi. Va yana oʻsha musiqa. Bu safar barcha ruchkalar va bitta bosh birdaniga koʻtarildi.
Sinfdagi hamma bu muammoni hal qila oluvchi yagona insondek koʻrinmayotgan Jungkookga qaradi.
-Jungkook , biror nima qil.
-Bunaqasi ketmaydi, Jungkook.
Jungkook esa ularga shunchaki jilmaydi . Umuman olganda, u kamgap. Maktab birinchi oʻrindagi reyting doim u band qiladi. Matematika boʻyicha, hatto respublikada ham birinchilikni ola olgan. Umuman olganda maktab faxri . Faqat bu ochiq tan olinmaydi. Uning otasi advokat. Va qolgan sinfdagilarning ota onasidan daromadi kam . Uning bilimi shu darajada unga hurmat olib kela olgan. Umuman bu sinfda hech bir birini chin dildan doʻst deb bilmaydi.
Bu boylarning bolalarini xonasini, demak kolonka ham topiladi.
- Biz ham musiqa qoyamiz.
Balandroq ham qilamiz .
Yoongi : Eng balandiga qoy.
Real King guruhini xonasi.
Soyun: Nima, ular biz bilan oynashmoqchimi?! Mayli, baland qil , Yeonjun.
-hop.
-Yana.
Yana .
Yeonjun eng balandiga qoy.
-- Mayli!
Yeonjun tugmani ohirigacha buradi. Shu zahoti kolonkadan chaqmoq chiqib , tutashni boshladi.
Yeonjun qoʻlidagi sochiq bilan uni puflab oʻchirdi
Soyun: endi nima qilaman?...
Bunga ular aybdor.Janjal boshlandi , Real King olgʻa!
..
Ikkala guruh ham bir biriga qarama qarshi turib olgan. Seoyoung Soyunga qoshini koʻtarib qaradi. Soyun ham hech narsa degandek qoshini uchirib qoʻydi. Soyun qolganlarga ayniqsa, Jungkookga qarshi bolsa, Seoyoung bilan shu maktabga kelgandan buyon yaqin dugona. Soyun bu maktabda bu boylarni bolalaridan unga bir xil muomila qilgani uchun ham Seoyeongni yaxshi koʻradi.
Urush boʻlganda jamoa sardori birinchi boʻlib oldinga chiqadi, toʻgʻrimi. Soyun va Jungkook bir biriga qarab , koʻzlariga orqali urush qilayotganga oʻxshardi.
Soyun: Nima, maktabning hamma elektr meniki deb oʻylaysizmi? Biz elektr siz mashq qilolmaymiz. Nima , Choson davridamizmi? Elektrni tejayapsiz?
Jungkook bir qadam oldinga chiqdi.
- Ha , shunday bolsa nima? Siz oʻquv jarayoniga halaqit beryapsiz!
- Shundaymiii?!
Labi chetida kulib qoydi, Soyun.
- Demak , sizlardek yaxshi oqiy olmasak, siz qatori elektrdan foydalana ham olmas ekanmizda .
- Maktabimiz , bekorchilardan nimanidir tejashga etishar edi, har holda.
- Ha! Biz mana shu jin urgur maktabga foyda keltirmaymiz. Senga nima?!
- axax, boshing oʻrnida qovoq boʻlsa, foyda qanday harflarda yozilishini bilasanmi ,ozi ?
- nima, sen?!
Yeonjunning qoʻli mushtga tugildi.
- Sendaqa otasini erkatoylari uchun hamma narsa oson.
Jungkookning ortidan Yoongini solingan ovozi eshitildi.
- Hoy , ogʻzingni yum.
Jungkook qoʻli bilan Yoongini toʻxtatish uchun koʻtardi.
Jungkook: Hoy, janjal boshlamoqchimisan. Bu yerda yoʻqotish boʻladigan siz bolasiz , unutma.
Biz maktabning eng faxrli oʻquvchilarimiz. Bizni qoʻrqadigan joyimiz yoʻq. Siz uchun esa, bu yomonlik bilan tugaydi.
Hech nima bolmasa, joyingizni biling , yoki meni soʻzlarimni tushuna olmayaydigan darajada, ahmoqmisiz?
Soyun: endi oʻzingdan koʻr.
Jungkook qolini shimining choʻntagidan ham chiqarmadi.
Soyun sochlarini atayin toʻzgʻib Jungkookning bejihiga yopishtirdi . Bu agar ustoz kelgandan Jungkook uni urgandek koʻrinishi uchun. Yoongi ham joyidan jilmadi. Qolganlar huddi qizlarning urushidek bir biri yulishishni boshladi.
Shu payt koridor ohirida sinf rahbari janob Kim koʻrindi.
- Bolalar!
Hamma joyida huddi vaqt tohtaganday qotib qoldi)
- Sizlarga besh sekund beraman. Honagizga yoqoling.
Aslida , janob Kim dam yaxshi ustoz yoʻq bolsa, kerak. U bolalar oʻrtasida bunday janjal chalar boʻlishini koʻp koʻradi. Ammo ular shtraf ballarini bermaydi. Umuman olganda oʻquvchilar bilan huddi yaqin insondek muomala qiladi.
Kalidorni besh sekundda boʻshatishni bekorga talab qilmagan janob Kim ortidan kimlar kelayotganini bilardi. Bolalar honaalriag daf boʻlishdi. Janob Kim esa tazim qilib maktab direktori va uning ortid oʻsha mashhur aksiyador ota onalarni maktab yangiliklari bilan tanishtirib kelayotgan , direktorni yordamchisi janob Parkni kutib oldi. Komissiya oʻtib ketganidan song, maʼnoli koʻzlari bilan janob Park janob Kimga qaradi. Va Real King guruhini honasiga koʻrib ketdi. Janob Parkka direktorning qulogʻi deb laqab berilgan. Uning hozirgi harakatlaridan ham buni bilish qiyin emas.
Ichkariga kirgan janob Park sochlari toʻzgʻigan qizlar va yuzini yashirgan yigitlarni koʻrib qoshlari maʼnoli qimirlashini boshladi va Xonaga nazar tashlab tutab yotgan kolonkani koʻrdi.
- Bu nima ahvol.
Siz, siz ahir maktabning mulkini buzdingiz.
Gapirib qizarib ketayotgan janob Parkni koʻzlari qol qovushtirib turganlarni, koʻzoynaklaridan ham teshib yuboray deyotgan edi.
- Yana marta qoidabuzarlik qilsangiz, guruhingiz yopiladi. Hammangizga shtraf ballari beraman.
- Nimaa!! Hamma birdaniga baqirib yubordi.
Mina: ahir bitta biz janjallashmadikkuu.
- Nima deysiz, Chon Mina?!
Qolgan hamma Minani ogʻzini yopishga kirishishdi .
Janob Park koʻzoynaki bilan ham bir bor maʼnoli qarab , xonadan chiqib ketdi.
Bu vaqtda, Seoyoungning telefoniga oyisidan sms kelgandi.
*Muammo chiqarmayapsanmi? Sening maktabingdaman. Majlis boʻyicha keldim. Topshiriq boʻlmasa, tashqariga chiq*
Uni oʻqib Seoyoung koʻzlarida biroz havotir paydo boʻlganday boʻldi.
***
Maktab hovlisiga chiqgan Seoyoung oyising mashinasini koʻrib unga oʻtirdi.
- Imtihonlarga yaxshi tayyorgarlik koryapsanmi?
Endigina joylashgan Seoyoung oyising savoliga past javob berdi.
- Ha, oyijon. Men bir kuchim bilan harakat qilyapman.
-Yaxshi, unday boʻlsa, bu safar ikkinchi oʻrinda boʻlmaysan deb umid qilaman. Advokat Jeonning oʻgʻlini birinchilikda tushura olasan deb umid qilaman.
***
Yoongi va Jungkook ovqatlanish uchun oshxonaga yoʻl olishgandi. Shu vaqtda Jungkookning telefoni jiringladi.
#Dada...
Telefoniga qarab, yuzi tundlashgan Jungkook, rad etishni bosdi, yana oʻsha samimiy kulgusini qaytarib Yoongiga qaradi.
- Kettikmi)
Allaqachon ovqatlanib boʻlishga ulgurgan Soyun va Seoyoung oshxonadan chiqib ketishga ulgurgandi.
-Soyun, yakuniy imtihonlar yaqin. Besh soatingda meni ogohlantirsang, birga tayyorlanamiz.
- Seo, sizlarning guruhingiz nega bunday. Shu tok yoniq tursa, nimadur boʻlarmidi .
Seoyoung Soyunning gapiga javoban jilmayib qoʻydi, holos.
-Men guruhni lideri bilan gaplashib olishingni maslahat berardim.
- Kim bilan?! Oʻsha, kuydirilgan bashara Jungkook bilanmi?
Soyunning bu gapiga Seoyoung oʻzini kulgidan tiya olmay qoldi.
Xonalariga yetib qizlar vaqtincha hayrlashib xonaga kirishdi . Soyun Seoyeongga koʻzini qisib ,
-omad, hafa boʻlma. -deyishni unutmadi.
Seoyoung hayron boʻlgancha , xonalariga kirdi va Soyun nega bunday deganini tushunib yetdi. Hamma yoqqa oʻt oʻchirish vositasi sepib chiqilgan. Xona butunlay oq tusga kirgandi. Uning ortidan kirib kelgan qolgan sinfdoshlari ham hayronlikdan ogʻzilari yopilmay qoldi.
Bu safar Seoyoung Jungkookga endi nima qilasan degan savolni nigohi bilan qaradi.
...... Yana bir soat dars tugagandan soʻng Soyun va guruhdoshlari toʻgarak xonasi tomon ketayotgan edi.
- Ularning yuzlarini koʻrgim kelgandi . Bu ajoyib boʻldi. Beshni oling. Ogʻzi yopilmayotgan Yeonjun qoʻllarini koʻtarib xonaga kirdi va ogʻzi battar ochilib, soʻkinish bilan yopildi. Ularning xonasi ham oʻzlari White tigersga qilganlari kabi , hatto undan ham battar ahvolda edi.
Soyun: Rostdan ham gaplashib olishimiz kerak.
Jungkookni xonaga chaqirib kelgan Yeonjun , sekin ortiga burilib Soyun bilan uni yolgʻiz qoldirdi.
Xonaga nazar tashlab chiqqan Jungkook, toʻgʻri borib kichik divanga oʻtirdi. Qoʻllarini bogʻlab olgan Soyun jilmayib uning toʻgʻrisiga stulni qoʻyib endi oʻtirmoqchi boʻlgan edi hamki, Jungkook oyoqlarini koʻtarib stulga qoʻydi.
Soyun chuqur uh tortdi va oʻzidan ayyorlik i yoqib Jungkookga bor tishi bilan jilmayib qaradi.
- Agar yana janjal chiqarsak, faqatgina biz jazolanamiz.
Soyunning gaplarini huddi eshitmagandek tutgan Jungkook
-Mehmonlarni mulozamat bilan kutib olmaysizmi? Hurmat qani ?
- axax, biz axir bechoralarmiz. Yeb qoʻygudek nigoh bilan Soyun
- xoʻsh, janobi oliylari, suv yoki Kola, fanta?
- Kola. Jungkook ham huddi shunday sohta jilmaydi .
Kichik muzlatgichdan lolani olgan Soyun uni yaxshilab chayqatib Jungkookga tutqazdi.
- Hoy, bu adolatdanmi? Ahir bir sinfda oʻqiymiz. Ikkalamiz ning guruhimiz janjallashdi. Lekin faqat biz shraf bali olamiz, faqat biz jazolanamiz.
Soyunning gaplariga boshini egib qoʻyayotgan Jungkook qoʻlidagi kolani ochishga kirishdi. Ammo Soyun uni chayqatgani uchun ochishi bilan tushishni boshladi . Uni oʻzidan uzoqlshtirmoqchi boʻlgan Jungkook tepasida tinmay gapirayotgan Soyunni oyogʻiga urib yubordi. Muvozanatni ushlolmay qolgan Soyun toʻgʻri Jungkookning ustiga yiqildi. Qoʻlidagi kolani tushurib yuborgan Jungkook, Soyunni belidan ushlab qoldi. Soyun esa arang qoʻllarini divanga tirab qoldi. Yuzlariga bir biriga shu qadar yaqin turib qoldiki, bu hatto bir sm chiqishiga shubha bor. Soyun bunday yaqinlikdan koʻzlari moshday kattalashib ketgandi. Jungkook oʻzini tez oʻnglab, Soyunni koʻzlariga tikildi va jilmaydi.
- Xoʻsh, Han Soyun. Birinchidan, sen menga yaqinlashishga harakat qilding. Ikkinchidan, men ham senga yaqin turibman. Uchinchidan, shunday ekan, qani boʻlaqol.
Jungkook shunday deya, lablarini Soyunnikiga yaqinlashtira boshladi. Soyun nima boʻlayotganini anglab yetishga ulgurmagandi.
Jungkook bir Soyunning lablariga, bir kozlariga nazar tashlardi. Bechora qiz bolsa, sal avvalgi dadilligini yoqotib, uyatdan qizarib , Jungkookning ustida toshdek qotib qolgandi.
Ammo, bu vaqtda ularni kimdir suratga olayotganidan ikkisi ham bexabar edilar.....
Eshik yopilib ochilganga oxshash ovozidan Jungkook ham, Soyun ham eshik tomon qaradi. Lekin hech kim yoq edi.
Soyun esa paytdan foydalanib, ozini onglab, qaddini rostlab oldi va xonadan chiqib ketdi.
*
Eshik ochlib yopilgani shunchaki qulogiga chalindi deb oylagan Soyun adashgan edi. Ularni rostdan ham kimdir suratga oldi. Va osha inson tufayli bu rasm butun maktab guruhi chatida tarqalib ketishga ulgurdi . Xatto janob Kimning qulogiga ham yetib borgandi.
- Nima, ular dorama suratga olishyaptimi? Bolalar nima qilyapsiz , ozi?! - telfoniga qarab gapirayotgan janob Kim yonida darrov janob Park ham paydo boldi.
- Nima haqida gapiryapsiz?
-deya janob Kimning telefonidagi suratga qaragan janob Park kozoynakli kozlari yanada kattalashdi.
-Bu nimasi? Ustoz Kim buni menga yubira olasizmi?
-Albattaa, janob Park. Oquvchilar ortasida chaqimchilikni ustozlar jazolaydilar. Lekin ustozlar ortasidagini kim jazolayd ekan a?
-Nima , siz meni qorqitmoqchimisiz?
-A yoge, nimalar deyapsiz. Men shunchaki savol berdim. Janob Kim yuziga zorga soxta tabassumni siqib chiqardi.
Tanaffus vaqti. Maktab kirishidagi katta kolidorda , hamma oquvchilar elonlar taxtasi atrofida yigilib olishgandi. Soyun nima bolayotganiga qiziiqqancha, oldinga tiqilimchdan otib qaradi va bu elon u haqida ekanligini korib, hayronlik ifodasini yashira olmadi.
*Oquvchilar ortasida taqiqlangan munosabatlar boshlanganmi? Bunday oquvchilar maktab yuzini yerga qaratmoqda.
Guruh Real King.*
Soyunning yonida turgan Yeonjun Soyunga qaradi:
- Soyun qayerlarda, yuribsan. Bu rasm yana nimasi. Ozi uni kim suratga oldi. Yana osha Jungkook, u yana suvdan quruq chiqyapti. Bu yerda faqat bizning guruh nomi yozilgan.
Atrofdagi barcha Soyunga qarab qoyib pichirlashishar, unga huddi yomon insondek nazar tashlashar edi.
-Nima , haqiqattanmi?! Soyun ozini yomon his qila boshladi.
Mina: Yana yolbarslar emish ular. Bashara bejab kelsangda.
Yeonjun: ular oddiy yolbars emas. Jungkook ham boylarning bolasi bilan oqiydi. U ham ularning guruhidan.
Soyun bularni ortiq eshitib tura olmadi.
Direktorning xonasiga kelib kirmoqchi bolib baqira boshladi. Ammo janob Park tosqinlik qilar edi.
- Ustoz nega faqat bizning guruhimiz jabr korishi kerak. Kirishimga ruxsat bering.
- direktor O, xonim shu yerdamiz kirishimga ruxsat bering!
- Hoy, nima direktor senga bekorchimi?! Hohlagan vaqting kelib uchrasha oladigan?!
Ammo Soyundan avval juda ham band direktorning oldida Jungkook otirar edi.
Tashqiridagi Soyunning shovqinini eshitayotgan Jungkook direktorga qaradi.
-Men ozimni uyatli his qilyapman. Ahir mening guruhimni ham aybi bor. Nega bizni jazolamayapsiz.
- Jungkook aqlingni yigib olib, bekorchikar bilan oralashmaslikni maslahat berar edim. Otang maktab uchun muhim inson hisoblanadi. Sen esa maktabning eng aqlli oquvchisisan.
- Uni jazolamasligingiz uchun uning otasi muhim inson bolishi kerakmi yoki yaxshi oqishi kerakmi?
- Jungkook hurmatni saqla!
- Hurmat, nima degani?!
- Jungkook yaxshilikcga , qilgan hatoyingni tuzat. Uni ham bu yeedan olib ket. Yoqsa... Men nima haqida gapirayotganimni tushinding oylayman.
Bu gapdan song Jungkook indamadi.
*
Soyun: Nega kirishimga qoymaysiz? Direktor ichkaridaku, nega faqat bizning guruh?!
Soyun shunday deya , abjirlik bilan eshikga yopishdi. Janob uni tohtaman deb, eshikni qoli bilan tosdi va tosatdan eshik ochilib Jungkook va Direktor xonim korindi. Janob Park esa yiqilib ketishiga oz qoldi.
Soyun direktorni korishi bilan boyadan buyon qaytarayotgan savollarini qaytarib baqira boshladi . Tosattan Jungkook qoli bilan uning ogzini tisgani fufayli ovozi chiqmay qoldi. Jungkook direktorga qarab
-Kuninggiz hayrli otsin deya tabassum qildi.
Soyun Jungkookni qolidan qancha chiqishga harakat qilmasin, Bu kuchli qollar uni qoyob yuborish orniga, direktor xonasidan uzoqlashtirib ketdi.