Illicit love 3-episode
Sona 5 soat deganda Busanga yetib keldi . Kelishda deyarli hech qanday qiyinchiliklarga yo'liqmadi ammo stansiyaga yetib kelgandan keyin yukhonadagi nozirlar undan kerakli hijjatlarida muammo borligi haqida aytishdi va telshirishni boshlab yuborishdi . Shuning uchun Sona biroz ushlanib qolgani bois rejalashtirgan ishlari kechikib ketdi .
Yozning issiq havosi odamga o'zgacha quvvat baxsh etadi . Koreaning deyarli hamma joyida havo harorati 35ยฐC dan yuqori ammo Busan shahrida havo mo'tadil bo'lmoqda , mayin shamol g'ir-g'ir esib insonni dilini yorishtirib yuboradi , kayfiyatni ko'taradigan musaffo havo Busan ko'chalarida odam ko'pgina ekanini ta'minlamoqda .
Sona 1 yarim soat deganda yuklaridagi mummolarini to'g'rilab ulgurdi . Hozir u asabiy holatda chunki ichkarida ekanida naq 5 martda prokuraturadan qo'ng'iroq qilishdi .
* jin ursin nima uchun barcha muammolar aylanib aylanib meni to'pladim?! Sona , sona , sona nima bo'lsa Sona barchasiga men balogardon ! Ahir men ham odamman! Bir qarasa safarga jo'natishadi , bir qarasa tergovchi/detektiv kasbidagi odamni advakatlikka doir ishga yuklab qo'yadi . Yana ...
Sonaning hayollarini telefon qo'ng'iroq ovozi bo'lib yubordi . Sona ekranga qarab yuz ifodasi umuman o'zgarmaganidan bu prokuror yordamchisi janob Senin ekanini anglash mumkin .
Senin : Sona Busan prokuratursiga borgach 12 chi honaga to'g'ri kiraver qabul honaga kirishing shart emas vaqting ketadi . Honaga kirsang ish tafsilotlarini to'liq tushuntirishadi . Haya tashqarida seni taxis kutyabdi seni prokuraturaga olib borgandan keyin yuklaringni unda qoldir uyingga olib borib qo'yadi . Yana ...
Sona : taxisga ayting ketaversin , prokuraturaga kechroq o'taman .
Sona shunday deya qo'ng'iroqni o'zi birinchi yakunladi .
Sona yo'ldan taxi to'xtadi va to'g'ri prokuraturaga bordi . ( yuklari bilan .)
Senin aytganidek uni 12 chi honada prokuror yordamchisi kutib turgan ekan . U yerda Sona bor ish tafsilotlari bilan tanishib chiqdi . Sona 2 soatlarda barcha hujjatlar va dalillarni rasmiylashtirib bo'ldi.
- Sizga ishchi guruh tayinlagan . Sizlarga 17 chi hona berilgan , u yerda ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin .
Sona ,, tushunarli " degandek bosh irg'ab chiqib ketdi . Hoandan chiqishi bilan boyagina eshitgan gaplari boshi uzra sayr qilar edi.
* Qanday qilib birdaniga 22 kishi halok bo'lishi mumkin ?!
Qanday qilib bu shunchaki baxtsiz hodisa deya topilishi va ishga yengil qaralishi mumkin ?!
Qanaqasiga kasino egasiga loy chaplanmagan ? Nima uchun hammasiga prorap aybdor deyilmoqda ?!
Sona savollariga javob topa olmay sekin sekin yurib kelarkan 17 chi hona eshigi tagiga allaqachon yetib kelgandi . Ichkariga yolg'ondan bo'lsa ham nim tabbasum bilan kirib bordi . Honada ikki nafar yoshgina ko'rinishlaridan biri 22 yoshlar atrofidagi ikkinchisi esa birinchisiga qaraganda bo'yi pastroq ammo istaralikkina yoshi 25 yoshdan oshgan ko'rinishda edilar.
Sona yigitlar bilan yaqindan tanishgandan keyin ishga sho'ng'ib ketdi .
Sona : Demak , hammasini ertaga rejalashtirib bo'ldik .
Birinchi navbatda , kasino qurilishidagi barchani so'roq qilishdan boshlaymiz .
Ikkinchi navbatda prorab, brigadr va kasino qurilishida sotib olingan hom ashiyo do'konlari egalari ham so'roq qilinadi.
Va nihoyat ishimizni ertaga birinchi bo'lib qiladigan yumushimiz kasino egasini ishxonasinida tintuv o'tkazish bilan boshlaymiz. Hozir esa hamma uyiga dam olib oling keyin vaqt bo'lmaydi.
Ertangi ishlarni kelishib olgan tergovchilar ertagina tarqalishdi .
Seoyoung ertalabda uyg'ondi , dush qabul qilgach kiyimlarini yig'di va o'zi ham kiyinib nonushta uchun tushdi .
Seoyoung zalga tushganda dadasi va oyisi nonushta qilib o'tirishardi.
Seoyoung : salom , hammaga, hayrli tong
Hein honim : salom qizalog'im kel o'tir .
Janob Changin : mening oppog'iyim nega bugun erta uyg'ondi ?
Seoyoung dadasining gapidan bejirim tabbasum qilgancha nonushta stoliga joylashdi .
Seoyoung : chunki bugun men o'qishga ketaman . Shu sababli ertaroq uyg'ondim 1 hafta dam olganim yetar .
Janob Changin : haa~ demak bugun ketasan lekin o'tgan galgidek 3 oyda kelmaysan 1 oydan keyin o'zim olib kelaman . Kelishdikmi ?
Seoyoung quymoqni og'ziga solarkan dadasining gapiga bosh irg'ab ,,ho'p " ishorisi ila javob qaytardi .
Kechagi kuni janob Changinlar uyidan chiqqach kasinoga borib yarim tundan so'ng qaytgan Jimin tushlikka yaqin boshini yostiqdan ko'tardi .Uyg'onib yuvinib chiqqach kiyinib pastga tusharkan yordamchisi janob Lim yeon uni zalida kompyuterda nimalardir qilib kutib o'tirardi . Jimin kelganini oyoq tovushlarkdan anglab o'rnidan turdi va salomlashishgandan keyin jimin tushlik payt nonushta qilishga o'tirdi, Lim young esa uni qarshisidagi stulga o'tirib uni tugatishini kutdi . 10 daqiqadan keyin jimin qo'liga suvni olib icharkan qarshisidagi yordamchisiga
,, nima gap ? " degandek nigoh tashladi .
Lee yeon : men bir ikkita narsalarni aniqlagandekman , aytgan insoningiz haqida ma'lumotlarni to'pladim .
Lee yeon : uni 2 nafar farzandi bor 2ta hotinidan . O'g'li oyisi bilan koreada yashaydi , ular haqida hechqanday ma'lumot keltirilmagan , qizning ismi Monika , oyisi esa 6 oy avval vafot etgan. O'zi Hozirda rossiya davlatidagi o'yinda . 1 haftadan keyin qaytishi mumkin .
Jimin : menga qizi bn munosabatlarini aniqlab ber .
Lee yeon : u haqida ham ayta qolay , qizi bilan judayam ahil ota va qiz hisoblanishadi , ayniqsa qizini judayam yaxshi ko'radi . Bu suratlardan ham ko'rish mumkin .
Shunday deya Jiminga bir nechta suratlarni uzatdi , jimin ularni ko'zdan kechirarkan suratda bir necha kun avval u tun o'tkazgan* qiz turardi .
Jimin suratga qarab turib ayyorona tabbasum yuzlarida barq urdi.
Ulkan uyning temir panjarali , ikki qanotli eshigini ikki barzangidek qo'riqchi yigit ho'jayini mashinasi kelayotganini ko'rishlari bilan shoshilib ikkiga ajratib ochdilar . Taehyung ichkariga kirib , mashinadan tushib to'g'ri uyiga kirib ketdi . Uy ichi qorong'u va Jim Jit edi. U to'g'ri zinalardan ko'tarilib 2 chi qavatdgi eshikni ochib ichkariga qaradi . Ichkarida kitobga boshini egibkitob o'qiyotgan 48 , 49 yoshlar atrofidagi ayol kresloda o'tirardi . U eshikdan kirgan insonni kim ekanini taxmin qilib bo'lgandi .
Taehyung: ha men keldim . Ovqatlanmagansiz a ?
Taehyung gapirish davomida oyisining oldiga yetib bordi . Va sekin orqasiga qaytib eshik ortidan turgan aravachani olib kelib oyisini unga joylashtirdi. Va ular pastga tushisharkan oshxonada timirskilanib shoshgancha ish qilib yurgan ikki hizmatchi ayoldan biri yugurib kelib kechlik tayyor ekanidan habar qildi. Taehyung va oyisi kechki taomdan so'ng biroz suhbatlashishdi , soat 9dan o'tganda Taehyung oyisini honasiga olib chiqib qo'ydi o'zi ekan maxsus ish honasiga kirib ketdi.