Illicit love
Har kungidan erta uyg'ongan Sona ishi bilan bog'liq hujjatlar borasida kechasi bilan mijja qoqmay chiqqanidi va tonga yaqin ko'zi ilinib , ish stoli ko'zlariga yotoqdek ko'ringach qo'llaridan yostiq yasab boshini stol ustiga qo'ygancha uxlab qolgandi. Shu sababli bellaridagi noqulay og'riq va qo'llarida jimirlash bilan boshini ko'tardi va qulochini keng yozib esnagancha boshini qashlab qo'ydi va qo'lini oyoqlari orasiga qisib yerga qarab tin olgandek bo'ldi . Telefonini tortmadan olib yon tugmachasini bosdi soat millari 7:18 ni ko'rsatarkan qiz sekingina stol ustidagi betartib yoyilgan , qog'ozlardan birini qo'liga oldi va qog'oz ustidagi shoshilib egri bugri qilib yozilgan harflari huddi raqs tushayotkandek tuyuladigan so'zlarni o'qishga tushdi . Qiz to stol ustini yig'ishtirib hammomga kirib chiquncha soat allaqachon 8 ga yaqinlashgan edi . Sona kiyinib bo'lgach oynaga qaradi .
*
Ashsh bu nima ahvol ?! Mana nima bo'ladi tunda uxlamaslikni oqibati ... mayli pardoz qilsa bilinmaydi .
Sona o'ziga o'zi tassali bergan bo'ldi va tortmadan pardoz buyumlarini olib yuziga hiyol upa surdi va ko'z ostiga va o'ng yanog'iga upadan ko'proq surdi chunki u kechqurun stol ustidagi kitobga o'zi bilmagan holda boshini qo'yib olgan va yanog'iga kitobdagi so'zlar nusxalanib qolgandi ko'z osti esa biroz shishgan buni sababi kechqurun yaxshiroq uxlamagnidan . Sona tabiiy chiroyli qiz , quyuq kipriklar , sochlari tim qora rangda , lablariga huddi alvon atirgulning ranggidek , qoshlar esa yuziga monand joylashgan o'ziga yarashib turadi, shuning uchun ham Unga ortiqcha pardoz kerak emas . Umuman olganda Sona kamdan Kam holatlardagina pardoz qiladi . Ammo hozirgi vaziyat shuni ta'qazo etdi . Sona kechqurun bilan tayyorlagan hujjatlar va ma'lumotlarni kerakli papkaga joylagach ularni va notebookini olgach uyidan chiqdi va 10 daqiqa avval chaqirib qo'ygan taxisiga o'tirgach ishhonasiga yo'l oldi .
Sona ish vaqti boshlanishidan 5 daqiqa avval yetib kelgani uchun oshhonadan qahva va biroz shirinlik olib yengilgina nonushta qilib oldi . U o'z honasiga kiraekan jamoa a'zolari allaqachon shu yerda edi . Sonani ko'rgach janob Pek gap boshladi
: bizning eng g'ayratli va shijoatli shu bilan birga eng aqilli hodimimiz ketdilar .
Guruh a'zolari bilan bir ma bir salomlashgach Sona hammalariga yuzlandi .
: ho'sh kim nimalarni aniqladi .
Kelganida nimanidir aniqlagani gap so'zidan ma'lum bo'lgan Pek janoblari birinchi bo'lib boshlab bermoqchi edi hamki honaga bosh prokuror yordamchisining yordamchisi kirib keldi va hammasi etibori Unga qaratildi .
: 5 daqiqada majlislar zaliga to'planishingiz kerak ekan .
U shunday deya chiqib ketdi. Uning ortidan minsu gap boshladi .
: yana kimdir ishdan haydalarmikan yoki yana kimnidir ishini bosdi bosdi qilinarmikan a? Savoliga javob olish maqsadida honadagi 5 nafar odamga ko'z yugurtirib chiqqach ko'zlari guruh rahbari Sonada to'xtadi.
: yana nimadir bo'lishi aniq , qani vaqtini yo'qotmaylik .
U shunday deya notebookini qo'liga olib homadan birinchi chiqdi ortidan boshqalar ham ergashdilar .
Majlisda jinoyatchilar ko'payib ketkanligi , bezorilar , noqonuniy ish qiluvchilar soni ortib borayotkanligi haqida bir talay keraksiz gaplar gapirilgani sababli Sona o'tirgan o'rnida o'trolmas , vaqtini olayotkan prokurorga har zamon da qarab qo'yardi . Va nihoyat 2 soat deganda ,,zerikarli " majlis tugadi . Eshikdan chiqayotkan hamkasblarga
Sona guruhi a'zolari qolishi aytilgach ular ortlariga qaytib yana o'sha stol atrofiga joylashdilar.
Va nihoyat prokuror Jon-U tilga kirdi
: Sona bugundan boshlab guruh a'zosi Janob Pek bo'ladi . Sen esa yangi ish bilan shug'illamasan .
Bu gapdan jamoa a'zolari bir birlariga ,, bu nima degan gap " degandek ko'z urishtirdilar . Sona esa hotirjamlikni yo'qotmagan odamdek Jon -U janoblariga qarab gap boshladi.
: shart emas di shundoq ham ish bugun yopilardi men roziman faqat jamoam bilan ishlaymiz.
- bugun ishni tugatsangiz yaxshi ammo alohida ishlamasanglar bo'lmaydi jamoangni qiladigan boshqa ishi bor. U shunday deya Janob Pek ga yuzlandi
- jamoa boshlig'i endi sizsiz , sizga yangi ish bo'yicha malumotlarni yuborman hozir esa ishga qaytishingiz mumkin .
Shu gaplardan keyin Janob Pek va boshqalar honani tark etishdi va oxirida Sona ning o'zi qoldi . Janob Jon - U biroz tin olgach Sonaga yuzlandi .
: Sona bilaman jamoa bilan 4 yildan buyon birgasiz ammo senga beradigan ishim nozikroq ish ... shuning uchun ...
Prokuror gaplarini aytolmay chaynalarkan Sona barchasini uni yuzidan o'qib bo'lgandi .
Sona *
Haa mana gap nimada ekan . ,, seni jarga itaryabman , sog' qololasan degan umiddaman lekin guruhni ham o'zing bilan olsang ularni ham uvoliga qolishim mumkin " deb qo'ya qolsang nima ? ! O'zingni qiynab , meni asabimni buzmasdan .
Sona hayollarini to'plab hali hamon gapni uzoqdan olib qochayotkan boshlig'iga yuzlandi .
: men roziman . Ish tafsilotlarini menga bering .
Shu gaplarni Sonadek qaysar qizdan eshitayotkaniga ishonmagan prokurorning sovuq yuziga vanihoyat tabbasum qalqidi .
: barakalla , ehtiyot bo'l . Nozik ish o'zingni havfga qo'yma . Hullas Busanda 8 ta casino bor va mana shu casino qurilishida hatolik bo'lgan chog'i , u yerda 3 kun avval 22 kishi vafot ekan . Tom bosib tushgan . Bu ish bir qarashda qotillikka bir qarashda esa oddiy anglashilmovchilikka o'xshayabdi . Shu ish bilan o'zing shug'illan dedim .
Sona uning gaplarini tinglagach, prokuror ga qaradi va
: moodomki oddiyga o'xshayotkan ekan nega Busandagi tergovchi lar shug'ilanaverishmadi ? Aynan bosh prokuratura shug'illanishi shart emasdir .
Bu savollarni avvaldan bilganidan Janob Jon U bunga ham gap topkandi . Sona u yog'iga ham bu yog'iga ham tortib ko'rdi ammo tortishish befoyda ekanini anglagach rozilik berdi hoandan chiqayotib ortiga qaragancha
: haya o'sha casino boshlig'i kim ekan ?
: Hozir da u yerning boshlig'i Janob Kim Taehyung. Ammo haqiqiy ho'jayin u emas .
Sona bir soniya gandiraklab ketdi va eshik tutquchidan ushlab qoldi bu manzarani ko'rsa ham anglamagan prokuror gapirishda davom etdi
: u yerga ertaga uchasan , soat 6 ga samalyot buron qildim kech qolma hozir ish tafsilotlarini kompyuteringga yubordim tanishib chiq hozir uyga ketaver , yana...
Sona uni gaplarini eshitmasdan o'zini tashqariga urdi va shoshilib tashqaridagi kattagina suv idishidan stakanga suv quydi qo'llari qaltiragancha yo'lakdagi stollardan birga omonat o'tirib suvdan tez tez ho'pladi.
Sona *
Yoooq o'sha Taehyung bilan qayta uchrashmayman , hayotimni , yoshligimni zahar qilgan odamni qayta ko'rish niyatim yoq . Shoshma Sona qo'rqishni bas qil o'tmishing barcha barchasi Italiya da qolgan nima bu yerda bu dunyoda o'sha zolimdan boshqa Kim Taehyung yoqmi bu boshqa odam ... nima men hali ham o'shandan qo'rqamanmi ? Yoq avvalgi Soan yoq bu yerda hozir Bosh prokratura hodimasi Xvan Sona bor . Qo'rqaman. Hammasi yaxshi ...
Sona shularni hayolidan o'tkazgach hali hamon qaltiroq bosilmagan oyoqlari va qo'llariga nazar tashlab tinchlanishga harakat qildi va buni uddasidan chiqqach guruh azolarini ko'ziga shu ahvolda ko'ringisi kelmay o'z uyiga yo'l oldi . Qaytgach honaga kiriboq o'zini yotoqqa tashlagan qiz biroz tin oldi .
Telefon jiringlashi sabab ko'zlarini bazo'r ochib raqamlarga e'tiborini qaratdi va lablariga Mehrni ifoda etuvchi tabbasum qilgancha qo'ngiroqqa javob berdi
: salom...
Sonaning ovozi titrab ketdi va ko'zlaridagi yoshni bartaraf etish uchun lablarini qimtidi . Narigi tarafdan quvnoq va jarangdor tovush yangradi
: opajon , yaxshimisiz? Alo , nega jimsiz Sona gapirsangizchi ...
Sona bir muddat Jim qolgach o'zini o'nglab olib gap boshladi
: men yaxshiman o'zing , oyim yaxshimisiz ?
: ha biz yaxshimiz...
Boyagi jarangdor ovoz endi biroz horg'in chiqqandi...
Sona buni bir zumda sezdi va gapni davom ettirdi
: Seoyoung qachon koreaga qaytasan ?
: opa men koreaga qaytmayman undan ko'ra o'zingiz Italiya ga qayting .
Sona singlisining gaplariga doimgidek javob berdi
: Seoyoung mening mitti quyoshim men o'sha uyga sen va oyim uchun ham qaytmayman .
Seoyoung opasining gaplariga doimgidek tushunmadi ammo unga doim qaytishini aytganda shu jumboqli so'zlarni eshitishi uni yanada chalkashtirardi hechnarsani bilmasa ham opasi va dadasining o'rtasida ulkan jarlikdek tubsiz , hech qachon yechib bo'lmas chalkashlik bor ekanini yaxshigina bilar edi . Opasidan ajralganliklariga mana 7 yil bo'libdi . Sona va Seoyoung 7 yildan buyon bir birlarini ko'rmaydilar ammo oxirgi 1 yildan buyon telefon orqali suhbatlashishadi .
Seoyoung: ho'p mayli o'zingizni ehtiyot qiling , opajon .
Singlisining hafa bo'lganini sezgan Sona tinch ovozda sekin gap boshladi
: Seoyoung , mening mitti farishtam , kecha yuborgan suratlaringni ko'rdim jozibali qiz bo'libsan, endi bundan buyon o'zingni asra, nima bo'lganda ham hechkimga ishonma , Hatto dadamga ham mening boshimga tushgan ko'rgiliklar senikiga ham tushmasin , dadam mehribon ko'rinishi mumkin ammo bir kun seni jarga itarishdan ham toymaydi , unutma hech qachon noto'g'ri qadam bosma garchi aybsiz bo'lsang ham dadam bunga qarab o'tirmaydi ... sen ham huddi mendek qiynalma ... yoshliging uvol bo'lmasin ...
Opasining gaplarini eshitib turgan Seoyoung hech narsani gaplarni asl ma'nosini tushunmayotkan bo'lsa ham Sona undan bekorga havotir olmayotkanini his qilardi . Sonaning gaplariga sukut ila javob qaytargan qiz Opasi bilan yana biroz suhbat qurishdi va yana gaplashishni kelishib olishgach qo'ng'iroqni yakunlashdi .