October 16

JORIYA

CHAPTER 3πŸ”ž

Kun peshinga yuz tutganida kiyimlari yirtilgan va titilgan qiz bir ahvolda hurkak ohudek titragancha shahzodaning xonasidan chiqib kelardi. Og'riqlarni deb oyoq bosishlari bir tekisda ketmay kiyimini mahkam tutgancha yig'lab yo'l bosardi. Qandaydir yumush bilan ichki saroyni aylanib yurgan bekalardan biri uni ko'rdi-yu arvoh ko'rgandek sapchib ketdi. Tez u tomonga yugurib qo'ltig'idan olib o'ziga suyadi-yu joriyalar yashash joyiga qarab boshladi.

- bu nima ahvol?

Sochlari yoyilib , to'zg'ib ketgan qizning xatto og'iz ochishga ham majoli qolmagan edi. Ko'z yoshlari dumalab tusharkan bekaning ko'magi ila haramga yetib bordi. Uni ko'rgan kanizaklar ko'zlarini kattalashtirgancha o'tirgan joylaridan turib ketishdi. Kimdir uning ahvoliga achinsa , yana kimdir qirol qo'yniga kirgan joriyalarni shu tarzda qiynar ekan deb o'ylab hadiksirashar edi. Kanizaklar qirollik va qirol mulki. Xatto shahzodalar harami uchun ham hukmdor tanlagan kanizaklar saralangan. Ularni aynan mana shu narsa hayiqtiradi. Ayniqsa Seoning bu holati ularni qish ayozidek muzli ob-havoga solib qo'ydi.

- beka unga nima bo'ldi?

- ko'p gapirmasdan toza sochiq va kiyimlarni olib keling. Uni zudlik bilan hammomga kiritish kerak. Kimdir haram bekasiga xabar bersin

Bir zumda hamma yer alg'ov-dalg'ov bo'lib ketdi. Seo issiq hammom qabul qilgandan keyin tanasi biroz yengillashdi. Uni yaxshilab quritib kiyintirgancha xonaga olib o'tishdi-da joyiga yotqizishdi. Bu vaqt oralig'ida haram bekasi ham joriyalar qavatida paydo bo'ldi

- nima gap?

- bekam , bu qiz

Haram bekasining ko'zi noxos kattalashib g'azabdan pishqirgancha Seoning tepasiga keldi.

- qayerlarda eding yalangoyoq , churindi? Seni deb barchamizni kallamiz kundaga qo'yilardi. O'zingcha qochmoqchi bo'ldingmi o'zboshimcha , aqlsiz?!

- uni shahzoda Jungkookning xonasi yonidan topdim

Haram bekasining rangi gezarib bir to'shak bo'lib yotgan qizga yaxshilab tikilgach nima yuz berganini angladi.

- sen axloqsiz , juvonmarg! Nimalarni boshlab yuribsan?!

U ko'rpani qizning ustidan yulib oldi-yu tanasidagi mayda qizil dog'chalarni ko'rib yerga o'tirib qoldi. Tiliga kelgan savolni berishga yuragi betlamay kalovlanarkan uni shahzodaning to'shagida yotgani haqida o'ylari xato bo'lishini so'rab yolvorardi.

- xonim , menimcha u shahzoda bilan birga bo'lgan

- o'chir ovozingni!!!

U to'satdan yonidagi kanizakka o'shqirdi-yu Seoga yaqin kelib uning yelkasidan siqib o'girgancha yuzma-yuz qildi.

- rostini ayt badbaxt! Shahzoda Jungkook senga qo'l tekkizdimi yoki yo'q?

Seo uning savolidayoq kecha tunda xo'rlangan voqeasini eshitib yuziga qo'llarini bosgancha yig'lab yubordi. Haram bekasi hammasini tushunib yetgach ko'zlarini chuqur yumib qattiq xo'rsindi. Bu gap hukmdorning qulog'iga yetib borsa butun saroy ostun-ustun bo'ladi. Birinchi navbatda shahzoda Jungkook otasiga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun vorislikdan mahrum qilinadi. Ikkinchi navbatda esa haram ichidagilarga kim mas'ul bo'lsa barchasining jonini olishadi. Kecha tunda Seo qochib ketib ko'zdan g'oyib bo'lganidan keyin butun haram oyoqqa qalqdi. Qirol uchun hozirlangan joriya qochib ketganini oshkor bo'lsa barchasi tamom bo'lar edi. Shuning uchun haram bekasi zudlik bilan boshqa joriyani tayyorlab qirolning yotog'iga kiritib yubordi. Bu ish bir amallab bosdi-bosdi bo'ldi ammo hozirgi muammochi? Shahzoda Jungkook qirolning haramidagi qizni zo'rlagani* haqidagi xabar ayon bo'lsa hukmdor hech kimni ayab o'tirmaydi. Axir bu qonunlarga zid. Har bir shahzoda faqat o'z haramidagi kanizaklar bilan ovora bo'lishi kerak

- Bu haqida... yana kim biladi?

- hech kim. Uni topganimda kiyimlari bir ahvol , yarim-yalong'och holda edi. Og'alar va soqchilarning nazariga tushurmay zo'rg'a yashirincha olib kirdim

Beka oz bo'lsa-da yengil nafas chiqarib atrofda yig'ilib turgan barchaga qarab chiqdi.

- bu gap mana shu yerda qolsin. Agar kimgadir gullab qo'yadigan bo'lsangiz hammangizni saroydan haydataman. Keyin esa tanangizni yoqib kulingizni ko'kka sovurib yuboraman

U kanizaklar va yordamchi bekalardan qo'rquv aralash , itoatli javoblarni olgach hali ham dirillagancha qaltirayotgan Seoga qaradi.

- sen ham og'zingni yumasan. Ko'rdingmi birgina maxmadonalarcha qilgan harakating nimalarga olib kelishi mumkiligini? O'zingni hech nima bo'lmagandek tutishda davom et. Duo qil , bu gap tashqariga oralamasin. Agar qirolicha saroyiga yetib borsa holingga maymunlar yig'laydi. Birinchi navbatda seni o'lguningcha qiynoqqa solishadi keyin esa bizni. Uqdingmi gaplarimni?

Qiz gapirish uchun mana endi og'iz juftladi.

- men... bu la'nati qirolligingizga yordam istab kelgandim. Qirolingizga kanizak bo'lish uchun emas! Qaroqchilar... oilamni yo'q qilishdi. Qishlog'imizga hujm qilib hamma yoqni talon taroj qilishdi. Otamni , onamni , ukamni o'ldirishdi. Bu yil hosil kam bo'lgani uchun ularga berishdan bosh tortgan edik. Keyin ular qishlog'imizni yoqib yuborishdi. Joni omon qolganlar bilan turli qirolliklarga ko'mak so'rash uchun tarqalgan edik. Sizlar esa meni shahzoda va qirolingizni qoniqtiruvchi joriyaga aylantirdingiz. Endi faqat shularni tilayman sizlarga. Hukmdoringiz ham , shahzodangiz ham qon yig'lab o'lsin. Qirolligingiz ham tag-tugi bilan yo'q bo'lib ketsin

Uning yurakni o'rtovchi gaplaridan ta'sirlanib turganlar tashqaridagi ovozdan sakrab tushishdi. Haram bekasi hammaga " jim bo'ling " ishorasini qilib o'zi xonadan chiqdi. Saroy og'alaridan biri uni ko'rib darhol shahzodaning ertalabki buyrug'ini yetkazdi.

- nima?

Og'a shunday deb haramdan uzoqlashgancha beka qizni olib chiqishini kuta boshladi. Haram bekasining esa qulog'i bir onda karaxt bo'ldi. Jazo bo'limi haqida eshitishi bilan oyoq-qo'li zir titrab kanizaklar xonasiga qaytib kirdi. Eshikni ortidan yopib bir muddat suyangancha Seoga tikilib turdi.