May 14
Fakultetlararo chet tillar kafedrasida sayyor dars tashkil etildi
2026-yilning 14-may kuni Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchilari dots.Abulova Z.A va N.O.Shukurova boshchiligida 3-1 log 25 guruh talabalari bilan “Buxoro shahri”bo’ylab sayyor dars tashkil etildi.
Ingliz tilida real muhitda lavhalar tayyorlash ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan dars davomida talabalar O'zbekiston madaniyati, me'moriy yodgorliklari, san'ati va hunarmandchiligi haqida tayyorlagan nutqlarini namoyish qilishdi hamda bir-birlariga "feedback" berishdi.
Tarixiy obidalarimiz boʻylab uyushtirilgan sayyor dars, shuningdek, xorijlik mehmonlar bilan ingliz tilida jonli muloqot qilish imkonini berdi.