December 17, 2025

“Professional Development” mavzusida ochiq dars.

Fakultetlararo chet tili kafedrasi dotsenti Sharipova Dilnoza Shavkatovna 1-2 DI-25 guruhi talabalari bilan “Professional Development” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Mazkur darsning mavzusi zamonaviy va interaktiv usullardan foydalangan holda yoritildi. Darsning maqsad va vazifalari aniq belgilangan bo‘lib, ular to‘liq amalga oshirildi.nazariy bilimlar tushunarli, izchil va qiziqarli tarzda bayon qilindi hamda amaliy misollar va hayotiy moliyaviy vaziyatlar bilan boyitildi.

Ko‘rgazmali vositalar va puxta rejalashtirilgan topshiriqlar talabalarning mavzuni oson va chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qildi.

Talabalar dars jarayonida faol, intizomli va tashabbuskor bo‘lib, muhokamalarda jonli ishtirok etdilar, savollarga ishonch bilan javob berdilar va berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardilar. Dars davomida ijobiy psixologik muhit yaratilgani talabalarning erkin fikrlashi va mantiqiy tahlil qilishiga imkon berdi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu ochiq dars namunali, samarali va mazmunli tarzda o‘tkazildi.

Dars so’ngida fakultet dekan o’rinbosari K.H. Qobilov dars haqida o’z fikrlarini bildirdilar.