December 16, 2025

“Financial Management” mavzusida ochiq dars

Fakultetlararo chet tili kafedrasi katta oʻqituvchisi Sharapova Gulshan Sharafovna 6-3 Rus 25 guruhi talabalari bilan “Financial Management” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Mazkur darsga Fakultetlararo chet tili kafedrasi katta oʻqituvchisi Sharapova Gulshan Sharafovna rahbarlik qildi. Darsning maqsad va vazifalari aniq belgilangan bo‘lib, ular to‘liq amalga oshirildi.Nazariy bilimlar tushunarli, izchil va qiziqarli tarzda bayon qilindi hamda amaliy misollar va hayotiy moliyaviy vaziyatlar bilan boyitildi. Ko‘rgazmali vositalar va puxta rejalashtirilgan topshiriqlar talabalarning mavzuni oson va chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qildi.

Talabalar dars jarayonida faol, intizomli va tashabbuskor bo‘lib, muhokamalarda jonli ishtirok etdilar, savollarga ishonch bilan javob berdilar va berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardilar. Dars davomida ijobiy psixologik muhit yaratilgani talabalarning erkin fikrlashi va mantiqiy tahlil qilishiga imkon berdi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu ochiq dars namunali, samarali va mazmunli tarzda o‘tkazildi.