May 8

"Sayyor dars tashkil etildi."

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchilari Boboqulova.G. hamda Qahhorova Sh.Sh. tomonidan 3-1Bux-25 va 3-2Bux-25 guruhi talabalari bilan sayyor dars mashg'uloti o'tkazildi.

Talabalar Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashmai Ayyub ziyoratgohi, muhaddislar sultoni Imom Muhammad Ismoil al-Buxoriy muzeyi, Bolo Hovuz masjidi hamda Ark qo’rg’oni bo‘ylab ekskursiya qilar ekanlar, bu inshootlarning mustaqil davlatchiligimiz tarixi, islom dini va tasavvuf tariqatlari, hadis ilmi namoyandalarining hayoti va ijodi haqidagi bilimlari boyidi. Talabalar diniy ulamolar va alloma ajdodlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda ilgari surilgan bunyodkor g‘oyalar va tarixiy obidalar peshtoqlaridagi bitiklarni o‘qib, ma’nosini chaqib, tarixiy xotiralari va madaniy meroslarimizdan milliy iftixor tuyg‘ulari yanada kuchaydi.