"KORRUPSIYASIZ HAYOT KELAJAGIMIZ GAROVI"
Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to'g'anoq bo'ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat - korrupsiya va poraxo'rlikdir.
"Korrupsiyasiz hayot - kelajagimiz garovi" degan fikr, jamiyatda adolat, halollik va shaffoflikni ta'minlashning muhimligini ta'kidlaydi. Korrupsiya jamiyatning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, resurslarning noto'g'ri taqsimlanishiga olib keladi, va xalqning ishonchini yo'qotishiga sabab bo'ladi. Bunday muammolarga qarshi kurashish, kelajakda adolatli va barqaror jamiyatni shakllantirish uchun zarur.
Korrupsiyaning oldini olish uchun quyidagi omillar muhimdir:
- Ta'lim: Yoshlarni halollik, adolat va javobgarlik ruhida tarbiyalash, ularni korrupsiyaning zararli oqibatlari haqida xabardor qilish.
- Raqobat va shaffoflik: Hukumatingiz va davlat idoralari faoliyatida raqobatni oshirish va shaffof tizimlarni yaratish.
- Jurnalistika va fuqarolik jamiyati: Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati korrupsiyani ochish va bunga qarshi kurashish uchun muhim vositadir.
- Jazolarni kuchaytirish: Korrupsiyaga qarshi kurashda qonunlar va jazolarni kuchaytirish, bunday xatti-harakatlarni takrorlanmasligi uchun qat'iy choralar ko'rish.
Korrupsiyasiz jamiyatni qurish, kelajakdagi farovonlikning, erkinlikning va adolatning asosini yaratadi. Bu nafaqat hukumatning, balki har bir fuqaroning ham mas'uliyatidir.
Aynan shu illat sababli ko' plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma'lum. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi.
Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bolib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlari kundalik faoliyatiga aylanib, o'zaro bir-biriga bog'lanib, chirmashib ketganligidan ko'z yumib bo'lmaydi. "Nozik", "chigalroq" ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari bir muncha hushyor, ziyrak bo’lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim. Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari korrupsiyaga qarshi kurashish yo'llari haqida maqolalar paydo bo'la boshladi.
MDHga a'zo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz sho'rolar tuzumidan qutulganimizga o'ttiz yildan oshganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishlarida ta’kidlab o'tadilar. Viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masalalar ko'rilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga ro'baro' kelmoqdamiz.
Poraxo'rlik va korrupsiya o'zbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri ta'kidlanib, "qo'lga tushgan" amaldorlar televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyat hayotidan yo'qolib ketmayapti.