Nocturne
"Musiqa yangrardi, ammo o‘sha kecha hech kim raqs haqidagina o‘ylamasdi
Qish oqshomi. Ertalabdan beri yog'ayotgan mayda qor kechga yaqin kattlashgandi va endi yerlar oppoq tusga kira boshladi. Havo etni junjitar darajada sovuq lekin qirol saroyga ketayotgan odamlarning qalbdagi olov barcha yerga o't qo'yishga tayyor edi. Bu olovning sababi urush yoki qo'zg'olon emasdi. Bu olov Ball deb atalardi. Yoshu qarini birdek o'ziga tortayotgan bu voqea qirolning katta o'g'liga qayliq topish uchun uyishtirilgan edi. Saroyda yoshlar bir-birlari bilan suhbatlashishni boshlashdi. Ayniqsa barcha qizlar valiahd William atrofida girdi kapalak bo'lishardi. Shaxzoda barcha qizlar bilan hushmuomala bo'lib ularga samimiy javob qaytararkan tanish ovozni eshitgach ortga qaradi
— Daraxtdan yiqilib tushib yig'lagan bolakay katta bo'lib qolibdi - William ayolning gaplarida kulib yubordi
— Ha ha esimda olmalarni yuvib yeyish kerak deb bir chelak tergan olmamni daryoga oqizib yuborgan qizaloq. Bugun juda ham go'zalsiz Lady Sophie - William gentlmendek qizning qo'lidan ushlab lablariga bosdi
— Xushomad uchun rahmat - qiz mayin tabassum qilardi
— Lekin bu hushomad emas haqiqat - Williamning gapiga Sophie ham kulib yubordi
— Oh Milord sizning bunday gaplaringiz jusa yoqimli - Sophie Williamning 9 yillik do'sti edi ular yoshligida William bilan juda ko'p vaqt o'tkazishardi. Sophie shularni eslab mayin tabassum qildi. William va Sophie miriqib suhbat qurisharkan Williamning ko'zlari beixtiyor katta zalda o'zi yolg'iz atrofni kuzatib o'ng'aysizlanayotgan qizga tushdi
— Hazrati oliylari meni mazur tutsalar endi men borishim kerak boshqa xonimlar bilan ham suhbatlashmoqchiman
— Unday bo‘lsa, sizni ortiq ushlab turmayman, Lady Sophie. - Williamning ko'zlaru hali ham o'sha chekkadagi qizda ekan Sophieni gaplariga unch e'tibor bermadi. William katta qadamlar bilan o'sha qiz tomonga borarkan ko'pchilikning e'tibori unda edi. William qizning yoniga kelib to'xtadi
— Lady Isabella Ashcroft, ball sizni zeriktiryapti chog'i - William Isabellaga eshitilar darajada gapirdi. Ular o'rtasida bir qadam qolgandi.
— Xayrli kech lord janoblari - Isabella ikkala qo'li bilan etaklarini ushlagancha ta'zim qildi
Hech kimni diqqatini tortmay desam yonimga shahzoda kelib olganini...volidamga aytgandim kerak emas deb. Hali ham ishona olmayapman qanday qilib ular meni shu kiyimlarni kiyib shu yerga kelishimga majburlashdi
— Kelganingizdan beri faqat atrofni kuzatasiz, xuddi mavridi bo'lsayu qochib qolsangiz - Isabella Williamni ko'zlariga qaradi
— Yolg'on gapirmayman, ser - Isabellani kesatiq ohangidan William kulib yubordi
— Siz bilan hech suhbatlashganmizmi?
— Menimcha yo‘q, janob. Bo‘lmasa eslab qolgan bo‘lardim - William kulimsiradi.
— Buni maqtov deb qabul qilsam bo'ladimi?
— Buni qanday qabul qilishingiz o‘zingizga bog‘liq.
— Siz har doim shunchalik rostgo‘ymisiz?
— Faqat savollar ham rost bo‘lsa - William bu safar kulgisini yashira olmadi. Atrofdagi bir necha qizlar hayrat bilan ularga qarab qolishdi. Odatda hamma shahzodaga yoqishga urinardi. Lady Isabella esa aksincha uni qochirishga urinayotgandek edi. Aynan shu narsa Williamga yoqayotgandi.
— Keyingi vals boshlanish arafasida, Lady Isabella.
— Men esa hali ham raqs uchun hamrohimni tanlamadim -
— Shunday ekan... - William gapini tugatishga ulgurmadi. Qirol Vinsent uni yoniga chaqirtirdi. William Isabellaga oxirgi bor qarab otasining yoniga qaytdi. Qirol Vinsent qo'liga qadah ushlagancha taxtidan turib xalqiga yuzlandi
— Hurmatli Eldoria xalqi. Bugun sizlarni saroyimizda ko‘rib turganimdan mamnunman. Bu oqshom oddiy bayram emas. Bu oqshom Eldoria tarixida yangi sahifa ochilishi mumkin bo‘lgan kechadir. Sizlarning ko‘pchiligingiz bilasiz, taxt vorisi bo‘lmish shahzoda William endi yosh bola emas. Kelajakda u nafaqat tojni, balki butun qirollik taqdirini ham o‘z zimmasiga oladi. Shu sababli bugungi bal uning hayot yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin. Qani unday bo‘lsa, bu kecha musiqaga, raqsga va taqdirga o‘z ishini qilishiga imkon beraylik. Eldoria sharafi uchun!
— Eldoria sharafi uchun! — deya zal bir ovozda javob berdi. Shu zayilda musiqa boshlanib ketdi. Katta zal oynalari ham xuddi katta ekranga o'xshardi derazadan bemalol qorning yerga tushishini kuzatish mumkin edi. Ball maydoning poli esa juda silliq va sirpanchiq edi. Har 10 qadamda bitta ustun kelardi va bu ustunga naqshlar va haykallar joylashtirilgandi. Shisha qandllar esa bazm uchun alohida bezak berardi. Oddiy xalq bo'lgan o'rtahol odamlarning ko'zlari qandikdan hech uzilmasdi.
William raqsga sherik tanlash uchun yana zal maydoniga qaytdi. Barcha qizlarning ko'zlari "meni tanlang" degandek porlardi. Faqat bir qiz bundan mustasno edi.Isabella eng chekkadagi ustun yoniga borib olgan, qo'lidagi yelpig'ichni betoqatlik bilan yelpib turardi. Williamning lablariga kulgi yugurdi. So'ng u hech ikkilanmay o'sha tomonga qadam tashladi.
Yo'q, yo'q. Faqat bu emas. Shahzoda rostdan ham mening tomonimga kelayotgandi. Atrofdagi qizlar unga qarab jilmayishar, ayrimlari esa rashk bilan menga tikilishardi. "Qoch." Miyamdagi yagona fikr shu edi. Men yelpig'ichni mahkam ushlagancha ortga burildim. Faqat undan uzoqlashsam bo'ldi. Lekin ikki qadam ham tashlay olmadim. Kimningdir ko'ksiga urilib ketdim. Muvozanatimni yo'qotayozdim. Kuchli qo'l tirsagimdan ushlab qoldi.
— Ehtiyot bo'ling -,Ovozi sovuq edi. Boshimni ko'tardim. Qora mundir.Kumush rang tugmalar. Jiddiy nigoh. Va doimgidek chimirilgan qoshlar. Lucien Pentragon. Qirollik qo'riqchilarining sardori.
— Kechirasiz... - dedi beixtiyor. Lucien Isabellaga bir soniya tikilib qoldi.
— Siz shoshayotgan ko'rinasiz - Isabella uning ortidan qaradi. William tobora yaqinlashib kelayotgandi. Tamom. Miyasiga bir fikr keldi. Telbalarcha fikr.
— Men bilan raqsga tushing - Lucienning qoshlaridan biri ko'tarildi.
— Tezroq - Isabella uning qo'lidan ushladi. Lucien javob berishga ulgurmay, uni raqs maydoni tomon tortib ketdi. Xuddi shu paytda musiqa yangradi. Bir necha qadam narida esa William to'xtab qolgandi. Uning ko'zlari Isabella va Lucienda edi. Lucien ham buni payqadi.
Telba nima qilib qo'ydim hech kimni e'tiborini tortmayman degandim endi mana sahna markazidaman shaxzoda esa hali juft tanlamadi shunga hech kim hali raqsni boshlamagndi men ahmoq esa bir o'zim manavi urish jangchisi bilan raqs tushyapman. Qanday sharmandalik
— Endi tushuntirib bera olasizmi? - Lucien Isabella nimalarnidir o'ylayotganini sezdi
— Nega meni sudrab keldingiz? - Isabella xo'rsindi
— Raqsga tushishni istamagandim
— Lekin nega? - Lucien Isabellaning gaplaridan hayron bo'ldi
— Har holda siz bilan raqsga tushish uchun emas Ser Lucien - Isabella ortiqcha gap aytib yubordim deb o'ylagandi lekin Lucien kulib yubordi. Ular musiqa ohangiga mos to'lqinlanishardi. Juda mayin va yengil. Shahzoda William Isabellaga so'ng Lucienga qaradi. Zal o'rtasida turib qolganini sezgach ko'zi tushgan qiz tomonga bordi va uni raqsga taklif qildi. Shu bilan qolgan yigitlar ham biri ketin qizlarni raqsga taklif qila boshlashdi
— Lordim, o‘ychan ko‘rinasiz, - dedi Sophie mayin tabassum bilan.
— Ha. Hozirgina biror narsani yo‘qotgandek ko‘rindingiz - William beixtiyor ko‘zlarini zalning narigi tomoniga qaratdi. Lucien va Isabella hamon raqs tushishardi.
— Yo‘qotganimga hali ishonchim komil emas, - dedi u sekin.
— Unda nega ularga bunchalik qarayapsiz? - William javob bermadi. Chunki bu savolning javobini o‘zi ham bilmasdi.
— Ah! Oyog'im - Lucien raqs o'rtasida Isabellaga hamohang oldinga qadam taslayman deb Isabellani oyog'ini bosib oldi
— Kechirasiz, Miledy men raqsda sal no'noqroqman - Lucien kechirim so'rasada ohangida hech qanday iliqlik yoki kechirimlik yo'q edi
— Ha bilinyapti - Isabella ortiqcha gap gapirmadi lekin Lucien uni aylantirayotganda Isabella Lucienning oyog'ini qattiq bosib o'tib ketdi
— Men ataylab qilmagandim - Lucienning yuzi og'riqdan burishdi
— Men esa ataylab qildim - Lucien Isabellani gapidan lab chetida kuldi. U kulgan payt faqatgina yuzining chap tomonida kulgich ko'rindi
— Shahzoda siz bilan raqs tushmoqchi edi - Isabella boshini ko‘tarib Lucienga qaradi.
— Siz odamlarning fikrini ham o‘qiy olasizmi?
— Yo‘q. Faqat ko‘rib turibman - Lucien uni navbatdagi aylanishga olib kirdi.
— Sizning undan qochganingizni- Isabellaning qovog‘i uyildi.
— Men hech kimdan qochganim yo‘q.
— Unda nega men bilan raqs tushyapsiz? - Bu savol Isabellani bir lahza jim qoldirdi.
— Chunki siz eng yaqin odam edingiz - Lucienning qoshlaridan biri ko‘tarildi.
— Bu javob menga yoqishi kerakmi?
— Men sizni xursand qilishga urinayotganim yo‘q, Ser Lucien - Musiqa ohangi sekinlashdi. Ular bir necha qadam jim raqs tushishdi.
— Shunga qaramay, siz uni noqulay ahvolga qo‘ydingiz.
— Men hech kimga va'da bermaganman.
— U Eldorianing valiahd shahzodasi.
— Men esa Eldorianing fuqarosiman. Bu meni kim bilan raqs tushishni tanlash huquqidan mahrum qilmaydi - Lucien javob bermadi. Chunki Isabellaning gapi noto‘g‘ri emasdi.
— Butun zal nima bo‘lganini ko‘rdi.
— Butun zalning fikri meni qiziqtirmaydi.
— Lekin shahzodaning obro‘si meni qiziqtiradi - Isabella istehzoli kulib qo‘ydi.
— Nihoyat. Demak gap shunda ekan.
— Siz boyadan beri shahzodani himoya qilyapsiz.
— Unda vazifangizni davom ettiring. Mening hayotimga aralashmang - Lucienning jag‘i taranglashdi.
— Siz esa haddan tashqari sodiqsiz.
— Men ham qochib ketganim uchun o‘zimni aybdor his qilmayman - Bir lahza ular bir-biriga tikilib qolishdi. Keyin Lucien navbatdagi qadamni tashladi.Va shu zahoti...
— Ah! Oyog‘im! - Isabella og‘riqdan yuzini burishtirdi. Lucien darhol to‘xtadi.
— Kechirasiz, Miledy. Men buni ham ataylab qilganim yo'q
— Ha ha siz ataylab qilmaysiz - Isabellani yana o'sha oyog'i bosilgani uchun bu safar og'riqliroq tuyildi. Va lablarini tishladi. Shu bilan balning burinchi qismi tugab barcha atrofga tarqaldi. Isabella yana raqsga tushishni istamadi. U tashqariga balkonga chiqib ketdi. Buni Lucien ham William ham kuzatib turardi
— Uyga ketgim kelyapti qachon tugaydi bu bazim - Isabella sovuq havodan chuqur nafas olarkan asablari hali ham yozilmagandi
— Men qachon o'zimga qaylig' tanlasam - Isabellani ortidan kelgan ovoz uni cho'chitib yubordi. Qiz yuragi ustiga qo'lini qo'yib ortga qaradi
— Sizni qo'rqitib yuborgan bo'lsam ma'zur tutasiz Lady Isabella, nega balldan bunchalik nafratlanasiz? - William Isabella tomon yaqinlashdi
Men nafasimni rostlab olganimcha unga qaradim. William esa odatdagidek sokin, lekin diqqatli nigoh bilan turardi. Go‘yo u hamma narsani sezib turgandek.
— Yo‘q, aslida men raqs tushishni yoqtiraman, faqat bu yer… juda shovqinli - yigit engil bosh irg‘adi.
— Tushunarli - Bir lahza jimlik tushdi. Qor balkonga urilib tushardi. Ichkaridan musiqa xira eshitilardi. William nigohini pastga, bog‘ tomonga qaratdi.
— Hamma bu kechani orzu qiladi. Siz esa undan qochayotgandeksiz- Qiz istehzoli kulimsiradi.
— Hamma orzu qilgan narsa, hamma uchun yoqimli bo‘lavermaydi - William qizga qaradi.
— Siz bu yerga majburan keldingizmi? - Isabella bir soniya jim qoldim. . Javob berish oson emas edi.
— Ha.....yo‘q - William qoshini biroz ko‘tardi.
— Siz ko‘p narsani yashirmaysiz shekilli - William Isabellani javobiga kulimsiradi.
— Bu ham xavfli odat - Isabella unga qarab qo‘ydi.
— Shahzoda meni xavfli odatlarim uchun ogohlantiryaptimi? - William yengil kuldi.
— Yo‘q. Faqat kuzatyapman - Bu so‘z Isbellani ichida biroz noqulaylik uyg‘otdi.
— Nega? - William bir lahza jim qoldi. So‘ng balkonga qaradi, xuddi javobni qor ichidan topmoqchidek.
— Chunki siz bu kechada… boshqalardan farq qilasiz- Isabella qotib qoldi.
— Ohangingiz haqoratdek quloqlarim ostida jarangladi, Milord
— Bu haqorat emas. Buni kuzatuv deb atasa bo'ladi- Shu payt ichkaridan musiqa ohangi biroz balandroq eshitildi. Kimdir Isabellani chaqirayotgandek tuyuldi, lekin e’tibor bermadi. William esa sekin davom etdi
— Siz Lucien bilan raqs tushdingiz - Isabella nigohini darhol Williamga qaratdi.
— Shaxzoda meni so'roq qilyaptilarmi?
— Unda nima? - U biroz jilmaydi.
— Siz hamma narsaga qiziqasizmi, Hazrati Oliylari? - Isabella sovuqqonlikni saqlashga harakat qildi
— Faqat e’tiborimni tortgan narsalarga - Bu gapdan keyin ular orasida yana jimlik paydo bo‘ldi. Qor yog‘ishda davom etdi. Bu jimlik noqulay emas edi faqat xavfli darajada uzoq davom etayotgandi.
— Men kutilmagan odam emasman, Hazrati Oliylari.
— Men bu fikrga qo‘shilmayman, Lady Isabella.
— Chunki siz meni endigina tanidingiz.
— ...... - Isabella javob qaytarishga ulgurmadi.
— Hazrati Oliylari - Ortidan kelgan ovoz ikkalasini ham ortga qarashga majbur qildi. Balkon eshigi yonida Lucien turardi.
— Qirol hazratlari sizni chaqiryapti - Williamning qoshlari biroz chimirildi.
— Menimcha, ha - William bosh irg‘adi.
— Unday bo‘lsa kutdirib bo‘lmaydi - U Isabellaga qaradi.
— Menimcha, aksincha. Juda uzoqqa cho‘zilib ketgandi - William kulimsiradi.
— Siz bilan bahslashish qiyin ekan.
— Men esa sizning savollaringizdan charchay boshlagandim.
— Unda bugun sizga omad kulib boqibdi - Isabella yelka qisdi.
— Yo'q aynan bugun menga omad kulmadi- William kulib yubordi.
— Xayrli oqshom, Lady Isabella.
— Xayrli oqshom, Hazrati Oliylari - Isabella mulozamat yuzasidan yana tazim qildi. William ichkariga kirib ketishdan avval Isabellaga qarab qo'ydi. Eshik yopilishi bilan balkon yana jimjit bo‘lib qoldi. Isabella qor yog‘ishini kuzatishda davom etdi. Isabella panjaraga suyanib bog‘ tomonga qaradi.
— Siz ketmadingizmi? - dedi u ortiga qaramay.
— Meni hech kim chaqirmayapti.
— Siz bunga aminmisiz? - Isabella boshini burib Lucienga qaradi.
— Sizning shu odatingiz yoqmaydi.
— Gapning yarmini aytasiz - Lucien yelka qisdi.
— Odamlar odatda qolgan yarmini o‘zlari tushunib olishadi.
— Men unday odamlar turiga kirmayman
— Sezdim - Shamol Isabellaning sochlarini yengil uchirdi.
— Siz har doim shunchalik kam gapirasizmi? - Oradan biroz vaqt o'tgach so‘radi Isabella.
— Faqat kerak bo‘lganda gapiraman.
— Menimcha, xavfsizroq odat- Isabella boshini chayqadi.
— Siz dunyodagi hamma narsani xavf deb bilasiz shekilli.
— Yo‘q, bu sizning bahonangiz - Lucien unga qaradi.
— Ha. Har safar biror narsa yoqmasa, "bu mening vazifam" deysiz - Lucien bir necha soniya jim qoldi.
— Siz odamlar ustidan juda tez hukm chiqararkansiz, Lady Isabella
— Men sizni hukm qilganim yo‘q.
— Unda nega doim meni noto‘g‘ri ish qilgandek gapirasiz? -
— Chunki siz o‘ylamasdan ish qilasiz - Lucien nigohini qor bosayotgan bog‘ga qaratdi.
— Masalan, qirollik qo‘riqchilari sardorini raqs maydoniga sudrab chiqish - Isabella beixtiyor kulib yubordi.
— To‘g‘ri. Bu biroz telbalik edi.
— Mayli, ancha telbalik edi - Bu safar Lucien ham kulgisini yashira olmadi.
— Nihoyat bir narsada kelishdik - Isabella hayrat bilan unga qaradi.
— Sizni kulishingizni ko'rish menimcha odamlar uchun noodatiy holat
— Men aslida quvnoq insonman, faqat burch va yaqinlar orasidagi muvozanatni ushlay olaman
— Balki - Bir lahza ikkalasi ham jim qoldi. So‘ng Isabella sekin dedi
— Bilasizmi, siz men o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas ekansiz - Lucienning qoshi ko‘tarildi.
— Buni qanday qabul qilishingiz o‘zingizga bog‘liq - Isabella kulimsiradi. Birdan zaldan boshqa yoqimli kuy yangrashni boshladi. Buni eshitgan Isabellaning yuzlari yorishib ketdi
— Bu mening sevimli kuyim - Isabella ko'zlarini yumib oldi. Go'yo kuyni eshitayotgan emas his qilayotgandek edi. Lucien qizni bur chekkadan tomosha qilarkan xayollarga berilardi
— Lady, agar ijozat bersangiz, boyagi aybimni yuvmoqchi edim. Maylimi sizni raqsga taklif qilsam - Lucien Isabellaga qo'lini uzatdi
— Oyog'imni bosib olmaysizmi? - Isabellaning savolidan Lucien ham qiz ham kulib yubordi.
— Bu safar ehtiyotroq bo'laman.
— Mayli - Isabella boshini asta egdi. U qo'lini uzatdi. Lucien uning qo'lini ehtiyotkorlik bilan ushladi. Bu safar avvalgidek shoshqaloqlik yo'q edi. Go'yo ikkalasi ham raqsni emas, shu lahzani buzib qo'yishdan cho'chiyotgandek edi. Ichkaridan taralayotgan kuy balkonning jimjitligiga qo'shilib ketardi. Qor esa hamon mayin yog'ar, shamol oppoq parchalarni ular atrofida sekin aylantirardi. Lucien ikkinchi qo'lini ehtiyotkorlik bilan Isabella beliga qo'ydi.
— Men ko'pincha shunday javob beraman - Isabella kulimsiradi. Musiqa ohangiga mos ravishda birinchi qadam tashlandi. Bu safar hech kimning oyog'i bosilmadi. Hech kim shoshilmadi. Faqat sekin harakatlar...Qor va kuy. Isabella
beixtiyor kulib yubordi.
— Raqsni yaxshi tusharkan ekansiz.
— Men yomon raqsga tushaman deganim yo'q.
— Unda nega boyagi holat bo'ldi?
— Chunki siz meni o'ylashga ham ulgurmay raqs maydoniga sudrab ketgandingiz.
— To'g'ri. Bu mening aybim - Isabella kulgisini yashirolmadi.
— Birinchi marta aybingizni tan oldingiz.
— O'rganmayman - Yana jimlik. Lekin bu safargi sukut avvalgidek sovuq emasdi. Lucienning nigohi bir lahza Isabellaning yuzida to'xtadi. Oqartgan qor parchalari uning sochlariga qo'nib, shamol ularni sekin uchirib yuborardi.
— Siz kulganingizda boshqacha ko'rinasiz, - dedi u o'zi ham sezmagan holda. Isabella hayron unga tikildi.
— Buni sizdan eshitaman deb o'ylamagandim.
— Men ham - Lu cien bir lahza indamadi. Ularning kulgisi qor yog'ayotgan sokin oqshomga qo'shilib ketdi. Musiqa sekin-asta nihoyasiga yetdi. Ammo ikkalasi ham bir necha soniya qo'llarini qo'yib yuborishga shoshilmadi. Shamol yana bir bor esdi. Lucien asta qo'lini tortib oldi.
— Endi qarzimni uzdim, shekilli
— Yo'q - Isabella unga qarab mayin tabassum qildi.
— Lady Isabella! - Ichkaridan zal eshigi ochildi. Kimdir uning ismini chaqirdi. Ovoz ichkaridan kelgandi. Isabella beixtiyor ortiga burildi.
— Menimcha, meni chaqirishyapti.
Lucien bosh irg'adi.
— Men ham shunday eshitdim - Isabella yengil tabassum qilib, saroy eshigi tomon qadam tashladi.
— Unday bo'lsa...- Gapini tugatishga ulgurmadi. Balkon polini qoplagan yupqa muz qatlami oyoqlari ostida sirg'aldi.
— Ah...! - Muvozanatini yo'qotgan Isabella ortga yiqila boshladi. Ammo yerga tegishga ulgurmadi. Lucien bir lahzada uning belidan ushlab qoldi. Ikkinchi qo'li esa qizning qo'lini mahkam tutgandi. Bir lahza... Go'yo vaqt to'xtab qolgandek edi. Qor hamon sekin yog'ardi. Shamol ularning orasidan mayin o'tib ketdi. Isabellaning nafasi Lucienning yuziga urildi. Ular orasidagi masofa bir qarich ham kelmasdi. Isabellaning qo'li hali ham Lucienning kaftida edi. Lucien esa uni qo'yib yuborishga shoshilmasdi. Ko'zlari bir-biriga qadalgandi. Isabella birinchi marta Lucienning ko'zlariga bunchalik yaqin qarayotgandi. O'sha doim sovuq ko'ringan nigoh ortida g'alati bir sokinlik bor edi. Lucien esa qizning hayajondan tezlashgan nafasini, qor parchalari qo'ngan kipriklarini va shamolda hilpirayotgan sochlarini kuzatib qoldi.
— Siz... Bugun meni ikkinchi marta qutqardingiz - Isabella pichirladi. Lucienning lab chetida mayin tabassum paydo bo'ldi.
— Menimcha, doim ehtiyotkor bo'lmoqchi bo'lganingizda muommoga yo'liqasiz - Isabella kulib yubordi.
— Shunday ko'rinyaptimi? - Yana bir lahza sukut cho'kdi. Bu safar ikkalasi ham ortga chekinmadi. Ichkaridan yana ovoz yangradi.
— Lady Isabella! - Isabella asta o'ziga kelib, nigohini uzdi.
— Menimcha, endi rostdan ham sizni kutishyapti - Lucien esa nihoyat qo'lini bo'shatdi.
— Ha... - Isabella bosh irg'adi. U ichkariga kirish uchun bir qadam tashladi, so'ng yana ortiga burildi.
— Rahmat... Ser Lucien- Isabella yengil tabassum bilan zalga kirib ketdi. Lucien esa qor yog'ayotgan balkonda bir necha soniya qimirlamay turdi. O'zi ham bilmagan holda labidagi tabassum hali ham yo'qolmagandi.
Balning ikkinchi qismi ham nihoyasiga yetgach, saroy bo'ylab yangragan musiqa asta-sekin tinidi. Mehmonlar yana katta zalga qayta boshlashdi. Bir necha daqiqa oldin kulgu va suhbatlarga to'la bo'lgan zal endi g'alati sokinlikka cho'mgandi. Saroy ayonlaridan biri oldinga chiqib, qo'lidagi uzun tayoqchasini marmar polga ikki marta urdi. Ovoz butun zal bo'ylab aks-sado berdi.
— Hurmatli mehmonlar! Iltimos, o'z o'rinlaringizni egallang- Shovqin asta-sekin bosildi. Qirol Vinsent taxtidan sokinlik bilan o'rnidan turdi. Uning turishi kifoya edi zalga mutlaq sukunat cho'kdi. U nigohini mehmonlar bo'ylab sekin aylantirdi.
— Bugungi oqshom Eldoria uchun unutilmas kecha bo'ladi, - dedi qirol Vinsent vazmin ovozda.
— Bugun nafaqat bayram qildik, nafaqat birga kuldik. Bugun taxt vorisi kelajagi tomon ilk qadamini qo'yadi - Zalda pichirlashlar eshitildi. Barcha qizlarning yuragi tez ura boshlagandi. Kimdir yelpig'ichini mahkamroq ushladi. Kimdir nafasi ichiga yutdi. Qirol esa davom etdi.
— Asrlar davomida davom etib kelayotgan urf-odatga ko'ra, bugungi bal yakunida valiahd shahzoda o'zi munosib deb bilgan xonimni tanlaydi - Bu gapdan keyin zal yana shivir-shivirga to'ldi. Isabella esa beixtiyor chuqur xo'rsindi.
deb o'yladi Isabella. Bu marosim unga mutlaqo daxldor emasdek tuyulardi. Uning nazarida, William bu yerdagi o'nlab zodagon qizlardan birini tanlaydi, marosim yakunlanadi va u nihoyat uyiga qaytadi. Shu payt saroy ayoni yana baland ovozda e'lon qildi
— Hazrati Oliylari, valiahd shahzoda William! - Barcha nigohlar bir vaqtning o'zida zalning markaziga qaratildi. William sekin oldinga chiqdi. Qora va oltin ranglar bilan bezatilgan tantanali libosi sham yorug'ida yanada salobatli ko'rinardi. U otasi qarshisida to'xtab, hurmat bilan bosh egdi. Qirol uning yelkasiga qo'lini qo'ydi.
— O'g'lim... bugun sen nafaqat kelajakdagi qirol, balki o'z taqdiringni tanlaydigan inson sifatida ham qaror qabul qilasan - William boshini asta qimirlatdi.
— Tushundim, ota - Qirol bir qadam ortga chekindi.
— Unday bo'lsa... Eldoria seni tinglaydi- Zal yana sukutga cho'mdi.
William asta boshini ko'tardi. Uning nigohi mehmonlar tomon burildi. Va shu lahzada zalda turgan har bir qiz uning keyingi qadamini nafasini ichiga yutgancha kutardi.
Zalda musiqa sekin-asta to'xtadi. Bir lahza oldin raqs maydonini to'ldirgan shovqin o'rnini og'ir sukunat egalladi. Barcha nigohlar taxt oldida turgan valiahd shahzoda Williamga qaratildi. Zalda yana shivir-shivir boshlandi. Har bir yosh xonimning yuragi tez urardi. William esa bir necha soniya joyidan qimirlamadi. Nigohlari zal bo'ylab sekin kezdi. Birinchi qatordagi graf qizi. Keyin markiza. So'ng bolaligidan tanish bo'lgan Lady Sophie. Sophie unga mayin tabassum qildi. William ham odob yuzasidan bosh irg'adi. Ammo yuragi jim edi. Nigohlari yana davom etdi. Va Isabella. Zalning eng chekkasida, ustun yonida turardi. U boshqalardek hayajon bilan kutmayotgan edi. Aksincha, xuddi bu marosim tezroq tugashini istayotgandek qo'llarini oldida tutib turardi. Williamning nigohlari unda to'xtab qoldi. Bir ikki soniya...Isabella buni sezdi. Ko'zlari beixtiyor William bilan to'qnashdi. Noqulaylikdan nigohini olib qochdi. Yelpig'ichini mahkamroq ushladi. Ichida esa bitta fikr aylana boshladi.
"Yo'q... iltimos..."
William sekin xo'rsindi. So'ng qat'iy qadam bilan uning tomon yura boshladi. Zaldagi shivirlar birdan kuchaydi.
— Lady Isabella?- William uning qarshisida to'xtadi.
— Hazrati Oliylari - Isabella odatdagidek ta'zim qildi.
William bir necha soniya indamadi. Go'yo aytadigan so'zlarini ehtiyotkorlik bilan tanlayotgandek edi.
— Men bugun ko'plab xonimlar bilan suhbatlashdim. Ko'plari odobli. Ko'plari go'zal. Ko'plari bu tojni orzu qiladi. Ammo... - Uning nigohi Isabellaning ko'zlariga qadandi.
— Siz ulardan hech biriga o'xshamaysiz - Isabella sekin bosh ko'tardi. William davom etdi.
— Siz menga yoqish uchun biror marta ham harakat qilmadingiz. Aksincha... Har safar menga qarshi o'z fikringizni bemalol aytdingiz. Men esa kelajakda yonimda bosh irg'ab turadigan emas...zarur bo'lsa, menga qarshi ham haqiqatni ayta oladigan qirolichani ko'rishni istayman - Zalda mutlaq sukunat hukm surardi. William chuqur nafas oldi.
— Men Eldorianing urf-odatlariga binoan sizni bo'lajak qaylig'im sifatida tanlamoqchiman.
Isabella qotib qoldi. Go'yo butun zal yo'qolgandek edi. U hech narsa demadi. Faqat sekin boshini burdi. Nigohi odamlar orasida turgan Lucienni topdi. Lucien ham unga qarab turardi. Uning odatdagi sovuqqon chehrasida ham tushunib bo'lmaydigan bir lahzalik o'zgarish paydo bo'ldi. Isabella unga tikildi. Bir og'iz so'z ayta olmadi. William esa javob kutardi. Ammo Isabella hali ham jim edi. Va shu jimlik butun zalni egallab oldi.
Qor uch oy avvalgidek mayin emasdi. Endi u qalin qatlam bo'lib o'rmon yo'llarini bosib yotardi. Tongdan boshlangan ov nihoyasiga yetgan, quyosh esa oppoq bulutlar ortidan xira nur sochardi. Lucien qora tulpori ustida sokin odimlab qaytardi. Egar yoniga bog'langan kumushrang tulki shamolda asta tebranardi. Uning ortidan esa ikkita yovvoyi quyon osilib turardi. Bugungi ov sermahsul o'tgan bo'lsa-da, Lucienning chehrasida g'alaba alomati ko'rinmasdi. U odatdagidek jiddiy edi. Sovuq shamol daraxt shoxlarini yengil tebratar, otning tuyog'i qor ustida bo'g'iq tovush chiqarardi. Atrof shu qadar sokin ediki, uzoqdagi qarg'aning qag'illashi ham aniq eshitilardi. Birdan...Qalin qor uyumi Lucienning boshiga tushdi. U darhol jilovni tortdi. Tulpor ham joyida to'xtab, bezovta pishqirib yubordi. Lucien yelkasidagi qorni qoqarkan, qoshlarini chimirdi. U sekin boshini ko'tarib tepaga qaradi. Daraxtning yo'g'on shoxi ustida kimdir oyoqlarini osiltirib o'tirardi. Qalin qishki plash. Yungi qalpoq. Qo'lida esa yarim tishlangan qizil olma. Qiz uning nigohiga tushishi bilan beparvo yana bir tishlam oldi.
— Nihoyat sezdingizmi, Ser Lucien?- Lucienning jiddiy chehrasi bir lahzaga yumshadi. Hatto lab chetida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo'ldi.
— Lady Isabella...- Lucien boshini ko'tardi. Yo'g'on eman shoxida oyoqlarini erkin osiltirib o'tirgan qiz qo'lidagi olmani tishlab qo'ydi. Go'yo daraxt ustida o'tirish dunyodagi eng oddiy ishdek. Shoxlar orasidan tushayotgan quyosh nuri uning yuziga urilar, oppoq qor esa yelkalariga sekin qo'nardi. Lucien bir necha soniya indamay qarab qoldi. So'ng lab chetida juda sezilarsiz tabassum paydo bo'ldi.
— Gersogning yagona qizi daraxt ustida nima qilayapti? - U boshini biroz qiyshaytirdi.
— Daraxt ustida? - Lucien qoshini ko'tardi.
— Sizni tushunish qiyin - Lucien boshini chayqadi.
— Meni tushunishga harakat qilmang.
— Bu ishni ham yaxshi eplaysiz.
— Qaysi ishni?- Isabella kulib yubordi.
— Demak, hali sabringiz tugamabdi, - dedi Isabella yelka qisib.
— Siz bunga juda ishonch bilan gapiryapsiz.
— Chunki tugaganida allaqachon ketib qolgan bo'lardingiz.
— Balki sizni daraxtdan tushirishni kutayotgandirman - Lucien qo'llarini ko'ksiga chalishtirdi.
— Bunga unchalik ishonchim komil emas.
— Ser Lucien, men daraxtga o'zim chiqdim.
— Tushishga ham o'zingizning qurbiingiz yetadimi?
— Albatta - Isabella burnini jiyirdi. U o'rnidan turib, shox bo'ylab ehtiyotkorlik bilan yurdi.
— Lady Isabella... - Lucien esa indamay kuzatardi.
— Men shoshmayapman - Qor bosgan shox uning qadami ostida sekin g'ichirladi.
— Menimcha, o'sha shox... - Lucienning qoshlaridan biri chimirildi.
— Xavotir olmang. Men... - Qars!Shox kutilmaganda sinib ketdi
.
— Ah! - Isabellaning muvozanati buzildi. U qor bilan birga pastga quladi. Ammo yerga tegishga ulgurmadi. Lucien bir qadam oldinga tashlanib, uni belidan ushlab qoldi. Qalin qor ikkalasining ustiga yog'ilib tushdi. Bir necha lahza...Hech kim qimirlamadi. Isabellaning bir qo'li hali ham Lucienning yelkasiga tiralgan, ikkinchi qo'li esa beixtiyor uning mundiridan ushlab olgandi. Lucien esa uni mahkam tutib turardi. Ularning nigohlari to'qnashdi. Shamol birdan sekinlashgandek... O'rmon yana jimjitlikka cho'mdi. Faqat uzoqdan qarg'aning qag'illashi eshitildi.
— Sizning "menga yordam kerak emas" degan gapingizni yana bir bor eslataymi? - Isabella bir lahza unga tikilib turdi. So'ng labini tishlab, indamay ko'zlarini olib qochdi.
— ...Bu safar shox aybdor edi.
— Albatta- Lucienning lab chetida kulgi paydo bo'ldi.
— Chunki siz qayerda bo'lsangiz, qandaydir ko'ngilsiz voqea albatta sodir bo'ladi.
— Demak, ayb yana mendami?- Isabella qovog'ini uyib unga qaradi.
— Yo'q, bu safar daraxtning aybi edi - Lucien atrofga bir qarab qo'ydi.