Xayolimdasan...)
Pov.Bella
Men yerga tushaman deb o'ylagan edim adashibman meni Yoongi tutib oldi. men uni ko'zlariga tikilib qoldim. Bunday ko'zlar.ularni avval umuman ko'rmaganman. u ham menga termulib turardi men bu ko'zlardan qocha olmayapman qiziq nega ?
Bella xayollarga berilib turar ekan Yoongi o'ziga kelib Bellani qo'lidan tushirib yubordi
Bella: Aysh shibal ahmoq yomon tushdim ayshsh...) ogriqdan yuzi burishdi
Yoongi: rahmat aytmaysanmi...) Yoongi ensa qotirdi
Bella: Nima ushlab qolib keyin tashlab yuborganinggami ?...)
Bella: nima sen kechirim so'rashni bilasanmi nahotki bizning shahzodamiz uzr so'rasa...) qo'pol Yoongidan bunday so'zni eshitgan Bella hayron qoldi va kulishni boshladi
Rostanam men hozir uzr so'radimmi bu qiz meni jinni qilsa kerak. U o'zi qanday qiz o'zga sayyoradan kelganmi?
Bella: men ishlarni tugatdim...) qo'lini changdan qoqdi
Bella: unda tugat. nima seni kutishim kerakmi? Men kettim...) Bella yerdan sumkasini olib kutubxonadan chiqib ketdi Yoongi hali ishi tugamaganligi uchun ketmadi keyin bir narsani angladi
Iya shoshma axir ikkilamiz ham tozalashimiz kerak ediyu nima hozir u meni chuv tushirib kettimi jin ursin shu qiz meni aldab keta oldimi menam tozalamayman ertaga senga ko'rsatib qo'yaman zahar qizaloq
Keyin Yoongi ham uyiga ketti Bella esa piyoda ketardi chunki puli yo'q
Erta tong barcha maktabga shoshilardi Bella esa qulog'iga quloqchin taqib hech kim bilan ishi bo'lmay sekin maktabga kirib kelardi barcha unga g'alati qarardi uni esa ular umuman qiziqtirmasdi
Bella katta 6 qavatli maktab binosiga kirib yo'lakda hech kimga e'tibor bermay yurib borardi atrofda o'quvchilar u yoqdan bu yoqqa kirib chiqar bir biri bilan gaplashar umuman olganda kalidorda shovqin solardi Bella ketayotgan yo'lda unga qarama qarshi tomondan bir qiz telefoniga qarab kelardi va to'satdan qo'lidagi sharbatni Bellaning ustiga to'kib yubordi atrofdagi shovqin tinib barcha Bella va ana shu qizga qarab turardi
Qiz: voy shirinim uzurrrr men ataylab qilmadim kel yordam beraman...) qiz sohta mulozamat qilayotgani ohangidan ma'lum edi
Bella: yo'q shart emas o'zim( voy savile shirinim diydimi axmoq ataylab qilayotganini bilib turibmanku aysh palakat asabimi buzildi)...)Bella qizlarni xonasiga kirib ustini tozalardi asabiy holatda o'ziga o'zi bir nimalar der edi keyin qizlar xonasiga uchta qiz kirib keldi ular eshik oldida Bellaga yeb qo'ygudek qarashardi
Pov.Bella
Nima ular odam ko'rmaganmi axmoqlar to'dasi
Bella:menda ishingiz bormi...) qo'rs gapirdi
Qiz:shakarim senda ishimiz emas gapimiz bor...) uchchalasi ham bella tomonga yaqinlashdi
Bella: ho'sh qanday...)Qiz ikki sherigiga ishora qildi ular Bellani oldiga borib ikkala tomondan ushlab uni harakatsizligini ta'minladilar
Qiz: sen birinchi kundanoq kelib Yoongiga yopishib olding deb eshitdim...)
Bella: shirinim meni o'zingga o'xshatma men u to'nkaga yopishib olganim yo'q kaptarlaring noto'g'ri yetkazgan ko'rinadi...) Qiz uzugining ko'zini kafti tomonga burib Bellaga tarsaki tushirdi uzuk ko'zi Bellani yuzini qattiq shilganidan Bellani yuzi qonashni boshladi Bella g'azablanib kettib tipirchilayotgan edi ikki qiz bunga yo'l qo'ymadi qiz Bellani sochidan qattiq g'ijimladi
Qiz: menga qara agar uni yonida yana bir bor seni ko'rsam o'zingdan o'pkala tushunarlimi...)
Bella: tushunarli emas nima qilasan nima qo'lingdan keladi...)
Qiz: sizlar uni aqlini kiritib qo'ying men bundaylar bilan o'chakishmayman...)Qiz endi chiqib ketmoqchidi hamki Bella yonidagi bir qizni oyog'iga tepib yubordi qiz muvozanatni yo'qotib yerga yiqildi keyin boshqa qizga musht tushirdi u qiz ham yiqildi boyagi qizni esa sochidan ushlab devorga uloqtirdi qizning burni devorga zarb bilan tegib qon oqishni boshlagan edi Bella yana urish boshlanmasdan tezda u yerdan chiqib ketti uni yuzida qon tomchilari qotib qolib Bellani yuzini achishtirardi lekin hozir bunga ahamiyat bermay to'g'ri sinf xonaga kirdi kirishi bilan ko'ziga Yoongi ko'rindi Yoongi unga g'alati tabassum qild
Yoongi: DIQQAT sizlarga e'lonim bor bu hammani hayratda qoldirishi aniq bu kecha maktabimizga kelgan bizning urushqoq malikamiz haqida sizlar bilmaydigan ma'lumotlar bizning hammaga o'zini zo'r qilib ko'rsatayotgan qiz aslida qashoq ekan u cafeda afintsant oldingi maktabidan ham o'g'rilik qilgani uchun haydalgan U nimasiga ishongan
hayronman quruq g'ururigami ?...)Atrofda har xil pichir pichirlar boshlandi bu Bella uchun ortiqcha bo'ldi U Yoongini oldiga borib yuziga tarsaki tushirdi
Bella: Ha men afinsant bo'lib ishlayman. nima bu uyatlimi? sizlar uchun to'g'ri men ishlayman lekin foxishalik yoki o'g'rilik qilmayman men sizlarga boyman pulim ko'p shuning uchun istagan ishimni qilaman demadim men ishlasam o'zim uchun ishlayman och qolayotganim uchun emas sen esa axmoq buni tushunmaysan...) Bellaning gaplarini barcha jim tinglardi Bella shu gaplarni aytib xonani tark etgandan keyin ham uning ta'siri xonada davom etdi barcha sukutda uning aytganlarini miyyasida tahlil qilardi
Menimcha oshirib yubordim ochig'i bunday bo'lishini kutmagandim
Bella xonadan chiqib maktab binosiga ko'tarildi u yerga chiqib atrofga e'tibor bemray yerga o'tirib yig'lay boshladi
Bella: men ularga nima qildim? aybim nima? nimaga ular menga bunday qilishadi? Nimani kutgandim axir bu yer boylar maktabi bo'lsa...)shunda kimdir uni yoniga keldi Bella kim ekanligini bilish uchun yuqoriga qaradi shishib ketgan ko'zlaridan hali ham yoshlar to'kilardi
Bella: ket iltimos yolg'iz qoldir yig'laganimni hech kim ko'rishini istmayman...)Jimin uning oldiga kelib uni quchib oldi Bella tipirchilab itarishga harakat qildi lekin qo'lidan kelmadi uni qo'zg'ata olmadi oxiri taslim bo'ldi
Bella: men men .........) Bella gapini davom ettira olmasdi
Jimin: tshshsh jim gapirma yig'ayver yig'lash bu ojizlik emas aslida yig'lay olmaslik ojizlikdir...) oradan biroz vaqt o'tdi Bellaning ko'z yoshlari Jiminni ko'ylagini ho'l qilib tashlagan bo'lsada Jimin hozir bunga etibor bermasdi Bellani ham ko'z yoshlari tugadi va o'zi sekin Jiminning quchog'idan chiqti va burnini tortib unga qarab o'tirardi
Jimin: endi nima bo'ldi yig'loqi...) uni mazah qilardi
Bella: hoy ataylab qilyapsanmi men yig'oqi emasman...) Bella asabiylasha boshladi
Jimin: hozir oldimda yig'lagan qiz aytyaptimi...)
Bella: jim bo'l. Agar kimgadir g'ing desang qasam ichaman o'zim o'ldiraman...)
Jimin: taxtitmi? Yaxshi asabiylashma burningni puchuqligini bildirib qo'yyapsan...) Jimin miriqib kulardi
Bella: unday emas meni burnim puchiq emas...)
Jimin: maktabda qolasanmi...)o'zini kulgidan to'xtatgach savol berdi
Bella: yo'q ketaman o'zimni tartibga solib olishim kerak...) o'rnidan turdi
Jimin: endi nima qilmoqchisan...)
Bella: bu yerda o'qishni davom ettiraman...)
Jimin: o'zingni jinnilikka solma bilib turibsan...)
Bella: ha u mi men undan albatta qasos olaman hali ko'radi qilgan ishiga pushaymon bo'ladi...) Bella jiddiy edi bu xazilga o'xshamasdi
Jimin: istasang senga o'zim yordam beraman...)
Bella: nega menga buncha ko'p yordam beryapsan...)
Jimin: shunchaki o'zimni ham hal qiladigan ishlarim bor...)
Oradan bir necha kunlar o'tdi Bella ana shu voqeadan so'ng odamlardan yanada uzoqlashib ketti chunki unga barcha g'alati qarar huddi qo' uchi ko'rsatib ana kambag'al qiz deyayotganday tuyilardi mana hozir ham Bella maktab oshconasidan patnisda har xil yeguliklar olar ekan endi qayerga o'tirishni bilmasdi o'quvchilar gavjum deyarli bo'sh joylar yo'q bir joyda to'xtab qolar ekan yoniga ikki qiz keldi Bella buni sezmay ham qoldi
Qiz: ha nima o'tirishga joy topa olmayapsanmi...)
Qiz: menimcha aslida bu yerga kirmasang ham bo'lardi irkit o'rdakcha...) uning gapidan yonidagi sheriklari ham kulib yubordi
Bella: tiling o'zinga uzunlik qilyapti shekili...)Bellaning bu gapdan qizni achig'i chiqti va Bellaning patnisini yerga uloqtirib yubordi atrofdagi barcha ovqatni ham unutib ularga tikilib qoldi
Qiz: voy uzr behosdan bo'ldi...)Bellaning asablari chertila boshladi u bunday soxtakorliklarni umuman ko'tara olmasdi qizning oldiga sharta borib patnisni ostidan ushlab to'g'ri ana shu qizni koftasi tomonga yo'naltirib uni yaxshilab qizning ustiga surkadi
Bella: uzr men esa ataylab qildim...)Bella oshxonani tark etdi asabiy bino yo'lagi boylab yurar ekan o'ziga o'zi gapirardi
Bella: bir kun ham tinch yashay olmaymanmi nima balo?...)
Jimin: yana kim bilan urishib kelyapsan...) qarshisida Jimin paydo bo'ldi
Bella: nimasini aytasan nima ayb mendami ular menga gapirib asabimga tegsa oldingi maktabimda ham shunday edi keyin esa u yerdan haydab yuborshdi...) Bella bu gaarni hotirjam aytardi. Lekin buni eshitgan Jiminni og'zi ochilib qoldi
Jimin: nima u yerda ham urisharmiding...)
Bella: ha albatta jig'imga tegishsa indamay turaymi?...)
Jimin: ayb maktablarda emas seni g'ururingda yig'loqi...) ustidan kulishni boshladi
Bella: aysh asabimga tegishni boshlading bor yo'qolgin...)
Jimin: bo'pti men kettim seni g'ururing bilan yolg'iz qoldir...)
Bella: ah telba. Uni umuman gapirmaydi deyishgandi og'zini yopib bo'lmas ekanku...)Tarix darsi barcha zerikishdan uxlab qolay derdi ustoz kimga gapiryapti bu bilan hech kimni ishi yo'q hamma xohlagan ishini qilib o'tirardi ba'zilar zerikkanidan partaga boshini qo'yib olgan ba'zilar kitob o'qir ba'zilar esa sherigi bilan gaplashib o'tirardi Bella ham Moon bilan miriqib suhbatlashar Bellani do'stiga aylana olgan qiz Moon edi ikkis bir biri bilan yaxshi chiqishar xarakteri bir biriga yaxshi tushardi
Moon: to'g'risi Bella senga qoyil qolish kerak...)
Bella: nega hamma bilan urishayotganimgami...) tabassum qildj
Moon: yo'q Yoongini gapiga javob qaytara olganinga uni gapiga e'tibor bermay yana shundayligingcha qolganingga...)
Bella: nega shundayligimcha qolmay meni hech kim o'zgartira olmaydi...) shu joyida maqtanib oldi
Moon: ha sen juratlisan men esa unday emasman...)
Bella: nega? Agar istasang sen ham juratli bo'la olasan. Buning uchun ozgina jasorat kerak qo'rquvingni yengish uchun...)Shunday qilib ular bir amallab 6 soat darsni zo'rg'a tugatdilar barcha uyi tomon shoshilar ekan Bella Yoongini zimdan kuzatardi Yoongi maktabdan chiqish o'rniga negadi maktab orqasiga o'tdi.
Bella: qiziq! Men uchun kerak bo'ladigan narsa topilib qolishi mumkinmikan?...)Bella Yoongini orqasidan bordi Yoongi maktab ortidagi xarobaga kirib ketti........