His unwanted wife
Bir vaqtning o'zida sevgini ko'rsatib nafrat bilan boqqan sen eding
– Bella bugun xonani tozalash bizning navbatimiz...) telefon o'ynab o'tirarkan dugonasi yoniga keldi
– yanami? Axir o'tkan hafta ham biz edik...) qiz nolib gapirdi
– har hafta bo'ladiku axir...) qiz Bellani qo'lidan tortib turg'izdi so'ng ikkisi sinfxonani yig'ishtirishni boshladi. doskani artishdi, Bellaning dugonasi axlat qutini bo'shatgani ketdi. Bella suv idishda deraza yonidagi gullarga suv quyardi. Barcha gullar suvga to'yinganiga qaramay idish ichida suv qolib ketdi. Bella shunda suvni derazadan sepib yubordi. Pastdan baqiriq ovozi kelganida Bella hayron bo'lib pastga qaradi va o'ziga qaratilgan sovuq nigohlarni ko'rdi. Pastdagi insonni sochi shunday ho'l bo'lib ketgandi hatto kastyumi ham nam edi. Bella tezda ortga burilib oldi. Tanaffus tugab boshqa talabalar va Bellaning dugonasi ham darsga kirishni boshlashdi. Vaqt bo'lganiga qaramay hali dars boshlanmagandi. Oradan 10 daqiqa o'tarkan universitet rektori orqasidan bir erkak bilan kirib keldi. Bella boshida rektor ortudagi erkakni ko'rmadi lekin keyin qarshisidagi o'sha nigohlardan muzlab qoldi.
– tanishing bu Kim Seokjin sizlarga matematikadan dars o'tadi...) rektor Seokjinni tanishtirarkan. Uning ko'zlarida Belladan uzilmasdi. Bella esa uni ko'zlaridan tinmay qochardi
Dars boshlanib Seokjin o'quvchilar bilan suhbatlasharkan o'zini sovuqqonligini saqlardi. Ora orada esa Bellaga ko'z qiri bilan qarab qo'yardi. Uning sochlari hali ham nam ekanligi yaqqol bilinib turar lekin faqat diqqat bilan qarasagina. Bellani ortida o'tirgan dugonasi uni ortidan turtdi. Bella ortiga qaragan edi "telefonga qara" deb ishora berdi. Bella dugonasidan kelgan son sanoqsiz xabarlarni o'qir ekan to'satdan paydo bo'lgan qo'llar telefonini yulib oldi
– dars payti telefonga ruxsat yo'q. Darsdan so'ng olasiz...)
– darsdan keyin dedim...) Seokjin darsini o'tishda davom etdi. 90 daqiqa qanday o'tganini bilmagan Bella barcha talabalar xonadan chiqib ketishini kutib o'tirardi. Seokjin Bellaga endi gapirmoqchi edi. Kimdir uni chaqirib qoldi.
–kutib turing hozir qaytaman...) Seokjin xonadan chiqib ketdi. Paytdan foydalangan Bella uni stolidan telefonini oldida yugurib xonadan chiqib ketdi. Seokjin xonadan chiqib ketganidan so'ng unga duch kelmadi. Bella yugurib ketarkan ora orada ortiga qarab qo'yardi. Kolidordan burilarkan katta gavdaga urilib yerga yiqildi.
– men nima degandim? Sen qizga ota onang qanday tarbiya bergan...) Sekjin g'azabdan qizarib ketgandi
– janob o'zingizni hurmatingizni biling ota-onamga til tekkizmang...) Bella o'rnidan turib ustini qoqarkan qo'lini Seokjinga bigiz qildi
– haddingni bil. Sen hammaga shunday munosabatda bo'lasanmi?...)
– yo'q faqat loyiq bo'lganlarga...) Bellani gaplaridan so'ng Seokjin qoshini chimirdi
– siz o'zingizni biling. Qo'pol...) Bella asabiylashgandan baqirib yubordi
– Hoy qiz men bilan o'ynashma. Bo'lmasam pushaymon bo'lasan...)
– Hech qachon bunday bo'lmaydi...)
Hozirga hayotim tushga o'xshaydi. Bir yil oldin tanishgan. men eng yomon ko'radigan professor mening erimga aylandi. Nima? Bu taqdir hazilimi? Ko'rishga ko'zim yo'q seni ahmoq.
Bella oshxonada nonushta tayyorlarkan o'ziga o'zi bir nimalar gapirardi Seokjin uyqudan turib kiyimini almashtirishga eringancha shimni o'zida ustiga narsa kiymay pastga tushdi. Uyqusrab suv olish uchun oshxonaga kirarkan Bellani sezmadi. Bella uni ko'rib qichqirib yubordi.
– ustingizga biron narsa kiysangiz bo'lmaydimi...) Seokjindan yuzini burib oldi
– nega o'z uyimda kiyim kiyib yurishim kerak?...) Seokjin Bella bilan yashayotgani umuman esidan ko'tarilgandi. Shuning uchun bahona qildi
– axir.......nonushta tayyor...) Bella Seokjinning gapiga so'z topa olmay qoldi.
–ertalabda nonushta qilmayman. Suvni o'zi yetadi...) stakandagi suvdan ho'plagancha gapirdi
– haligi.....maylimi bugun universitetga borsam?...) Seokjin biroz o'ylanib turdi.
– boraver qarshi emasman. Lekin universitetda birontasiga nikoh haqida aytmaysan tushunarlimi?...)
– aytaman deb o'lib turganim yo'q...) Bella o'ziga eshitiladigan darajada pichirladi
– nimadir dedingmi?...) uning ohangi juda sovuq edi
–lekin bunday deganga o'xshamading...) qoshini chimirdi
– men ba'zi qizlarga o'xshab erga tegib olgani uchun maqtanmayman...)
– shundaymi? Men o'ylagandimki boyga turmushga chiqib hammaga o'zingni ko'z ko'z qilasan deb...) Seokjinning gaplaridan so'ng Bellani hafsalasi pir bo'ldi. Urushishning foydasi yo'qligini bilib kiyimini almashtirish uchun xonasiga kirib ketdi. Yarim soatdan so'ng Bella kichik sumkasini qo'lida ushlagancha eshik oldiga kelarkan. Seokjin uni kutib turardi
– o'zingiz ketavering. Men boyga erga tegib o'zimni ko'rsatmayman...) Seokjinni yonidan o'tib uydan chiqib ketdi.
– o'zing bilasan zahar xonim...) Seokjin 20 daqiqadan so'ng universitetga yetib keldi. O'zini xonasiga chiqib oynadan Bella qachon yetib kelishini kutardi. Shundoq universitet qarshisiga to'xtagan mashina va unda tushub jelgan inson Seokjinni diqqatini tordi. Bella shundoq bir yigit bilan mashinadan tushgandi va ular universitetga suhbatlashib kulishgancha kirib kelishardi. Seokjinni tomirlari qisishni boshladi. G'azab, egalik hissi uni aqldan ozdiray derdi. U shaht bilan xonasidan chiqib ketdi. Bella tomonga borar ekan uning o'zini zinalardan ko'tarilayotganda uchratdi. Yonida esa o'sha yigit bor edi. Seokjin hech narsa demay Bellani bilagidan mahkam ushlagancha o'zi bilan sudrab ketdi.
– Kim xonim eringiz borligi esingizdan chiqib qoldi shekili...) qizni xonaga olib kirib eshini qattiq yopdi
– yo'q aslida meni erim xotini borligini unutib qo'ygan...) qo'lini undan tortib oldi
– Kim familyasini ko'tarib yuripsan ozgina shunga loyiq bo'l. Otam nega senday qizni tanlagan? Xayo bormi o'zi senda?...)
– Meni xayosizlikda ayblay olmaysiz. Otangiz tanlagan bo'lsa siz qo'y emas edingiz. Bo'ysunib ketaveradigan...)
– ovozingi ohangiga e'tibor ber. Eringa bunday muomala qilolmaysan...) Bellani belidan ushlab o'ziga yaqinlashtirdi. Yuzlari orasidagi masofa santimetrlarda edi
– menga erlik qilib qo'ygandek gapirmang. O'zingiz meni tan olmaysiz lekin meni bo'ysunishga majbur qilyapsizmi? Hech qachon...) Bella Seokjinni o'zidan itarishga harakat qilardi lekin kuchli qo'llar oldida bu befoyda edi.
– erlik qilishimni istaysanmi?....)
– istamayman. Sendan hech narsa xohlamayman. Shunchaki meni o'z holimga qo'y jin urgur....) Bellani so'zlardan so'ng xona sovuq suktga cho'mdi
– istaganingni qil, menga farqi yo'q lekin erkaklarga suykalmaysan. Nomiga bo'lsa ham meni xotinim ekansan hech qanday erkak yonida seni ko'rmay...) Seokjin shu gaplarni aytib xonadan chiqib ketdi
– Axmoq to'nka sendan nafratlanaman. Menga egalik qila olmaysan...) Bella Seokjinni orqasidan baqirgancha u asabiy holda xonadan chiqib ketdi darslarda ham qovog'i solingancha o'tirdi. Bella Seokjinning xonasiga dugonasi bilan suhbatlashgancha kirib kelardi
– Voy Bella nima bu nikoh uzugimi? Unashtirildingmi?..) dugonasi to'satdan bergan savoldan Bella muzlab qoldi Bella ko'z qiri bilan Seokjinga qaradi. Seokjin ham Bellani gapirishini kutib turardi
– ha shunday. Yaqinda unashtirishdi...) Bellani yuzi uyqtdan qizarib bo'lgandi
– dugonajon sen uchun juda xursandman. To'yingga meni aytishni unutma...) Bellani quchoqladu
to'yim bo'lib bo'ldiku seni nimaga aytaman. Aytishadiku yolg'on yolg'onga qo'shilib ko'payaveradi.
Dars davomida Seokjin Bellaga qarab qarab qo'yardi. Bella esa dugonasi bilan gaashayotgandi. Dars tugab barcha talabalar narsalarini yig'ishtirgancha xonadan chiqib ketardi. Bella chiqib ketayotganda
– Bugun uyga kech boraman. Meni kutma...) Bella nega ekanligini so'ramadi. Universitetdan chiqib ketdi.
Seokjin universitetdan so'ng gul do'koniga bordi. Chiroyli oq atirgul dastasini sotib olib o'ziga tanish bo'lgan manzil tomon haydadi. Yarim soatlik yo'ldan so'ng Seokjin mashinadan tushdi. Qo'liga gullarni oldi
– Salom azizam, meni sog'indingmi?...) yigitni yuzini juda chiroyli tabassum egallagandi