May 3

She is innocent

Sening eng katta aybing aybsizliging edi

Chapter 1
Author: Bella

–Qahramon va yovuz o'rtasida qanday farq bor bilasanmi?–Qanday?– Qahramon dunyo uchun senga qarshi chiqadi, yovuz esa sen uchun—dunyoga

– jinoyatga oid hujjatlar bilan tnishib chiqdingizmi Janob Jung?...)

–Menga qurbonning yaqinlarini ko'rsatmasi kerak...) Jung Hoseok xonasida barcha hujjatni boshdan oyoq ko'zdan kechirarkan. Ba'zi narsalarni daftariga qayd qilib borardi

– Ular allaqachon qizni ustidan shikoyat qilishgan...) politsiya xodimi Hoseokka yana bir qancha hujjatlarni berdi

–qiz qaysi xonada?...)

– uni kameraga olib kirganmiz....lekin qiz hech qanday savolimizga javob bermayapti. Xuddi soqovdek...) Hoseok hujjatlardan boshini ko'tarib yumshoq kursisiga suyanar ekan biroz o'yga berildi

– U bilan o'zim gaplashmoqchiman...) shu so'zlarni aytdi va o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi.

Faqatgina stolga chiroq yoritilgan atrof esa zimiston bo'lgan kichik xonada bir qiz qo'llarini qayirgancha boshini quyi egib o'tirardi. Xona eshigi ochilib Jung Hoseok kirib keldi va uni to'g'risidan joy egalladi.

– ismim Jung Hoseok. Sening advokating bo'lishga qaror qildim...) qiz unga qiyo ham boqmadi boshi hali hamon pastga egilgandi

– isming So Bella. Odam o'ldirganlikda ayblanib qamoqqa olinding. Va hatto o'zing aybingni tan olgansan Nima seni odam o'ldirishga majbur qildi...) Hoseok asl sababni bilsa-da buni qizni o'zi tan olishini istadi. Hoseokni gapidan so'ng qiz yerdan boshini ko'tarib unga qaradi. Lekin uning ko'zlarida faqatgina bo'shliq aks etardi holos

– u seni zo'rlamoqchi edi. Va zo'rladi ham...) qizni jonli ekanligini endi his qila olish mumkin edi. Ko'zlarda hali ham bo'shliq bo'lsa-da undan ko'z yosh oqa boshladi.

– demak tahminim to'g'ri chiqdi...) Hoseok qiz tomonga yoniga borib turdi. Yuzidan ushlab ko'zlariga qarashga majbur qildi.

– bir gap aytay, ayb o'zingda. Zaif bo'lmasliging kerak edi...) Hoseok bu so'zlarni shunchalik achchiq alam bilan aytdi-ki bu so'z qiz uchunmidi yoki o'zi uchun bilib bo'lmasdi. Qizga esa bu so'zlar og'ir botgandi u Hoseokni o'zidan qattiq itarib yubordi

–men ertaga yana kelaman. Ha aytgancha hozirgi gaplarimni miyyang quyib ol qizaloq. Dunyo senga azob beryaptimi sen ham unga javob qaytar. Umringni oxirigacha zaif bo'lib qolma...) uni qulog'iga engashib shu so'zlarni aytgancha kameradan chiqib ketdi

Jung Hoseok 27 yoshda shahardagi eng mashhur advokatlardan biri. u ko'rib chiqqan jinoyatlar doim uning foydasiga hal bo'ladi. Sovuqqon yutqazishni yoqtirmaydi

–yosh qiz uchun juda qattiq gaplarni aytding janob Jung...) Hoseok yo'lak bo'ylab yurar ekan. Ortidan kelgan Janob Hanning ovozi sabab to'xtadi, lekin ortga burilmadi

– u ertaga aniq barcha savollarimga javob beradi...) shunday deb yo'lida davom etdi

– uni uslubiga tushunish juda qiyin...) Janob Xan o'ziga o'zi pichirladi

Qurbonni oila a'zolarini tergov uchun chaqirtirilgan xonaga Hoseok kirdi. Bir zum xonadagi insonlaeni ko'zlari bilan kuzatdi. "Jinoyatchi" qizning ko'zlariga qaraganda bu yerdagi insonlarning ko'zlari nafrat bilan to'la edi.

– bu juvonmarg qiz mening o'g'limni o'ldirdi. U ham o'lishi kerak. Unga eng og'ir jazoni berishinguzni talab qilaman...) o'rta yoshlardagi ayol xonani boshiga ko'targancha baqirishni boshladi

– tinchlikni saqlang...) Hoseokning sovuq ohangi ayolning jim bo'lishiga sababchi bo'ldi

– xonim, bu yer sizning talablaringiz amalga oshiradigan joy emas. To'g'ri o'g'lingiz o'lmasligi kerak edi. Shunda men uni jinoiy javobgarlikka tortib 10 yil qamoqqa tiqib yuborar edimmi?...)

– Marhum o'g'lim orqasidan bunday gaplarni gapirmang...)

– ana shu haromi o'g'lingiz bir qizni zo'rlagan...)

– bunga qizni o'zi ham sababchi. Kimdir yur desa ortidan ketavermaydida...) bu gaplardan so'ng Hoseokni qoni qaynay boshladi

– qanday ajoyib jamiyat. Zo'ravonlikda ikkala shaxs ham aybdor shundaymi? Bu ayol va erkaklar teng huquqli deyilgani uchunmi?....... Bemanilik...)

– Bemanilikmi yoki yo'q siz o'z ishingizni bajaring...)

–ishimni bajarishim uchun sizning buyrug'ingiz shart emas. Agar istasam sizning shikoyatingizni shunchaki yo'q qilib yuborishim mumkin. Sizga qo'shib. Qizning ishi meni qo'limda ekan u albatta oqlanadi...) Hoseokni tahdidi ayolning jim bo'lishiga sabab bo'ldi. Bundan Hoseok kinoyali tabassum qildi va boshqa bir og'iz so'z aytmay tergovxonani tark etdi

–Oddiy jinoyat. O'z zo'rlovchisini o'ldirgan yosh qiz. Juda jo'n va sodda. Aslida unday emas. Juda murakkab tuzilgan o'yin, hatto o'limgacha. bundan tashqari o'yin hali hamon nazoratda ketmoqda. Yaxshi ular istaganidek o'yin bo'ladi......hozircha...) yozib olgan ma'lumotlar va dalillar devorda ilingan. Qizil tasma orqali voqealardagi bog'liqliklar belgilab qo'yilgandi. Hoseok ularni kuzatib qahvasidan ho'pladi-da, ko'zlarini yumib qizniing yuz ifodasini ko'z oldiga keltirdi. Oppoq teri, jigarrang sochlar, o'lik nigohlar hamda bo'm bo'sh ko'zlar. Bu ko'zlarda hech qanday ma'no aks etmasdi. Bu ko'zlar zulmat va yorug'lik aralashmasi edi holos

.

– men barchasini aytib bermoqchiman...)