May 2

Xayolimdasan...)

Xuddi narkamanddekman mening narkotikim esa....sen

8 qism
Author: Bella

Pov.Jimin

Bular kim bo'ldi endi hozir Bella qayerda ekan yaramas qiz u meni jinni qilib qo'yadi oxiri odam havotir oladi ham demaydi.

Jimin Bellani uyiga yaqin joyda uni kelishini kutardi. Vaqt esa allamahal bo'lgan. Bir payt Bella xayolchan holatda uni yoniga kelardi lekin u hatto Jimjnga qaramay yonidan o'tib ketdi. Bundan Jimin hayron bo'lib ketayotgan qizni qo'lidan tutib uni ortga qaratdi
Bella: Jimin sen bu yerda nima qilyapsan...) hayron bo'lib so'radi

Jimin: odam havotir oladi ham demaysana nega bunchalik parishonsan hatto yonimdan o'tib ketding meni ko'rmay...) Jimin asabiylashib uni savollarga tuta boshladi

Bella: men ishdan kelayotgandim...)

Jimin: xo'sh...) bir qoshini uchirib savol nigohi bilan boqardi

Bella: bo'ldi shu...)

Jimin: anavi yigitchi...)

Bella: Namjoonmi...)

Jimin: ha o'sha nima qildingiz u bilan...)

Bella: suhbatlashdik keyin nega men senga hisobot beryapman...) ensa qotirdi

Jimin: nega mendan o'zingni olib qochyabsan...) bu savol Bellani chalkashtirib qo'ydi. Uni miyyasi bir ikki kun ichidaga voqealar bilan band edi

Bella: sen o'zi nega bu yerga kelding nima anavi qiz bilan urishdingmi yoki zerikib qoldingmi...) ertalabki voqea esiga tushib vaziyatni burishga harakat qildi

Jimin: gapni boshqa yoqqa burma...) uni ko'zlariga tik boqardi

Bella: bilmadim Jimin shu kunlarda barcha narsa chalkash...) ho'rsindi

Jimin: yur unda suhbatlashamiz, yengillashasan...) uni qo'llaridan tutib oldi

Bella: lekin qayerga...) uni ortudan yurgancha savol berardi

Jimin: borganda ko'rasan...) ular bitta qora mashina oldida to'xtashdi

Bella: bu kimniki...)

Jimin: kimnikiga o'xshayabdi? men nega bu mashinani oldiga keldim deb o'ylaysan...) jinniga tikilgandek unga qarashni boshladi

Bella: nima seni mashinang bormi...)

Jimin: nima meni gadoy deb o'ylarmiding...) bu gapdan Bella kulib yubordi lekin Jiminni yuzi jiddiy edi

Bella: yo'q sen har doim avtobusda yurardingku shunga aytdim...)

Jimin: otam olib qo'ygandi endi qaytarib oldim...)

Bella: senga ko'proq avtobusda yurish yarashardi...) kulib aytdi

Jimin: tezroq mashinaga chiq...)mashinani ochib oldiga o'tirdi Bella ham uni yon tomoniga chiqdi. Ular yarim soatcha yurishdi. Bella esa qayerga ketayotganliklarini bilmay asabiylashardi

Bella: o'zi qayerga ketyapmiz...) oxiri sabri chidamay savol berdi

Jimin: borganda bilasan hozir yetib qoldik...) Bella uff degancha oyna tomonga qaradi va atrofni kuzatishni boshladi. Jimin esa uni har bir harakatini ko'zdan qochirmasdi va kulib qo'yardi. Ular nihoyat sohil bo'yiga yetib kelishdi Bella sohilni, qirg'oqqa kelgan suvlardan chiqayotgan yoqimli tovushlarni eshitib xursand bo'lib ketdi.

Bella: buncha chiroyli...) Jiminga kulib qaradida sohil tomonga ketdi. Jimin ham tabassum qilgancha uni orqasidan sohil tomonga bordi. Bella oyoq kiyimini qo'liga ushlagancha suvda yurardi

Bella: kel sen ham...) uni chekkada kuzatayotgan Jiminga ishora qildi. Jimin yo'q deb bosh silkidi. Shunda Bella unga suv sepidi. Jimin esa baqirib yubordi

Jimin: hoy bu nima qilganing...)

Bella: sohilga kelgandan keyin shunchaki qumda o'tirmaydi...) yugurishni boshladi.

Jimin: tutib olsam shu dengizga otib yuboraman...) ortidan yugurdi. Ular bir birini quvlardi. Oxiri Jimin uni ortidan tutib oldi va uni ko'tardi.

Bella: hoy tushir tushir dedim senga...) qichqirib yubordi

Jimin: yo'q endi seni o'zim suvga bo'ktiraman...) ikkisi ham tinmay kulardi. Oradan yarim soatcha o'tdi ular qum ustida o'tirib suhbatlashishardi

Bella and Jimin

Jimin: Bella hech sevganmisan...) to'satdan savol berdi

Bella: ha sevganman...) hotirjam javob berdi. Jimin Bellaga qaradi u bunday javob kutmagandi. Bella jilmayib

Bella: hatto sevgi izhor qilganman. Lekin rad etilganman. U meni do'stidek ko'rar edi...) eski xotiralarni eslagandek bo'ldi.

Jimin: ha tushunarli...) uh tortdi

Bella: senchi? senda bo'lganmi birinchi sevgi...) bu savoldan so'ng Jimin g'alati bo'lib qoldi. Ha Jiminni birinchi sevgisi bor lekin og'riq beradigan. Jimin 5 daqiqacha hech narsa demadi Bella ham uni majburlashni istamadi lekin Jimin dengizga termulgancha mayin tabassum bilan gapira boshladi

Jimin: bilasanmi men sevgi izhor qilmay turib rad etilganman. Bir qiz bor edi. Quvnoq go'zal meni kuldira oladigan. Xuddi senga o'xshardi...) Bella uni jim eshitardi.

Pov.Bella

Demak u menga birinchi sevgisiga o'xshaganim uchun shu paytgacha yordam bergan men bo'lsa o'ylagandim-ki....... hozir ko'ksimda nimadir uzilgandek bo'ldi. Buni barchasi shunchaki sarob. Lekin unga ham oson emasga o'xshaydi. Hozir yig'lab yubormasam bo'lgani.

Jimin: avval Yoongi bilan qadrdon do'st edik...) Bella hayratdan ko'zlari katta katta ochilib ketdi

Bella: rostdan...) u hozir eshitganlariga ishonmasdi

Jimin: menga bunday qarama. Ha u yaqin ishona oladigan yagona insonim edi. Toki ana shu qiz hayotimizga kirib kelmaguncha. Men u bilan juda ko'p vaqt o'tkazardim. U bilan suhbatlashish yoqimli edi. Men hatto Yoongiga u qizni sevishimni aytdim. Menimcha o'shanda u hursand bo'lmagandi. Keyin o'zimda kuch topib buni unga ham aytganman. Lekin uni javobini bir kundan keyin bilmoqchi edim. Ertasi kuni esa u va Yoongi sevishganlar bo'lib maktabga kelishgan...) bu gapni aytib Jimin yuqoriga qaradi va chuqur nafas olib chiqardi. Bella esa yig'ab yubordi

Pov.Bella

Eh bechora Jimin sen bunday taqdirga loyiq emas eding sen baxtli bo'lishga loyiqsan. Bu axir adolatdan emas

Jimin: ha yig'loqi nega yig'aysan...) burnini chertib azobli jilmaydi

Bella: axir bu bu qanaqasi bu senga nisbatan nohaqlik ayt men nega yig'lamay...) ko'zlaridan ko'zyoshlar huddi gavhardek to'kilardi

Jimin: to'g'ri bu juda katta nohaqlik edi. Do'sting bilib turib sen sevgan qizni o'ziniki qilishi. U bilan qattiq urishganman. Juda og'ir so'zlar bilan ko'nglini og'ritganman shundan so'ng do'stligimiz tugagan nafaqat do'stlgimiz tugagan balki bizni dushmanligim ham boshlangandi...) ikkisi ham o'z hislari bilan yolg'iz qoldi.

Pov.Jimin

Men oldingi xatoni takrorlashni istamayman unga hozir sevishimni aytishim kerak bo'lmasam kech bo'lishi mumkin.
==========================

Jimin: Bella senga bir gap aytishim kerak...) nimadan gap boshlashni bilmadi

Bella: xo'sh...) yig'lagan ko'zlarini artdi

Jimin: Bella men haligi men...) Jimin gapini tugata olmadi. Unga telefoni jiringlab qoldi

Bella: kim ekan gaplashmaysanmi zarur bo'lishi mumkin...) uni telefoniga ishora qildi.

Jimin: lekin meni ham gapim zarur...) unga tinmay qo'ng'iroq bo'lardi. Jimin uff tortgancha telefonni ko'tardi. Kimdir bilan gaplasharkan uni yuz qiyofasi o'zgarib borardi. Telefonda gaplashib bo'lib Jimin o'rnidan turdi

Bella: ha nima bo'libdi...) havotir olib so'radi

Jimin: buvim uni tobi qochibdi men tezda yetib borishim kerak...)

Bella: yaxshi sen ketaver men o'zim ham yetib olaman...)

Jimin: yo'q men seni o'zingni tashlab keta olmayman...)

Bella: havotir olma boraqol...) Jimin Bellaga xafsala bilan qaradida mashinasiga o'tirib ketib qoldi. Bella ham biroz sohil yonida o'tirgach uyga qaytdi. Lekin vaqt juda kech bo'lib ketgandi. Uyiga yetib kelsa uy eshigi hali ham ochiq edi. Ichkarida esa. Har xil shovqinlar eshitilardi. Bella indamay uy ichiga kirdi. Yo'lda Mina xolasi to'xtatdi

Mina: Bella nega kech qolib ketding...) yonida pochchasi ham turardi. U ichib olgani yuz ko'zidan shundoq bilinardi

Bella: ishdan kelyabman xolajon...)

Mina: lekin buncha kech kelishing yaxshi emas...) xolasi unga doim yumshoq gapirardi. Bella xonasiga ko'tarila boshladi lekin baqir chaqir yana davom etar va bu ungacha eshitilardi.

Kangso: qachongacha bu jiyaningni boqmoqchisan...) asabiy baqirdi

Mina: bu nima deganingiz u opamdan yagona yodgorlik. Bundan tashqari u o'zi mustaqil pul topadi...)

Kangso: u topgan pul qancha ham bo'lardi...)

Mina: nega doim uni chiqishtirmaysan..)

Kangso: yoqtirmayman bor gap shu...)

Mina: bas qil endi...) Bu ko'pincha sodir bo'ladigan urushlardan edi Bella bunga o'rganib ketgan. Lekin ularni farzandi doim bunda azoblanardi. O'g'li doim urish bo'layotgan payt ko'chaga chiqib ketadi kichik qizlari esa o'z xonasiga kirib og'zini yopgancha mungsiz yig'laydi.

Bella erta tongda balkonga chiqib olib nimadirlarnidir daftarga yozib chiqdi. Va quyosh chiqishini tomosha qildi. Ertalabda barchaga nonushta tayyorladida o'zi maktab tomon yo'l oldi. Har doimgidek avtobusga chiqdi. Doimgidek mashina oynasidan odamlarni kuzata boshladi. Maktabga yetib kelgach avtobusga pul to'lab maktab tomon kirib ketdi. Zinalar bo'ylab xonasiga ko'tarilarkan u tomon kelayotgan 3 qizdan biriga urilib ketdi.

Minji: hoy ko'zingga qarasang bo'lmaydimi. Ahmoq...)

Bell: to'g'ri gaplash seni o'zingda ham ayb bor...)

Minji: madaniyatsiz man degin...)

Bella: senchalik emas...)

Minji: voy sen irkit o'rdak...) qiz endi Bellani urqmoqchi edi Bella uni qo'lini ushlab oldi va siltab tashladi

Bella: yo'limdan chiqma...) u shunday deb ketib qoldi

Nara: voy surbet...)

Jihye: buni o'rnini ko'rsatib qo'yish kerak...) yonidagi dugonasi Minjiga pichirladi

Minji: hali menga qilgan muommalasi uchun javob beradi...) Bella sinfxonaga kirdi. O'quvchilar deyarli kam edi. U borib joyiga o'tirdi. Birozdan so'ng Moon xonaga kirdi. Kirib to'g'ri Bellani yoniga bordi

Moon: Bella seni musiqa ustoz chaqirtiryabdi ekan...).

Bella: voy meimcha sahna ko'rinish uchun bo'lsa kerak. Esim qursin kecha ketib qolgandimku...) Bella tezda ustozini yoniga bordi. Ustozdan yaxshigina dakki ham eshitdi. So'ng ustozi uni kun bo'yi shug'ullanishini iltimos qildi. Bella ho'p degancha yana ana shu pianina turqdigan xonaga bordi. Yo'lda esa boyagi 3 qiz uni kuzatardi. U xonaga kirishi bilan ular xonani qulflab qo'ydi so'ng u yerdagi chiroqlarni ham uzib qo'ydi. Bella bundan cho'chib ketdi. U juda qo'rqayotgandi. Lekin bu yerda yolg'iz emasligini bilib qo'rquvi yanada oshdi.

Bella: kim bor bu yerda...) Bella begona tovushni eshitib joyida muzlab qoldi. Kimdir u tomon yaqinlashardi. Birdan telefon fonari Bellani qarshisida yoqildi. Bella baqirib yubordi

Yoongi: bo'ldi baqirma...)

Bella: menga yaqinlashma...)

Yoongi: tushunmadim Bella bu axir men...)

Bella: yo'q yaqinlashma. Kelma yonimga kelma...) Bellani ko'z oldida o'tkan safarga voqealar aylandi. Bella qattiq qo'rqib ketdi. U o'tirib qo'llari bilan quloqlarini berkitib oldi. Bunda Yoongi g'alati bo'lib ketdi

Yoongi: Bella o'zingga kel...) uni yoniga o'tirdi

Bella: yo'q qoch...) uni itarardi. Shunda Yoongi uni mahkam quchib oldi

Yoongi: tshsh tinchlan bo'ldi hammasi yaxshi qo'rqma...) qiz Yoongini bag'rida dag' dag' titrardi. Yoongi esa uni tinchlantiardi. Bella jimib qoldi so'ng Yoongi uni o'ziga qaratdi. Bellani yuzi qo'rquvdan oqarib ketgandi. Yoongi Bellani yuzini ko'zdan kechirar ekan uni ko'zlari Bellani nim pushti lablarida to'xtadi. Yoongi beixtiyor Bellani lablariga yaqinlashib labini unikiga bosdi. Bundan Bella shockga tushib qoldi. Huddi tanasi muzlagandek harakatlana olmasdi lekin tanasi isishni boshlab go'yo olovda qo'g'irilayotgandek edi. Keyin Yoongi lablarni uzib

Yoongi: Bella seni sevib qoldim...) juda yoqmli tarzda pichirladi va yana Bellani lablariga labini bosdi. Bu safar Yoongini lablari harakatlana boshladi. O'tkan safargidek qo'pol hissiz emas sevgi ufurib turgan ehtirosga to'la bo'sa bilan U Bellani lablarini so'rib ba'zan tishlab olardi. Bella esa huddi taxtadek jim na unga javob qaytarardi na bu bo'sani to'xtatardi. U hozir nima bo'layotganini anglamasdi ham. Havo yetishmovchiligi sababli ikkisini lablari yana ajraldi

Yoongi: men qachon seni sevib qolganimni bilmayman. Lekin sen meni yuragimni o'zingniki qilganingni angladim. Va hozirgi ish uchun uzr so'rayman. Men o'zimni boshqara olmay qoldim Agar senda menda bor hislar bo'lmasa tushunaman. Men....) Yoongi aybdorona nima deyishni ham bilmay turgandi. Bella tezda uni yuzidan o'pib qo'ydi. Yoongi umuman buni kutmagandi. U hozir nima bo'lganini anglay olmay qoldi

Yoongi: bu bu nima degani...) hami ham tushunmay unda so'radi

Bella: nima deb o'ylaysan...) Bella jilmaydi. Bunga javoban Yoongi ham yuzida go'zal tabassum paydo bo'ldi

....

8 qism tugadi