May 21, 2025

“UzTest” DM Buxoro filiali faoliyatini o'rganish

21.05.2025 yil, Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchilari

Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchisi M.A.Rajabovalar 21 may 2025 yil kuni 3-1-MAR-22 guruhi bilan "Merchandayzing: tahlil va nazorat" fanlaridan, Buxoro shaxrida joylashgan “UzTest” DM Buxoro filialiga sayyor-amaliy dars tashkil etildi. "UzTest" DM Buxoro filiali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15- avgustdagi 4419-sonli qaroriga muvofiq mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta'minlash, shuningdek, xalqaro standartlardan keng foydalanish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

"UzTest" DM Buxoro filiali yetakchi mutaxassisi Niyozov Obid Xudoynazarovich tomonidan agentlik faoliyati, bo'limlarining asosiy vazifalari, qanday turdagi mahsulot va xizmatlarga sertifikat berish tartibi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdilar. Agentlik asosan oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlari, qurilish mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar, elektrotexnika mahsulotlari va yengil sanoat mahsulotlariga sertifatlar beradi.

Sayyor-amaliy dars qiziqarli darsda tashkil qilindi.

Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchisi.