April 29, 2025

Buxoro davlat universiteti  va O‘zbekiston pochtasi UzPost Buxoro filiali o‘rtasidagi akademik hamkorlik

Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi dotsenti N.M.Ziyavitdinova, kafedra katta oq'ituvchisi M.X.Ashurova, 28.04.2025 yil

Buxoro davlat universiteti “Marketing va menejment” kafedrasi bilan O‘zbekiston pochtasi UzPost Buxoro filiali o‘rtasidagi akademik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. UzPost rahbar xodimlari va mijozlar bilan ishlash bo‘limi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida xodimlarni boshqarish va marketing vositalaridan foydalanish yo‘llari mavzulari doirasida darslar tashkil etildi.

Hamkorlik asosida Marketing va menejment kafedrasi o‘qituvchisi Ashurova Muborak Xayrullayevna tomonidan “Pochta xizmatlari marketingi, mohiyati va mazmuni” mavzusida dars tashkil etildi.

Kafedra dotsenti Ziyavitdinova Nafisa Muxammadovna tomonidan «Nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni boshqarish” mavzusida dars tashkil etildi.

Darsda ixtilof, kelishmovchilik, ziddiyat va nizo haqida batafsil ma’lumot berildi. Xodimlar o‘rtasidagi nizolar, ularning turlari va nizolarning kelib chiqish sabablari hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Nizoning ijobiy va salbiy tomonlari, nizoli shaxslar va ularning xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, Nizoli vaziyatni boshqarish yo‘llari va usullari bo‘yicha maslahatlar berildi.

Jamoalarda sog‘lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar nimalarga e’tiborini qaratishi lozimligi aytildi. Mavzuga oid keyslar yechildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchilari