OCHIQ DARS TAFSILOTI
2025-yil 17 aprel sanasida marketing va menejment kafedrasi dotsenti Z.T.Jo`rayeva tomonidan menejment ta`lim yo`nalishi 3-1MEN-23 guruhida “Sifat menejmenti” fanidan “Sifat boshqaruvida standartlashtirish” mavzusida ochiq amaliy dars mashg`uloti o`tkazildi.
Darsni o`qituvchi “Aqliy hujum” metodi asosida bir necha mantiqiy savollarni berish bilan boshladi va talabalarning javoblarini baholab, qo`shimcha izohlar berdi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash -ko‘p qirrali tijorat faoliyatining muhim jihati sanalgan mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini ta’minlash vositalari hisoblanadi. Standart – bu ular bilan boshqa shunga o‘xshash ob’ektlarni taqqoslash uchun asos sifatida qabul qilinadigan namuna, etalon, model.
Standartlar, uni qo`llashning sifat menejmentidagi ahamiyati, rivojlanish tarixi, menejment namoyondalari J.Jozef, E.Deming, G.Fordlarning sifatga qo`yiladigan talablar, standartlashtirish bosqichlari to`g`risidagi qiziqarli ma`lumotlar slaydlar va misollar bilan ochiqlandi.
Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt mahsulot bilan kurashishdagi, moliyaviy zararlarni kamaytirishdagi roliga izoh berildi.
Talabalar masalalar yechish orqali sifat menejmentida standartlashtirishning afzallik va muammoli jihatlarini tahlil qilishdi. Tarqatma materiallarning berilishi, muhokamalar qilinishi dars jarayonining sifatini oshirdi. Dars o`z maqsadiga erishdi va ilmiy - amaliy ahamiyatga ega bo`ldi.