Ilgʻor tajribalarni amaliyotga keng joriy etish
Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi dotsenti N.M.Zayavitdinova, 28.03.2025 yil.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida qatnashib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida marketing va menejment kafedrasi dotsenti N.M.Zayavitdinova tomonidan 2025-yil 28-mart juma kuni 1-bosqich 10-1MENJ-24 guruhi magistrlariga “Taqqoslama menejment” fanidan “Taqqoslama menejment tizimida kommunikatsiya” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq darsda Marketing va menejment kafedrasi mudiri J.R.Toxirov, kafedra professori S.U.Tadjiyeva, kafedra o‘qituvchisi M.Sh.Boltayeva, M.X.Ashurova, D.X.Xodjayeva, M.A.Rajabovalar ishirok etdilar.