Marketing strategiyasini tanlash. O‘sish imkoniyatlarining asosiy strategiyasi
Iqtisodiyot va turizm fakulteti Marketing va menejment kafedrasi katta o’qituvchisi M.X.Ashurova . 04.04.2025 yil.
Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Marketing va menejment kafedrasi katta o’qituvchisi M.X.Ashurova tomonidan kunduzgi 3-1 MAR-22 guruhi va kechki 3-1 MARKT-21 guruhi bilan “Komfort Tekstil “ korxonasiga Ochiq-amaliy dars tashkil etildi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tarmoqlar va sohalar raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish respublikamiz iqtisodiyotini kelajakda yanada rivojlanishiga zamin yaratadi. Boston konsalting guruhi (BKG) va “Raqobatbardoshlik - jalb etuvchanlik matritsasi” usuli, “Bozor hissasi o‘sishi” matritsasi - BKG matritsasi asosida yotuvchi gipoteza, tovar bozorining tipologiyasi, Tovar portfeli diagnozi, Bu matritsaning cheklanishlari, “Jalb etuvchanlik-raqobatbardoshlik” matritsasi kabilarni tahlilini bilish muhimdir.
Zero, bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish lozim. Bunda tashqi bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarur.
Sayyor dars jarayonida talabalar korxonadada marketing vositalar foydalanishning o’ziga xos yo’llari, mijozlarni jalb qilish, mahsulotlarni targ’ib qilish va savdo hajmini oshirishdagi marketing strategiyalari haqida tasavvurga ega bo’ldilar. Mahsulot va xizmatlarning mijozlarga yetkazib berishb joyi ham marketing vositasidir. Savdo korxonalari uchun yaxshi joylashuv va mijozlarga qulay yetkazib berish tizimi juda muhimdir.
Strategiyani tanlash, faoliyat yo‘nalishlari portfel tahlilining afzalligi,portfel tahlilining amaliyotda qo‘llanishi, O‘sish imkoniyatlarining asosiy strategiyasi: xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga ustunlik strategiyasi, differensiatsiya strategiyasi, konsentratsiya strategiyalari. O‘sish strategiyasi, intensiv o‘sish: bozorga chuqurroq kirish, bozor hududlarini kengaytirish strategiyasi,tovarni takomillashtirish strategiyasi, Integratsion o‘sish strategiyasi: «orqaga» integratsiya strategiyasi, gorizontal integratsiya strategiyasi,diversifikatsiono‘sish strategiyasi, marketing strategiyasini tanlash va uni amalga oshirish yo‘llari talabalarga tushuntirildi
Korxonalarda marketing vositalaridan samarali foydalanish orqali mijozlar sonini oshirish, raqobatbardosh bo’lish va daromadni ko’paytirish mumkin. Marketing strategiyalari to’g’ri tanlanganida mijozlar ehtiyojlariga javob bera oladi va o’z brendini bozorda muvaffaqiyatli rivojlantiradi.