May 12, 2025

O'zbekistonning migratsiya siyosatini tashkil etuvchi muassasalar faoliyatini o'rganish

10.05.2025 yil, Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchilari

Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi dotsenti, J.R.Toxirov va kafedra o'qituvchisi M.A.Rajabovalar 10 may 2025 yil kuni 3-1-INS-23 guruhi bilan "Mehnat bozori iqtisodiyoti" va "Mehnat migratsiyasi" fanlaridan, Buxoro shaxrida joylashgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Buxoro viloyati filiali hamda Bukhara City DUK ga sayyor-amaliy dars tashkil etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA) Buxoro viloyati filiali O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi TMMA tarkibida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifasi viloyat fuqarolarini xorijda qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyorlash, ularni rasmiy tartibda ishga joylashtirish va huquqiy himoyasini ta’minlashdan iborat.Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosida joylashgan filialda koreys tili va madaniyatini o‘rgatishga ixtisoslashgan kurslar tashkil etilgan. Bu kurslar Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni tayyorlashga qaratilgan. Shuningdek, filial tomonidan Rossiya, Germaniya va Belorussiyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikda qurilish, tibbiyot va tekstil sohalarida ishga joylashtirish bo‘yicha dasturlar amalga oshirilmoqda.

Sayyor amaliy dars jarayonida 3-1-INS-23 guruhi bilan "Bukhara City" DUK faoliyati ham o'rganildi. DUK ning bosh menejeri F.H.Abdullayev tomonidan "Bukhara City" DUK ning asosiy faoliyat doirasi, amalga oshirilayotgan loyihalar, investorlar haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bayon etildi. “Bukhara City” — qadimiy va hamisha navqiron shaharning milliy hamda Yevropa me’morlik san’ati uyg‘unligida, yuksak shaharsozlik andozalari asosida barpo etilishi ko‘zda tutilgan o‘ziga xos markazi. Imoratsozlikning ilg‘or va tan olingan namunalari asosida saralangan “Bukhara City” konsepsiyasiga muvofiq, umumiy loyiha qiymati dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, $550 000 000 ni tashkil etayotgan hududda 83 gektarda 73 ta lotdan iborat obyektlar o‘rin olishi belgilangan.

Talabalar sayyor-amaliy darsdan ijobiy tushunchaga ega bo'ldilar.

Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchilari.