Buxoro shahrida joylashgan savdo markazlari faoliyatini tadqiq qilish
Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi katta o'qituvchisi, M.X. Ashurova va kafedra o'qituvchisi M.A.Rajabova. 28.04.2025 yil.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi katta o'qituvchisi, M.X. Ashurova va kafedra o'qituvchisi M.A.Rajabovalar tomonidan 26.04.2025 yilda 3-1-MAR-22 guruhi bilan Marketing kommunikatsiyalari va Merchandayzing: tahlil va nazorat fanlaridan "Buxoro savdo majmuasi"ga sayyor-amaliy dars tashkil etildi.
Ko‘plab savdo markazlari ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yuritib, yangiliklar, aksiyalar va chegirmalar haqida ma’lumot beradilar. Bu orqali ular mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lishadi.Ba’zi savdo markazlari mijozlar uchun sodiqlik kartalari, chegirmalar va bonus tizimlarini joriy etgan. Bu mijozlarni qayta-qayta tashrif buyurishga undaydi.
Raqamli marketing savdo markazlari uchun muhim ahamiyatga ega. Veb-saytlar, mahsulotlar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot beruvchi rasmiy saytlar, mobil ilovalar, ba’zi savdo markazlari mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida mobil ilovalar ishlab chiqqan. Onlayn savdo orqali esa mahsulotlarni onlayn tarzda buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo'ladi.