November 4, 2025

“Kelajak soati” darsidan lavhalar

Iqtisodiyot va turizm fakulteti Marketing va menejment kafedrasi katta oq'ituvchisi M.Sh.Boltayeva

2025 yilning 30-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti  , “Marketing va menejment” kafedrasi katta o'qituvchisi Boltayeva Mohichehra Sharipovna tomonidan 3-1MEN-22, 3-1MAR-22, 3-1STA-22, 3-1INS-22 guruhlari talabalariga   "O'zbekiston va jahon" mavzusida ma’rifat soati o’tildi. Mazkur mavzu doirasida talabalarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyatini chuqur anglash, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha keng tushunchalar shakllantirildi. Talabalar milliy g‘urur va yurt sha’nini himoya qilish, shuningdek, global jarayonlar, xalqaro hamkorlik va raqobatbardoshlik muhitida faol fuqarolar sifatida tayyorlanish yo‘nalishida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekistonning tarixiy ildizlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari, xalqaro tashkilotlardagi faol ishtiroki hamda jahon mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalari atroflicha o‘rganildi.

Mazkur mashg‘ulot davomida talabalarga Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganining ahamiyati batafsil tushuntirildi. Mashg‘ulot davomida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan siyosat, uning global miqyosdagi ahamiyati va amaliy natijalari haqida ma’lumotlar berildi.

Xulosa qilib aytganda, dars mavzusi bo‘yicha belgilangan barcha maqsad va vazifalar to‘liq bajarildi.

Marketing va menejment kafedrasi katta o'qituvchisi M.Sh.Boltayeva