Ochiq-ma'ruza darsidan lavhalar
Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Marketing va menejment kafedrasi oq'ituvchisi D.N.Soliyev, 9.04.2025 yil.
Joriy yilning 9 aprel kuni Marketing va menejment kafedrasi oq'ituvchisi tomonidan, "Madaniyat va san'at sohasida kreativ tadbirkorlik" fanidan "Kreativ iqtisodiyotda intellektual mulk" mavzusida ochiq-ma'ruza darsi tashkil etildi.
Ochiq dars davomida madaniyat va san'at sohasida intellektual mulk tushunchasi, uning mazmuni, mohiyati, bugungi kunda erishilgan yutuqlar haqida gapirib o'tildi.
Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston ham intellektual mulk qonunchilik bazasida katta bosqichni bosib oʻtdi. Mustaqillik yillarida intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida 10 ta davlatlararo, 12 ta hukumatlararo va 21 ta idoralararo shartnoma hamda bitimlar tuzilib, amal qilmoqda. Bulardan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan 5 ta qonun, Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan umummajburiy xarakterdagi 25 ta hujjat, hammasi boʻlib idora faoliyatini tartibga soladigan 140 dan ziyod normativ hujjatlar roʻyxatga olinganligini qayd etib oʻtmoqchimiz.