June 28

#𝙿𝚒𝚛𝚊𝚖𝚒𝚍𝚊 ep-04

--Yeonkook bas qil!
Jungkook katta qadamlar bilan yetib kelib Seoni ortiga oldi. Seo ancha hayratda qolgandi. Ular bir-biriga ikki tomchi suvdek oʻxshasharkan...Ammo ularni yaxshigina farqli jihatlari ham bor edi. Seo ularni sinchiklab oʻrganishni boshladi.Yeonkook akasiga nisbatan koʻp kuladigan,koʻp gapiradigan va akasidan farqli sochlari uzunroq edi. Jungkook esa oʻta jiddiy va qahri qattiq ...
Yeonkook akasidan bunday muomalani kutmagandi.
--Bu nima qilganingiz... Biz u bilan juda yaxshi chiqishib ketamiz! Menga ishonmayabsizmi??
Yeonkook akasiga qarab turar ekan,
U choʻntagidan qoʻlini chiqarib,ularni koʻkragiga bogʻladi.
Yeonkook biroz akasiga telbaga qaragandek qarab turgach qattiq "uh" tortgancha oshxona tomon yurib ketdi.
Jungkook anchagacha ukasini ortidan qarab turgach,ortiga oʻgirildi. qizning rangida rang qolmagan,koʻzlari haddan tashqari katta boʻlib ketgan holda unga qarab turardi.
--Bilmaganmiding?
Jungkook uni bu holatda koʻrgach barmoqlari bilan burun koʻprigini ushlagancha tabassum qildi.

Seo Jungkookning tabassumini ilk marotaba koʻrib turibdi. Qoyil,avval sezmagan ekan... Uning yuzida kichik kulgichlari,labi ostida mitti holi bor ekan. Kulganda har doim qaraganda insonni qoʻrquvga soladigan oʻsha koʻzlari qisilib,mitti boʻlib qolar ekan. Lablaridagi tabassumi butun dunyoni larzaga soladigandek tuyiladi goʻyo...
Jungkook kulishdan toʻxtab, qizning koʻrinishiga endi eʼtibor berdi. Oppoq kelin koʻylak qizning qomatiga shu qadar chiroyli yopishgan ediki, Jungkook uni oʻzi bilmagan holatda rashk qila boshladi. Undan kelayotgan ifor esa har bir insonni sarmast qilib qoʻya olardi. Uning koʻzlari xuddi ohuning koʻzlari singari moʻltirab,nur sochib uning chiroyiga yanada chiroy qoʻshib turardi. Jungkook qizning xipcha belidan ushlab,uni oʻziga tortdi. Uzoqdan nur sochib turgan koʻzlar endi uning roʻparasida moʻltirab,tikandek uzun va oʻtkir kipriklari orasidan unga boqib turardi. Ha .. bu aynan Jungkook istagan tuygʻu.

U yoshligidanoq koʻzini qamashtirgan olmoslarni oʻziniki qilishni odat qilgan. Qizning bir tekisda turmaklangan sochlarini quloqlari ortiga olib,yovvoyilashib ketgan ohudek qaysar bu qizni lablariga termuldi. Jungkook tabassum qilib uni lablarini oʻrganib chiqa boshladi. Seoning ilk marotaba erkak kishiga bu qadar yaqin turishi edi. Uni uyatsizlarcha lablariga termulib,kulib turishi qizni hayajonga solib qoʻygandi. Ammo Seo aqlini yoʻqotganni yoʻq! U bor matonati va kuchini yigʻib, qarshisidagi yigitni jagʻiga boshi bilan zarba berdi. Jungkook iyagini ushlab,ogʻriqning zoʻridan qizga alam bilan qarab qoldi. Endi bu safar qiz tabassum qilib turardi.

--Bu ishni bekor qilding!!!
Qiz Jungkookning aytgan gapidan soʻng yuzidagi tabassumi gʻoyib boʻldi. Jungkook och boʻri singari bir qoʻli bilan qizning boshidan tutib,ikkinchi qoʻli yordamida uning nozikkina boʻynidan ushlab, qizning zarbi tufayli shishib,qontalash boʻlib qolgan lablari bilan unga yopishdi. Jungkook qizning beboshligi uchun jazolagandek uni bor kuchi bilan chanqogʻini qondirayotgan insondek oʻpishda davom etardi. Seo uning harakatchan lablarini oʻziniki ustida kuch bilan harakatlanayotgani,uning labidagi persingi lablariga biroz ogʻriq berayotgani va uning lablaridagi qon tamini aniq va toʻkis his qilib nima qilishini va qanday undan chiqib ketishni bilmay qoldi. Boshini olib qochaman desa uning qoʻllari kichik boshini kafti orasiga osongina olib,qoʻyib yubormasdi. Endi Seo shunchaki taslim boʻlib,koʻzlarini yumib oldi va kimdir kelishidan umid qilar edi...

Qancha vaqt oʻtgani aniq emas. Jungkook Seoning lablarini yutib yuboradigan dek boʻsa olib,uning totli lablariga oʻz tish izlarini joylagach,undan sekin ajraldi. Nafas yetishmovchiligi tufayli qiz butun badani bilan qiynalib havo yutib, Jungkookka nafrat bilan qarab qoʻydi.

--Chakkimas!
Jungkook labidagi qonni artib,lablarini yalagancha qizning labidagi sanʼat asariga termulib keng tabassum qildi. Boʻsa tufayli ikkisining ham lab tusi pushtilashib,xattoki qiz surtgan lab uchun balzami ham gʻoyib boʻlishga ulgurdi.

--Uyatsiz!
Seo unga bor nafratini sochishga urinar ekan, Jungkook qizning oʻzidan ancha past boʻyiga tenglashib egildi.

--Men ham seni sevaman xotinjon!

Seo ortiq hech narsa deyishga botina olmadi. Yarim soatcha oʻtgach,uy ichiga ruhoniy,guvohlar va jurnalistlar kirib kelishdi. Nikoh ancha tez rasmiylashtirildi.

Pov Seo.

Nikoh marosimi tasavvur qilganimdan koʻra ancha tez oʻtib ketdi. Jungkook mehmonlarni kuzatib qoʻygach,Egizagi boʻlmish Yeonkook bilan vizki ichganicha billiyard oʻynashdi. Koʻrinishidan ular unchalik ham qalin emas. Jungkook qandayligi maʼlum... Aytgan ishini qildirishga qodir bir iblis. Ukasini majburlab olib oʻtirish uni qoʻlidan kelishi aniq!
Nima boʻlganda ham ularni munosabati va kimning bu yerda qirol ekanligi men uchun unchalik ham qiziq emas. Bundan buyogʻiga menga nimalar boʻlishi meni oʻylantiryabdi. Hayotim agʻdar -toʻntar boʻlib ketdi. Oʻzim uchun chiroyli bir hayot yaratmoqchi edim. Kichikkina uyim sohil bagʻrida, yolgʻiz oʻzim butun dunyoni sayohat qilib,hali qilib ulgurmagan ishlarimni birin-ketin amalga oshirishni orzu qilgan edim. Endi esa bir vaxshiy insonning qoʻlida yarim yil qoʻgʻirchoq boʻlaman. Shu yarim yil ichida nimalarni boshdan oʻtkazishim menga qorongʻu... Hammasidan -da achinarlisi,toʻyimni bunday oʻtkazishni istamagan edim. Koʻzgudagi aksimga boqar ekanman,avvalgi oʻzimdan asar qolmayotganini his qildim. Oyijon.... Bugun sizni har kungidanda koʻproq sogʻindim. Tirik boʻlganingizda va taqdirning chigal oʻyinlari boʻlmaganida,nima deb oʻylaysiz...balki eng baxtli ona va qiz boʻlgan boʻlarmidik?? Yoʻq... Sizni yomon koʻrmayman! Aslo! Nega endi bir qiz oʻz onasidan nafratlanishi kerak!? Men sizni juda yaxshi koʻraman! Shunchaki taqdirdan jahlim chiqyapti.... Sizni mendan juda erta tortib olgani uchun.

Karavotga bosh qoʻygancha uxlab qolibman. Soat kechki 2 lar atrofida edi. Hattoki laʼnati kelin koʻylakni yechishni ham unutibman. Shunchalar qisib tashlaganidan nafas olishga qiynalyapman. Judayam issiq boʻlganligi uchun yengilroq tungi kiyim kiyishni istadim. Egnimdagi koʻylakni yechib,kattagina garderob ichiga kirib bordim. Keng turadigan oq rangdagi tungi koʻylakni olib, ustimga kiygach, endigina ochiqqanimni sezdim. Bugun kuni boʻyi deyarli hech narsa yeganim yoʻq.

Qorin gʻamida pastga tushishga toʻgʻri keldi. Uy odatdagidan ancha sokin tuyulardi. Kechki 8 DAN soʻng xizmatchilar hovlining narigi tarafidagi joylashgan xizmatchilar uyiga dam olish uchun ketishadi. Shunday ekan bu yerda deyarli hech kim qolmaydi. Sabrsizlik bilan muzlatgichni ochib,xonamda yeyishni rejalashtirgancha qoʻlimga olma, apelsin sharbati va bir qancha chipslar oldim. Olmalardan birini tishlab, apelsin sharbatini qopqogʻini ochib bir qultum ichgancha ketishga shaylandim. Ammo qulogʻimga allaqanday tovushlar eshitila boshladi. Oshxona va mehmonxonani bogʻlab turuvchi birgina yoʻl bor edi.

Buni eshik deb ham boʻlmaydi. Shunchaki bemalol kirib chiqish uchun kattagina tirqish... Bu ovozlar aynan mehmonxonadan kelayotgan edi. Oyoq uchida ovoz chiqarmasdan sekinlik bilan mehmonxona tomon yurdim. Koʻrgan narsamdan butun etim uvishib ketdi. Jungkook bir qizni yerga oʻtqizib,oʻz az*sini uning ogʻziga botirib nola qilardi. Bunday jirkanchlikni hayotim davomida koʻrmagan edim. Sekinlik bilan ketishga otlanganimda qoʻlimdan olmalarni biri yerga tushib ketib,shovqin yaratdi. Jin ursin!!!! Bu nimasi... Fosh boʻlib qoldim....
Bosh kelmasdan darhol yerdagi olmani ortidan quvgan kishidek,uni yerdan oldim. U tarafga qaramaslikka va koʻrganimni sezdirmaslikka harakat qilib,darhol xonamga chiqmoqchi boʻldim. Ammo tirsagimning tepasida qoʻllarni sezib ulgurmasimdan ortim bilan muzlatgichga tiraldim. Qarshimda tugmalari ochiq uzun ustki kiyimda va ichki kiyimda Jungkook menga qarab turardi. Qorongʻu xonaga oy shuʼlasi yorugʻlik taratar ekan,uning terlab ketgani yaqqol sezilib turar,oldi ochiq kiyimda uning shishgan koʻkraklari va qatorlashib turgan presslari oy yorugʻida yaltillab etiborni tortib turardi. U chuqur hansirab nafas olarkan,har bir qaynoq nafasi mening yuzimga urilgancha oʻzimni yanada mitti jonivordek his qilishga majbur qilardi.
Tilim aylanmasdi. Bir ogʻiz gap aytishga ham qoʻrqib,yer yorilsa-yu ichiga tushib ketsam deya orzu qilardim.
--J...Ju....Jungkook... Men... Ovqatlangani tushdim.... Sen ham shu yerdamiding...
Gapni aylantirishga harakat qilib,tutilib gapirishga muvaffaq boʻldim.
U qisqa ustimdan kulib,boshimdan oyoq uchigacha meni tahlil* qilgandek boʻlgach,yana qayta koʻzlarimga boqdi.

--Juda chiroyli... Seni oʻzimniki qilgim kelyapti!!!

Jeon_Jiye