#𝗪𝗜𝗟𝗗_𝗕𝗨𝗧𝗧𝗘𝗥𝗙𝗟𝗬 ep-12 FINAL PART 2
-- Azizam.....
Kai tabassum qilgancha otasi orqasida zirqirab turgan qizni koʻzlariga tikilib u bilan hozirdanoq nimalar qilishi,qanday jazo bera olishi mumkinligi haqida oʻylay boshladi. Janob Minga boshdan oyoq koʻz yugurtirgach,koʻrsatgich barmogʻini unga tirab,yana Milaga tikildi.
--Nima.... Sendek xaromini dunyoga keltirgan soʻtak shumi???
Janob Min chidab turmay,Kaining yoqasiga yopishdi.
--Uni Xaromi degan tillaringni uzib olaman!
Kai yanada tabassum qildi.
--Urinib koʻr!
Kai janob Minni qoʻllarini qayirib,yaxtaning bir chetiga uloqtirib yubordi. Mila qoʻrqqanidan yugurib borib otasini turgʻizgancha koʻz yoshlari bilan butun kayutani toʻldirib baqirdi.
Kai sekin borib oyoqlari bilan engashib oʻtirgach,qizning yuziga yopishib qolgan soch tolalarini quloqlari ortiga oldi.
--Oʻzimni aqlligim... Bugun koʻzimga yanada chiroyli boʻlib ketyapsan!
Agar sevimli dadajoningni tirik qolishini istasang,men bilan ketishingga toʻgʻri keladi!
Qiz Kaining qoʻllarini siltab tashlagach oʻrnidan turdi.
--Yaxshi!! Ketaman,ammo.. Dadamni qoʻyib yuborasan,hoziroq! Keyin nima desang shuni qilaman! Oʻl desang oʻlaman... Faqat iltimos,dadamni quyib yubor!
Kai oʻrnidan turib qizni belidan ushlab oʻziga tortdi.
--Oʻzimni aqlligim
Oʻz qizni peshonasidan oʻpgach,sochlaridan changallagancha uni olib odamlari bilan birga gʻoyib boʻldi.
Kasalxonadan chiqqan Seoning birinchi qiladigan ishi, kiyim sotib olish boʻldi. Odamlari allaqachon Doktor Hyunjinga zarar yetkazgan odam ustidan shikoyat qilib,uni qoʻlga olishlarini talab qilishgan. Bir necha kungi urinishlar tufayli erkakni nihoyat ichkilik ichib oʻtirgan joyida qoʻlga olishgan. Politsa dalillarni koʻrib chiqib,sud boʻlishini qoʻngʻiroq qilib aytgandan soʻng,Hyunjinni nomidan advokatlik qilishni rejalashtirgan Seo,ish boshlashdan avval uni tanigan barcha doktorlardan voqea haqida surishtirib,xattoki kasalliklar tarixini ham oʻrganib chiqdi. Bilishi boʻyicha 2023-yil 18-avgust kuni suv toshqini yuzaga kelgan. Juda koʻp insonlar bu falokat tufayli zarar koʻrishgan va jarohat olishgan,oralarida bevaqt vafot etganlari ham boʻlgan. Shu insonlar qatorida Hyunjinga zarar yetkazgan inson— Jackson ismli 45 yoshli erkak,rafiqasining homilasi 9- oy...tugʻruq juda yaqin. Suv toshqini tufayli suv iskanjasida qolgan rafiqasini eng yaqin joyda joylashgan shifoxonalardan biriga shoshgancha olib kelgan erkak,rafiqasini qutqarishlarini oʻtinib soʻrar va yolvorar edi. Oʻsha vaqtlar Hyunjin biroz betoblikdan soʻng endigina ishga qaytgan kezlari boʻlgan ekan. Nomi oʻchmas bu ofat tufayli,terga botib insonlarni oʻz hamkasblari qatorida qutqarishga harakat qilishar edi. Doktor yetishmovchiligi tufayli suvga choʻkib,nafas olmayotgan homilador ayol Hyunjinni zimmasiga yuklatildi. U qancha harakat qilmasin,sun'iy nafas berib,ayolni qutqarishga harakat qilmasin... Ayol nafas olmayotgan edi,bir necha daqiqalardan soʻng esa puls butkul pasayib ketdi. Shu onda qaror qabul qilgan Hyunjin, ayolning qornini yorib,bolani chiqarib olishga majbur boʻldi. Bundan uning yordamchilari qattiq qarshilik qilishdi,chunki meditsinada shunday qoida bor. Agar ona va bolaning hayotidan birini tanlash kerak boʻlsa 90% onaniki qutqarilishi shart! Bolani qoʻllariga olgan Hyunjin umuman shubha qilmasdan uni vakumga solishlarini aytib,bolani hamshira xonimga tutqazdi.
Ayolining oʻlimini ming afsuslar bilan aytgan ondayoq erkak alamzada Hyunjinga tashlanib,shu yerni oʻzida unga dushmanligini maʼlum qildi. Agar bu hodisa oddiy kunlarning birida sodir boʻlganida edi, Hyunjinni sudga berib,uning shifokorlik letsinziyasini olib qoʻyishlari mumkin edi. Ammo bu ofatli kunlarning birida sodir boʻlganligi tufayli hamma bunga koʻz yumdi. Erkak esa oʻz farzandini qabul qila olmay,shu yerni oʻzida chiqib ketgach ortiq koʻrinish bermagan. Chaqaloqni esa Hyunjin aybdorlik hissi tufayli oʻz qaramogʻiga olishga majbur boʻlgan. Agar Seo bu ishlar uchun asosiy sabab va dalillar topa olmasa, Hyunjinga zarar yetkazgan insonni oddiygina jarima orqali qoʻyib yuborishlari turgan gap. Seoga bari tushunarli... Oʻsha erkakni tushuna oladi,u shunchaki rafiqasi uchun alamzada. Ammo Hyunjinni aybi nimada? U qoʻlidan kelganicha onani ham bolani ham qutqarishga harakat qilganiga ishonchi komil,chunki umidi yoʻq boʻlgan udek qizni qutqarib qola oldi. Endi uni qutqarish vaqti keldi. Seo albatta haqiqatni va adolatni yuzaga chiqaradi. Agar shu yerda yangi hayot boshlamoqchi ekan,yangi doʻstlari uchun borini berishga tayyor...
Xushiga nafasi siqilib kelgan janob Min,darhol kayuta boʻylab aylanib qichqirganicha qizini izlay boshladi. Barcha odamlari,oshpazlar,ishchilar hammasi qonga belanib jon bergancha yaxtani oʻliklarga toʻldirib yotar edi. Bu manzarani koʻrgan janob Min,hammasini pulsini tekshirgancha tirikligiga umid qilar edi. Ammo ularning hammasi oʻlib boʻlishgan,balki u hushidan ketmaganida bu insonlar tirik qolgan boʻlarmidi? Balki qizini oʻrniga uni olib ketishlarini yolvorib soʻrarmidi? Endigina topgan qizini yana bir onda yoʻqotgan ota bariga yana oʻzini aybdor qilar,koʻksiga qoʻllari bilan urib yigʻlab yubordi. Bunday oʻtirishdan foyda yoʻqligini anglagach,telefonini olib Jungkookga qoʻngʻiroq qila boshladi.
--Jungkook!!! Seo... Qizimni olib ketishdiiii... Uni mendan olib ketishdi!....
Milaning otasini qoʻngʻirogʻidan ajablanmadim. Allaqachon menga qoʻngʻiroq qilib boʻlishgandi. Aytishlaricha politsiyaga xabar bermay aytilgan joy,aytilgan soatga yetib borishim kerak,aks holda Miladan ayrilib qolishim mumkin edi. Meni dushmanlarim tufayli bechora Mila azoblanishiga yoʻl qoʻyolmayman.
Milani mashinalar uchun moʻlljallangan chekka joydagi turargohga olib kelib,uni kichik xonaga qamab qoʻyishdi. Bu orada Jungkook sevgan insonini qutqarish uchun harakatni boshlab,aytilgan manzilga yetib keldi. Tashqarida bir qancha qoʻriqchi va barzangi erkaklar turar edi. Aytilgani kabi Jungkook yolgʻiz kelgan edi. Eshik yonidagi erkakka yaqinlashib yuziga termuldi.
--Xoʻjayining qani?
Barzangi erkak Jungkookni tekshira boshladi. Yonidan pichoq chiqqach unga qarab bir jilmaydi-yu,pichoqni bor kuchi bilan uzoqni choʻtlaganicha otib yubordi. Jungkook yuzida oʻzgarishsiz uni harakatlarini kuzatib turaverdi. Bu orada Janob Minga Milani qutqarishi haqida aytib,uydan chiqmasligini uqtirib kelgan Jungkook xotirjamlik bilan erkak boshlagan yoʻl orqali yura boshladi.atrofda mashinalar juda koʻp,hammasini ustiga uzun matolar yopib tashlangan edi. Har xolda bu Don Wookning noqonuniy bizneslaridan biri boʻlsa kerak deb oʻyladi Jungkook ichida. Ichkarilab borishar ekan, chang bosib ketgan divan ustida segaritasini tutatgancha oyoqlarini chalishtirib Don Wook oʻtirar edi.
--Iyaaa... Rahbarimiz Jeon Jungkook kelibdilar-ku!
Uni ustidan masxara ohangida gapirgan Don Wook segaritasini oyoq ostiga tashlagach Jungkookga yaqinlashdi.
--Gunohlaring uchun ... Jirkanch otangning qilmishlari uchun badal toʻlash vaqti keldi! Lekin toʻgʻrisi..... Bir dona qizni,oʻsha foxisha Mila uchun bu yerga kelasan deb oʻylamagan edim!
Don Wook xaxxolab kulgancha Jungkookning yuziga oʻpkasidagi tutunni puflab yubordi.
Jungkook jiddiy ohangda unga savol berdi.
--Mila qayerda? Uni hoziroq qoʻyib yubor! Erkaklarning ishiga ojiza ayollarni aralashtirma!
--Aslida shunday qilmoqchi edim... Ammo qizni egasi chiqib qoldi!
Don Wook orqadagi qoʻriqchiga ishora bergach,eshik ochilib ichkaridan Kai Milaning boʻyniga pichoq tiragancha chiqib keldi. Milani koʻrgan zahoti Jungkook taranglashib u tomon bir qadam tashlagan edi hamki,Kaining ovozi butun zalni toʻldirdi.
--agar yana bir qadam tashlasang sevgilingni oʻldiraman!
Jungkook yana Don Wookka qarab,harakatni boshladi.
--Uni qoʻyib yuborishing uchun nima qilishimni istaysan? Politsiyani aralashtirma deding,yolgʻiz keldim... Nima istaysan? Uni qoʻyib yubor,kelishuvni buzma!
Don Wook qoʻriqchisining kamariga ilingan toʻpponchani olib,boshini qarshilagancha stol ustiga varoq tashladi.
--Bu Jeonlar oilasiga tegishli barcha mol-mulk,korxonalar, mehmonxonalar,savdo markazlari,moda brendlari va aktsiyalarni meni nomimga qonunan oʻtishi haqida maʼlumotnoma. Unga imzo chekasan,keyin esa qizni qoʻyib yuboraman!
Jungkook bir on nima qilishini bilmagandek bir,Milaga bir dushmanlariga qaragancha chuqur oʻyga botdi.
--Jungkook!! Unday qilmang,keting bu yerdan!!! Oʻzingizni qutqaring iltimos,siz Seoga keraksiz!!!
Kai qizni jim qilish uchun pichoqni boʻyniga yanada qattiq botirdi.
Shu on Jungkookga qoʻngʻiroq boʻla boshladi. U goʻshakni koʻtarib,yuziga hotirjamlik yugurdi.
--Kirishingiz mumkin!
Don Wook nima boʻlganini tushunmagan holda atrofga alanglay boshladi.
Eshik ochilib ichkariga Jiye kirib keldi. Qoʻlidagi toʻpponchasini Don Wookka oʻqtalgancha odimlab, Jungkookning yoniga turib oldi. Uning ortidan esa detiktiv va politsiya hodimlari qurollari bilan kirib kelishdi.
--Bu politsiya,toʻpponchani tushur!!!
Jiye Kaiga toʻpoonchasini oʻqtalib,u tomonga yaqinlashdi.
--Milani qoʻyib yuboring! Agar mendan ajralib qolishni istamasangiz! Shu darajagacha ketdingizmi? Siz meni akammisiz oʻzi??? Meni akam shunaqa ishlarga qodirmi? Ataylab sizni qamoqdan chiqarmadim... Insofingiz kirib,qaytganingizda dunyodagi eng baxtli aka-singil boʻlamiz... Bizni tahqirlab,azoblaganlarga baxtli hayot qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻyamiz deya umid qilgan edim! Adashgan ekanman... Siz men tanigan Kai emassiz. Agar Milani qoʻyib yubormasangiz,oʻq uzishdan oʻzimni toʻxtatmayman!!!
Koʻzlarida yosh oʻynar ekan,akasiga qaratilgan achchiq gaplardan uning harakatini hamma kutar edi.
Kai tabassum qilgancha singlisiga faxr bilan boqdi.
--Shunday singlim borligidan faxrlanaman! Ammo Jiye... Men botqoqlikka botib boʻlganman,yaxshi hayotga loyiq emasman!
Jiye nafas olmasdan,chuqur yutundi.
--Men hech qachon ikkita gapirmaganman!
U tepkini oʻylab oʻtirmasdan akasiga qarata bosdi. Butun zalni oʻq ovozi va porox hidi tutib ketdi. Oʻq... Kaining koʻkragiga tegdi-yu,yerga shu ondayoq yiqildi. Jiye ham karaxt holda toʻpponchasi yerga tushib,oʻzi ham bir qop keraksiz buyumdek yerga yiqilib,akasiga tikilib qoldi. Mila karaxt holda oʻzini qayerga urishni bilmasdi,koʻzida yosh aylanar edi.
Hammaning eʼtibori Kaining yiqilganiga qaratilgan onda,Don Wook fursatni boy bermay,toʻpponchani Jungkookga qaratgancha oʻqladi.
--Pch olish vaqti yetdi!
U oʻq uzdi. Zalda ikkinchi oʻq ovozi yangradi. Hamma lol edi,politsiyachilar nima qilishni bilmay shok holatiga tushib qolishgan. Jiye quloqlarini qoʻllari yordamida yopib,qoʻrqqanidan qaltirar edi.
Jungkook uni otishlarini bilar edi,shu tufayli qoʻllarini yozgancha koʻkragini ochib berdi. Ammo u ogʻriqni his etmadi. Koʻzlarini ochgan ondayoq qarshisida unga orqa oʻgirib turgan Milani koʻrdi. Qiz yengilgina yerga quladi. Mila Jungkookni himoya qilgancha,oʻqqa oʻzini tutib bergan edi. Oʻq uning qoq yuragiga tekkach,qon yerga yoyildi. Politsiyachilar Don Wookni qoʻlga olishdi.
Jungkook sevgilisini qonga botgan tanasini koʻrgan zahoti tiz choʻkkancha qoʻllari jonsiz qumli yerga tushdi.
--Mila.... Mila!!! NIMA QILIB QOʻYDING???? NEGA TOʻSDING??? AXIR... AXIR MEN OʻLISHIM KERAK EDI... NIMALAR QILIB QOʻYDING,YOʻQ SEN TUZALASAN! KOʻZLARINGNI OCH!! OCHCHCH!!!!!!
Jungkook qizning jonsiz tanasini qoʻllariga olib,bor ovozi bilan baqirgancha yigʻlab,uni turtkilab turishini soʻrab yolvorar edi. Mila yuzida tabassum bilan koʻzlarini ohista yumib boqiy uyquga ketgan edi....
Milaning dafn marosimi oʻtganiga qaramasdan uning otasi va ukasi,Yoona xonim uning qabridan nari ketmay,har kuni uni koʻrishga kelishar edi.
Seo boʻlsa Sudda yutib chiqdi. Vafot etgan ayolning nafas olishi boʻyicha muammolari borligi aniqlanib,uning oʻlishi 100% boʻlganligi maʼlum boʻldi. Erkakka esa 15 yil ozodlikdan mahrum qilish qarori berildi. Bu orada Hyunjin oʻziga kelib,yana hayotga qaytdi. Seoga Milaning oʻlim xabari yetib kelishi bilan,Koreyaga uchishga qaror qildi.
Jiye esa akasini kasalxonaga yotqizib uni oyoqqa turishi uchun bor kuchini sarflar boshladi. Oʻsha mudhish kun Jiye akasini yelkasiga oʻq uzgan ekan. Kai oyoqqa turishi bilan psixologik muammolari tufayli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi aytildi.
Janob Jeon esa umrining soʻnggi daqiqalarida umrida qilgan barcha gunohlarini,qilgan qilmishlarini tan olgan videosi tarqaldi. Milaning onasini oʻz qoʻli bilan oʻldirganini ham tan olgach,shu ondayoq joni uzildi.
Don Wookni esa odam oʻldirishda ayblab,ozodlikdan mahrum qilishdi.
Jungkook Milaning oʻlimi uchun oʻch olishga Don Wookning orqasidan qamoqqa kirdi. U bilan toʻqnash kelganida uni oʻz qoʻllari bilan boʻgʻizlab oʻldirgach,Milaning suratini olib unga lablarini bosib osmonga tikildi.
--Sen uchun oʻch oldim... Meni koʻryapsan toʻgʻrimi? Oʻzimni farishtaginam... Qabringda tinch yot.
Jungkook ortiq biznes bilan shugʻullanmaslikka qaror qildi. Don Wookni oʻldirgani uchun ancha yilga qamoqda oʻtirishga hukm qilindi.
Jiye detektiv boʻlish uchun jon jahdini berib oʻqir edi. Seo va Hyunjin Koreyada yashashga qaror qilishdi. Ular chet elda qiynalib,odam savdosi tufayli azoblangan Koreya fuqarolarini qutqarish uchun "Mila Tuan" tashkilotini ochishdi. Marhuma Milaning nomiga ochilgan tashkilot,barcha qiynalganlarni qutqarish bilan shugʻullanadigan boʻldi.
Azizlarim... Fanficni oxiriga ham yetib keldik. Fanficni bu tarzda tugatganim koʻpchilikka yoqmasligi mumkin. Buning uchun sizdan uzr soʻrayman! Ammo fanficni boshidanoq tragediya qilish niyatim bor edi va bu ffni yozishimni soʻragan "Mila" onnieyim ham tragediya yozib berishimni iltimos qilgan edi. Bu fanfic bilan hayotda adashib qolmaslik,odam savdosiga aralashib qolishdan saqlanish va adolat haqidagi gʻoyalarni ilgari surdim. Shu kungacha men bilan birga boʻlganingiz,mening kamchiliklarga boy ffgimni oʻqiganingiz uchun katta rahmat aytaman!!! Sizlarni yaxshi koʻraman🩵)