#𝗪𝗜𝗟𝗗_𝗕𝗨𝗧𝗧𝗘𝗥𝗙𝗟𝗬 ep-12 FINAL PART1
Qora kunlar ortidan yana quyosh chiqajak...
Qoʻllarimdagi eskirib,oq-qora rangga kirib ketgan surat men uchun shunchalik koʻp narsani anglatar ediki,xattoki tasavvur ham qila olmaysiz. Doim oʻzimga "nega... Nega?" Degan savollarni berishdan charchamasdim... Doim nolir edim. Lekin bir kun kelib, orzularim shu qadar yorqin ranglarda amalga oshishini kim ham bilibdi?
Dadam va Oyim kelishuv asosida turmush qurishgandi. Ularni oʻrtasida hech qachon sevgidek tuygʻu boʻlmagan. Xattoki mening tugʻilishim ham rejalashtirilgan. Ammo keyinchalik ular ajrashib ketishdi,dadam esa qaytadan oila qurdi. 7 yoshga toʻlganimda ukam tugʻildi. Uni onasi menga qoʻpol emasdi,aksincha juda mehribon edi. Ajrimdan soʻng sud har hafta dadamni yoniga borishga ruxsat berishdi. Oyim unchalik ham menga vaqt ajratmas edi. Sababini bilmasdim,ammo u doim band... Va dadamning yoniga borishimni yomon koʻrar edilar. Qoʻlimdagi surat esa Yoongining 1 yoshga toʻlganida olingan. oʻsha kuni oyim meni olib,boshqa yurtga qochib ketganmiz. U yerda deyarli 4 yil birga yashadik. Ammo oyim kundan -kunga soʻlib, koʻchaga chiqishga ham qoʻrqib borardilar. Bularni hech qachon tushunmasdim. Ortiqcha savollar ham berib,ularni bezovta qilishni xohlamas edim. Oʻsha kun... Oʻsha mudhish kun.. maktabdan qaytar ekanman, uyim qarshisida oyim oyoq yalang,sochlari toʻzgʻib ketgan,meni koʻrishi bilan juda keng tabassum qilib,qurib ketgan lablari bilan "kechir" degani yodimda. Koʻz oldimda uni mashina urib yuborgandi. 1 yil davomida oʻzimga kela olmay,shok holatida yashadim. Atrofimda nimalar boʻlgani esimda yoʻq,ammo qanday qilibdur Koreyaga qaytadan kelib qoldim. Bolalar uyida yashashni boshladim. 15 yoshga toʻlganimda esa meni boshqa davlatga, Kai ismli yigitga pullab yuborishdi....
Bularni barini eslaganimni sababi,meni shu kungacha yashashga undagan yagona narsa ushbu eskirib ketgan kichikkina surat edi. Mittigina ukam... Meni chindanam yaxshi koʻrgan dadam... Ularni atigi bir marta koʻrsam,keyin oʻlsam ham mayli deya bir nafas ortidan yana bir nafas olishga jurʼat etib yashadim.
Oshxonaga kirib kelgan Yoongini koʻrgan holimdayoq,yugurib borib uni qattiq quchdim. Yoshlarim koʻzlarimdan sizib chiqar ekan,bugun dunyodagi eng baxtli insondek his qilar edim oʻzimni.
--Mila nima boʻldi? Tinchlikmi?
U meni hayron holatda quchib turardi. Undan ajralib,koʻzlariga turmulgancha sochlarini qoʻllarim bilan tarashni boshladim.
--Men seni qancha yillar kutganimni bilasanmi? Sen meni ukamsan... Meni qalbim parchasisan!
Men uni qayta bagʻrimga bosdim. U meni yelkalarimdan ushlab,tushunmagan holatda koʻzlarimga boqib turardi.
--Nimalar deyabsan oʻzi???
Men undan ajralib,yerda yotgan suratni olgancha uni yoniga yugurib keldim.
--Bu suratdagi qizni eslaysanmi?
U suratni qoʻliga olib,bir menga bir suratga qaragach katta koʻzlari bilan tikilib,soʻng baqirib yubordi.
U meni belimdan ushlab aylantirgancha baqirib, "opajonim" deya baralla meni oshxona boʻylab aylanarkan,uning ham mening ham koʻzlarimizda yosh aylanardi.
Jungkook bundan xabar topgach men uchun qattiq xursand boʻlib,qoʻllarimni siqib koʻzlarimga termulgancha tabassum qilar edi. Yoona xonim ham juda xursand boʻldi. Boshimdan oʻtganlarini gapirib berishimni soʻrab,diqqat bilan eshitdilar. Boʻlib oʻtgan ishlarni gapirar ekanman,Yoona xonim koʻksini ushlagancha ishonqiramay bir qoʻrqinch bilan tinglab oʻtirdilar.
--Shuncha qiyinchiliklar boshingdan oʻtibdi... Otang seni qanchalik koʻp izlaganini bilsang edi... U haligacha seni qidiradi Mila. U bilan koʻrishib,gaplashib olishing kerak!
--Ha Mila! Otamiz bilan gaplashishing kerak,yoʻqolgan qizini deb shu kungacha halovat koʻrmadilar,agar seni koʻrsalar juda baxtli boʻladi!
Men tabassum qildim. Ertaga albatta dadam bilan uchrashaman!
Boshimni qoʻyib Hyunjinning yonida uxlab qolibman. Derazani ochib,uzoq-uzoqlarga termular ekanman,eshik ochilib ichkariga men yollagan aygʻoqchilar kirib kelishdi.
Men darhol ularga oʻgirilib,ishonmagan holda bir yerda turib qoldim.
--Janob Hyunjinni oʻz doʻsti shu ahvolga olib kelibdi. Dalillar qoʻlimizda!
Men unchalik ham hayratga tushmadim. Hyunjinni atrofini niqob ostidagi hiylakor insonlar qurshab olganini koʻnglim sezgandi. Qasos olish vaqti keldi Hyunjin! Sen menda birinchi tajribangni oʻtkazgan boʻlsang,men sen uchun birinchi advokatlik ishimni olib boraman.
Qamoqdan qutulgan Kai, yuborilgan mashinaga joylashdi. Bir necha daqiqalik yoʻldan soʻng, kattagina kazinoga kelib toʻxtashdi. Kai ichkariga kirib borar ekan, olomon koʻpaygandan koʻpayib borardi. Uni boshlab borayotgan qoʻriqchi,kattagina zaldan oʻtib,yuqori qavatdagi xonaga yetaklab bordi. Eshikni ochib uni ichkariga taklif qildi.
Qarshisida yoshi 40dan oshgan,qorachadan kelgan va boʻyi uzun bir erkak unga kreslodan joy koʻrsatdi.
--Xayrli kun! Sizni kutgandim Kai..
Kai kreslodan joy olib,unga uzatilgan qoʻlni siqdi.
--Men ham siz bilan tanishish ishtiyoqida edim! Yordamingiz uchun kattakon rahmat!
--Ismim Lee Don Wook.
Kai qoʻllarini oʻynatib,unga jilmayib savol berdi.
--Jeonlarga qarshi kurash boshlabsiz deb eshitdim?
--Shuning uchun ham sizga hamkorlikni taklif qildim! Sizga qiz,menga esa Jeonning merosi va oʻligi!
Don Wook stol ustiga suratlarni otib yubordi. Suratda Mila va uning otasi- janob Min yaxtada sayr qilishayotgani tasvirlangandi.
--Mashuqangiz kimligini bilasizmi oʻzi??
Kai oʻychang yuz bilan suratlarni qoʻliga olib,unga tikilgancha javob qaytardi.
--Shunchaki yetim xonadan chiqqan qiz... Nima edi?
Don Wook xaxxolab kulib yubordi.
--Men oʻylaganimdanda ahmoq ekansiz...
Bu odam... Uning otasi boʻladi. Uni onasi esa Jungkookning otasini oʻng qoʻli boʻlgan. Aniqroq qilib aytganda uning aygʻoqchisi boʻlgan. Minglab pullarni oʻgʻirlagan,yana mingdan -ming insonlarni oʻldirib,Jeonga sodiq itdek xizmat qilgan. Ammo keyinchalik uni qizi tugʻilgach,bu ishda ishlamasligini maʼlum qilgan. Ammo tabiiyki,Jeon bunday tilla qobiliyatli itini yoʻqotishni istamagan,shuning uchun qizi bilan tahdid qilgan,yaʼni Mila bilan. Lekin uni onasi fikridan qaytmagan va Jeonning kirdikorlarini hammasini ommaga oshkor qilib,boyligini yarmini yashirib tashlagan va oʻzi esa qizini olib Shotlandiyaga qochib ketgan. Lekin Jeon uni topib,oʻz qoʻllari bilan oʻldirgan!
Kai koʻzlarini katta qilib ochib, hayratdan nima qilishini ,nima deyishini bilmay qoldi. Shuncha yillar davomida yerga urib,bir buyumdek xor qilgan qizni bu darajada muhim inson va badavlat ekanligini bilmagan edi.
--Jeon oʻz vaqtida kallakesar boʻlgan,ammo hozir taqdirning ishlarini qarangki,nogiron boʻlib aravachaga mixlanib qolgan. Hech kim uni ardoqlamaydi... Ammo uni qilganlari oldida bu jazo unga kamlik qiladi!
Don Wook qoʻllarini stol atrofida aylantirib,Kaiga maʼnoli tikildi.
--birlashib,bugunoq harakatni boshlashimiz kerak. Hozir bir oʻq bilan ikki quyonni urishim mumkin. Agar qizni olsak,Jeon ham, Jungkook ham oʻz oyogʻi bilan jahannamga keladi. Ota bolaning viqorini pasaytirib qoʻyish mumkin va men oʻz pullarimni qaytaraman,sizga esa qiz kerak...
Jungkookdan qutilishimiz bilan sizga hech kim tahdid solmaydi! Yana avvalgi hayotingizga qaytasiz.
Kai oʻylanib,soʻng ortiga suyandi.
--Tushunishimcha Qopqonga xoʻrak qoʻyish meni vazifam...
Mila erta tongdan otasini shifoxonasiga borib, uni koʻrishi bilan koʻzlaridan yosh sizib chiqa boshladi. Janob Min hech qanday soʻzlar siz qizini bir koʻrishdayoq,koʻzlaridagi muhabbat orqali tanib, "qizalogʻim" deya uni qattiq bagʻriga bosdi. Ular anchagacha bir-birini quchogʻidan ayrilmay,baxtdan yigʻlab, soʻng soatlab suhbat qurishdi. Bu orada janob Min Miladan juda koʻp marotaba uzrlar soʻrab,oʻzini qizining achchiq taqdirida ayblashdan charchamasdi.
Ikkisi birga vaqt oʻtkazish uchun janob Min qizini yaxtaga taklif qildi. Qiziga dengizni koʻrsatib,uzundan-uzun hikoyalar aytib berar,qarmoq yordamida qiziga baliq tutishni oʻrgatib, hattoki shirindan shirin taomlar tayyorlab,chiroyli dasturxon tuzadi. Ikkisi ham yoʻqotib qoʻygan qadrli insonini topib,xursandchilik qilishdan aslo xorishmasdi. Bu dunyoda ulardanda baxtli inson yoʻq edi goʻyoki. Shunday baxtli onlarni saqlab qolish uchun birgalikda juda koʻp suratlarga tushishdi. Mila Jungkookga maqtanish uchun bu suratlarni unga joʻnatishga ham ulgurdi. Jungkook bugun Milani otasi bilan yolgʻiz qoldirishga qaror qilgandi. Agar sevgilisi xursand boʻlsa,u ham baxtli insonlar safidan joy oladi.
Ovqatlanish barobarida Mila otasini savolga tutdi.
--Dada... Bir savol bersam,nooʻrin qabul qilmaysizmi?
Janob Min ogʻzidagi baliq boʻlagini yutib,bosh chayqadi.
--Beraver!
--Meni xotiram aldamasa agar,siz oyim bilan kelishib turmush qurgansizlar....mmm....
Hech qachon oyimni sevmaganmisiz???
Janob men divanga suyanib,uzoqlarga tikilib oʻychanlik bilan javob qaytardi.
--Qizim .... Bilaman,seni yoshligingni biz ahmoq kattalar oʻgʻirlaganmiz va senga yolgʻon xotiralar berganmiz. Ammo men oyingni juda qattiq sevganman. Bilasanmi... Baʼzida sevish bu sevgan insoningni qoʻyib yuborish ekan...
Mila otasini diqqat bilan tinglashda davom etdi.
-- Sen oʻylashing mumkin,oyim meni yaxshi koʻrmagan,menga vaqt ajratmagan... Deb. Ammo oying aynan seni yaxshi koʻrgani uchungina hammasini tashlab,hammaga qarshi kurashib seni botqoqlikka botmasliging uchun harakat qildi. Shunday ekan,agar qalbingda onangga nisbatan nafratdek tuygʻu boʻlsa,oʻtinaman... Oʻsha nafratni sevgiga aylantir!
--Yoʻq... Men oyimni juda qattiq yaxshi koʻraman.
Mila oyisini eslab,yorqin tabassum qilarkan,otasi va oyisi sevgi orqali uni dunyoga keltirgani,u shunchaki rejalashtirilgan farzand emasligini va ota-onasi uni qattiq yaxshi koʻrishi haqiqatini bilgach,qalbi oy nuridek charaqlab ketdi.
Ular bir-biriga qarab tabassum qildi.
Ammo ularning baxtli onlari uzoqqa choʻzilmadi. Yaxta chayqalib,otishma ovozi eshitila boshladi. Mila qoʻrqib,atrofga qaray boshladi. Janob Min xavfni sezishi bilan qizini ortiga oldi. Eshik ochilib avval qoʻlida toʻpponcha koʻtarib olgan ikki barzangi erkak,keyin esa uzun boʻyi va malla sochlari bilan Kai koʻrinish berdi.
--Men keldim jonginam! Seni juda.... Judaa sogʻindim!