“Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedrasida 2025 yil 20 may kuni “Muzeylar – jonli tariximiz ko‘zgusi” mavzusida ma’naviyat soati
“Geliofizika,qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedra professor-o’qituvchilari bilan “Muzeylar – jonli tariximiz ko‘zgusi” mavzusida ma’naviyat soati bo’ldib o’tdi.
Xalqaro muzeylar kuni ― har yili 18-may kuni nishonlanadigan bayramdir.
Xalqaro muzeylar kuni butun dunyo boʻylab, 1977-yilda Moskva va Leningradda ICOMning (International Council of Museums — Xalqaro muzeylar kengashi), 11-Bosh konferentsiyasi kengashi boʻlib oʻtgandan beri nishonlanadi[1].
1977-yilda muzey jamoatchiligi maxsus tadbir tashkil qilishni xohlashadi va shu asnoda Xalqaro muzeylar kuni tadbiq etilgan. Rezolyutsiya xuddi shu 1977-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Xalqaro Muzeylar Kengashining (ICOM) Bosh Assambleyasida qabul qilingan.
1992-yilda Xalqaro muzeylar kunini rasmiy ravishda tashkil etuvchi ICOM Kengashi maʼlum bir mavzuda tadbir oʻtkazishni taklif qilgan. Oʻshandan beri har yili Xalqaro muzeylar kuni turli mavzularga bagʻishlangan[2] va Xalqaro muzeylar kengashi har doim ushbu mavzu bilan bogʻliq tadbirlarni koʻrib chiqadi va ularni hamma uchun tushunishga oson shaklda taqdim qiladi.
Yildan yilga tadbir tobora ommalashib bormoqda. 2007-yilda, yaʼni oradan 30-yil oʻtib, Xalqaro muzeylar kunida 70 ta davlat qatnashgan. Oʻsha yil mavzusi „Jahon merosi uchun barchamiz javobgarmiz“ („Todos somos responsables del patrimonio mundial“) edi.
2015-yilda ushbu tadbirda dunyoning 145 davlatidan 35 mingdan ortiq muzeylar ishtirok etdi.
1977 yildan boshlab har yili 18 mayda dunyodagi 150 ga yaqin davlatda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Bu haqda 1977 yilda Moskva va Leningrad shaharlarida o‘tkazilgan ICOM (International Council of Museums - Xalqaro muzeylar kengashi)ning XI konferensiyasida qaror qilingan edi.
Bayramning maqsadi zamonaviy muzeylarning salohiyati va tarixiy-madaniy merosini ko‘rsatish, keng auditoriya o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy va ta’lim ishlarini olib borishdan iborat. An’anaga ko‘ra, bayramga yangi ko‘rgazmalar, ma’lum mavzuga bag‘ishlangan festivallar, «muzeyda tun» dasturi, ma’ruzalar, teatr tomoshalari, bepul ekskursiyalar, ilmiy o‘qishlar o‘tkaziladi.