Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti “Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedrasida 2024 yil 25 mart kuni “Bola-aziz, tarbiyasi undan aziz” mavzusida ma’naviyat soati BAYONNOMASI
“Geliofizika,qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedra professor-o’qituvchilari bilan “Bola-aziz, tarbiyasi undan aziz” mavzusida ma’naviyat soati bo’ldib o’tdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda farzandlarimizni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mantiqan bir-birini to‘ldiruvchi “Oila yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili” va “Sog‘lom bola yili”da amalga oshirilgan barcha ishlar hamda yoshlar tarbiyasi va ularning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil davlat siyosatining amaliy ifodasi hisoblanadi.
Shu ma’noda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, deb aytgan so‘zlari farzandlarimiz jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini ekanligini isbotlaydi.
Yana, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda oddiy haqiqat barchamiz uchun ayon bo‘lishi kerak: Oldimizda turgan eng ulug‘ maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatida qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan bolalarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir”. Haqiqatan ham bola tarbiyasi hayotiy zarur masaladir. Har bir oiladagi tarbiya bolaning go‘dakligidanoq boshlanadi, bola hayotining ko‘p qismini oilada o‘tkazadi.
Abu Ali ibn Sino yosh bolani yaxshi ahloqli, jismonan sog‘lom qilib kamol toptirishda shaxsiy namuna bo‘lish usulini ko‘p uqtiradi: “Bola tarbiyasida eng avvalo oila hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo‘lmaydi. Hamma narsa, xatto, eng oddiy bo‘lib ko‘rinadigan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, rostgo‘ylik, samimiylik, sadoqatlik va shirin suhan bo‘lish bola kamolotidagi muhim hayotiy vositalardan biridir.”
Ulug‘ mutafakkir Kaykovus ham o‘zining “Qobusnoma” nomli asarida farzandni aql egasi bo‘lishni hamma narsadan ulug‘ deb bilib, shunday nasihat qilgan edi: “Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa xarakat qil, chunki mol ila boy bo‘lmoqdan, aql ila boy bo‘lmoq yaxshiroqdur. Aql ila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol ila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilki, aql bir qimmatbaho narsaki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas va suvda oqmas”.