“Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedrasida 2025 yil 11 mart kuni “Kitob - Ma’naviyatga eltuvchi yo‘l” mavzusida ma’naviyat soati BAYONNOMASI
“Geliofizika,qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedra professor-o’qituvchilari bilan “Kitob - Ma’naviyatga eltuvchi yo‘l” mavzusida ma’naviyat soati bo’ldib o’tdi.
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.
Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir.
Sohibqiron Amir Temur taʼbiri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”. Shu maʼnoda, shaklidan qatʼi nazar, barcha kitoblar milliy oʻzligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishga xizmat qilishi ayni muddao.
Alisher Navoiy hazratlari deydilarki, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimizda kitob oʻqib, munosib taʼlim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shugʻullanishning ahamiyatiga doir maqollar ham juda koʻp. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirogʻi”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni uzoq davom ettirish mumkin.
Eng asosiysi, necha asrlardan buyon sayqallanib, qanchadan-qancha avlodlarga yo`lchi yulduzdek to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo`lishining muhim omili – bu kitobga oshno bo`lish, hamisha kitob o`qish va uning mutolaasini umr bo`yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi