“Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedrasida 2025 yil 27 may kuni “Tamaki – umr zavoli!” mavzusida ma’naviyat soati BAYONNOMASI
“Geliofizika,qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedra professor-o’qituvchilari bilan “Tamaki – umr zavoli!” mavzusida ma’naviyat soati bo’ldib o’tdi.
“31 may – Butun jahonda chekishga qarshi kurash kuni”.
Inson tabiati yangilikka tashna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bo‘lsin, uni o‘z hayotida, albatta, qo‘llab ko‘rgisi keladi. Globallashuv shiddati ong-qalbimiz va hayotimizda shunday o‘zgarishlar sodir etmoqdaki, undagi foydali jihatlardan ko‘ra, zararlilari tez orada o‘z aks ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Bugun har bir yoshu qari chekish – bu zararli odat ekanligi, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini biladi.
Insonning zamonaviy hayot tarzida chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Kimlar chekuvchi hisoblanadilar?
Bir kun davomida bir donadan sigareta chekayotgan shaxslar chekuvchi hisoblanadilar.
Tamaki va uning tutuni tarkibida odam organizmiga zararli ta’sir etuvchi 400 dan ortiq har xil birikmalar bo‘lib, ulardan eng zaharlisi nikotin, is gazi va shularga o‘xshash ko‘pgina zararli moddalardir.
Nikotin – eng kuchli zaharlardan biri. O‘pka to‘qimasiga kirgan nikotin 7 sekund-dan keyin bosh miyaga yetib boradi.
Inson uchun nikotinning o‘lim dozasi 50-100 mg yoki 2-3 tomchi. Aynan shunday doza har kuni qonga 20-25 ta sigaret chekkandan keyin tushadi.
Bir kunda 1 quti sigaret chekish - bu 1 yilda 500 rentgen nurlanishni olgan bilan barobar.
Tamaki yurak – qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, ichki sekresiya, jinsiy bezlar kabi a’zolariga zaharli ta’sir qilib miokard infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlarning surunkali yallig‘lanishi, yara va saraton singari ko‘pgina xavfli kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Tamaki naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlikka, tug‘iladigan bolalarni zaif, nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Tamaki tarkibidagi zaharli birikmalar ta’sirida organizmda modda almashinuvi buzilib, A, V1, V6, V12, S kabi vitaminlar yetishmovchiligi yuzaga keladi.
5ta sigareta chekilgan yopiq xonada 8 soat davomida bo‘lgan shaxslar passiv chekuvchi hisoblanadi.
Passiv chekuvchilar, faol chekuvchilar kabi zararlanadilar.
Ota-onasi chekuvchi bolalar zararlanishi faol chekuvchilarning zararlanishiga nisbatan yuqoridir.
Birinchi uydirma: chekish asabni tinchlantiradi va stressda yordam beradi;
Ikkinchi uydirma: chekuvchilar sarvi qomat bo‘ladilar;
Uchinchi uydirma: sovuqda isitadi;
To‘rtinchi uydirma: “yengil” belgili sigaretalar oddiylariga ko‘ra u qadar zararli emas;