April 29, 2025

Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti

“Geliofizika,qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedrasida 2025 yil 29aprel kuni“Najot ta’limda, Najot tarbiyada, Najot ilmda”mavzusida ma’naviyat soati

BAYONNOMASI

“Geliofizika,qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedra professor-o’qituvchilari bilan “Najot ta’limda, Najot tarbiyada, Najot ilmda” mavzusida ma’naviyat soati bo’ldib o’tdi.

So‘nggi yillarda oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirishga e’tibor qaratildi, oliy ta’lim muassasalari­mizning xalqaro reytinglarda nufuzini oshirishga erishildi, nodavlat OTMlar soni ko‘paytirildi, talabalar uchun turarjoy muammosini hal qilishda ham maqsadli vazifalarni bajarishga e’tibor berilmoqda. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar va ularning ota-onasiga ta’lim kreditini to‘lashda imtiyoz berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mana shu o‘zgarishlar qatorida imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz yoshlarimizni kasb-hunarga o‘qitish ham e’tibordan chetda qolmayapti. Bu bejiz emas. Boisi, biz ma’rifat yo‘lini tanladik, faqat ma’rifat va ilm-fangina jamiyatni taraqqiyotga yetaklovchi kuch ekanini yaxshi anglab yetdik. Zero, inson ongli yashay boshlaganidan buyon ta’lim va tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.

«Ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir»600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan 65-Xalqaro matematika olimpiadasida Elbek Zohidjonov (kumush), To‘lqin Jaylovov (kumush), shuningdek,

87 ta davlatdan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar safida 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida Daler Rahimov (oltin), Ahror Bahodirov (kumush), Saida Abdullayeva (kumush) erishgan olamshumul muvaffaqiyatlarda, ayniqsa, Rayyona Ibrohimova Germaniya­ning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha jahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani misolida yaqqol ko‘rinadi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, «aql gimnastikasi», ya’ni shaxmatda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarovlarning dunyoning kuchli shatranj qirollari bilan munosib tarzda dona surayotgani, To‘marisga xos shijoati bilan Olimpia cho‘qqisini zabt etib, xorij matbuotiga fikrini o‘zga tilda xuddi ona tilidek sodda va ravon ifodalab berayotgan mahoratli dzyudochimiz «Parij–2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova timsolida ham yurtimizda nafaqat ilm-ma’rifatga, balki sportga qaratilayotgan e’tiborning yorqin natijalarini ko‘ramiz.

Bayonlashtirildi: M.Atoyeva