May 4, 2025

¡Mening shaxzodam¡

Genre: romantic hot
Characters: Jeon Jungkook Mona
Writer: Kim_Vera

Ep6

Qayta tug‘ilish — taqdir yana boshlanadi

Ular o‘sha jarlikdan qulab tushgan kuni... uzoq Daniya qirolligida osmon yorishdi. Qorong‘i osmon yorug‘lik bilan yirilib, kuchli yomg‘ir yog‘di — go‘yoki osmon ham ularning fojiasini yig‘lab turardi.

O‘sha kech, Daniya qiroli va malikasi uzoq kutilgan farzandlariga ega bo‘ldi. U tug‘ilgan zahoti uning ko‘zlari ochildi — chuqur, jiddiy qora ko‘zlar... go‘yoki allaqachon juda ko‘p narsa ko‘rgan, his qilgan edi.

— Uning ismi Jungkook bo‘ladi, — dedi Qirol.

Ayni shu kech, yana bir yerda — Yangi imperiyaning vaziri va uning ayoli ham qiz farzandli bo‘ldi. Kichkina chaqaloq hali ko‘zini ochmagan bo‘lsa-da, onasi uni bag‘riga olib, mehr bilan dedi:

— Uning ismi Mona bo‘ladi...

O‘sha kech, ikki chaqaloq... ikkita yurak... bir dunyoga, lekin har xil saroylarga tug‘ilgan edi.

Ular hali hech narsani bilmas, ammo taqdir ularni allaqachon bog‘lab qo‘ygandi. Qayta tug‘ilgan muhabbat — endi boshqa hayotda, boshqa sinovlar bilan.

Va bir kun kelib, ularning yo‘llari yana kesishadi. Ular bir-birini tanimaydi, lekin yurak... yurak tan oladi.

Oradan 17 yil o‘tdi. Daniya shohligining vorisi Jungkook — endi balog‘atga yetgan, qattiqqo‘l, lekin adolatparvar shahzoda edi. Uning ko‘zlarida har doim nimadandir bo‘shliq bor edi — hech qachon to‘liq to‘lib ketmaydigan bir joy

Mona endi 17 yoshda edi. U nafis, lekin o‘ziga ishongan qiz. Ko‘zlarida chuqur ohang, yuragida esa sirli dard bor edi. Har kecha tushida yonginasida turgan qora sochli yigitni ko‘rardi. Yuzini aniq eslay olmasdi, lekin yuragi uni sog‘inardi.

Daniya shohligining baland minoralarida shovqinli tong. Bugun imperiyalar o‘rtasidagi ilk tinchlik konferensiyasi. Saroyda dabdabali ziyofat, kelishuvlar, qudratli odamlar yig‘ini — hammasi rasmiy, rejalashtirilgan.

Shahzoda Jungkook esa... yuragidagi g‘alati og‘irlik bilan uyg‘ondi. Yana o‘sha tush. Notanish ayol. Xiralashgan kulgi. Ko‘zlar. Yuragini siqib yuboradigan quvonch va yo‘qotish aralash hissiyot.

— Qanaqa tush edi bu yana...? — u ohangda g‘o‘ldiradi va yuzini sovuq suv bilan chayadi.

Saroy zali odamlarga to‘la. U baland taxt tomon yuradi. Kiyimlari zo‘r, yurishi ishonchli, ammo ko‘ngli — beg‘am emas. Nigohi asta zal bo‘ylab kezadi... va birdan to‘xtaydi.

Eshikdan kirayotgan qiz. Nafis. Ammo oddiy. U ham kimnidir izlayotgandek atrofga qaraydi.

Mona — bugun ilk bor otasi, Daniya imperiyasi vaziri bilan birga rasmiy yig‘inga qo‘shilgan. Yuragi g‘alati bo‘sh. U so‘nggi paytlar o‘zini ko‘p tushunmay qoldi. Ba’zan yuragi betinim uradi, tunda esa notanish yigit haqida tush ko‘radi. Har kecha. Ko‘rganida yuragi iliqlik bilan to‘ladi, yo‘qotganda esa uyg‘onib, titrab ketadi.

Bugun... uning ko‘zi saroy to‘ridagi yigitga tushadi.

U — shahzoda Jungkook.

Uning ko‘zlari bir necha lahza qizga tikildi. Tanish emas. Ammo yuragi urishini to‘xtatmayapti. Hatto orqasidagi olomon, saroydagi shovqin — hech biri sezilmay qolgan.

Mona ham yuragidagi titroqni to‘xtatishga harakat qiladi. O‘ziga-o‘zi gapiradi: “Nega? U kim? Qandaydir sovuq nigoh... ammo yuragim iliqlik bilan titradi…”

Ko‘zlar uzildi. Saroy zali yana shovqin bilan to‘ldi. Ammo yuraklar... jimjitlikda bir ohangda urardi. Ular hali tanimaydi. Hali eslamaydi. Ammo yuraklar — eslagan.......

nice reading 😘💋

ep.6