~Mening mashuqam~
Janr:hot ramantik
Rollar: Jk. Mona
Yozuvchi:Kim_Vera
Episode:1
— Nega jim bo‘lib qolding, Mona? Bugun 9-sinfni tugatding... kayfiyating yo‘qmi?..
Alex yuzingni muloyimlik bilan siladi.
— Yo‘q, shunchaki...
Sen jilmayib qo‘yding, lekin ko‘zlaringda bir nima yashirin edi.
— Hmm... Yaxshi. Kel, suratga tushamiz. Telefoningni ber.
U telefoningni oldi. Ammo to‘satdan yuzini tirishtirib, ekranga qattiq tikildi.
— Nima bo‘ldi?..
Sen xavotir bilan unga qarading.
— Bu nima?.. Jungkookning rasmlari? Ularni o‘chir, darhol!
Sen cho‘g‘dek qizishgancha telefoningni uning qo‘lidan olding. Ko‘zlaringda qat’iyat bor edi.
— Nega?..
Alex g‘azab va tushunmovchilik bilan senga tikildi.
— Balki hayotimdan o‘zing o‘charsan... lekin bu rasmlar hech qachon o‘chmaydi!
Sen orqangni o‘girib, og‘ir qadamlar bilan uyga ketib qolding. Yuragingda og‘riq, lekin qaroring qat’iy.
— Ahmoq qiz... Jk dunyoga mashhur idol bo‘lsa...
Alex ham orqangdan qarab, yo‘lini davom ettirdi.
Mona uyga kiradi. Yuragi hali ham zirqirab turgan edi. Ostonada onasi kutib turardi.
— Qizim! Nega 3 baho olding?! Shu chorakda ham?!
Onasi qattiq ohangda gapirdi.
— Oyi... men...
Sen gapni davom ettira olmading. Ko‘zlaringda yosh.
— Jim bo‘l! Sen doim shundaysan! Yaxshi o‘qimaysan!..
(Ammo bilmaydi... sen aslida maktab prezidenti eding.)
Sen hech narsa demay, honangga kirib ketding.
Pov Mona:
Nega... Nega bunday bo‘lyapti? Axir men faqat chin yurakdan sevaman...
Shuncha qiynalayapman... Jk... sen qaerda?..
ㅠㅠㅠ
Tong. Mona uyg‘ondi. Kechagi voqealar hali ham yuragini ezayotgan edi. Lekin telefonini tekshirganida bir yangilik ko‘ziga tushdi:
"BTS bu hafta Rossiyadagi konsert turnesini boshlaydi! Moskva – ertaga!"
Ko‘zlari kattalashdi. Nafasi tiqilib qoldi.
— Yo‘q... bu rostdan ham... JUNGKOOK KELYAPTIMI?! 😳
U divanga cho‘zilib yotgancha, telefonni mahkam quchdi.
— E-e-e... nega endi aynan hozir... Men ahvolim yomon-ku...
Ammo yuragi... yuragi boshqacha urayotgan edi.
Pov Jungkook:
"Biz bugun Moskvadamiz... u yer sovuq deyishdi, lekin yuragimda nimadir issiq. Tushimda bir qizni ko‘rdim. Ko‘zlari qora-malla, jilvasi shirin. Hech qayerda ko‘rmaganman, lekin... tanish tuyuldi. Qandaydir... chinakam."
U samolyotdan tushdi. Issiq kiyim, maska, bosh kiyim — hammasi bor. Ammo yuragi... g‘ash.
— Tushimdagi o‘sha qiz kim edi?.. Bu yerda bormi u?..
Moskvada
Mona konsertga chipta yo‘qligidan ezilib yurdi. Tashqarida qor yog‘ayotgan. U konserthona oldidan shunchaki o‘tib ketmoqchi edi... shunchaki bir nazar tashlamoqchi...
Ammo to‘satdan... bir mashina to‘xtadi. Eshik ochildi. Ichidan kimdir tushdi.
U yuragini tutib qoldi. Bu u edi.
Ammo u tanimadi. Maska, ko‘zoynak... lekin yuragi... bir zumda qattiq urdi.
Jungkook yonidan o‘tayotib, to‘xtadi. Mona tomon bir qarab oldi. Qizil sharf, qora ko‘zlar, muzdek havo...
Yuragi bitta urishni o‘tkazib yubordi.
Lekin u hech narsa demay o‘tib ketdi. Mona esa turgan joyida qotib qoldi.
— Bu tush emasdi… bu haqiqat edi.
Konsert avjida edi. Minglab muxlislarning qichqirig‘i, chiroqlar, musiqa — hammasi mukammal edi. Ammo yuragim... u jim edi.
— "U qiz... o‘sha ko‘zlar... qizil sharf... Nega men uni eslayapman?"
Qo‘shiqlar tugadi, sahnadan chiqdim. Nafasim qisildi, yuragim g‘ash. Men uni topishim kerak.
— “Kim edi u? Jin bo‘lsa ur, yuragimni shunchalik bezovta qilayapti...”
— "Bugun meni bir qizga qaraganimni ko‘rgansizlar. Qora ko‘zli, qizil sharfli. Uni toping. Tezda."
Ular darhol harakatga tushishdi. Konsert yakunida chiqish eshigi oldida... nihoyat, u — Mona, u yerda edi. Ko‘zlarida hali ham hayrat, yuragida esa qo‘rquv.
— "Kichik honim, biz bilan yurishingiz kerak. Bir inson sizni ko‘rmoqchi."
— "Kim? Men... men hohlamayman! Tushinglar yo‘limdan!"
Mona kuch bilan tepinib, qarshilik ko‘rsatdi.
Lekin ular uni yumshoq tarzda kichik xona ichiga olib kirishdi. U vahimada baqirardi.
— "Hooyy! Ochinglar bu eshikni! Sh*bal, bu nima deyapman!?"
To‘g‘ri qarab turardi. Maska yo‘q. Yuragi ochiq.
— "Tsshh... Qizaloq. Men... shunchaki seni ko‘rmoqchi edim."
U muzlab turgan edi. Yelkalari sekin titray boshladi.
— "Seni konsertdan oldin ko‘rdim. Bir zum... lekin yuragim o‘sha ondayoq senga bog‘landi. Bu nima ekanligini tushunmayapman. Ammo seni unutolmadim."
— "Chiroyli ism. Mona... Seni topganimdan hursandman
Mona hali ham joyidan qimirlamay turardi. U nimanidir tushunishga urinardi, lekin yuragi allaqachon taslim bo‘lgandi. U ko‘zini Jungkookdan uzolmadi.
Jungkook esa, bir necha qadam yaqinlashdi. Ularning orasidagi masofa endi nafas oralig‘idagidek qisqardi.
— “Men seni unutolmadim...” dedi Jungkook, ohangida halollik va hayrat bor edi. “Ko‘zim senga tushgan ondan beri... yuragim sening atrofingda urmoqda.”
Mona lablarini qimirlatdi, lekin so‘z chiqmadi. Shunchaki ko‘zlar... ularning nigohlari bir-biriga o‘ralashgan edi. Dunyoda faqat ular bor edi. Tashqaridagi sovuq, hayotning shovqini — hammasi jim.
Jungkook asta qo‘lini cho‘zdi. Mona esa cho‘chib emas, yuragiga quloq solib oldinga bir qadam tashladi. Ularning barmoqlari bir-biriga tegdi. Va bu oddiy teginish ichida minglab so‘zlar yashiringandi.
— “Senga bir savol bersam bo‘ladimi?” — dedi Jungkook, ohista.
— “Seni quchoqlashim mumkinmi?..”
Bu so‘rov uni larzaga soldi. Uning yuragi allaqachon “ha” deb baqirardi. Va Mona, hech narsa demasdan, asta oldinga siljidi. Jungkook uni ohista bag‘riga bosdi. Uning yurak urishi, tanasining iliqligi — bular Monani erita boshladi.
Ularning quchog‘i shunchalik sokin, ammo shunchalik ehtirosli edi. Bu ehtiros nafaqat jismoniy, balki ruhiy edi. Ular bir-biriga suyanishdi, har qanday so‘zdan ko‘ra chuqurroq his-tuyg‘ular bilan.
Jungkook Monaning qulog‘iga shivirladi:
— “Men seni qanday qilib bunchalik tez his qila boshladim?.. Bu imkonsiz... lekin men seni qo‘yib yubormoqchi emasman.”
Mona yuragining tubidan javob berdi:
— “Men ham... nihoyat o‘zimni topdim, deb o‘ylayapman.”
Ularning peshonalari bir-biriga tegdi. Nafaslar bir-biriga aralashib ketdi. Lablar orasidagi masofa tobora qisqarardi...
...va vaqt to‘xtagandek tuyuldi.
Jungkook va Mona bir-biriga juda yaqin turardi. Nafaslar aralashib ketgan. Yuraklar urmoqda — go‘yo musiqadek, faqat ular eshitadigan ritmda.
Jungkook Monaning yuziga asta qo‘lini qo‘ydi. Barmoqlari uning yonoqlaridan o‘tib, qulog‘i ortidagi sochlarini ohista surdi.
— “Men... seni o‘ylaganimda yuragim shunchaki urmaydi. U... yonadi,” — dedi u pichirlab.
Mona ko‘zlarini yumdi. U hech narsa demadi. Faqat yuragi “Ha” deb shivirlardi.
Jungkook pastga egildi. Lablari Monaning peshonasiga yengil tegdi. Unga hurmat bilan, muhabbat bilan. So‘ng, burunlari tegdi. Lablari... faqat bir necha millimetr uzoqda edi.
— “Menga to‘xtash kerak bo‘lsa... ayt,” — dedi u ohangsiz.
— “To‘xtama,” — dedi Mona, ovozida iltijo va jur’at aralash.
Va o‘sha ondayoq, lablari birlashdi.
Bu o‘pish kuchli emas edi. Bu o‘pish – iltimos edi. Yurakdan chiqqan, mehrli, sokin. Dastlab teginish — shunchaki yurak urishini bo‘lishishdek edi. So‘ngra bu teginish yurakni larzaga soldi.
Mona qo‘llarini Jungkookning bo‘yniga ohista qo‘ydi. Jungkook esa belidan quchdi. Bu yaqinlik ularni nafaqat tanada, balki ruhda birlashtirgan edi.
Ular o‘pishdi — sekin, his bilan, sokin tungi osmon ostida. Ehtiros ularni quchog‘iga olgan, ammo shoshilinch emas, balki ehtiyotkor edi. Har bir lahza — xotira edi.
Va ular bir-birining quchog‘ida, ko‘zlarini ochmay turishdi. Chunki bu lahza tugamasligini istashardi.
Murojaat uchun 😁😁 @Thv3016